Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Опубликован: 2025-07-07

O‘ZBEKISTON VA ERON ISLOM RESPUBLIKASI MUNOSABATLARI YANGI BOSQICHDA

Mazkur maqola “Yangi O‘zbekiston va Eron Islom Respublikasi munosabatlari yangi bosqichda” mavzusiga bag‘ishlanadi. Ushbu ilmiy ishda, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi diplomatik va iqtisodiy aloqalarning rivojlanish bosqichlari, mavjud imkoniyatlar va yangi shakllanayotgan hamkorlik tarmoqlari tahlil qilinadi. O‘zbekistonning mustaqillik yillarida Eron bilan aloqalarida o‘zgarishlar kuzatilgan bo ‘lib, 2020-yillarda ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorliklarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilgan muhim tashabbuslar tahlil qilinadi. Maqolada Eronning yadro dasturi, Eron va AQSh o‘rtasidagi diplomatik mojaro, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik masalalari kontekstida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlikning o‘rni va ahamiyati o‘rganiladi. Ishning maqsadi Eron Islom Respublikasi bilan O‘zbekistonning yangi tashqi siyosatini shakllantirish va mintaqaviy barqarorlikni ta‘minlashdagi o‘zgaruvchan dinamikalarni ko‘rsatishdir. Maqolada bu jarayonlarning tarixi, hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari ko ‘rib  chiqildi.

Quljonov Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘li

4-7

2025-07-07

TA’LIMDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada talim tizimida raqamli transformatsiya jarayonining ahamiyati, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining talim sifati va samaradorligiga tasiri tahlil qilingan. Suniy intellekt, virtual va kengaytirilgan haqiqat, masofaviy talim platformalari kabi raqamli vositalarning afzalliklari va ularni joriy etishda duch kelinayotgan muammolar yoritilgan. Shuningdek, Ozbekistonda raqamli talim boyicha olib borilayotgan islohotlar hamda istiqbolli yonalishlar korib chiqilgan

Alimardanova Nigora Abdihakim qizi, Yo'ldoshyeva E'zoza Ravshan qizi

8-10

2025-07-08

OKS VA YAKSART ORALIG‘IDA SIVILIZATSIYA DINAMIKASI: ANTIK OʻRTA OSIYO TARIXIY-GEOGRAFIK MAKONI

Maqolada antik davr Oʻrta Osiyosining Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) oralig‘idagi madaniy-siyosiy va geografik taraqqiyot jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mintaqaning ichki landshafti, tabiiy chegaralari, joylashuvning strategik funksiyasi va geokulturaviy resurslari asosida qadimiy sivilizatsiyalar shakllanishi o‘rganiladi. Shuningdek, sug‘orma dehqonchilik, harbiy-logistik yo‘nalishlar va geoklimatik tsikllarning jamiyatlar taraqqiyotiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqola tarixiy geografiyaga sistematik va strukturaviy nuqtai nazardan yondashib, Oʻrta Osiyodagi hududiy komplekslarning ichki rivojlanish mexanizmlarini ochib beradi.

Nursultan Bekmuratov

11-12

2025-07-08

GISTOLOGIYANING ZAMONAVIY YO’NALISHLARI VA TADQIQOT USULLARI

Gistologiya — to‘qimalarning mikroskopik tuzilishini o‘rganadigan ilmiy soha bo‘lib, so‘nggi yillarda yangi texnologiyalar yordamida sezilarli darajada rivojlandi. Mazkur maqolada gistologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari va yangi tadqiqot usullari tahlil qilinadi. Ushbu yo‘nalishlarga ilg‘or mikroskopiya, molekulyar gistologiya, raqamli patalogiya va sun’iy intellektning gistologiyada qo‘llanilishi kiradi. Ushbu texnologiyalar yordamida gistologik tadqiqotlar yanada aniq, tez va samarali bo‘lib, tibbiyot sohasida yangi imkoniyatlarni yaratmoqda.

G’aniyeva Shaxnoza Olim qizi

13-17

2025-07-10

JAMOATCHILIK BILAN ALOQALAR SOHASIDAGI YANGI TENDENSIYALAR: XALQARO TAJRIBA

Ushbu maqola jamoatchilik bilan aloqalar sohasidagi global miqyosdagi yangi tendentsiyalarni tahlil qiladi. Raqamli transformatsiya, ma'lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish, ijtimoiy mas'uliyat va inqirozli kommunikatsiya kabi asosiy yo'nalishlar xalqaro tajriba misolida ko'rib chiqiladi. Maqolada ushbu tendentsiyalarning PR amaliyotiga ta'siri va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari baholanadi.

