Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-10-06
Статьи
RAQAMLI PLATFORMALAR ASOSIDA DXSH LOYIHALARINI BOSHQARISH IMKONIYATLARI
Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini boshqarishda raqamli texnologiyalar va platformalar qo’llanilishi jarayonning shaffofligi, samaradorligi hamda xavflarni kamaytirish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Ushbu maqolada DXSh loyihalarida raqamli platformalar yordamida boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish masalalari o’rganildi. Tadqiqot davomida ilg’or xalqaro tajribalar (Buyuk Britaniya, Singapur va Estoniya misolida) tahlil qilinib, O’zbekiston sharoitida ularni joriy etish imkoniyatlari baholandi. Natijalarga ko’ra, DXSh jarayonida raqamli monitoring, kontraktlarni boshqarish tizimlari va ochiq ma’lumotlar bazasi orqali ishonch va samaradorlikni oshirish mumkinligi aniqlangan.
2025-10-08
СУРУНКАЛИ ИЧКИЛИКБОЗЛИК ВА ГИЁҲВАНДЛИККА РУЖУ ҚЎЙГАН ШАХСЛАРНИ МАЖБУРИЙ ДАВОЛАШ МУАССАСАЛАРИГА ЖОЙЛАШТИРИШ ТАРТИБИ ВА ШАРТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ БОРАСИДА АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР
Ушбу мақола юртимизда сурункали ичиликбозлик ва гиёхвантликка ружу қўйган шахсларни мажбурий даволаш муассасаларига жойлаштириш тартиби ва шартларини такомиллаштиришга бағишланган. Мақолада мажбурий даволашнинг назарий асослари, юртимиздаги амалий тажриба ва Украина, Беларус, Қозоғистон, Хитой давлатлари тажрибаси таҳлил қилинади. Мавжуд муаммолар, хусусан, моддий-техник база етишмаслиги, мутахассислар сонининг чекланганлиги ва даволаш муддатининг етарли индивидуаллаштирилмагани кўриб чиқилади. Моддий-техник базани модернизация қилиш, мутахассислар малакасини ошириш, даволаш муддатини индивидуаллаштириш ва маҳалла тизими билан ҳамкорликни кучайтириш бўйича таклифлар берилган. Ушбу чора-тадбирлар юртимизда жамоат хавфсизлигини мустаҳкамлашга ва ижтимоий муаммоларнинг олдини олишга хизмат қилади.
2025-10-08
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ОИЛА ТУРМУШ ДОИРАСИДАГИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИ ВИКТИМАЛОГИК ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ АЙРИМ ЖИҲАТЛАРИ
Оила турмуш доирасидаги ҳуқуқбузарликлар юртимизда ижтимоий барқарорлик ва жамоат хавфсизлигига жиддий таъсир кўрсатувчи муаммолардан биридир. Профилактика инспекторлари ушбу соҳада виктималогик профилактика усулларини қўллаган ҳолда оила зўравонлигининг олдини олиш, қурбонларнинг хавфсизлигини таъминлаш ва рецидивларни камайтиришда муҳим рол ўйнайди.
2025-10-08
ИЧКИ ИШЛАР ВАЗИРЛИГИ ЖАМОАТ ХАВФСИЗЛИГИ ДЕПАРТАМЕНТИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИНГ ИЖТИМОИЙ ЗАРУРАТИ
Мақолада Ички ишлар вазирлиги Жамоат хавфсизлиги департаменти Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг фуқаролик жамияти институтлари билан ҳамкорлигининг ижтимоий зарурати хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.
2025-10-08
ISSUES OF IMPROVING THE PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL COMPETENCE OF TEACHERS IN THE SYSTEM OF MILITARIZED HIGHER EDUCATION
The article expresses opinions on the specific qualities of increasing the pedagogical and psychological competence of a teacher in the militarized higher education system and the factors of its development.
2025-10-08
AGROTURIZM VA MAHALLIY AHOLI BANDLIGI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Agroturizm so'zi, qishloq xo'jaligi bilan bog'liq bo'lgan turizm faoliyatlarini anglatadi, bu esa qishloq hududlarida yashovchi mahalliy aholi uchun iqtisodiy rivojlanishning muhim manbaiga aylanishi mumkin. Ushbu maqolada agroturizmning mahalliy aholi bandligiga ta'siri, uning imkoniyatlari va muammolari tahlil qilinadi. Agroturizm, nafaqat qishloq xo'jaligi bilan bog'liq bo'lgan ishlarga qo'shimcha ravishda yangi ish o'rinlarini yaratish imkoniyatini yaratadi, balki mahalliy aholi uchun o'zlarining madaniyati, urf-odatlarini va hayot tarzini turistlarga tanishtirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatini ham beradi. Biroq, bu sohada yuzaga keladigan ba'zi muammolar ham mavjud, masalan, infratuzilmaning yetishmasligi, resurslarning nomutanosib taqsimlanishi va ekologik muammolar. Maqolada, shuningdek, agroturizmni rivojlantirish uchun mahalliy hokimiyat va davlat tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan siyosatlar ham ko'rib chiqiladi. Agroturizmning o'sishi va mahalliy aholi bandligining yaxshilanishi uchun kompleks yondashuv va samarali strategiyalar zarurligi ta'kidlanadi.
2025-10-08
IKKI O‘LCHAMLI SIMPLEXDA ANIQLANGAN KVADRATIK NOSTOXASTIK OPERATORLAR DINAMIKASI
Ushbu maqolada ikki o‘lchamli simplexda aniqlangan kvadratik nostoxastik operatorlarning dinamikasi o‘rganiladi. Kvadratik operatorlar murakkab tizimlarning evolyutsion rivojlanishini matematik modellashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, nostoxastik holatlarda ularning yangi xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda fiksir nuqtalar, invariant to‘plamlar hamda davriy trayektoriyalar tahlil qilinib, nostoxastik operatorlarning stoxastik operatorlardan farqli jihatlari ko‘rsatib berilgan. Olingan natijalar ushbu operatorlarning biologik, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishdagi qo‘llanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
2025-10-08
ISLOM HUQUQI (FIQH) ISLOM HUQUQIDA BURHONIDDIN AL-MARG`INONIYNING TUTGAN O`RNI VA ROLI
Maqolada fiqhshunoslik ya’ni islom huquqining nafaqat davlatimiz huquqida balki xalqaro huquq hamjamiyatida tutgan o’rni , islom huquqi tarixi va ushbu sohaga ajdodimiz Burhoniddin Al-Marg`inoniyning qo`shgan hissasi qisman o`rganilib , tahlil qilingan.Shuningdek bobomizning “Hidoya” asariga ham murojaat qilingan
2025-10-08
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARDA STEAM VA SMART TA'LIMI TEXNOLOGIYALARI RIVOJLANTIRISH
Zamonaviy ta'lim tizimida fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika sohalarini birlashtirishga asoslangan yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yondashuv o‘quv jarayonini xalqaro darajada ilg‘or pedagogik metodlar asosida tashkil etish, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini maksimal darajada samarali va qiziqarli qilish imkonini beradi. Fanlararo integratsiyaning asosiy maqsadi talabalar uchun ko‘proq real hayotga yaqin bo‘lgan vazifalarni yaratib, ularda tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonlarda nafaqat fanlar doirasida bilimlarni egallash, balki ulardan amaliyotda foydalanishning ko‘nikmalarini rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega.
2025-10-08
DEVELOPING VOCABULARY AND DIGITAL LITERACY IN ENGLISH LEARNING
This paper examines digital literacy in the EFL classroom and compares it with traditional literacy in vocabulary learning. While traditional literacy focuses on print-based reading and writing, digital literacy emphasizes using technology to communicate, create, and evaluate information.
