Центральноазиатский журнал академических исследований https://in-academy.uz/index.php/cajar

Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

ru-RU info@in-academy.uz (Dildora) technic@in-academy.uz (Azamat) Sat, 05 Apr 2025 14:16:17 +0000 OJS 3.3.0.8 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 "INTELLEKTUAL MULKNI LITSENZIYALASH: AFZALLIKLAR, XAVF-XATARLAR VA HUQUQIY ASOSLAR" https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48523
Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlarini litsenziyalash orqali tijoratlashtirish masalalari tahlil qilinadi. Litsenziyalashning asosiy turlari, ularning iqtisodiy va huquqiy afzalliklari hamda mavjud kamchiliklari koʻrib chiqiladi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchilik va xalqaro tajriba asosida Intellektual mulk obyektlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Muallif Intellektual mulk obyektlarini huquqiy jihatdan to'g'ri litsenziyalash orqali innovatsion faoliyatni rivojlantirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish va texnologiyalarni keng tarqatishning dolzarb yo'llarini tahlil qiladi. Maqola so'nggida ushbu mexanizmni yanada takomillashtirish bo’yicha amaliy takliflar berilgan.
Mahmudova Muxlisa Oybek qizi Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48523 Mon, 07 Apr 2025 00:00:00 +0000 O‘ZBEKISTON VA XORIJIY MAMLAKATLARDA OMMAVIY SPORT AMALIYOTLARINI BOSHQARISH TIZIMLARINING NAZARIY-QIYOSIY TAHLILI https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48537
Ushbu maqolada O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda ommaviy sport amaliyotlarini boshqarishning nazariy jihatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda sport menejmentining asosiy nazariyalari, boshqaruv tamoyillari va ommaviy sport faoliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro yondashuvlar batafsil ko‘rib chiqilgan. Jamiyatning ijtimoiy birdamligini shakllantirish, aholi salomatligini yaxshilash va infratuzilmani rivojlantirishda ommaviy sportning nazariy asoslari va xalqaro tajribalarining qiyosiy tahlili keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarda qo‘llanilayotgan samarali boshqaruv modellarining mahalliy sharoitga moslashtirilish imkoniyatlari va yo‘nalishlari belgilab olingan..
Baymatova Madina Sadriddinovna Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48537 Mon, 07 Apr 2025 00:00:00 +0000 MUALLIFLIK SHARTNOMASINING HUQUQIY VA MOLIYAVIY ASOSLARI https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48538
Maqola  mualliflik shartnomasining asosiy jihatlarini, uning muallif va nashriyot o‘rtasidagi huquqiy aloqalarni qanday tartibga solishini tahlil qiladi. Shartnoma tuzishda mualliflik huquqlaridan tortib, nashriyotning majburiyatlari, moliyaviy shartlar, subsidiar huquqlar va nizolarni hal qilish tartibiga qadar bir qancha muhim jihatlar yoritiladi. Bu maqola mualliflik shartnomasining tuzilishiga oid muhim masalalarni tushuntirib, shartnoma taraflarining huquqiy manfaatlarini himoya qilishda muhim qismlarini  ko‘rsatadi
Maxmudova Nozima Yusuf qizi Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48538 Mon, 07 Apr 2025 00:00:00 +0000 O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK TENDESIYALARI: TAHDIDLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48539
Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasining zamonaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakatga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tahdidlarni tizimli ravishda tasniflaydi va ularga qarshi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan strategiyalarni tadqiq qiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy o‘rni, ekologik inqirozlar, terrorizm va kibertahdidlar kabi omillarning xavfsizlikka ta’siriga qaratilgan. Maqolada tahdidlar ichki va tashqi omillar asosida quyidagi guruhlarga bo‘lingan: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, ekologik va institutsional xavflar. Har bir turdagi tahdidlar konkret misollar bilan izohlanib, ularning mamlakat barqarorligiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi.
Ahmadjonov Shohruhbek Rustamjon o‘g‘li, Nargiza Raximova Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48539 Mon, 07 Apr 2025 00:00:00 +0000 BALIQ LICHINKALARI UCHUN MO’LJALLANGAN “FITOZOOPROTEIN” OZUQSINING KIMYOYIY TARKIBINI O’RGANISH https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48651
Ushbu ishda Buxoro viloyati suv havzasida biotexnologik usulda etishtirilgan zooplankton va makrofitlardan foydalangan holda baliqlar uchun yuqori sifatli “Fitozooprotein” ozuqasining kimyoviy tarkibi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida 60:40 massa nisbatda olingan makrofit va zooplankton asosli “Fitozooprotein” baliq ozuqasining tarkibidagi oqsil miqdori 41,7%, mineral moddalar 19,4%, uglevodlar 25,6% va yog‘ miqdori 4,8% ekanligi hamda almashinmaydigan aminokislotalar massa bo‘yicha barcha aminokislotalar miqdorining 49,07% ni tashkil etishi aniqlangan
Rajabov Otabek, Raximov Jonibek Rashitovich Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48651 Mon, 07 Apr 2025 00:00:00 +0000 RAHBARLAR VA MENEJERLAR TOMONIDAN BOSHQARUV FAOLIYATIDA QO'LLANILADIGAN BOSHQARUV USLUBLARINI BAHOLOVCHI SAYTNING AFZALLIKLARI https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48652
“LEADERMIND” loyihasi rahbarlar va menejerlarga ularning boshqaruv uslublarini baholash va yaxshilashda yordam beradigan veb-saytni ishlab chiqishga qaratilgan. Platforma foydalanuvchilarga kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam berish uchun ilmiy asoslangan boshqaruv usullari, psixologik baholash va trening vositalarini birlashtiradi. U strategik fikrlash, qaror qabul qilish va jamoani samarali boshqarish uchun interfaol resurs bo'lib xizmat qiladi. Keys tadqiqotlari, o'z-o'zini baholash testlari va ekspert tushunchalari orqali LEADERMIND yetakchilikni rivojlantirishga tizimli yondashuvni taqdim etadi. Mutaxassislar, bo’lajak rahbarlar, talabalar va intiluvchan menejerlarga xizmat ko'rsatadi.