Esengeldieva Asem Yuriy qizi,

18-20

2025-07-10

BUXORO XONI IMOMQULIXON VA BOSHQA NUFUZLI ASHTARXONIY HUKMDORLARNING JO‘YBOR SHAYXLARI BILAN MUNOSABATLARI

Buxoro xonligida Jo‘ybor shayxlarining siyosiy maydonga chiqish holatlari Shayboniy hukmdor Abdullaxon II hukmronligi davrida (1556 – 1598) boshlanganligini bilamiz. Abdullaxon II hokimiyat tepasiga kelishida Jo‘ybor shayxi Muhammad Islom va uning o‘g‘li Abubakr Sa’dlarning katta xizmatlari bo‘lgan va xon umri davomida ularga yaxshi munosabatda bo‘lib, juda ko‘p inomlar bergan. Bu ishlarni Ashtarxoniy hukmdorlardan Imomqulixon va yana bir necha hukmdorlar keng miqyosda davom ettirishdi. Buxoro xonligida katta mavqega ega bo‘lgan Jo‘ybor shayxlari bilan olib borilgan yaqin munosabatlar xonlikning ichki ziddiyatlarsiz, markazlashgan yirik davlatga aylanishiga turtki bo‘ldi va mamlakat hududida nisbatan tinchlik saqlanib qoldi. Quyidagi maqola “bu qanday shakllandi, bu kabi yaqin munosabatlar xonlikda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi va oqibati qanday yakun topdi?” degan savollarga javob beradi.   

Sulaymonov Boburjon Dilmurod o‘g‘li

21-26

2025-07-10

VERTUAL OLAMGA QARAMLIKNING XUSUSIYATLARI

Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bilan virtual olamga qaramlik-bu jamiyat va shaxs salomatligi uchun katta xavf tugʻdiruvchi global muammoga aylanmoqda. Ushbu tadqiqot virtual qaramlikning psixologik xususiyatlarini (masalan, ijtimoiy izolyatsiya, hissiy beqarorlik, internet-baʼzilik sindromi) va ularga taʼsir etuvchi omillarni (yosh, jins, virtual faoliyat turi) Oʻzbekiston kontekstida oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotda 2022–2023 yillarda 400 nafar (15–35 yosh) ishtirokchida oʻtkazilgan soʻrov, klinik psixologlar bilan intervyular va “Internet qaramligi testi” (IAT) asosidagi baholash usullari qoʻllanildi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, respondentlarning 30% klinik darajada qaramlik belgilariga ega, 55% esa oʻrtacha darajadagi alomatlarni bildiradi. Qaramlik darajasi bilan depressiya (r=0.62), kayfiyat oʻzgarishi (r=0.58) va ijtimoiy fobiya (r=0.45) oʻrtasida kuchli bogʻliqlik aniqlandi. Xulosa qilib, virtual muhitning salbiy taʼsirini kamaytirish uchun psixoprofilaktika dasturlarini joriy etish, raqamli madaniyatni shakllantirish va qonuniy tartibga solish tavsiya etiladi.

Shalola Fozilova

27-31

2025-07-12

O'ZBEKISTONDA MEDIATORLAR MALAKASI VA KASBIY TAYYORGARLIGINING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu maqolada O'zbekistonda mediatorlar malakasi va kasbiy tayyorgarligining normativ-huquqiy asoslarini keng qamrovli tahlil qilinib, mediatsiya instituti va uning rivojlanish yo'nalishlari, mediatorlarning huquqiy maqomi, professional va noprofessional mediatorlar faoliyatining tartibga solinishi, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi va sertifikatlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Bundan tashqari, mediatorlarning kasbiy ko‘nikmalari, etikasi, javobgarligi va professional mediatorlar reyestri borasida to’xtatilib o’tilib, xalqaro tajriba va standartlar bilan solishtirish orqali O'zbekistonda mediatsiya institutining rivojlanish istiqbollari va zamonaviy yo'nalishlari tahlil qilingan.