2025-10-08
«ПРОБЛЕМЫ КОНТРОЛЯ ЗООНОЗНЫХ БАКТЕРИАЛЬНЫХ ИНФЕКЦИЙ НА ФОНЕ АНТИМИКРОБНОЙ РЕЗИСТЕНТНОСТИ»
В статье рассмотрены зоонозные бактериальные инфекции с точки зрения биологической безопасности. Основное внимание уделено антибиотикорезистентности таких возбудителей, как Salmonella spp., Campylobacter spp. и Brucella spp., а также их влиянию на здоровье населения и развитие животноводства. На примере Хорезмской области показаны санитарно-гигиенические проблемы, связанные с качеством питьевой воды и безопасностью пищевых продуктов, а также подчеркнута необходимость междисциплинарного подхода «One Health». Полученные результаты подтверждают важность мер контроля при борьбе с зоонозными бактериальными инфекциями.
2025-10-10
THE IMPORTANCE OF INTRODUCING AN ADMINISTRATIVE RESTRICTION MEASURE IN THE FORM OF AN ADMINISTRATIVE BAN ON ATTENDING VENUES WHERE OFFICIAL SPORTS COMPETITIONS ARE HELD ON THE DAY THEY ARE CONDUCTED.
This article explores the importance of applying an administrative restriction measure in the manner of administrative Prohibition of arriving on the day they are held at official sporting events in relation to individuals who have violated public order at sporting events or urged the public to commit disorder, as well as advanced foreign experience in applying these restriction measures.
2025-10-10
SHAXSGA YOʻNALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA DARSLARNI MUAMMOLI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida darslarni muammoli tashkil etish texnologiyalari yoritilgan.
2025-10-10
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA SINGAPUR METODIKASI VA KOMPLAYENS – NAZORATI
Ushbu maqolada Singapur davlatining korrupsiyaga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatli tajribasi hamda zamonaviy davlat boshqaruvi va korporativ faoliyatda korrupsiyaga qarshi “Komplayens – nazorat” tizimining ahamiyati tahlil qilinadi. Singapurning mustaqillikka erishgan dastlabki yillarida yuzaga kelgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va keng tarqalgan korrupsiyaga qarshi sobiq Bosh vazir Li Kuan Yu rahbarligida joriy etilgan qat’iy siyosiy islohotlar, mustaqil nazorat organlari, kuchli huquqiy bazalar va shaffof boshqaruv tamoyillari asosida samarali kurashish modeli yaratildi. Shu bilan birga, maqola “Komplayens – nazorat” tizimining davlat va xususiy sektor faoliyatida korrupsiya xavfini oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar ko‘rish va xalqaro hamda milliy qonunchilik asosida samarali boshqaruvni ta’minlashdagi roli yoritilgan. Ushbu tizim, o‘z navbatida, tashkilotlarda shaffoflikni oshirish, xodimlarda murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashda milliy va xalqaro standartlarga muvofiq amaliy model sifatida xizmat qiladi. Singapurning tajribasi va “Komplayens – nazorat” tizimi boshqa davlatlar uchun samarali korrupsiyaga qarshi strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy manba hisoblanadi.
2025-10-10
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ УЙ ҚАМОҒИ ЭҲТИЁТ ЧОРАСИ ТАНЛАНГАНГАН ШАХСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақолада профилактика инспекторларининг уй қамоғи эҳтиёт чораси танланган фуқаролар билан ишлаш фаолияти, улар билан амалга ошириладиган профилактик чора-тадбирлар, халқаро тажриба, муаммо ва камчиликлар ҳамда уларнинг ечимлари юзасидан фикр ва мулоҳазалар ёритилган.
2025-10-10
O‘TA O‘TKAZUVCHANLIKDAN MISOL TARIQASIDA MURAKKAB FIZIK HODISALARNI O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI
Ushbu maqolada o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasini o‘rganish orqali murakkab fizik tushunchalarni o‘quvchilarga tushunarli tarzda yetkazishning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. O‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasi kvant mexanikasining eng muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, uni o‘rgatishda interfaol, tajriba asosli, vizual va modellashtirishga tayangan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu metodlarning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi hamda o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi.
2025-10-10
СОЦИАЛЬНАЯ РОЛЬ ДЕВОЧЕК И ЖЕНЩИН В СОВРЕМЕННОМ ОБЩЕСТВЕ
В работе рассматривается социальная роль женщин и девочек в современном обществе и прослеживается историческая эволюция их статуса — от традиционной роли хранительницы домашнего очага до активного участия в общественной, профессиональной и политической жизни. Особое внимание уделено значению образования как основного фактора гендерного равенства и личностного развития. На примере успешных женщин Узбекистана, таких как Маъмура Йулдошева и Нозимахон Кадымова, показано, что трудолюбие, настойчивость и вера в себя открывают путь к достижению высоких целей. Работа подчёркивает, что равные возможности для девочек с детства являются ключом к устойчивому и гармоничному развитию общества.
2025-10-10
DAVLAT IQTISODIYOTIDA TURIZMNING ROLI VA O`ZBEKISTONDA TURIZM ISLOHATLARI
Ushbu maqolada O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab turizm sohasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralganligi yoritiladi. Turizmni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratilib, muhim qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan nizomlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida tashqi va ichki turizm uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali xorijiy sayyohlar sonini 15 millionga, mahalliy sayyohlarni 25 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, turizm klasterlarini rivojlantirish, madaniy meros ob’ektlarini tiklash, sog‘liqni saqlash va ta’lim turizmini rivojlantirish, “Tax Free” tizimini joriy etish, transport infratuzilmasini kengaytirish kabi kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Mazkur islohotlar mamlakat iqtisodiyotida turizmning o‘rnini mustahkamlash va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
2025-10-13
ROBOTLASHTIRILGAN PATRUL VA UCHUVCHISIZ APPARATLAR YORDAMIDA TOIFALANGAN OB`EKTLARNI QO`RIQLASHNI AVTOMATLASHTIRISH
Ushbu maqola robotlashtirilgan patrul va uchuvchisiz apparatlar (UAA) orqali toifalangan obʼektlarni qoʻriqlash jarayonini avtomatlashtirishning zamonaviy usullari va afzalliklarini tahlil qiladi. Tahlil jarayonida robot patrullar va dronlar xavfsizlikni oshirish, inson omilini kamaytirish hamda real vaqt rejimida monitoring olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Avtomatlashtirilgan tizimlarning samaradorligi sensorlar, sunʼiy intellekt va masofadan boshqarish texnologiyalari asosida baholanadi. Shuningdek, maqolada xavfsizlik tizimlarini monitoring qilish va tezkor javob berishni taʼminlash uchun robotlashtirilgan patrul va UAAlarning integratsiyasi, shuningdek, ularning qo‘llanilish sohalari ham yoritiladi. Natijada, ushbu yondashuv toifalangan obʼektlar xavfsizligini yuqori darajada taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
2025-10-15
THE ROLE OF METAPHORS IN CREATING IMAGERY AND IMAGERY (ON THE EXAMPLE OF THE WORKS OF UTKIR HOSHIMOV)
This article discusses the use of metaphors in literary texts to achieve imagery and descriptiveness, and the ideas expressed are explained based on examples from literary works.
2025-10-15
INSON TANA QISMLARINING LOTINCHA NOMLANISHI VA ULARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada inson tana qismlarining lotincha nomlanishi, ularning kelib chiqishi, ma’nosi hamda zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni yoritilgan. Lotin tili qadimdan tibbiyot fanining asosiy ilmiy tili bo‘lib kelgan. Shuning uchun anatomiya, fiziologiya, patologiya kabi yo‘nalishlarda ishlatiladigan terminlarning aksariyati lotin tilidan olingan. Maqolada inson tana qismlarining lotincha nomlari nafaqat ularni oson eslab qolish, balki xalqaro miqyosda yagona tibbiy tushuncha yaratishdagi ahamiyati bilan tahlil qilinadi. Lotin terminlarini to‘g‘ri qo‘llash shifokor va talaba uchun nafaqat ilmiy saviyani oshiradi, balki kasbiy muloqotni aniq va to‘g‘ri yuritishga yordam beradi. Shuningdek, maqolada lotin tili asosidagi anatomiya atamalari tibbiyot ta’limida, klinik amaliyotda va xalqaro tibbiy aloqalarda qanday rol o‘ynashi haqida fikr yuritilgan.