Abdumannonova Gullola Alimardonovna, Narmetova Yulduz Karimovna Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48652 Mon, 07 Apr 2025 00:00:00 +0000 НАРУШЕНИЯ ЛЕКСИКИ У ДЕТЕЙ С ОБЩИМ НЕДОРАЗВИТИЕМ РЕЧИ https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48653
в статье представлен теоретический анализ развитие лексики у детей с общим недоразвитием речи, охарактеризованы уровни речевого развития при ОНР, описаны некоторые особенности развития навыка согласования прилагательных с суще ствительными по родам, а также указана необходимость логопедических занятий в случае нарушения данной грамматической категории у детей с ОНР
Хуснидинова Саодат Сабитовна Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48653 Mon, 07 Apr 2025 00:00:00 +0000 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR RAVON NUTQNI RIVOJLANTIRISH. https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48654
Maktabgacha ta‘limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta‘lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Bolalar maktabgacha ta‘limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko‘nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to‘g‘ri ifodalashi o‘zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o‘stirish fanining o‘rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi.
Nusratova Hamida Cho‘liboyevna, Abduvaxobova Feruza Baxtiyorovnа Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48654 Mon, 07 Apr 2025 00:00:00 +0000 MAYIZ TAYYORLASH TEXNOLOGIYASINI SOYAKI USULDA AMALGA OSHIRISHDA TAKOMILLASHTIRILGAN QURITGICHNING O‘RNI. https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48688
Maqolada mevachilik, qayta ishlash texnologiyalari va mexanizatsiyalashtirish sohalariga tayangan holda uzumdan mayiz tayyorlash jarayoni hamda soyaki usulda yuqori sifatli mayiz tayyorlash usullari va texnologiyalarini takomillashtirish ustida izlanishlar olib borilayotganligi yoritilgan.
Turakulov Mamaraym, Maxmudov Islom Rustam o‘g‘li, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48688 Tue, 08 Apr 2025 00:00:00 +0000 SHO‘RLANGAN TUPROQ MUHITIDA BEHI NAVLARI XO‘JALIK VA BIOLOGIK SIFATLARINI O‘RGANISH NATIJALARI https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48689
Maqolada Sirdaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoiti olib borilgan ilmiy tadqiqot manbbalariga asoslanib yoritilgan. Jumladan, tuproq tarkibi, sho‘rlanganlik darajasi tumanlar kesimida ko‘rsatilgan. Viloyatning geografik joylashuv o‘rni va uning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishga ta’siri xususida mulohazalar yuritilgan. Sirdaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida parvarishlanayotkan behi navlarining xo‘jalik, biologik va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari o‘rganilib, olingan natijalar yoritilgan.
Sanayev Sobir Toyirovich, Aynaqulov Komiljon Baxtiyor o‘g‘li, Turakulov Mamaraym, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48689 Tue, 08 Apr 2025 00:00:00 +0000 RAVSHAN DOSTONIDA XAT MATIVI https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48696
Ushbu maqolada “Ravshan” dostoni misolida xat motivining mazmuni, uning asar voqealar rivojiga ta’siri tahlil qilinadi. Xat orqali qahramonlarning taqdiri qanday o‘zgarishi va syujetda qanday o‘rin tutishi yoritiladi..
Boltayeva Iroda Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48696 Tue, 08 Apr 2025 00:00:00 +0000 ТУПРОҚҚА ИШЛОВ БЕРУВЧИ ОСМА ИККИ ИЗЛИ БОРОНА ТИШИНИНГ СИФАТ КЎРСАТКИЧЛАРИ https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48700
Мақолада икки изли, яъни кетма-кет икки қатор ўрнатилган бороналар тишининг сифат кўрсаткичларини яхшилаш мақсадида ўтказилган назарий ва экспериментал тадқиқотларнинг натижалари келтирилган. Назарий тадқиқотларда икки изли боронанинг иш жараёнида бороналарнинг мувозанат ҳолатини бузилишига олиб келадиган буровчи моментни камайтириш орқали уларнинг барқарор ҳаракатини таъминлаш ва демак сифат кўрсаткичларини яхшилаш масаласи қаралган. Экспериментал тадқиқотларда эса назарий тадқиқотлар натижаларидан келиб чиқиб, O‘z Dst 3412: 2019 “Қишлоқ хўжалиги техникасини синаш. Тупроқ юзасига ишлов берувчи машиналар ва қуроллар. Синов дастури ва усуллари” ва O‘z Dst 3193: 2017 “Қишлоқ хўжалиги техникасини синаш. Машиналарни энергетик баҳолаш усули” асосида осма икки изли боронанинг ишлов бериш чуқурлиги, тупроқнинг уваланиш сифати, дала юзасидаги нотекисликлар баландликларининг ўртача квадратик четланиши, бороналарнинг тортишга қаршилигига таъсири ўрганилган.