Akbar Jo‘rayev Abdushukur o‘g‘li

32-38

2025-07-15

BUXORO VILOYATI AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI: TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR

O'zbekistonning janubi-g'arbiy qismida, Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan Buxoro viloyati tarixiy ahamiyat kasb etadigan, madaniy boylik va tabiiy go'zallikka ega viloyatdir.  Buxoro viloyati tarixiy ta'sirlar, iqtisodiy o'zgarishlar va aholi dinamikasi bilan shakllangan dinamik mehnat bozoriga ega. Ushbu maqolada biz Buxoro viloyati aholisi va  mehnat resurslarining asosiy jihatlarini o'rganamiz, bandlik tendentsiyalari, muammolar va kelajakdagi imkoniyatlarini atroflicha yoritamiz.

Tuxtamuratova Dilnoza Dilmurodovna

39-42

2025-07-15

ОПЕРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ В ГРАЖДАНСКОМ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Оперативного управления в гражданском законодательстве Республики Узбекистан, законодатель прямо исключает возможность для субъектов права оперативного быть участниками определенных правоотношений. Так в соответствии с положениями ст. 851 ГК РУз «имущество, находящееся в хозяйственном ведении или оперативном управлении, не может быть передано в доверительное управление».

Артиков Бахадир Адилович

43-47

2025-07-18

К ВОПРОСУ О СУЩНОСТИ ПРАВА ОПЕРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ В ГРАЖДАНСКОМ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

В гражданском законодательстве до обретения Республикой Узбекистан независимости нормы об оперативном управлении располагались в разделе Гражданского кодекса, посвященном праву собственности, что дало право сторонникам цивилистической концепции утверждать об оперативном управлении как о вещном праве.

Артиков Бахадир Адилович

48-52

2025-07-18

ANTIBAKTERIAL TERAPIYA XAVFSIZLIGINI OSHIRISHDA VEN TAHLILINING KLINIK AHAMIYATI

Antibakterial terapiyaning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash zamonaviy klinik amaliyotning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. VEN tahlili (Vital, Essential, Non-essential) antibakterial vositalarning klinik ahamiyatini baholash orqali, ularni maqsadli tanlash, xavfsizlikni ta’minlash va nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirishda muhim vosita sifatida foydalaniladi. Ushbu maqolada VEN tahlilining nazariy asoslari, amaliyotdagi qo‘llanilishi va antibakterial terapiya xavfsizligidagi roli yoritiladi.

Olim Siddiqov

53-56

2025-07-18

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ СУРУНКАЛИ ИЧКИЛИКБОЗЛИККА РУЖУ ҚЎЙГАН ШАХСЛАРНИ МАЖБУРИЙ ДАВОЛАШ МУАССАСАЛАРИГА ЖОЙЛАШТИРИШ БЎЙИЧА ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ, (Бухоро вилояти мисолида)

Мақолада профилактика инспекторларининг сурункали ичкиликбозликка мойил шахсларни аниқлаш ва

уларни мажбурий даволаш муассасаларига жойлаштиришдаги фаолияти таҳлил қилинган.

Ичкиликбозлик жамоат хавфсизлигига таҳдид сифатида кўриб чиқилиб,профилактика тадбирларининг

аҳамияти ёритилган. Таҳлиллар Бухоро вилоятида содир этилган жиноятлар асосида олиб борилган.

Шунингдек, ички ишлар ва соғлиқни сақлаш органлари ўртасидаги ҳамкорликни кучайтиришга

доир таклифлар берилган.

Бабаханов Ҳамдам Қадамович, Иброҳимова Нозима Джамшидовна

57-60

2025-07-23

ЖИНОЯТ-ҲУҚУҚИЙ САНКЦИЯЛАРНИНГ ОПТИМАЛ МОДЕЛИНИ ТУЗИШДА ИНСОНПАРВАРЛИК ПРИНЦИПИНИНГ ТАТБИҚ ЭТИЛИШИ

Бугунги кунда жиноят-ҳуқуқий санкцияларнинг норматив хусусиятларини ифодалаш ва тузилиши муаммоси муҳим ва долзарб вазифа бўлишига қарамасдан ҳуқуқшунос олимлар томонидан тўлақонли ўрганилмаган. 

Ғани Каримкулович Ботиров,

61-66

2025-07-24

ЖИНОЯТ ҚОНУНИНИНГ АСОСИЙ ИНСТИТУТ ВА ПРИНЦИПЛАРИДА ИНСОНПАРВАРЛИКНИНГ ТУТГАН ЎРНИ

Инсонпарварлик собиқ социалистик тузумдан кейинги жиноий-ҳуқуқий сиёсатнинг ифодаси бўлиб 1994 йилда қабул қилинган Ўзбекистон Республикасининг янги Жиноят кодекси унга хизмат қилади.