2025-10-15
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI VA UNING YARATILISH TARIXI VA AHAMIYATI
Ushbu maqolada mustaqillik bosqichidagi konstitutsiya yaratishga qaratilgan ilk harakatlar hamda O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi,sabablari hamda bosqichlari o`rganilgan,shuningdek Yangi O`zbekiston poydevorini qurishda hamda Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda konstitutsiyaning ahamiyati tahlil qilingan.
2025-10-15
PROFILAKTIKA INSPEKTORI TOMONIDAN PROFILAKTIK SUHBATLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI VA SHARTLARI
Maqola O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasiga tayanib, profilaktika inspektori tomonidan profilaktik suhbatlarni amalga oshirish tartibi va shartlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ushbu suhbatlarning maqsadi shaxslarni jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalariga rioya etishga yo‘naltirish, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning oqibatlarini tushuntirish va ijtimoiy reabilitatsiyani ta’minlashdan iborat. Maqolada suhbatlarning tayyorgarlik, o‘tkazish va natijalarni baholash bosqichlari, shuningdek, ularning mahalliy darajadagi kriminogen vaziyatni yaxshilashdagi roli ko‘rib chiqiladi.
2025-10-16
COMPARATIVE ANALYSIS OF MORPHOLOGICAL STRUCTURES OF ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES: SIMILARITIES AND DIFFERENCES IN THE VERB CATEGORY
This article provides a comparative analysis of the morphological structures of English and Uzbek languages using the verb category as an example. During the research, the morphological features, word formation, and modification processes of both languages are examined to identify similarities and differences. The article compares the morpheme system and tense-aspect expressions in English with the agglutinative suffixes and person-mood categories in Uzbek. The research results contribute to a deeper understanding of verb morphology in linguistics and help develop more effective methods for language teaching.
2025-10-20
PLATSENTAR YETISHMOVCHILIK PATOGENEZI VA ERTA ANIQLASH UCHUN BIOMARKERLAR
Platsentar yetishmovchilik - homiladorlik davrida ona va homila o‘rtasidagi moddalar almashinuvi, gazlar transporti hamda gormonal muvozanatning buzilishi natijasida rivojlanadigan murakkab patofiziologik holat hisoblanadi. Ushbu sindrom homilaning o‘sishdan orqada qolishi, intrauterin gipoksiya va perinatal asoratlarning asosiy sababi sifatida qaraladi. Platsentar yetishmovchilikning patogenezi ko‘p omilli bo‘lib, unda oksidlovchi stress, immun yallig‘lanish reaktsiyalari, endotelial disfunktsiya hamda angiogenez jarayonining buzilishi muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda ushbu kasallikni erta aniqlashga yo‘naltirilgan biomarkerlarni o‘rganish tibbiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishiga aylandi. Ayniqsa PlGF, sFlt-1, VEGF va Hcg kabi ko‘rsatkichlar platsentar funksional holatini baholashda yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligi aniqlanmoqda. Ushbu maqolada platsentar yetishmovchilikning patogenezi, molekulyar mexanizmlari, hamda uni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi asosiy biomarkerlarning diagnostik va prognostik qiymati tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida platsentar yetishmovchilikka olib keluvchi patobiokimyoviy mexanizmlar, oksidativ stressning roli va angiogen omillarning o‘zaro ta’siri yoritilgan. Shuningdek, erta tashxis va profilaktika choralari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari perinatal o‘limni kamaytirish, onalik va bolalik salomatligini mustahkamlashda muhim klinik ahamiyatga egadir.
2025-10-20
ALOE O’SIMLIGINING FOYDALI SIRLARI
Ushbu maqolada qadimdan shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur bo‘lgan aloe o‘simligi (Aloe vera) haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot davomida aloe bargida mavjud bo‘lgan tabiiy moddalar — vitaminlar (A, C, E, B guruhi), fermentlar, aminokislotalar, polisaxaridlar va minerallar — inson organizmiga ko‘rsatadigan foydali ta’siri o‘rganiladi. Maqolada aloesa o‘simligining tibbiyot, xalq tabobati va kosmetologiya sohalaridagi keng qo‘llanishi yoritiladi.Aloe sharbati va ekstraktlari terini tiklash, yallig‘lanishni kamaytirish, immunitetni mustahkamlash hamda ovqat hazm qilish tizimini yaxshilashda samarali vosita sifatida tanilgan. Shuningdek, aloe o‘simligi tarkibidagi tabiiy antioksidantlar organizmdan zararli moddalarning chiqishiga yordam beradi, hujayralarni yoshartiradi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi.Maqola natijalariga ko‘ra, aloe o‘simligidan tayyorlanadigan mahsulotlarni dorivor vosita sifatida qo‘llash nafaqat sog‘liqni saqlash, balki tabiiy kosmetika sanoatida ham istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Shu bois, aloe o‘simligini ilmiy asosda o‘rganish va uni xalq amaliyotida keng qo‘llash dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
2025-10-20
QIZLARDA INSON PAPILLOMAVIRUSI (HPV) INFEKSIYASINING OLDINI OLISHDA VAKSINANING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada qizlarda inson papillomavirusi (HPV) infeksiyasining oldini olishda vaksinaning samaradorligi, uning profilaktik ahamiyati va tibbiy amaliyotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Inson papillomavirusi - jinsiy yo‘l bilan yuqadigan eng keng tarqalgan virusli infeksiyalardan biri bo‘lib, bachadon bo‘yni saratoni, jinsiy a’zolar o‘smalari hamda boshqa epitelial o‘zgarishlarning asosiy sabablaridan sanaladi. Shu bois, HPV infeksiyasiga qarshi emlash sog‘liqni saqlash tizimida eng samarali profilaktik chora sifatida qaraladi. Maqolada HPV vaksinalarining turlari bivalent, kvadrivalent, nonavalent, ularning immunogenligi, qamrov darajasi va yoshga qarab qo‘llanilish tavsiyalari keng yoritilgan. Shuningdek, qizlarda emlash samaradorligi bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar tahlili keltirilgan, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda qo‘llanilayotgan emlash dasturlarining natijalari solishtirib o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, HPV vaksinasining 9–14 yosh oralig‘idagi qizlarda qo‘llanishi infektsiyaga qarshi kuchli immun javobni shakllantiradi hamda bachadon bo‘yni saratoni rivojlanish xavfini 70–90 foizgacha kamaytiradi. Shuningdek, maqolada vaksina samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar — emlash yoshi, vaksina turi, immun tizim holati, jamiyatdagi emlashga munosabat, ota-onalarning xabardorligi kabi jihatlar ham tahlil qilinadi. Qizlar o‘rtasida HPV haqida bilim darajasini oshirish, ota-onalarni xabardor qilish va emlash dasturlarini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlanadi. Maqola yakunida, HPV infeksiyasining oldini olishda vaksina eng ishonchli va iqtisodiy jihatdan samarali chora ekani asoslab beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida emlash dasturlarini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu tadqiqot natijalari yosh qizlar salomatligini saqlash, reproduktiv sog‘lomlikni ta’minlash hamda bachadon bo‘yni saratoni kabi og‘ir onkologik kasalliklarning oldini olishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
2025-10-20
“ODAM BO’LISH QIYIN” ASARI HAQIDA
O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” romani yoshlarning ma’naviy-axloqiy iztiroblarini, jamiyatdagi murakkab mustaqil tanlovlarini yoritadi. Uning qahramonlari — Abdulla, Gulchehra, Samad, Sayyora — maktab yoshidan bugungi haqiqatga o‘tmoqda, o‘z orzulari, ehtiroslari bilan yuzma‑yuz keladi. Asarda insoniylik, vijdon, sadoqat va xiyonat tushunchalari ko‘p qirralar bilan ochiladi. Roman tilining sodda, tushunarli bo‘lishi, voqealarning realistikligi va ijtimoiy muammolar bilan bog‘lanishi uni bugungi kun kitobxonlari uchun ham aktual qiladi.
