Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
Опубликован: 2025-04-21
Статьи
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИНИНГ МАҲАЛЛА ЕТТИЛИГИ ХОТИН ҚИЗЛАР ФАОЛИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИ АҲАМИЯТИ
Жамоат хавфсизлигини таъминлаш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ва жиноятчиликка қарши курашишнинг яхлит тизимини шакллантириш, ички ишлар органларининг энг қуйи бўғинидан республика даражасигача самарали фаолиятини йўлга қўйиш ва замонавий иш услубларини жорий этиш орқали мамлакатимизда ҳуқуқ-тартибот ва қонунийликни мустаҳкамлаш, аҳолининг тинчлиги ва осойишталигини таъминлаш мақсадида бугунги кунда кўплаб ислоҳотлар амалга оширилмоқда.
2025-04-21
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИ ТОМОНИДАН ҒАЙРИИЖТИМОИЙ ХУЛҚ-АТВОРЛИ ШАХСЛАР БИЛАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ЯККА ТАРТИБДАГИ ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАШКИЛ ЭТИШНИНГ АҲАМИЯТИ
Жамоат хавфсизлигини таъминлаш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ва жиноятчиликка қарши курашишнинг яхлит тизимини шакллантириш, ички ишлар органларининг энг қуйи бўғинидан республика даражасигача самарали фаолиятини йўлга қўйиш ва замонавий иш услубларини жорий этиш орқали мамлакатимизда ҳуқуқ-тартибот ва қонунийликни мустаҳкамлаш, аҳолининг тинчлиги ва осойишталигини таъминлаш мақсадида бугунги кунда кўплаб ислоҳотлар амалга оширилмоқда.
2025-04-21
IQTISОDIY YO‘NАLISHLАRDА “MАTRITSАLАR VА ULАR USTIDА АMАLLАR” MАVZUSINI O‘QITISH USULLАRI MАVZUSI
Хоzirgi kundа tа’lim bilаn ishlаb chiqаrishni intеgrаtsiyаsini yахshilаshgа qаrаtilgаn ko‘plаb qаrоrlаr vа lоyihаlаr ishlаb chiqilmоqdа. Оliy tа’lim muаssаsаlаrining iqtisоdiy yo‘nаlishlаridа “Оliy mаtеmаtikа ” kursi dаsturini qаrаb chiqаdigаn bo‘lsаk, undа аsоsаn nаzаriy tоpshiriqlаr bеrilgаn bo‘lib , ishlаb chiqаrish yоki bоshqа iqtisоdiy sеktоrlаrdаgi mаvjud muаmmоli mаsаlаlаrni dеyаrli uchrаtmаymiz. Ushbu mаqоlаdа “Mаtritsаlаr vа ulаr ustidа аmаllаr” mаvzusi misоlidа mаtеmаtikа fаnini o‘qitishdа аmаliy-iqtisоdiy mаsаlаlаrdаn fоydаlаnish mеtоdikаsini ko‘rsаtib o‘tаmiz.
2025-04-21
VASIYATNOMA TUZISH VA AMALGA OSHIRISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY JIHATLARI: XALQARO TAJRIBANI O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining vasiyatnomaga oid normalari (FK, 70-bob) va amaldagi notarial tartib tahlil qilinadi. Vasiyatnomalar shakliga oid xalqaro tajriba, xususan, golografik va elektron vasiyatnomalar, shuningdek, asosiy xalqaro konvensiyalar (Gaaga 1961, Vashington 1973) ko‘rib chiqiladi. Ushbu tajriba va konvensiyalarning O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirishdagi ahamiyati, jumladan, elektron vasiyatnoma joriy etish va notarial rasmiylashtirishni soddalashtirish imkoniyatlari, ularning afzalliklari va muammolari baholanadi.Asosiy xulosa shundan iboratki, milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish zarur, bunda fuqarolar huquqlarini himoya qilish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muvozanatini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-04-21
YAPONIYA IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHI: IKKINCHI JAHON URUSHIDAN SO‘NG (1950-1990)
Ushbu maqolada Yaponiya iqtisodiyotining Ikkinchi Jahon urushidan keyingi tiklanish jarayoni va uning asosiy omillari tahlil qilinadi. Tadqiqot 1950–1990-yillar oralig‘ida Yaponiya iqtisodiyotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni tahlil qilib, davlat tomonidan sanoatni qo‘llab-quvvatlash, eksportga yo‘naltirilgan strategiya, texnologik taraqqiyot va sifatli ta’lim tizimi kabi omillarning ahamiyatini yoritadi. SWOT tahlili asosida Yaponiya iqtisodiy modelining samaradorligi baholanib, uning jadal rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatli rejalashtirish va samarali boshqaruv tizimi yapon korporatsiyalarining global bozorda muvaffaqiyat qozonishiga yordam bergan. Shuningdek, davlatning innovatsion texnologiyalarni rag‘batlantirishi mamlakatning raqobatbardoshligini oshirgan. Biroq, bugungi kunda mamlakat demografik muammolar, ayniqsa, aholining qarishi va ishchi kuchining qisqarishi kabi qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Umuman olganda, Yaponiya iqtisodiy modeli nafaqat uning o‘z taraqqiyotini belgilovchi tajriba, balki boshqa davlatlar uchun ham o‘rganishga arziydigan namuna sifatida baholanadi. U iqtisodiy o‘sish va barqarorlikka erishish uchun strategik yondashuv va innovatsiyalarning muhimligini namoyon etadi.
