Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

PEDAGOGIK PUBLITSISTIKADA EKOLOGIK MADANIYAT VA BARQAROR RIVOJLANISH G‘OYALARINING IFODALANISHI

Ushbu maqolada pedagogik publitsistikada ekologik madaniyat va barqaror rivojlanish g‘oyalarining ifodalanishi chuqur tahlil qilinadi. Unda ekologik ong, ekologik mas’uliyat, ekologik xulq-atvor va barqaror rivojlanish konsepsiyasining ta’lim jarayoniga ta’siri izchil yoritiladi. Shuningdek, pedagog-mualliflarning ekologik mavzuni publitsistik uslubda shakllantirishdagi yondashuvlari, ommaviy ma’rifiy materiallarning jamiyatning ekologik tafakkuriga ta’siri hamda yosh avlodda ekologik qadriyatlarni rivojlantirishdagi o‘rni batafsil ko‘rib chiqiladi. Maqolada ekologik muammolarni badiiy-publitsistik, analitik va ilmiy yondashuvlar orqali yoritish uslublari o‘rganiladi.

Aziza Utebaeva

59-60

2025-11-17

THE ROLE OF ENVIRONMENTAL ETHICS IN HARMONIZING RELATIONS BETWEEN NATURE, SOCIETY AND HUMAN

The article examines the importance of environmental ethics and culture in harmonizing relations between nature, society and humans. The author analyzes the essence of environmental ethics and culture, its connection with political culture, and the integration of forms of social consciousness in achieving environmental sustainability. The article also reveals issues of environmental education and ecologization of worldview, directions for the formation of ecological spirituality in society, and the role of ecological ethical values in achieving sustainable development. As a result of the research, the role of environmental ethics in «nature-society-human» relations was determined, and practical recommendations for its improvement were developed.

Maxsud Nazarov

99-106

2025-04-21

YOSH AVLODDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING ROLI

Mazkur maqolada ekologik madaniyat tushunchasining mohiyati, tarkibiy komponentlari va ularni shakllantirishda ta’lim tizimining o‘rni ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Global ekologik muammolar fonida yosh avlodda ekologik ong, qadriyat va mas’uliyatni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Muallif ekologik madaniyatni kognitiv, emotsional-aksiyologik va amaliy-komportamental komponentlar orqali izohlaydi hamda bu komponentlarning ta’lim jarayonida uyg‘un rivojlanishi zarurligini ta’kidlaydi. Ekologik tarbiya vositasi sifatida eko-pedagogika, xizmatga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosidagi yondashuvlar va raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, o‘quv dasturlarining ekologik mazmun bilan boyitilishi, fanlararo integratsiya, zamonaviy metodik yondashuvlar va ta’lim-muhit birligi orqali ekologik madaniyatni barqaror rivojlantirishning muhimligi ilmiy asoslangan. Maqolada davlat siyosati, jamoatchilik instituti va OAVning hamkorlikdagi roli alohida e’tirof etilgan.

Fotimaxon Mamajonova

128-133

2025-07-31

O‘QUVCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI PEDAGOGIK USULLARI

Ushbu maqola zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning samarali pedagogik usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ekologik madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy komponentlari - bilim, qiziqish, amaliy ko‘nikmalar va xulq-atvor, ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida interfaol darslar, loyihaviy faoliyat, ekologik ekskursiyalar, ko‘rgazmali materiallardan foydalanish, amaliy ekologik ishlar, musobaqalar va zamonaviy texnologik metodlar kabi samarali pedagogik usullar aniqlangan. Ushbu usullar o‘quvchilarda ekologik ongni rivojlantirish, tabiatga hurmat va mas’uliyatni shakllantirishga yordam beradi. Maqola pedagoglar uchun maktab va boshqa ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ham taqdim etadi.

Jasurbek Arslonov

52-55

2026-01-19

THE ROLE OF ECOLOGICAL CULTURE IN IMPROVING THE ECOLOGICAL SITUATION IN UZBEKISTAN

This article is devoted to the study of the role of ecological culture in improving the ecological situation in the Republic of Uzbekistan. The article analyzes the main aspects of the formation of environmental consciousness, including education, enlightenment, and the participation of society in environmental initiatives. Special attention is paid to the influence of traditional values and modern approaches on the development of ecological culture. The research was conducted on the basis of state policy, environmental protection programs, and the study of the environmental activities of the local population. The results emphasize the importance of ecological culture in environmental protection and make proposals for its development.