2025-10-20
VOLEYBOLCHILARDA SAKRASH QOBILIYATI VA TEZKORLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada voleybolchilarda sakrash qobiliyati va tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar ilmiy asosda tahlil qilinadi. Jismoniy tayyorgarlikning ushbu ikki muhim komponenti sportchining o‘yin samaradorligini oshirishda, ayniqsa hujum va himoya harakatlarining aniqligi hamda tezligida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot davomida voleybolchilarning mushak kuchi, reaksiya tezligi va koordinatsion qobiliyatini rivojlantiruvchi mashg‘ulot komplekslari, plyometrik mashqlar va dinamik tezkorlik mashqlari o‘rganildi. Shuningdek, voleybolchilarning yosh, jins va tayyorgarlik darajasiga mos individual yuklama me’yorlari ishlab chiqildi. Natijada, mashg‘ulot jarayoniga ilmiy asoslangan metodikani tatbiq etish sportchilarning sakrash balandligi va tezkorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan.
2025-10-20
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА ИЖТИМОИЙ РЕАБИЛИТАЦИЯ ҚИЛИШ ВА ИЖТИМОИЙ МОСЛАШТИРИШ ТАРТИБИ ШАРТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ БОРАСИДА АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР
Ушбу мақола Ўзбекистон Республикасида ҳуқуқбузарликлар профилактикасида ижтимоий реабилитация ва мослаштириш тартиби шартини такомиллаштириш бўйича қабул қилинган қарорни академик услубда таҳлил этади. Қарорнинг асосий йўналишлари – оилавий-маиший зўрликнинг олдини олиш, жабрланганларни реабилитация қилиш, давлат органлари ва фуқаролик жамияти билан ҳамкорликни кучайтириш, инфратузилма яратиш ва "Маиший зўрлик ишлатишнинг олдини олиш тўғрисида"ги қонун лойиҳасини ишлаб чиқиш сифатида кўриб чиқилади. Халқаро олимларнинг тадқиқотларига таяниб, қарорнинг рецидивни 20–50% га камайтириш ва жамият хавфсизлигини ошириш потенциали таҳлил қилинади. Натожада, қарор мамлакат ислоҳотларига ҳамоҳанг бўлиб, ижтимоий-ҳуқуқий тизимнинг самарадорлигини юксалтиради.
2025-10-22
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИДА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ВА ҚЎРИҚЛАШ ХИЗМАТИ ХОДИМЛАРИНИНГ ҲАМКОРЛИГИ
Ушбу мақола профилактика инспектори ва қўриқлаш хизмати ходимларининг ҳуқуқбузарликлар профилактикасидаги
ҳамкорлигини илмий таҳлил этади.
2025-10-22
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MA’MURIY HUQUQBUZARLIKLAR TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDA HUQUQBUZARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqola profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda huquqbuzarning huquq va erkinliklarini ta’minlash mexanizmlarining hozirgi holatini tahlil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 294-moddasi asosida huquqiy normalar, amaliyotdagi muammolar va takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.
2025-10-22
OILA VA TURMUSH MUNOSABATLARI DOIRASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING MAHSUS PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY JIHATLARI
Ushbu maqola oila turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasini tashkil etishning nazariy jihatlarini batafsil tahlil etadi. Olimlar fikrlariga tayanib, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va psixologik sabablar tahlil qilinib, raqamli platformalar, mahalla tizimi, ta’lim dasturlari, ombudsmen yaratish va xalqaro standartlarni joriy etish taklif etiladi. Islohotlar zo‘ravonlikni 40% kamaytirib, jamiyat barqarorligini ta’minlaydi.
2025-10-22
МАНИПУЛЯЦИЯ В МАССОВОЙ КОММУНИКАЦИИ ЧЕРЕЗ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ СТРАТЕГИИ, УЯЗВИМОСТИ АУДИТОРИИ И СПОСОБЫ ЗАЩИТЫ
В статье рассматриваются психологические стратегии, лежащие в основе манипуляции в массовой коммуникации. Анализируются когнитивные и эмоциональные уязвимости аудитории, которые делают возможным скрытое воздействие на её восприятие и поведение. Особое внимание уделено механизмам влияния через язык, образы и социальные установки.
2025-10-22
BOLALARDA MILK TO‘QIMALARINING REGENERATSIYASIDA LAZER TERAPIYASINING SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada bolalarda milk (gingival) to‘qimalarining regeneratsiya jarayonida lazer terapiyasining klinik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotda sut tishlari davrida surunkali gingivit bilan kasallangan 7–12 yoshli 84 nafar bola ishtirok etgan. Lazer terapiyasi “diode laser” uskunasi yordamida past intensivlikda qo‘llanilib, jarohatlarning bitish tezligi, yallig‘lanish belgilari va og‘riq sindromi dinamikasi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, lazer terapiyasi qo‘llangan guruhda to‘qima regeneratsiyasi 1,8 marta tezroq kechgan, og‘riq va shish darajasi esa 42% ga kamaygan. Tadqiqot lazer energiyasining biostimulyatsion ta’siri bolalar stomatologiyasida xavfsiz va samarali bo‘lishini ilmiy asoslaydi.
2025-10-22
UMUMTALIM MAKTABLARINING BOSHLAGʻINCH SINFLARIDA OʻQUVCHILARNI MUSIQA FANINI OʻQITISH METODIKASI
Maqolada umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinflarida musiqa fanini oʻqitishning zamonaviy metodik asoslari, oʻqituvchining pedagogik mahorati, musiqiy idrok va estetik tarbiyaning shakllanishida dars jarayonining ahamiyati tahlil etilgan. Shuningdek, dars samaradorligini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish yoʻllari yoritilgan.
2025-10-22
КОРРУПЦИЯГА ОИД ЖИНОЯТЛАРДА ЖИНОЯТ СУБЪЕКТИНИНГ ТАСНИФИ
Мазкур мақолада коррупцияга оид жиноятларда жиноят субъектининг таснифи ва унинг ҳуқуқий-амалий аҳамияти атрофлича таҳлил этилган. Муаллиф коррупцион жиноятларнинг аксарият ҳолларда махсус субъект томонидан содир этилиши, жумладан мансабдор шахс, давлат ёки жамоат хизмати билан боғлиқ вазифаларни бажарувчи шахслар иштирокида амалга оширилишини таъкидлайди. Тадқиқотда Россия, Қозоғистон ва Беларусь Республикаси қонунчилиги мисолида коррупция субъектининг ҳуқуқий таърифлари қиёсий таҳлил қилинган.
2025-10-22
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ЁШ АВЛОДНИ ТЕРРОРИЗМ, ЭКСТРЕМИЗМ ВА БОШҚА ИЛЛАТЛАРДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШ БЎЙИЧА ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақолада профилактика инспекторининг ёш авлодни терроризм, экстремизм ва бошқа иллатлардан ҳимоя қилиш бўйича фаолиятини такомиллаштириш йўллари, ушбу соҳада мамлакатимизда амалга оширилаётган чора-тадбирлар, террориз ва экстремизмни олдини олишда юзага келаётган муаммо ва камчиликлар ҳамда уларнинг ечимлари юзасидан фикр ва мулоҳазалар ёритилган.
2025-10-22
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ЖАМОАТ ТАРТИБИНИ САҚЛАШ ФАОЛИЯТИНИ, БУ ТУРДАГИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Ушбу мақолада ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг жамоат тартибини сақлаш фаолиятини, бу турдаги ҳуқуқбузарликлар профилактикасини такомиллаштириш йўллари, ҳуқуқбузарликлар профилактикаси ҳизматларининг асосий вазифалари ва жамоат тартибини сақлашла юзага келаётган муаммо ва камчиликлар ҳамда уларнинг ечимлари юзасидан фикр ва мулоҳазалар ёритилган.
2025-10-22
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING TEZKOR-QIDIRUV XIZMATLARI BILAN HAMKORLIGI
Mazkur maqolada profilaktika inspektorining jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi o‘rni, xususan uning tezkor-qidiruv xizmatlari bilan samarali hamkorligi tahlil qilinadi. Profilaktika inspektori faoliyatining huquqiy asoslari, amaliy vazifalari va ularning ichki ishlar organlari tizimidagi o‘zaro aloqasi yoritiladi. Tezkor-qidiruv xizmatlari bilan o‘zaro axborot almashinuvi, profilaktik tadbirlarning rejalashtirilishi va amalga oshirilishidagi muvofiqlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, xalqaro tajriba asosida ushbu hamkorlikni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Tadqiqot jinoyatlarning oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda profilaktika inspektori hamda tezkor-qidiruv xizmatlari o‘rtasidagi integratsiyalashgan yondashuvning dolzarbligini asoslaydi.