2025-04-21
10-12 YOSHGACHA BO’LGAN YOSH FUTBOLCHILARNING TEZKORLIK SIFATINI RIVOJLANTIRISH VA USLUBYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH.
Ushbu maqolada hozirgi zamon 10-12 yosh futbolchilarining tezkorlik sifatlarini rivojlantiruvchi omillar yoritib berilgan.
2025-04-21
OILA TARBIYASIDA O‘SPIRIN YOSHDAGI BOLALARNI MUSTAQIL HAYOTGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada oilada o‘spirin yoshdagi bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashning pedagogik va psixologik asoslari tahlil etiladi. Unda o‘spirinlik davrining rivojlanish bosqichlari, shaxsiy va ijtimoiy yetilish omillari, ota-onalarning pedagogik yondashuvlari, tarbiya uslublari va ular orqali shakllanadigan fazilatlar ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oiladagi muhitning o‘spirin shaxsiga ta’siri, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarining rivoji ham tahlil qilingan. Muallif tomonidan amaliy tavsiyalar ham berilgan.
2025-04-22
FARZAND TARBIYASIDA OILAVIY MUHITNING PSIXOPEDAGOGIK ROLINI O‘RGANISH
Ushbu maqolada farzand tarbiyasida oilaviy muhitning psixopedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif ijobiy va salbiy oilaviy muhitning bola shaxsining shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’sirini tahliliy asosda ko‘rsatadi. Ota-onaning axloqiy namunasi, muloqot madaniyati, pedagogik madaniyati va tarbiyaviy uslublari bolaning emotsional, ijtimoiy va axloqiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, maqolada oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘llari va pedagog-psixologlar uchun amaliy tavsiyalar keltiriladi.
2025-04-22
MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY USULLAR VA ULARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlar qo‘llanishi, ularning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Matematika o‘qitishda interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), muammoli ta’lim, loyihaviy yondashuv kabi metodlarning afzalliklari va amaliy natijalari ko‘rib chiqilgan.
2025-04-22
HAYVONLAR ORGANIZMIDA TASHQI TA’SIRLAR ORQALI PAYDO BO‘LADIGAN KASALLIKLARNING BELGILARI VA XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada hayvonlar organizmidagi tashqi ta’sirlar orqalipaydo bo‘ladigan kasalliklarni belgi va xususiyatlari,tashqi muhitni tirikorganizimga tasirlarini va uning oqibatida kelib chiqadiga organizimdagi o’zgarishlar, bu kasalliklarni oldini olish choralarini qo’lash usularining turlari to’g’risida, bu omillar orqali kelib chiqadigan kasalliklar turlari va ularni davolash yo’llari haqida so’z brogan
2025-04-22
HAYVONLARNING BIOLOGIK XILMA-XILLIGI VA XAVF OSTIDA QOLISHI.
