Mazkur maqolada inson huquqlari fenomenining postindustrial va raqamli sivilizatsiya sharoitida transformatsion xarakter kasb etishi, shuningdek, innovatsion paradigmalarning ushbu jarayondagi determinant omil sifatidagi roli nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Inson huquqlari tushunchasi klassik liberal modeldan zamonaviy texnologik-antropologik konsepsiyaga o‘tish jarayonida ijtimoiy, axloqiy hamda texnopragmatik omillar bilan o‘zaro uzviy aloqada ko‘rib chiqilgan.Tadqiqotda innovatsion jarayonlarning inson huquqlari tizimiga kiritayotgan normativ, axborotiy va institutsional o‘zgarishlari diskursiv tahlil metodologiyasi asosida yoritilib, sun’iy intellekt, raqamli boshqaruv va ijtimoiy texnologiyalar kontekstida shaxsning sub’yektiv erkinlik darajasi, kognitiv mustaqillik va axborot suvereniteti masalalari chuqur asoslab berilgan.Muallif innovatsion taraqqiyotning huquqiy ontologiyasini tahlil qilish orqali “inson huquqlari – texnologik etik” dialektikasini aniqlaydi hamda texnogen muhitda huquqiy barqarorlikni ta’minlash uchun kompleks, multidisiplinar yondashuv zarurligini ta’kidlaydi. Natijada inson huquqlarining raqamli fazoda qayta talqin qilinishi, ularning etik va epistemologik asoslari, hamda milliy huquqiy tizimlar uchun innovatsion normativ modellar ishlab chiqish istiqbollari ilmiy asosda ochib beriladi.