2025-10-22
РОЛЬ МАТЕМАТИЧЕСКИХ ЗАДАНИЙ В РАЗВИТИИ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
В статье рассматривается влияние математических заданий на развитие логического мышления учащихся начальных классов. Исследование проводилось во 2-х классах школы №33 Чимбайского района. В результате было выявлено, что систематическое использование логико-математических упражнений способствует формированию аналитических способностей, умению рассуждать, делать выводы и применять полученные знания в новых ситуациях.
2025-10-22
XALQARO SIYOSIY MUZOKARALARNING ASOSIY TURLARI VA METODLARI
Ushbu maqolada xalqaro munosabatlarda siyosiy muzokaralarning asosiy turlari va metodlari, jumladan bilateral va ko‘p tomonlama muzokaralar, formal va noformal muzokaralar hamda mediatsiya va vositachilikning roli tahlil qilinadi. Maqola siyosiy muzokaralarning mohiyati, maqsadi va xalqaro siyosiy jarayondagi ahamiyatini yoritib beradi. Shuningdek, zamonaviy global muammolarni hal qilishda muzokaralarning amaliy tajribalari keltiriladi. Tadqiqotlar xalqaro munosabatlarda siyosiy muzokaralarning tinchlikni saqlash va siyosiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni va kelajakdagi istiqbollarini ko‘rsatadi.
2025-10-22
OCHIQ KON ISHLARIDAGI TASMALI KONVEYER ROLIKLARI KONSTRUKSIYASI VA QO‘LLANILISH TAHLILI
Ushbu maqolada tasmali konveyerlarning dunyodagi va Respublikamizda ekspluatasiyasi bugungi holatini tahlili ko’rib chiqilgan. Tasmali konveyerlarning tayanch konstruktsiyalari va rolik tayanchlari va fizik xususiyatlari, yemirishlarga chidamliligi, konchilik sanoatida qo’llanilayotgan tasmalarning ustunlik jihatlari tahlil qilingan.
2025-10-22
SIMULYATSION TA’LIM-TALABANING O‘Z BILIMI VA AMALIY KO‘NIKMASINI BAHOLASH IMKONI
Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, uni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, unga ilg‘or xorijiy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish vazifasi qo‘yilmoqda. So‘nggi yillarda tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida ta’limni optimallashtirish uchun simulyatsion ta’lim qo‘llanila boshlandi. Uning asosini ta’lim oluvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
2025-10-22
THE REFLECTION OF ANGLO-SAXON VALUES IN EARLY ENGLISH POETRY
The article explores the reflection of Anglo-Saxon moral and cultural values in early English poetry, focusing on the analysis of Beowulf, The Seafarer, and The Wanderer. The study emphasizes the central role of heroism, loyalty, and fate (wyrd) in shaping the ethical and philosophical worldview of the Anglo-Saxon people. Through these poems, the author examines how traditional pagan ideals of courage and honor were gradually transformed under the influence of Christianity, creating a unique synthesis of heroic and spiritual values. The research demonstrates that early English poetry not only served as a means of artistic expression but also functioned as a cultural record preserving the moral foundations of Anglo-Saxon society.
2025-10-22
INTERTEXTUALITY AND IRONY IN POSTMODERN BRITISH FICTION
This article examines the interrelation of intertextuality and irony as defining features of postmodern British fiction. Postmodern writers challenge the traditional concepts of authorship, originality, and narrative reliability by constructing texts that refer to and reinterpret previous literary and cultural works. Intertextuality serves as a means of establishing dialogue between texts and historical contexts, while irony functions as a critical and self-reflective device that exposes contradictions within language and ideology. Through the analysis of works by John Fowles, Julian Barnes, Jeanette Winterson, Martin Amis, and Ian McEwan, the study reveals how these techniques contribute to the creation of a multi-layered, self-conscious narrative structure. The article argues that the combination of intertextuality and irony not only defines the aesthetic nature of postmodern fiction but also reflects the broader philosophical skepticism characteristic of postmodern thought.
2025-10-22
FIZIKA VA MATEMATIKANI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
Ushbu maqolada fizika va matematika fanlarini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, loyiha asosida ta’lim, STEAM yondashuvi, virtual laboratoriyalar va raqamli platformalarning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan.
2025-10-22
LEKSIKOLOGIYANING PREDMETI, VAZIFALARI VA BOSHQA TILSHUNOSLIK SOHALARI BILAN ALOQASI
Mazkur maqolada leksikologiya fanining predmeti, asosiy vazifalari hamda boshqa tilshunoslik sohalari bilan o‘zaro aloqadorlik masalalari yoritilgan. Leksikologiya tilshunoslikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, tilning so‘z boyligini, uning shakllanish manbalari, semantik tuzilmasi, ma’no turlari va rivojlanish jarayonini o‘rganadi. Maqolada leksikologiyaning nazariy asoslari, uning fonetika, morfologiya, sintaksis va stilistika kabi sohalar bilan bog‘liqligi ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, semasiologiya, frazeologiya, etimologiya va onomastika bilan o‘zaro munosabati ham yoritilib, leksikologiyaning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotda leksikologiya fanining amaliy ahamiyati, xususan, lug‘atshunoslik, tarjimashunoslik hamda kompyuter lingvistikasi sohalaridagi qo‘llanishi ham tahlil etilgan. Maqolada so‘z boyligining rivoji, yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi va til orqali ijtimoiy-madaniy jarayonlarning aks etishi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2025-10-22
РОЛЬ МАТЕМАТИЧЕСКИХ ЗАДАНИЙ В РАЗВИТИИ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
В статье рассматривается влияние математических заданий на развитие логического мышления учащихся начальных классов. Исследование проводилось во 2-х классах школы №33 Чимбайского района. В результате было выявлено, что систематическое использование логико-математических упражнений способствует формированию аналитических способностей, умению рассуждать, делать выводы и применять полученные знания в новых ситуациях.
2025-10-22
OZIQLANISH MADANIYATI VA ZAMONAVIY DIETOLOGIYA YO’NALISHLARI
Oziqlanish madaniyati inson salomatligi, turmush tarzi va ijtimoiy qadriyatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Zamonaviy dietologiya esa ilmiy asoslangan ovqatlanish tamoyillariga tayanib, sog‘lom hayot kechirish, kasalliklarning oldini olish va organizmning optimal faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu mavzuda oziqlanish madaniyatining tarixiy shakllanishi, milliy an’analar va zamonaviy dietologiya yo‘nalishlarining o‘zaro aloqasi tahlil qilinadi. Shuningdek, ratsional ovqatlanish, funksional oziq-ovqatlar, individual dietalar va parhez tizimlarining inson salomatligiga ta’siri yoritiladi.
2025-10-27
BOLALARDA DAUN SINDROMI
Daun sindromi — bu genetik kasallik bo‘lib, 21-xromosomaning ortiqcha nusxasi tufayli yuzaga keladi. Ushbu sindrom bilan tug‘ilgan bolalarda o‘ziga xos jismoniy belgilar, aqliy rivojlanishning sustligi, yurak, eshitish, ko‘rish va ovqat hazm qilish tizimida turli nuqsonlar kuzatiladi. Maqolada Daun sindromining kelib chiqish sabablari, irsiy omillar, prenatal (homiladorlik davrida) diagnostika usullari, erta reabilitatsiya va tibbiy-pedagogik yordamning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, Daun sindromiga ega bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning ta’lim-tarbiya jarayonida individual yondashuvni qo‘llash, ota-onalar va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik qo‘llab-quvvatlashning roli yoritilgan. Ushbu maqola mutaxassislar, pedagoglar va ota-onalar uchun Daun sindromiga ega bolalar bilan ishlashda amaliy tavsiyalar beradi.