Ғани Каримкулович Ботиров

67-74

2025-07-24

ЖАБРЛАНУВЧИ ВА ЖИНОЯТЧИ ЎРТАСИДАГИ МУНОСАБАТЛАРНИНГ ИНСОНПАРВАРЛИК ПРИНЦИПИГА АСОСЛАНГАН ҲОЛДА ШАКЛЛАНИШИ

Инсонпарварлик жиноят ҳуқуқининг энг муҳим ғояси сифатида унинг нормалари мазмунига сингдирилиши натижасида ўзининг ҳуқуқий шаклига эга бўлиши, пировардида жиноят қонунчилигининг принципи сифатида ифодаланади.

Ғани Каримкулович Ботиров

75-84

2025-07-24

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛИКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИ ТОМОНИДАН АМАЛГА ОШИРИЛАДИГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ УМУМИЙ ПРОФИЛАКТИКАСИ

Мақолада ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профиликтикаси хизматлари томонидан амалга ошириладиган ҳуқуқбузарликларнинг умумий профилактикаси фаолияти хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.

Аманов Аброржон Абдуллаевич

85-90

2025-07-24

ЎЗБЕКИСТОН ВА МАРКАЗИЙ ОСИЁ МАМЛАКАТЛАРИ ЎРТАСИДАГИ ЎЗАРО МУНОСАБАТЛАРНИ РИВОЖЛАНИШИНИНГ АЙРИМ ЖИХАТЛАРИ

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining geosиёсий manfaatlari va o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikning afzalliklari va боғлиқлиги, har bir davlatning milliy manfaatlari va tashqi siyosiy ustuvorliklari haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijasida mintaqaning geostrategik o‘ziga xosligi, xususan, iqtisodiy, siyosiy masalalari doirasidagi ustuvor yo‘nalishlar ҳақида фикрlar tahlil qilingan.

Умаров Закир Равупович

91-94

2025-07-24

ЦИФРОВИЗАЦИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ИНСПЕКТОРА ПРОФИЛАКТИКИ

В данной статье рассматриваются актуальные аспекты использования современных информационно-коммуникационных технологий инспекторами профилактики в их повседневной деятельности.

З.Ш. Шаумаров, Э.Э. Эрманова

95-102

2025-07-24

YOSHLARNING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATINI YUKSALTIRISH: O‘ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR VA YONDASHUVLAR

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ko‘rib chiqadi. “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida adliya organlari, Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikumlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar tahlil qilinadi. Maqolada huquqiy targ‘ibot tadbirlari, “Tengdoshimga huquqiy yordam” aksiyalari, huquqshunoslik kasbining obro‘sini oshirish, onlayn huquqiy savodxonlik maktabi va “Huquqiy bilimlar oyligi” kabi tashabbuslarning ahamiyati yoritilgan hamda olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda amaliy va nazariy yondashuvlarning muhimligi ta’kidlanadi. Maqola yoshlarning qonunga itoatkorligi, vatanparvarlik tuyg‘ulari va ijtimoiy faolligini oshirish orqali jamiyatning barqaror rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasini ko‘rsatadi.

Elyor G‘aniyev

103-106

2025-07-24

БОСҚИНЧИЛИК ЖИНОЯТЛАРИНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИНИНГ ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ

Мамлакатимизда ҳуқуқий демократик давлат ва эркин фуқаролик жамиятини ривожлантиришга оид муҳим ислоҳотлар амалга оширилаётган бугунги кунда жиноятларни олдини олишда ички ишлар органларининг  кенг жамоатчилик яъни, фуқаролик жамияти институтлари билан ҳамкорлигининг самарали шаклларини юртимиз ижтимоий ҳаётига тадбиқ этиш замон талабидир. Хусусан, 2024 йилда мамлакатимизда 132 298 та жиноят содир этилган бўлиб, жами жиноятлар сони юртимиз бўйича ҳар 100 минг аҳолига қарийб 200 тадан тўғри келган.

Аллаёров Джура Хайкалович

107-111

2025-07-24

COMPLEX EVALUATION OF QUALITY INDICATORS OF TWO-LAYER M KNITTED FABRICS FROM PAN YARN .