Эрмамат Кубанов, Умидбек Бабабеков, Zhong Weizhou, Yang Xueji Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48700 Tue, 08 Apr 2025 00:00:00 +0000 ‘‘GULISTON SAYQALI’’ PAXTA XOM ASHYOSINI QAYTA ISHLASH KORXONASIDA JINLASH JARAYONIDA SIFATLI TOLA OLISH. https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48777
Paxta xom ashyosini qayta ishlash korhonasida jinlash jarayoni juda muhim hisoblanadi shunday ekan o‘rta tolali paxta uchun arrali jinlardan foydalaniladi Arrali jinlardan eng ko‘p ishlatiladigani bu ДП-130 rusumdagi arrali jin hisoblanadi. Biz sifatli tola va sog‘lom chigit olish uchun uning ishlash mexanizmini joyida bo‘lishi kerak.
Qabulov Ibrohim Mamatqul o‘g‘li, Abdurazzoqov Suhrob Siddiq o‘g‘li, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48777 Tue, 08 Apr 2025 00:00:00 +0000 ТОК ҚАЛАМЧАЛАРИНИ ТУТУВЧАНЛИГИ ЎСТИРУВЧИ МОДДАЛАРНИНГ ТАЪСИРИ. https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48778
Тадқиқот натижалари шуни кўрсатдики, Ток қаламчаларинингг тутувчанглигида ИМК муҳим рол ўйнайди. Илдизнинг ривожланишида, каллус тўқималарини ривожланишида, ток қаламчаларнинг ер устки қисми ва ер остки илдиз тизимининг ривожланишида ИМК нинг ўрни жуда катталиги тажриба натижаларида аниқланди.
Эгамбердиев Пулатжон Эргашович, Хайруллаева Сарвиноз Лутфулло қизи, Zhong Weizhou Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48778 Tue, 08 Apr 2025 00:00:00 +0000 ILDIZMEVALI SABZAVOTLARNI SAQLASH USULLARI https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48792
Meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini saqlashda turli usullar qo‘llaniladi. Jumladan, dala sharoitida xandak va uyumlarda saqlash qadimiy usullardan hisoblanadi. Bu usul xo‘jaliklarda, xonadonlarda shuningdek, ombor etishmagan tayyorlov idoralarida ildizmevalilarni saqlashda keng qo‘llaniladi.
Tuxtamishev Sayitkul Saydullayevich, Anorboyev Asadbek Ziyodullo o‘g‘li, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48792 Wed, 09 Apr 2025 00:00:00 +0000 СИРДАРЁ ВИЛОЯТИ ШАРОИТИДА УЗУМ КЎЧАТЛАРИНИ ЕТИШТИРИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48793
Ушбу мақолада токни кўпайтириш ва кўчат етиштиришга оид маълумотлар келтирилган.
Д.У.Абдураимов, Ф Хўжақулов, И.Х.Сатторов , Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48793 Wed, 09 Apr 2025 00:00:00 +0000 MAMLAKATIMIZDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING XOZIRGI KUNDAGI O‘RNI VA ISTIQBOLLARI. https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48844
Maqolada bugungi kunda muqobil energiya manbalaridan foydalinish bo‘yicha dunyo amaliyoti va bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar katta ahamiyatga ega ekanligi, tabiiy resurslarning dunyo bo‘yicha zaxiralarining kamaiyb borayotganligi, shuningdek respublikamizda energiya samaradorligiga erishish maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
V.A.Ermatov, B.K.Batirov, Zhong Weizhou, Yang Xueji, Guo Fei Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48844 Wed, 09 Apr 2025 00:00:00 +0000 XALQ OGʻZAKI IJODI NAMUNALARINING BOLALAR ADABIYOTI SIFATIDAGI OʻRNI VA TARBIYAVIY AHAMIYATI https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48853
Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalarining bolalar adabiyoti sifatida umumta’lim muassasalarida o‘qitilishi va uning bolalarning ruhiy hamda aqliy tarbiyasiga ta’siri tahlil etilgan. Maqolada xalq ertaklari, maqollar, topishmoqlar, dostonlar va boshqa janrlarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati, ularning bolalar dunyoqarashi va axloqiy shakllanishiga ijobiy ta’siri yoritiladi.
Boboqulova Mohina Norsafar qizi Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/cajar/article/view/48853 Wed, 09 Apr 2025 00:00:00 +0000