2025-10-27
YO'L-TRANSPORT TIZIMINI TASHKIL ETISHDA EKOLOGIK TALABLARNING ZARURATI VA MOHIYATI
Maqolada yo'l-transport tizimining samaradorligi va xavfsizligini hisobga olgan holda atrof muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish masalasi ko'rib chiqildi. Yo'l-transport tizimlarini tashkil etishda va transport harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirishning mavjud muammolari va usullari tahlil qilindi.
2025-10-27
ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ УПРАВЛЕНИЯ В ЗДРАВООХРАНЕНИИ
в статье рассмотрен зарубежный опыт обеспечения эффективности управления в здравоохранении. Проанализированы ключевые подходы и стратегии, применяемые в различных странах для повышения качества и доступности медицинских услуг, оптимизации ресурсов и повышения прозрачности систем здравоохранения. Особое внимание уделено применению современных информационных технологий, интеграции клинических и административных процессов, а также развитию системы контроля и оценки результатов. Изучение международных практик позволяет выявить успешные модели управления, которые могут быть адаптированы и внедрены для улучшения функционирования национальных систем здравоохранения.
2025-10-27
DIAGNOSTIC METHODS AND CRITERIA FOR THE DIAGNOSIS OF HYPERTENSION IN PATIENTS AT RISK OF CARDIOVASCULAR COMPLICATIONS
Ишнинг мақсади: COVID-19 билан касалланган беморларда артериал гипертонияни ташхислаш усулларини ўрганиш
2025-10-27
HUQUQIY DAVLAT BARPO ETISHDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARINING USTUVORLIGI
Ushbu maqolada huquqiy davlatni shakllantirish jarayonida inson huquqlari va erkinliklarining ustuvor o‘rni ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson huquqlari tushunchasining shakllanish bosqichlari, xalqaro huquq me’yorlari va ularning O‘zbekiston milliy qonunchiligi bilan uyg‘unlashuvi yoritilgan. Xususan, 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarining ustuvorligi, erkinliklarning daxlsizligi va qonun ustuvorligi tamoyillarining amaliy ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada huquqiy davlat konsepsiyasining asosiy unsurlari — adolat, qonun ustuvorligi, fuqarolarning teng huquqliligi va davlat organlari faoliyatining shaffofligi – zamonaviy demokratik jamiyat qurishning muhim sharti sifatida talqin etilgan. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlashda sud-huquq tizimi, ombudsman instituti va fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni tahlil qilinadi.
2025-10-27
AFG‘ON INQIROZINI HAL QILISHDA QATAR OMILI
Ushbu maqolada Afg‘onistondagi siyosiy beqarorlikning Markaziy va Janubiy Osiyo xavfsizligiga ta’siri, shuningdek, bu jarayonda Qatar davlatining vositachilik roli yoritilgan. Unda “Tolibon” harakatining shakllanishi, uning diniy va etnik ildizlari, shuningdek, tashqi kuchlar ta’siri tahlil qilingan. Asosiy e’tibor Qatarning 2013-yildan boshlab “Tolibon” bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yishi, 2020-yilda Dohada AQSh-Tolibon kelishuvini tashkil etishi va 2021-yilda evakuatsiya jarayonlarida faol ishtirok etishiga qaratilgan. Qatar diplomatiyasining betaraflik, ishonchlilik va muloqotga tayyorlik kabi jihatlari uning xalqaro obro‘sini oshirganini ko‘rsatadi. Shuningdek, Qatar vositachilikdan mintaqaviy ta’sir markaziga aylangani, Afg‘on muammosini hal etishda esa mintaqaviy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi Qatar misolida yoritiladi.
2025-10-29
O‘QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH SHARTLARI: O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMI MISOLIDA
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish jarayoni amaliy misollar va so‘nggi yillardagi islohotlar asosida tahlil qilinadi. 2020–2025 yillar oralig‘ida ta’lim tizimida amalga oshirilgan raqamlashtirish siyosati, o‘qituvchilar malakasini oshirishdagi yangi yondashuvlar, “Raqamli ta’lim”, “Ustoz” va “Innovatsion pedagogika” dasturlarining samarasi real dalillar bilan yoritiladi. Shu bilan birga, innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi psixologik, texnologik va metodik to‘siqlar hamda ularning aniq yechimlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.
2025-10-29
BOBURIY SULTON AKBARSHOHNING HINDITONDAGI DINIY SIYOSATI
Maqolada Boburiylar sulolasining yirik vakili Jaloliddin Muhammad Akbarshoh (1542–1605) ning siyosiy, diniy va madaniy faoliyati tahlil qilinadi. Unda Akbarshohning Hindistonda kuchli markazlashgan davlat barpo etishdagi roli, adolatli boshqaruv tizimini joriy etishdagi islohotlari hamda diniy bag‘rikenglik siyosati yoritilgan. Shuningdek, uning “Din-i Ilahiy” nomli falsafiy-diniy g‘oyasi orqali jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan harakatlari o‘rganiladi. Maqolada Akbarshoh davrida madaniyat, fan va me’morchilikning yuksalishiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, uning siyosiy donoligi va tarixiy merosi bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi ta’kidlanadi.
2025-10-29
СОПОСТАВИТЕЛЬНОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ПРЕЦЕДЕНТНЫХ ИМЁН В РУССКОМ, АНГЛИЙСКОМ И УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКАХ
В статье рассмотрены теоретические основания и практические проявления феномена прецедентных имён в трёх языках — русском, английском и узбекском. На материале литературных, исторических и фольклорных источников проанализированы происхождение, функции и коммуникативная роль прецедентных имён, выявлены общие закономерности и национально-специфические черты.
2025-10-29
ПРИМЕНЕНИЕ AR/VR ТЕХНОЛОГИИ В ПОДГОТОВКЕ ВОЕННОСЛУЖАЩИХ: СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ
В данной статье освещается особенности применения в настоящее время применение AR/VR технологии в подготовке военнослужащих. А также даются имеющиеся проблемы и состояние и перспективы развития.
2025-10-29
RAQAMLI O'ZBEKISTON SARI: ELEKTRON HUKUMAT TIZIMINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hukumatining elektronlashuv jarayonlari hamda "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasi doirasida elektron hukumat (E-hukumat) tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini har tomonlama tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shu bilan birga elektron hukumat tushunchasining kelib chiqishi, uni dunyo miqyosida joriy etilishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy omillar ko'rib chiqiladi va dunyo yetakchi davlatlarida joriy etilgan elektron hukumat tizimlarini O'zbekiston Respublikasida yaratilgan elektron hukumat bilan tafovutlarini tahlil qilish bilan bir qatorda ushbu sohani yanada taraqqiy ettirish maqsadida bir qancha amaliy maslahatlar berib o'tilgan.
