Okkazionalizm ijodkorning o‘z hissiy qarashlarini, g‘oyalarini to‘laqonli ifodalashga xizmat qiladi. Narsa, voqea-hodisa, shaxslarning ijobiy hamda salbiy xususiyatlarining barcha qirralarini aks ettirish uchun lug‘atlardagi mavjud so‘zlarning imkoni bo‘lmaganda, bu vazifani bajarish okkazionalizmlarga yuklatiladi. Okkazional birliklar shoirning ijod mahsulidir.