Ushbu maqola Termiz va Winchester shaharlari mikrotoponimlarining tahliliga bag'ishlangan. Mikrotoponimlar – bu kichik hududlarda, masalan, shaharlar, qishloqlar, ko‘chalar va maydonlarning nomlari bo‘lib, ularning shakllanishi va qo‘llanilishiga tarixiy, madaniy va tabiiy omillar ta’sir qiladi. Maqolada Termiz va Winchester shaharlari mikrotoponimlari o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar tahlil qilinadi. Termiz shahri mikrotoponimlari turkiy til va madaniyat izlarini, Winchester shahri mikrotoponimlari esa anglosakson madaniyatini aks ettiradi. Maqola mikrotoponimlarni o‘rganishning lingvistik va madaniy ahamiyatini ko‘rsatadi va bu tahlil shaharlarning tarixiy rivojlanishini chuqurroq tushunishga yordam beradi.