In the scientific work, research was conducted on a comprehensive evaluation of two-layer knitted fabrics made of cotton yarn, with the aim of effectively using local raw materials.

S.Saparova, Mirsadikov M. , M.Musaeva, M.Mukimov

112-117

2025-07-26

TISH IMPLANTATSIYASIDAGI PERI-IMPLANTITNI OLDINI OLISH CHORALARI

Tish implantatsiyasi bugungi kunda bevosita estetik va funksional tiklash usuli sifatida keng qo‘llanilmoqda. Biroq, bu jarayon bilan bog‘liq asoratlar, xususan peri-implantit – implant atrofidagi yumshoq va qattiq to‘qimalarning yallig‘lanishi – stomatologlar oldida muhim muammo bo‘lib qolmoqda. Peri-implantit kechki bosqichda implant yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada peri-implantit rivojlanishining asosiy sabablari, xavf omillari, erta diagnostikasi va eng samarali profilaktik choralari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, bemorlarning individual gigiyenasi, professional tozalash protokollari, yuzasiga qoplama texnologiyalarining roli va antibiotik terapiyasining oldini olishdagi o‘rni yoritiladi. Maqola zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida tayyorlangan bo‘lib, stomatologik amaliyotda foydalanishga mos takliflar beradi

Burhoniddin Shukurov

118-119

2025-07-29

MANGʻITLAR SULOLASI DAVRIDAGI BUXORODA TARIX FANI RIVOJI

Ushbu maqolada Buxoroda mangʻitlar sulolasi hukmronligi davriga kelib Tarix fanining rivojlanishida qilingan ishlar, yozilgan asarlar, yutuqlar va kamchiliklar yoritilgan.

Sayfiddin Sotvoldiyev

120-121

2025-07-29

UY-JОY KОMMUNАL XIZMАT KО‘RSАTISHDА YАGОNА ID TIZIMIDАN FОYDАLАNIB INNОVАTSIОN RIVОJLАNTIRISHGА TА’SIR ETUVСHI ОMILLАRNING KО‘Р ОMILLI EKОNОMETRIK MОDELINI TUZISH.

Ushbu maqolada uy-joy komunal xo`jaligini innovatsion rivojlantrishning zarurati uning ijtimoiy va iqtisodiy samaralari tahlil qilinadi.

Y Adilova

122-124

2025-07-29

ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИ

Мақолада ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг фуқаролик жамияти институтлари билан ҳамкорлиги хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.

ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, ички ишлар органлари, ҳуқуқбузарликлар профиликтикаси хизматлари, фуқаролик жамияти институтлари ҳамкорлик.

Аманов Аброржон Абдуллаевич

125-132

2025-07-29

AMIR TEMUR FARZANDLARI VA ULARNING TARBIYASI HAQIDA

 Ushbu maqolada Amir Temur farzandlari va ularning tarbiyasi haqida fikr yuritilgan bo’lib, unda sharqona va islom an’analariga amal qilinganligi manbalar asosida yoritib berishga harakat qilingan.

Ziyodaxon Azamjanova , Bahromjon Abdullayev

133-136

2025-07-29

ОСОБЕННОСТИ ДОПРОСА ЛИЦ, УЧАСТВУЮЩИХ В СБЫТЕ СИНТЕТИЧЕСКИХ НАРКОТИКОВ В ИНТЕРНЕТЕ

Автор статьи рассматривает сложности и особенности допросов лиц, участвующих в сбыте синтетических наркотиков через интернет. Освещается нарастающая проблема распространения синтетических наркотиков, которые за последние десять-пятнадцать лет заняли значительную долю наркотического рынка. Особенно выделяется роль цифровых технологий, таких как интернет-мессенджеры и платформы в даркнете, которые облегчают анонимную и бесконтактную торговлю. Автор акцентирует внимание на необходимости адаптации методов допроса к условиям современной цифровой среды и высокой степени анонимности участников преступной деятельности. Подчеркивается, что успешность допросов зависит от глубины понимания следователями структуры наркосиндикатов, иерархии ролей в них и специфики использованных преступниками технологий. Обсуждаются также недостатки существующих подходов к допросам и предлагаются пути их усовершенствования, включая разработку специализированных обучающих программ для правоохранительных органов, которые включают изучение информационных технологий и психологии допроса. Предлагаемые методы допроса, по мнению автора, поспособствуют повышению эффективности следственных мероприятий и улучшению борьбы с наркоторговлей в цифровую эпоху.