Ushbu maqolada hayvonlarning biologik xilma-xilligi va uning global tahdidlar ostida qolishi tahlil qilinadi. Biologik xilma-xilligi ekotizimlarning barqarorligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, inson faoliyati, iqlim o‘zgarishi, tabiiy yashash muhitining yo‘q qilinishi va noqonuniy ovchilik kabi omillar ko‘plab hayvon turlarining yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda. Maqolada biologik xilma-xillik tushunchasi, uning ahamiyati, unga tahdid soluvchi omillar va uni saqlab qolish bo‘yicha choralar muhokama qilindi. Ushbu tadqiqot biologik xilma-xillikni asrashga oid ilmiy va amaliy yondashuvlarni o‘rganishga yo‘naltirilganBiologik xilma-xillik, hayvon turlari, ekotizim, yo‘qolish xavfi, iqlim o‘zgarishi, yashash muhiti, inson faoliyati, noqonuniy ovchilik, tabiatni muhofaza qiliash, barqaror rivojlanish, qizil kitob
2025-04-22
FARZAND TARBIYASIDA OILAVIY MUHITNING PSIXOPEDAGOGIK ROLINI O‘RGANISH
Ushbu maqolada farzand tarbiyasida oilaviy muhitning psixopedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif ijobiy va salbiy oilaviy muhitning bola shaxsining shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’sirini tahliliy asosda ko‘rsatadi. Ota-onaning axloqiy namunasi, muloqot madaniyati, pedagogik madaniyati va tarbiyaviy uslublari bolaning emotsional, ijtimoiy va axloqiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, maqolada oilaviy muhitni sog‘lomlashtirish yo‘llari va pedagog-psixologlar uchun amaliy tavsiyalar keltiriladi.
2025-04-22
BOSHLANĞICH TA'LIMDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqolada ishlab chiquvchi ta'lim bosqichida o'quvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirish va rivojlantirish nazariy asoslari tahlili. Kreativlikning tibbiy-pedagogik xususiyatlari, uni rivojlantirishga xizmat qilish metodikasi va kuchi, zamonaviy ta'lim texnologiyalarining bu jarayondagi o'rni yoritilgan. Maqolada kreativlikni rivojlantirishning taklifligi asoslanadi hamda ushbu yo'nalishda samarali natijalarga erishadi.
2025-04-25
TIJORAT BANKLARIDA VALYUTA RISKLARINI BOSHQARISH
Ushbu maqolada tijorat banklarida valyuta risklarini boshqarish muammosi va uning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada valyuta riskining uchta asosiy turini – tranzaksiya riski, iqtisodiy riski va pul o‘tkazishda yuzaga keladigan riskni ko‘rib chiqish bilan birga, bu risklarni samarali boshqarish usullari ham yoritilgan. Valyuta kurslarining o‘zgarishi tijorat banklari uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bu riskni boshqarishning samarali yo‘llarini o‘rganish va amalga oshirish banklarning barqaror ishlashiga yordam beradi
2025-04-25
O‘ZBEK MILLIY ASKIYA SAN’ATI FAOLIYATINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Mazkur maqolada "O‘zbek Milliy Askiya San’ati Faoliyatining Nazariy-Metodologik Asoslari" mavzusi chuqur o‘rganiladi. Ushbu tadqiqotda o‘zbek milliy askiya san’ati, uning tarixiy rivojlanishi, madaniyatdagi o‘rni va ijtimoiy ahamiyati, shuningdek, uning ijrochilari tomonidan kiritilgan yangiliklar va usullar ko‘rib chiqiladi. Askiya san’ati xalq orasida musiqiy, kulgili va ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda milliy va madaniy an’analar saqlanib qolgan. Tadqiqotning metodologik asoslari ham an’anaviy va zamonaviy usullarni birlashtirib, o‘zbek xalqining madaniy merosini chuqur o‘rganish uchun yangi yondashuvlar borasida fikr yuritilgan.
2025-04-25
АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ: ТАРАҚҚИЁТНИНГ БОШҚАРУВ АСОСИДА.
XXI аср – ахборот технологияларининг гуркираб ривожланган даври. Ҳозирги кунда ҳаётимизни ахборот технологияларисиз тасаввур этиш қийин. Улар ишлаб чиқариш, таълим, соғлиқни сақлаш, молия, транспорт, давлат бошқаруви ва бошқа соҳаларда кенг қўлланилмоқда. Ахборот технологиялари (АТ) – бу ахборотни йиғиш, сақлаш, қайта ишлаш, узатиш ва тарқатиш усуллари ва воситалари мажмуидир. Ушбу мақолада биз ахборот технологияларининг ривожланиш тарихи, асосий йўналишлари, замонавий тенденциялари ва келажак истиқболларини баён киламиз.