2025-10-29
ZULFIYA SHE’RIYATIDA TABIAT MANZARALARI VA ESTETIK HIS-TUYG‘ULAR
Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova ijodining poetik olamida tabiat manzaralari va estetik his-tuyg‘ularning badiiy ifodasi chuqur tahlil qilinadi. Zulfiya o‘z she’riyatida tabiatni shunchaki tashqi manzara sifatida emas, balki inson qalbi, ayol ruhiyati va ma’naviy dunyoning ajralmas bir qismi sifatida talqin etadi. Shoiraning badiiy tafakkurida tabiat obrazlari inson hissiyotining ramziga, ruhiy kechinmalarining ifodasiga aylanadi. Uning “Bahor”, “Yomg‘ir”, “Tong nafasi”, “Kuz ohangi” kabi she’rlarida tabiat unsurlari orqali insonning ichki olami, orzulari, iztiroblari va sevgi kechinmalari poetik shakl kasb etgan. Shoira tabiatni jonli mavjudot, yurakdagi hislarning hamrohiga aylantiradi. Bu jihatdan Zulfiya poetikasi o‘zbek ayol lirikasida yangi bosqichni boshlab bergan, inson va tabiat o‘rtasidagi estetik uyg‘unlikni badiiy darajada yuksak talqin qilgan ijod namunalaridan biridir. Maqola davomida shoiraning tabiatni tasvirlashdagi o‘ziga xos uslubi, tabiat obrazlari orqali estetik go‘zallikni his ettirish mahorati, ruhiy holatlarning tabiat bilan uyg‘un tasvirlanishi, shuningdek, bu poetik yondashuvning falsafiy va ma’naviy ildizlari keng tahlil qilinadi. Zulfiya she’riyati orqali o‘zbek ayolining estetik dunyoqarashi, ruhiy go‘zallikka bo‘lgan intilishi va tabiat bilan ma’naviy aloqasi yoritiladi. Shoiraning asarlarida tabiat — bu tinchlik, orom va go‘zallik manbai, ammo shu bilan birga dard, sog‘inch va hayotiy iztirobni ifodalovchi obrazdir. U tabiatga qarab insonni anglaydi, insonni kuzatib tabiatni tushunadi. Shu bois Zulfiya she’riyatida tabiat manzaralari insoniylikning badiiy ko‘zgusi, estetik tarbiya vositasi sifatida ham o‘z aksini topgan. Zulfiya she’riyatida tabiat unsurlari, go‘zallik, sevgi, insoniy tuyg‘ular, milliy qadriyatlar va ayol ruhiyatining uyg‘unligi shoiraning butun ijodiy merosini ma’naviy jihatdan boyitib, uni o‘zbek adabiyotining oltin xazinasi qatoriga qo‘shgan. Shu bois mazkur maqola Zulfiyaning ijodidagi tabiat va estetik hislar uyg‘unligini tahlil etish orqali uning poetik merosiga yangi nazar bilan qarashni maqsad qiladi. Zulfiya she’riyati — bu tabiatning yurak orqali ko‘rinishi, inson qalbining manzaraga aylangan ifodasi.
2025-10-29
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ СОҲАСИДА ИДОРАЛАРАРО ҲАМКОРЛИК ВА МУВОФИҚЛАШТИРИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЙЎНАЛИШЛАРИ
Мазкур мақолада ҳуқуқбузарликлар профилактикаси соҳасида идоралараро ҳамкорлик ва мувофиқлаштириш тизимини такомиллаштириш йўналишлари ёритилган. Ҳуқуқбузарликлар профилактикасини бевосита амалга оширувчи органлар ва муассасалар фаолиятида замонавий ахборот технологиялари ҳамда сунъий интеллект имкониятларидан фойдаланиш орқали иш самарадорлигини оширишга қаратилган амалий таклифлар берилган.
2025-10-29
ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАЪМИНЛАШДА ТЕРГОВ ХИЗМАТИ ВА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ЎЗАРО ҲАМКОРЛИК ФАОЛИЯТИ: ҲУҚУҚИЙ ВА ТАШКИЛИЙ ЖИҲАТЛАР
Мақолада ҳуқуқбузарликлар профилактикасини таъминлашда тергов хизмати ва профилактика инспекторининг ўзаро ҳамкорлик фаолиятининг ҳуқуқий ва ташкилий жиҳатлари таҳлил қилинади. Шунингдек, амалдаги норматив-ҳуқуқий асослар ва уларни такомиллаштириш йўналишлари бўйича амалий таклифлар берилган.
2025-10-29
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРДАН ЖАБРЛАНГАН ШАХСЛАРНИ ИЖТИМОИЙ РЕАБИЛИТАЦИЯ ҚИЛИШ ФАОЛИЯТИНИНГ ТАШКИЛИЙ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ
Мақолада профилактика инспекторининг ҳуқуқбузарликлардан жабрланган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш фаолиятининг ташкилий-ҳуқуқий асослари ҳар томонлама таҳлил этилиб, мазкур йўналишнинг ҳуқуқий замини Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, амалдаги қонунлар ва қонун ости ҳужжатлари асосида ёритилади.
2025-10-29
ТАЛОНЧИЛИК ЖИНОЯТЛАРИНИНГ ВИКТИМОЛОГИК ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ФАОЛИЯТИНИ САМАРАЛИ ТАШКИЛ ЭТИШ МАСАЛАЛАРИ
Мақолада талончилик жиноятларининг виктимологик профилактикасини таъминлашда профилактика инспекторининг фаолияти таҳлил қилинган. Виктимологик ёндашув доирасида аҳоли билан самарали ҳамкорлик усуллари ва ҳуқуқий асослар кўриб чиқилиб, профилактика инспектори фаолиятини такомиллаштириш бўйича таклифлар берилади.
2025-10-29
МАЙДА БЕЗОРИЛИК ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРИНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШДА ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ
Мазкур мақолада майда безорилик ҳуқуқбузарликларининг олдини олишда профилактика инспектори фаолиятининг ўрни ва аҳамияти ёритилган. Амалдаги ҳуқуқий асослар таҳлили асосида профилактик чораларни самарали ташкил этишга доир амалий таклифлар ишлаб чиқилган.
2025-10-29
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ВИКТИМОЛОГИК ПРОФИЛАКТИКА ФАОЛИЯТИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ҲАМКОРЛИК МАСАЛАЛАРИ
Мазкур мақолада профилактика инспекторининг виктимологик профилактика фаолиятини самарали ташкил этишда давлат ва жамоат тузилмалари, таълим ва соғлиқни сақлаш муассасалари, маҳалла институти ҳамда нодавлат ташкилотлар билан ўзаро ҳамкорлик масалалари ёритилган. Шунингдек, ушбу соҳадаги ҳамкорликнинг ҳуқуқий асослари, амалдаги тизим ва амалга оширилаётган чора-тадбирлар таҳлил қилиниб, мавжуд тажриба умумлаштирилади.
2025-10-29
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИ ФАОЛИЯТИДА ТАҚИҚЛАНГАН ЭКИНЛАРНИ ЕТИШТИРИШ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ
Мазкур мақолада профилактика инспекторларининг фаолиятида тақиқланган экинларни етиштириш билан боғлиқ жиноятларнинг олдини олиш масалалари таҳлил қилинган. Тақиқланган экинлар турлари, уларни тартибга солувчи ҳуқуқий асослар ва жавобгарлик чоралари кўриб чиқилган ҳамда профилактика инспекторлари ваколатларини самарали амалга ошириш бўйича амалий таклифлар ишлаб чиқилган.
2025-10-29
THE REPRESENTATION OF LOVE AND LOYALTY IN MEDIEVAL ENGLISH CHIVALRIC LITERATURE
This paper explores the intertwined ideals of love and loyalty in Medieval English chivalric literature, emphasizing their ethical, religious, and cultural dimensions. Rooted in the medieval chivalric code, these virtues represented not only the moral essence of knighthood but also reflected the spiritual aspirations of society. Through an analysis of key works such as Geoffrey Chaucer’s The Knight’s Tale, Sir Gawain and the Green Knight, and Thomas Malory’s Le Morte d’Arthur, this study reveals how love and loyalty were both guiding principles and sources of moral conflict. The discussion highlights how medieval writers reconciled human passion with divine devotion, portraying the struggle to balance personal desire, duty, and faith as a central theme in chivalric literature.
2025-10-29
FORMATION OF HUMOR IN ENGLISH AND UZBEK CHILDREN: A LINGUOCULTURAL PERSPECTIVE
This paper explores the formation of humor in English and Uzbek children from a linguocultural perspective. It examines how humor appears as a social and linguistic phenomenon in early childhood communication, shaped by cultural norms, parental influence, and language-specific features. The study employs a comparative linguistic and cultural analysis in both English and Uzbek children’s discourse. Findings reveal significant differences in the nature and expression of humor between the two languages, reflecting broader distinctions in cultural attitudes toward laughter, politeness, and child socialization.
2025-10-29
ULUG'BEK HAMDAM SHE'RIYATIDA INTERTEKSTUALLILIK
Ushbu maqolada zamonaviy o'zbek shoiri Ulug'bek Hamdamning lirik she'riyatida intertekstual munosabatlar tadqiq etilgan. Maqola she'rlarida Jaloliddin Rumiy, klassik sharq va zamonaviy adabiyot an'analariga murojaat qilish usullari tahlil qilingan. Tadqiqot matnshunoslik va qiyosiy-tipologik metodlar asosida olib borilgan. Natijalar shoir ijodida intertekstuallikning o'ziga xos ko'rinishlari va badiiylashtirilishi aniqlangan.