Олейник Валентин Валентинович

137-142

2025-07-31

MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT MASKANLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING DOLZARB MASALALARI

Mazkur maqolada mahalla huquq-tartibot maskanlarining tashkil etilishi, ularning huquqiy asoslari, faoliyat yo‘nalishlari hamda amaliyotdagi muammolari yoritilgan. Xususan, kadrlar yetishmovchiligi, moddiy-texnik ta’minotdagi kamchiliklar, idoralararo muvofiqlashtirishning sustligi va jamoatchilik ishonchi masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maskan faoliyatini takomillashtirish uchun kadrlarni tayyorlash, raqamli texnologiyalar, jamoaviy hamkorlik va xorijiy tajribalardan foydalanish bo‘yicha aniq takliflar berilgan.

Xidirov Furqat Shukurullvevich

143-148

2025-07-31

ПРОФИЛАКТИК ҲИСОБГА ОЛИНГАН ШАХСЛАР ТОМОНИДАН СОДИР ЭТИЛАЁТГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ТЎҒРИСИДАГИ АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР

Мазкур мақолада бугунги кунда Ўзбекистон Республикаси “Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида”ги қонунига асосан профилактик ҳисобга олинган шахсларнинг профилактик ҳисобда турган даврда улар томонидан содир этилаётган ҳуқуқбузарликлар бўйича профилактик ҳисоб иши доирасида жавобгарлик механизмлари белгиланмаганлиги, шунингдек бу каби ҳолатларда Ўзбекистон Республикаси қонунчилигида профилактик ҳисобда турган шахслар томонидан содир этилаётган ҳуқуқбузарликлар бўйича жавобгарликни белгилаш тўғрисида илмий таклифлар ишлаб чиқилган.

Нарзиев Шахзодбек Зойирович

149-152

2025-07-31

YOSHLAR ONGI VA MIGRATSIYA JARAYONI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: KONSEPTUAL YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada yoshlar ongi hamda migratsiya jarayonlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqlik konseptual jihatdan tahlil qilinadi. O‘zbekiston yoshlarining migratsion niyatlari va ongida yuzaga kelgan o‘zgarishlarni o‘rganish uchun 800 nafar 18–30 yoshdagi respondentlar bilan o‘tkazilgan miqdoriy so‘rovnoma va 20 nafar respondent bilan yarim tuzilgan intervyular natijalari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, migratsiyaga intilish ko‘pincha iqtisodiy-sotsiologik omillar bilan bir qatorda yoshlarning shaxsiy motivatsiyalari, informatsion ta’sirlar va global madaniy oqimlardan olinayotgan ideal tasavvurlarga tayangan holda shakllanmoqda. Xususan, yoshlarning 72 % i ijtimoiy tarmoqlar va media orqali migrantlar tajribasiga asoslanib ongli migratsiya kontseptsiyasini qabul qilgani, 39 % i esa iqtisodiy omillarni asosiy sabab sifatida ko‘rsatgan. Muhokamalarda Bandura, Berger & Luckmann, Maslow va Massey kabi nazariy yondashuvlar kontekstida natijalar konstruktiv va ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan izohlandi. Xulosa sifatida, yoshlar migratsiyasi nafaqat iqtisodiy, balki psixologik-ijtimoiy va madaniy kontekstlarda ham talqin qilinishi lozimligi ta’kidlandi hamda davlat siyosatini yoshlar ongini shakllantirish, raqamli savodxonlik va identitetni mustahkamlashga yo‘naltirish tavsiya etildi.

Nigina Ruzimova

153-160

2025-07-31

ИММУНОЛОГИЧЕСКИЕ И ИММУНОГИСТОХИМИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ У ЖЕНЩИН С ПРИВЫЧНЫМ НЕВЫНАШИВАНИЕМ БЕРЕМЕННОСТИ: СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ И РЕЗУЛЬТАТЫ ИССЛЕДОВАНИЙ

Невынашивание беременности является серьезной проблемой, затрагивающей до 15-20% всех беременностей. У женщин с предыдущим невынашиванием риск повторных потерь значительно выше, что делает прогнозирование исходов беременности крайне важным аспектом для минимизации осложнений. В данной статье представлены современные методы прогнозирования, основанные на данных собственных исследованиях. 

Матризаева Гульнара Джуманиязовна, Ихтиярова Гулчехра Акмаловна, Икрамова Холида Сохибона

161-176

2025-07-31