2025-04-25
KAMPIRTEPA ENTIK SHAHARCHASI
Amudaryoning o‘ng sohilidagi Termiz shahridan 30 km uzoqlikda qadimiy Baqtriya yodgorligi – Kampirtepa entik shaharchasining xarobalari joylashgan. 2018 yilda ilmiy arxeologlar Iskandar Zulqarnaynning qarorgohi Oksdagi qadimgi Iskandariya (Amudaryoning boshqa nomi) bir paytlar shu yerda joylashganligini isbotladilar. Arxeologik qazishmalar paytida madaniy qatlamlar topilib, buyuk sarkarda kelgan davrga tegishli yangi buyumlar aniqlangan. Maqolada eski Termizdagi antik Kampirtepa saroyi me’morchiligi haqida tarixiy ma’lumotlar yoritilgan.
2025-04-25
THE USE OF SPECIFIC PROMPTS TO ENHANCE EFL WRITING SKILLS
This study examines the role of specific prompts in enhancing EFL learners’ writing skills. Writing is often considered one of the most challenging aspects of language acquisition, especially for learners who lack motivation or struggle with idea generation. Specific prompts provide structured guidance, helping students organize their thoughts and develop coherent, well-structured texts. The study explores various types of prompts, such as narrative, argumentative, and descriptive, and their impact on fluency, accuracy, and creativity in writing. By analyzing students’ written outputs and conducting qualitative interviews, the research identifies effective prompt-based techniques that foster critical thinking and linguistic competence in EFL learners.
2025-04-26
IINSON SHAXSINING SHAKLLANISHIDA OILANING ROLI
Ushbu maqolada inson shaxsining shakllanishi murakkab va ko‘p bosqichli psixologik jarayon bo‘lib, bu jarayonning asosiy negizini oila muhiti belgilaydi. Oila — bu nafaqat biogenetik birlik, balki shaxsning qadriyatlari, emotsional barqarorligi, ijtimoiy me’yorlarni o‘rganishi va moslashuvchanlik ko‘nikmalari shakllanadigan birlamchi ijtimoiy institutdir. Maqolada oila tizimining psixologik ta’sir mexanizmlari, ota-ona va farzand o‘rtasidagi emotsional munosabatlarning shaxs tarbiyasidagi o‘rni, oilaning shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishdagi psixopedagogik ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy oilaviy tarbiyaning shaxs shakllanishiga ta’siri va sotsiokulturning o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan yangi tarbiyaviy muammolar keng tahlil qilinadi.
2025-04-26
ICHKI ISHLAR ORGANLARI HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BO‘LINMALARINING FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA VAZIFALARINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR
Ushbu maqola Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va vazifalarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Asosiy yo‘nalishlar sifatida huquqiy ta’lim va ma’rifat, texnologiyalarni joriy etish, jinoyatchilikni kamaytirish, aholi bilan ishlash va mahalliy profilaktik tadbirlar tashkil etish kabilar ta’kidlanadi. Maqolada joriy yildagi statistik ma’lumotlar va ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar natijalari ham yoritiladi. Islohotlar, ayniqsa, texnologik yangilanishlar, video kuzatuv tizimlarining kengaytirilishi va huquqbuzarliklarni aniqlash tizimlarining avtomatlashtirilishi orqali huquqbuzarliklarni oldini olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek maqolada, huquqbuzarliklarni oldini olishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni hisobga olish, malakali kadrlar tayyorlash va samarali profilaktika tadbirlarini o‘tkazish zarurligi ko‘rsatilgan.Bundan tashqari, maqola huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha istiqboldagi chora-tadbirlar va ularning davlat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlikka qo‘shgan hissasini baholashga qaratilgan. U nafaqat ichki ishlar organlari faoliyatini tahlil qilish, balki huquqni muhofaza qilish tizimini yanada samarali ishlatish bo‘yicha takliflarni ham o‘z ichiga oladi.
2025-04-26
АBU АLI IBN SINONING “HAYY IBN YAQZON” ASARIDA RUHIY POKLIK VA ILOHIY ISHQNING TASAVVUFIY TALQINI.