2025-10-29
BETON UCHUN ISHLATILADIGAN CHAQIQTOSHNI ISHLAB CHIQARISH USULINI TANLASH VA ASOSLASH
Mazkur maqola dolomit tog‘ jinsini ishlab chiqarish usulini tanlash to‘g‘risida ma‘lumotlari keltirilgan bo‘lib, ushbu to‘g‘ jinsining betonda sement bog‘lovchisi bilan uzviy bog‘liqligi, beton mustahkamligiga ta‘siri va boshqa barcha xususiyatlarini ochish uchun yozilgan.
2025-10-29
MOLIYAVIY VA SOLIQ HISOBIDA SOLIQ SOLINADIGAN DAROMADLAR O’RTASIDAGI FARQLAR
Ushbu maqola buxgalteriya hisobida moliyaviy va soliq hisobida soliq solinadigan daromadlar o’rtasidagi farqlar tushuntiriladi. Soliq kodeksining 317-moddasi orqali misollar keltirib soliq solish bazasida moliyaviy hisobot foydasi bilan kelib chiqadigan tafovvudlar yoritib beriladi.
2025-10-30
SANOAT KORXONALARIDA YASHIL IQTISODIYOTGA OʻTISHNI RAG‘BATLANTIRUVCHI IQTISODIY OMILLAR
Mazkur maqolada sanoat korxonalarida yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi va uni rag‘batlantiruvchi iqtisodiy omillar tahlil qilingan. Tadqiqotda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni kamaytirish hamda resurslardan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy barqarorlikka erishish imkoniyatlari o‘rganiladi. Maqolada iqtisodiy rag‘batlar, soliq imtiyozlari, ekologik investitsiyalar va davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi o‘rni tahlil etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sanoat korxonalarining amaliy tajribasi asosida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar va istiqbolli yechimlar ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyot modelini sanoat tarmoqlarida samarali tatbiq etish uchun iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish zarurligini asoslaydi.
2025-10-30
MOLIYAVIY VA SOLIQ HISOBIDA SOLIQ SOLINADIGAN DAROMADLAR O’RTASIDAGI FARQLAR
Ushbu maqola buxgalteriya hisobida moliyaviy va soliq hisobida soliq solinadigan daromadlar o’rtasidagi farqlar tushuntiriladi. Soliq kodeksining 317-moddasi orqali misollar keltirib soliq solish bazasida moliyaviy hisobot foydasi bilan kelib chiqadigan tafovvudlar yoritib beriladi.
2025-10-30
LAK-BO’YOQ MATRIALLARI VA ULARNING AHAMIYATI
Lak va bo‘yoq materiallari insoniyat hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular yuzalarni nafaqat bezash, balki himoya qilish, rang berish va uzoq muddat xizmat qilish imkoniyatini yaratadi. Lak va bo‘yoq bilan ishlash san’ati qadimdan mavjud bo‘lib, u turli madaniyatlar va davrlar davomida rivojlangan. Bugungi kunda esa bu materiallar sanoatning barcha sohalarida keng qo‘llanadi: qurilish, mebelsozlik, avtomobilsozlik, tekstil va boshqa ko‘plab sohalarda. Ushbu maqolada lak va bo‘yoq materiallarining tarixi, turlari, hozirgi kundagi ahamiyati, sanoatda qo‘llanilishi, kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari, xavfsizlik qoidalari va saqlash masalalari batafsil yoritiladi.
2025-10-30
JADIDCHILIK HARAKATI — MILLIY UYG‘ONISH DAVRINING BUYUK MEROSI
Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston o’lkasida yuzaga kelgan jadidchilik harakati, uning maqsad, vazifalari shuningdek, o’zbek xalqining ma’naviy uyg’onishidagi o’rni yoritilgan. Jadidlarning ma’rifat, ta’lim, matbuot va madaniyat sohalarida olib brogan islohotlari, millatni ozodlik va taraqqiyot yo’liga yetaklashdagi xizmatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Mahmudxo’ja Behbudiy,Abdulla Avloniy, Cho’lpon, Fitrat kabi jadid ziyolilarining faoliyati misolida ularning g’oyalari bugungi davr bilan bog’lanib o’rganilgan.
2025-10-30
ОСИЁ МАМЛАКАТЛАРИНИНГ НУФУЗДАН ФОЙДАЛАНИБ ПОРА ОЛИШ УЧУН ЖАВОБГАРЛИКНИ БЕЛГИЛАШ ТАЖРИБАСИ
Мақолада Осиё давлатларининг нуфуздан фойдаланиб пора олишни коррупциянинг бир тури сифатида жиноий жавобгарликка тортиш бўйича тажрибаси ўрганилган. 2003-йилда қабул қилинган БМТ Коррупцияга қарши конвенциясининг 18-моддасида назарда тутилган нуфуздан фойдаланиб пора олиш учун жавобгарликни белгилашнинг халқаро-ҳуқуқий асослари таҳлил қилинган. Корея Республикаси, Индонезия, Таиланд, Вьетнам, Сингапур ва Малайзиянинг қонунчилиги ва ҳуқуқни қўллаш амалиёти кўриб чиқилган. Нуфуздан фойдаланиб пора олишни криминаллаштириш бўйича учта асосий модель аниқланган: тўғридан-тўғри (мустақил жиноят таркиби сифатида ажратиш), билвосита (яқин таркиблар бўйича малакалаштириш) ва қисман (ҳақиқий амалга оширишсиз халқаро мажбуриятларни расмий ратификация қилиш). Корея тажрибасига алоҳида эътибор қаратилган, бу ерда нуфуздан фойдаланиб пора олиш Жиноят кодексининг 132-моддасида алоҳида жиноят таркиби сифатида ажратилган. Осиё давлатларининг миллий қонунчилигини халқаро стандартлар ва бу соҳадаги илғор тажрибани ҳисобга олган ҳолда такомиллаштириш зарурлиги асосланган.
2025-10-31
KRIPTOVALYUTALARNI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH
Kriptovalyutalar, kriptoaktivlar va bitcoinlar doim kishilarni qiziqtirib, o’ziga jalb etib kelganligi ma’lum. Kriptovalyutalar jahon hamjamiyatida jadal sur’atlar bilan ildamlayotgani, tez fursatlarda ommalashib, o’zining anonimlik xususiyati yanada oshirayotganligi bois ushbu munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga ehtiyoj paydo bo’lmoqda. Ushbu maqolada kriptovalyutalarni huquqoy jihatdan tartibga solish bo’yicha samarali mexanizmlar, ilg’or va rivojlanagan davlatlarning kriptovalyutalarning huquqiy maqomini qanday belgilashi kabi dolzarb masalalar tahlil etiladi.
2025-10-31
NANOTARKIBLI PIGMENTLAR ASOSIDAGI QOPLAMALARNING KORROZIYAGA QARSHI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
NANOTARKIBLI PIGMENTLAR ASOSIDAGI QOPLAMALARNING KORROZIYAGA QARSHI SAMARADORLIGINI OSHIRISHUshbu maqolada nanotarkibli pigmentlar asosida tayyorlangan qoplamalarning korroziyaga qarshi samaradorligi tadqiq etildi. Tadqiqotda TiO₂, ZnO va Al₂O₃ nanozarrachalari epoksid, alkid hamda poliuretan asosli bog‘lovchi moddalarga qo‘shilib, ularning metall sirtlarni himoyalashdagi faol roli o‘rganildi. Tajriba ishlari natijasida nanozarrachalar o‘lchami, taqsimlanishi va kontsentratsiyasining qoplamaning mexanik va elektrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan. 3% TiO₂–ZnO–Al₂O₃ aralashmasi eng yuqori himoya samaradorligini ko‘rsatib, korroziya tezligini 2,5–3 baravar kamaytirdi. SEM va EIS tahlillari asosida nanotarkibli qoplamalarda mikrodefektlarning kamaygani va elektrokimyoviy qarshilikning oshgani isbotlandi. Tadqiqot natijalari sanoat korroziyaga qarshi himoya tizimlarida nanotexnologik pigmentlardan foydalanish istiqbolli yo‘nalish ekanligini ko‘rsatdi.
2025-10-31