Ushbu maqolida Abu Ali Ibn Sinoning «Hayy ibn Yaqzon (Uyg’oq o’g’li tirik)» — ramziy-majoziy uslubda yozilgan qissasining bosh qahramon — birinchi shaxs Ibn Sino ekanligini, uning suhbatdoshi, hikoya qiluvchi — Hayy ibn Yaqzon – Uyg’oq o’g’li Tirik – Aql ekanligini ko’ramiz. Ibn Sinoning bu qissasi ko’p jihatdan majoziy, ramziy bitilgan, kishilar fe’li atvorini o’z ichiga qamrab ololgan va hayotiy gaplardan mulohaza yuritadigan adabiy asar ekanligini shu nuqtai nazardan qaraganda qissaning ikki sohada — ham falsafiy, ham adabiy sohada yozilganligi bayon qilingan.
2025-04-26
КАСДДАН ОДАМ УЛДИРИШ ЖИНОЯТИНИНГ ОБЪЕКТИВ ТОМОНИ.
Ушбу мақолада касддан одам ўлдириш жиноятининг объектив томони таҳлил қилинади. Жиноятнинг объектив томони жиноий қонун билан ҳимоя қилинадиган ижтимоий муносабатларга хавфли тажовуз қилишдан иборат бўлиб, у ижтимоий хавфли ҳаракат ёки ҳаракатсизлик, унинг оқибати ва сабабий боғлиқлик каби элементларни ўз ичига олади.
2025-04-26
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ШАХСНИ КАСАЛЛИГИ САБАБЛИ ЖАВОБГАРЛИКДАН ОЗОД ҚИЛИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ.
Касаллик сабабли жавобгарликдан озод қилиш, шахснинг даволаниш натижасида тузалиши учун жиноий жавобгарликдан ва жазодан соғайгунига ёки бутунлай озод қилиниши. Шахсни жавобгарликдан озод қилишнинг ҳуқуқий асослари жиноят қонунчилиги билан
2025-04-26
INGLIZ TILINI O‘RGANISHDA KREATIV PEDAGOGIKANING O‘RNI.
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishda kreativ pedagogikaning ahamiyati tahlil qilinadi. Kreativ pedagogika-bu ta’lim jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilishga qaratilgan yondashuv bо‘lib, ta’lim oluvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, yangi chet tilini о‘rganish uchun motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada kreativ pedagogikaning asosiy usullari, jumladan, interfaol mashg‘ulotlar, turli xil о‘yin texnologiyalari va vizual materiallardan foydalanish orqali ingliz tilini о‘zlashtirish samaradorligi yoritiladi.
2025-04-28
МОДЕЛИРОВАНИЕ ПРУЖИННО-ФРИКЦИОННОГО ПОГЛОЩАЮЩЕГО АППАРАТА ГРУЗОВОГО ВАГОНА
Известно, что поглощающие аппараты предназначены для гашения энергии удара, уменьшая продольные растягивающие и сжимающие силы, передающиеся на раму вагона через автосцепного устройства. На практике эксплуатации вагонов наибольшее распространение получили пружинно-фрикционные аппараты шестигранного типа Ш-1-ТМ и Ш-2-В, Ш-6-ТО-4 и др. из-за простоты и возможности их проектирования с удовлетворительными параметрами.
2025-04-28
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ (NOGIRON) MAHKUMLARNING JAZONI O‘TAH SHARTLARI VA ULARNI SAQLASH SHAROITINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
muallif mazkur maqolada nogironlik tushunchasi, nogiron mahkumlar huquqlari, ularning toifalari, dinamikasi, jazoni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari va saqlash sharoitining mazmun mohiyatini yoritib bergan.
2025-04-28
O‘ZBEKISTONDA “YASHІL ІQTІSODІYOT”NІ RІVOJLANTІRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR
Maqolada BMTnіng «Barqaror rіvojlanіsh» konsepsіyasіnіng mazmun-mohіyatі, O‘zbekіstonda tarkіbіy o‘zgartіrіshlarnі chuqurlashtіrіsh, mіllіy іqtіsodіyotnіng yetakchі tarmoqlarіnі modernіzatsіya va dіversіfіkatsіya qіlіsh hіsobіga unіng raqobatbardoshlіgіnі oshіrіsh bo‘yіcha іqtіsodіyotda energіya va resurslar sarfіnі kamaytіrіsh, іshlab chіqarіshga energіya tejaydіgan texnologіyalarnі keng jorіy etіsh, qayta tіklanadіgan energіya manbalarіdan foydalanіshnі kengaytіrіsh maqsad va vazіfalarі yorіtіlgan.
2025-04-29
XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNI OMMALASHTIRISH ZARURATMI YOKI EHTIYOJ?
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-SON qaroriga muvofiq shuningdek xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish bo’yicha tashkiliy choratadbirlarni samarali amalga oshirish borasidagi islohotlar kengroq tahlil qilinadi
2025-04-29
O’ZBEKISTONDA KEYINGI AVLOD VALYUTA OPERATSIYALARI VA INTEGRATSIYALASHGAN RAQAMLI INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH
Mamlakat iqtisodiyotining globallashuvi va raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi valyuta operatsiyalarining yangi bosqichda tashkil etilishini talab qilmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar doirasida raqamli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro to‘lov tizimlariga integratsiya qilish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur maqolada keyingi avlod valyuta operatsiyalarining mohiyati, ularni amalga oshirishda blokcheyn, sun’iy intellekt, API interfeyslar va boshqa ilg‘or texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, integratsiyalashgan raqamli infratuzilmaning banklararo hisob-kitoblar, xalqaro tranzaksiyalar va foydalanuvchi xavfsizligi tizimidagi afzalliklari ilmiy-nazariy va amaliy asosda yoritiladi. O‘zbekiston tajribasi xorijiy yondashuvlar bilan solishtirilib, sohani takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot natijalari moliyaviy bozorlar barqarorligini ta’minlashda va to‘lov tizimlarini transformatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
2025-04-30
RAQAMLI BANK EKOTIZIMIDA AVTOMATLASHTIRILGAN VALYUTA OPERATSIYALARINING XIZMATLAR SIFATIGA TA’SIRI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
Ushbu maqolada O‘zbekiston bank tizimidagi raqamlashtirish jarayonlari, xususan avtomatlashtirilgan valyuta operatsiyalarining xizmatlar sifati va mijozlar ehtiyojlarini qondirish darajasiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada ilg‘or texnologiyalar asosida amalga oshirilayotgan valyuta ayirboshlash, tranzaksiya va monitoring tizimlari O‘zbekiston bank sektori misolida ko‘rib chiqiladi.
2025-04-30
LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISHDA BANK KREDITLARINI JALB QILISHDA TAHLILIY BAHOLASH USULLARI: AMALIY YONDASHUVLAR
Mazkur tezisda loyihaviy moliyalashtirish jarayonida bank kreditlarini jalb etishda qo‘llaniladigan tahliliy baholash usullari tahlil qilingan. Xususan, investitsiya loyihalarining iqtisodiy va moliyaviy samaradorligini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkichlar (NPV, IRR, PI, DPP)ning mazmuni, afzalliklari va qo‘llashdagi muammolari yoritilgan. Shuningdek, amaliy yondashuv sifatida xalqaro tajribalar (Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya, Singapur) hamda O‘zbekiston tijorat banklari faoliyati misolida baholash amaliyoti solishtirilib, ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
2025-04-30
TIJORAT BANKLARI ISHTIROKIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN INVESTITSION LOYIHALARDA MOLIYAVIY MONITORING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada tijorat banklari tomonidan moliyalashtirilgan investitsion loyihalarning moliyaviy monitoringi jarayoni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy monitoring uslublari va raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
2025-04-30
BANK AKTIVLARINI DIVERSIFIKATSIYA QILISHDA PORTFEL NAZARIYASINING AHAMIYATI VA AMALIY QO‘LLANILISHI
Mazkur maqolada bank aktivlarini diversifikatsiya qilish jarayonida portfel nazariyasining ahamiyati va uning amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Diversifikatsiya bank risklarini kamaytirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanib, portfel yondashuvi bu jarayonda nazariy asos sifatida xizmat qiladi. Maqolada portfel nazariyasining asosiy tamoyillari – risk va daromad o‘rtasidagi nisbat, kovariatsiya va korrelyatsiya tushunchalari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklarining kredit va investitsiya portfellari misolida diversifikatsiyaning amaliy jihatlari o‘rganilib, chet el tajribalari bilan solishtiriladi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston bank tizimida portfel yondashuvini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
2025-04-30
CHET TILINI O‘QITISHDA 5E MODELIDAN FOYDALANISH
Maqolada o‘quv materiallarini loyihalash jarayonini soddalashtirish uchun konstruktivizm nazariyasiga asoslangan 5E modeli haqida ma'lumotlar yoritilgan. Model tarixi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, ingliz tilini samarali o‘qitishda ushbu modelning o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
2025-04-30
AL-XORAZMIY- BUYUK MATEMATIK OLIM
Ushbu maqolada o’rta asr Sharq olimi Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiyning ilm-fanga qo’shgan beqiyos hissasi haqida so’z boradi. Uning algebra, arifmetika, geografiya va astronomiya sohalaridagi ishlari nafaqat islom olamida, balki Yevropa ilm-fanida ham chuqur iz qoldirgan. Maqolada ayniqsa uning "Aljabr" asari , algoritm tushunchasining kelib chiqishi va umri davomida yozgan boshqa asarlari haqida keng qilib yoritiladi.
2025-04-30
SOCIAL AND ECONOMIC IMPORTANCE OF TOURISM MANAGEMENT
This scientific article studies the social and economic significance of tourism management. The current state of tourism in Uzbekistan and its role in the economy, as well as important aspects of sustainable development in the tourism sector, are analyzed. The article also presents proposals for improving tourism management, including recommendations for the modernization of tourism infrastructure, training qualified personnel, and the development of sustainable tourism.
2025-04-30
DOIRA CHOLG‘USINING SHASHMAQOMDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada doira cholg‘usining o‘zbek musiqasining eng yuksak janrlaridan biri bo‘lgan shashmaqomdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Doira, o‘zining ritmik va melodik imkoniyatlari bilan shashmaqom musiqasining tarkibida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada doiraning ritmik funksiyasi, uning maqom musiqasidagi o‘ziga xos o‘rni va shashmaqomga qo‘shgan hissasi yoritiladi. Har bir maqomda doiraning ijro shakli va uning musiqaga qo‘shgan hissasi farqlanadi, bu esa shashmaqom musiqasining mazmunini va shaklini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Maqola, doiraning shashmaqomdagi ahamiyatini aniqlab, uning musiqiy ifodaning asosi sifatida qanday ishlatilishini tushuntiradi.
2025-04-30
O’QUVCHILARNI MUSIQA IJROCHILIGIGA TAYYORLASHDA O’ZIGA BO’LGAN ISHONCHINI ORTTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART-SHAROITLARINI TASHKIL ETISH BO’YICHA USLUBIY TAVSIYALAR
Mazkur maqolada asosiy ta’lim va qo’shimcha mashg’ulotlar va innovatsion texnologiyalardan to’g’ri foydalanish bilan birga, o’quvchilar o’z-o’zini anglashning yangi bosqichiga chiqish jarayoni haqida so’z yuritiladi. O’quvchi yoshlarning psixologik va fiziologik xususiyatlarini ijobiy tomonga o’zgartirish yo’lida musiqa va ijodiy harakatlarning samarasi katta ahamiyat kasb etishini asosiy vazifalari haqida ko’rsatmalar berib borilgan. Bunday sintezda o’quv jarayoni o’quvchilarning kundalik vazifasi bo’lib qoladi, u sevimli mashg’ulotlarga aylanadi. Maqola mavzusining dolzarbligi hozirgi davr yoshlarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda pedagogika sohasi alohida ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi.
2025-04-30
O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATIDA DUTORCHI QIZLAR ANSAMBLINING AHAMIYATI
Dutorchi qizlar ansambllari O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lib, milliy musiqa rivojida muhim o‘rin tutadi. Ular an’anaviy cholg‘u ijrochiligining saqlanib qolishi va zamonaviy shaklda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada musiqa madaniyatimizda dutorchi qizlar ansambllarining o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
2025-04-30
ICHMA-ICH JOYLASHGAN VA UMUMIY UCHGA EGA BO‘LGAN MUNTAZAM KO‘PBURCHAKLARNI IXTIYORIY HADIDAGI TUGUN NUQTALAR SONINI ANIQLASH
Bu ishda dastlab nuqtadan boshlanib, ichma-ich joylashgan va umumiy uchga ega boʻlgan bazi muntazam koʻpburchaklarning ixtiyoriy – hadidagi tugunlari sonini topish haqida so‘z boradi.
Ketma-ket isbotlashlar natijasida tugunlar sonini topish formulalari keltirib chiqarilgan. Ichma-ich joylashgan muntazam uchburchaklar, to‘rtburchaklar, beshburchaklar, oltiburchaklar va ichma-ich joylashgan yuraklarni – hadidagi tugunlar sonini topish formulalari keltirib chiqarilib, shu kabi muntazam burchak uchun ham analog tarzda formula keltirib chiqarilgan.
2025-04-30
ALGORITMLAR TUSHUNCHASI VA ULARDAN FOYDALANISH
Bugungi kunda algoritmlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan.Har kuni algoritmlar yordamida ko’plab muommolarimizni hal qilamiz.Masalan, internetdan yoki turli dasturlardan foydalanishda ishlatishimiz mumkin.Algoritm nima,turlari,u qanday ishlashi va hayotimizdagi roli haqida ko’rib chiqamiz.
2025-04-30
ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРЛАРИНИНГ ОИЛА-ТУРМУШ ДОИРАСИДА СОДИР ЭТИЛАДИГАН ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ ВИКТИМОЛОГИК ПРОФИЛАКТИКАСИ БЎЙИЧА ФАОЛИЯТИ
Ушбу мақолада, оила-турмуш муносабатлари доирасида содир этиладиган ҳуқуқбузарликларнинг омиллари, уларнинг сабаб ва шароитлари, шунингдек, ушбу виктимологик профилактикаси борасида юзага келаётган муаммолар ва уларни бартараф этиш йўллари хамда оилада маънавий-ахлоқий муҳитни соғломлаштиришнинг энг асосий йўналишлари ёритиб берилган.
2025-04-30
ЖИНОЯТЛАРНИНГ КРИМИНОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ ВА КЎРСАТГИЧЛАРИ.
Мақола жиноятчиликда аёлларнинг криминологик хусусиятлари ва кўрсатгичларига бағишланган. Унда аёллар жиноятчилигининг ижтимоий, психологик ва демографик омиллари, шунингдек, уларнинг жиноий фаолиятдаги ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинади. Аёллар томонидан содир этилган жиноятларнинг асосий турлари, уларнинг динамикаси ва криминологик кўрсатгичлари кўриб чиқилади. Шuningdek, аёллар жиноятчилигининг олдини олиш ва унга қарши курашиш бўйича таклифлар келтирилади.
2025-04-30
ЯНГИ ТУРДАГИ ГИЁҲВАНД МОДДАЛАР ТАРҚАЛИШИГА ҚАРШИ КУРАШИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Мақолада гиёхвандлик воситалари ва психотроп моддалар ноқонуний айланишининг тарихий даврлари, бу борадаги хуқуқий муносабатларни тартибга солувчи халқаро ва миллий норматив-хуқуқий хужжатлар, янгидан-янги психофаол моддалар пайдо бўлиб, кенг тарқалаётган шароитда хуқуқни мухофаза қилиш органлари олдида бу йўналишдаги хуқуқбузарликларга қарши кураш борасида юзага келаётган муаммолар тахлил қилинган.
2025-04-30
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ХОДИМЛАРИ БИЛАН ТАРБИЯВИЙ-ПСИХОЛОГИК ИШЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШ ФАОЛИЯТИНИНГ БУГУНГИ ҲОЛАТИ
Жамиятимизда амалга оширилган ислоҳотлар жараёни асосий ва долзарб масала сифатида юқори малакали мутахассис кадрлар тайёрлашни биринчи ўринга қўймоқда. Кадрлар тайёрлашда уларнинг жисмонан ва руҳан пишшиқ, абжир бўлиши, теран фикрлайдиган, эрта кўра биладиган, матонатли, иродали бўлиши билан бирга одобли, маданиятли ва қолаверса тарбияли шахс бўлиб етишгани профессионализмнинг асосий мезонларидандир.
2025-04-30
ОДАМ САВДОСИ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИНГ ВИКТИМOЛОГИК ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Мазкур мақолада хозирда мамлакатимизда оммалашиб бораётган “Одам савдоси” жиноятларининг виктимологик профилактикаси масалалари тўғрисида айрим миллий ҳамда хорижий тадқиқотчиларнинг илмий изланишларидан келиб чиқиб таҳлил қилинганлиги тўғрисида сўз юритилади.
2025-04-30
ШАРИАТДА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ҲАҚИДАГИ ФИКР ВА ҒОЯЛАР
Мазкур мақолада ислом ҳуқуқи – шариатда ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишга қаратилган назарий ва амалий чора-тадбирлар таҳлил қилинади. Шунингдек, жиноятларнинг келиб чиқиш сабаблари, уларни бартараф этишда тарбия, адолат ва жамоат назоратининг ўрни кўрсатиб берилади. Муаллиф шариатдаги профилактика тамойилларини замонавий ҳуқуқ тизимлари билан таққослайди.
2025-04-30