Jenisbay Abdiyev

218-221

2025-06-23

EKOLOGIK ONG VA AXLOQNING IJTIMOIY-EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI

Ushbu maqolada ekologik madaniyatning mohiyati, uning inson faoliyatidagi o‘rni va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan axloqiy tamoyillari yoritilgan. Ekologik madaniyat insonning atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tamoyillarini va ekologik masalalarni hal etishda faol ishtirokini aks ettiruvchi muhim tushuncha sifatida tadqiq qilingan. Ekologik madaniyatning jamiyatning turli sohalariga, jumladan, iqtisodiyot, ta’lim va siyosatga ta’siri, shuningdek, kundalik hayotdagi amaliy ko‘rinishlari misollar orqali ochib berilgan. Pedagogik jarayonlardagi ekologik ong va axloqni shakllantirish masalalari, yosh avlodda tabiatga nisbatan hurmat va mas’uliyatni rivojlantirishning dolzarbligi alohida ta’kidlangan.

Muhayyo Artikova , Valijon Qodirov, Шаробидин Хасанов , Муқаддас Тожибоева, Ziyoda Azimova

71-77

2025-02-25

SOCIO-PHILOSOPHICAL ASPECTS OF ECOLOGICAL ETHICS FORMATION IN THE CONTEXT OF GLOBALIZATION

This article analyzes the socio-philosophical aspects of the formation of ecological ethics in the context of globalization. The author studies the spiritual foundations of ecological ethics, its harmony with national and universal values, issues of developing ecological culture in Uzbekistan. The article also presents scientific conclusions about modern problems of the formation of ecological ethics and ways to solve them, about the role of moral norms in the fight against ecological threats.

Maxsud Nazarov

110-115

2025-04-21

TASVIRIY SAN’ATDA EKOLOGIK MOTIVLAR VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada tasviriy san’atda ekologik motivlarning qo‘llanilishi, ularning o‘quvchilarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat hissini shakllantirishdagi roli yoritilgan. San’at asarlarida tabiat manzaralari, ekologik muammolar, biomuhit va ekologik muvozanat tasvirlanishining tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, maktab ta’limida ekologik motivlardan foydalanish metodlari, amaliy mashg‘ulotlar hamda o‘quvchilar ijodini qo‘llab-quvvatlashning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rsatib berilgan.

ASILBEK HAMIDOV

71-75

2026-02-16

YOSHLAR SALOMATLIGINI SAQLASHDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARINI JAHON VA MILLIY TA’LIM TIZIMIDAGI AHAMIYATI

Tezisda yoshlar salomatligini saqlashda ekologik madaniyatni shakllantirishning pedagogik texnologiyalari tahlil qilinadi. Jahon va milliy ta’lim tizimlarida ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar, metodologiyalar va innovatsion texnologiyalar o‘rganiladi. Tezis ekologik ta’limning yoshlar salomatligiga ta’siri, ekologik ongni shakllantirishning pedagogik usullari va ularning samaradorligi masalalarini yoritadi. Tadqiqot natijalari ekologik madaniyatni shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning ahamiyatini ko‘rsatadi va ularni ta’lim tizimlarida joriy etishning zarurligini ta’kidlaydi.

Gavxaroy Tadjibayeva

112-116

2025-08-28

O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA EKOLOGIK MADANIYATNING O‘RNI

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish jarayonida ekologik madaniyatning ahamiyati va uning ta’lim tizimida qo‘llanilish yo‘llari tahlil qilinadi. Zamonaviy sharoitda ekologik muammolar global miqyosda ahamiyat kasb etmoqda va yosh avlodni ekologik ong bilan tarbiyalash muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Maqolada ekologik madaniyat tushunchasi, uning pedagogik ahamiyati va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq, amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Jasurbek Arslonov

83-86

2026-01-19

INSON QADRIYATLARI TIZIMIDA EKOLOGIK AXLOQ VA MADANIYAT

Tezisda  ekologik axloq va madaniyatning shaxs shakllanishidagi o‘rni ilmiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Ekologik inqirozning ijtimoiy-axloqiy sabablari va uni bartaraf etishda ma’naviy omillarning ustuvorligi asoslangan. Ekologik madaniyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va vorisiylik tamoyilining ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Maxsud Nazarov

132-135

2025-04-21

O‘QUVCHILARDA EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI: MAS’ULIYAT HISSINI OSHIRISH

Ushbu tezis o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ekologik ongini shakllantirishning psixologik mexanizmlarini tahlii qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ekologik ongning shakllanishida idrok, hissiyot, motivatsiya, ijtimoiy taqlid va refleksiya kabi psixologik jarayonlarning o‘rni chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, ekologik mas’uliyatni oshirishda yosh psixologiyasiga mos pedagogik texnologiyalar va usullarning samaradorligi tahlii qilingan. Tadqiqot natijalari asosida ekologik tarbiyani takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Madina Mirzaolimova, Nurmuhammad Alimqulov

109-111

2025-09-29

EKOLOGIK MADANIYATNING MA’NAVIY MADANIYAT TIZIMIDAGI O’RNI

Ushbu maqolada yoshlarda zamonaviy ekologik madaniyatni shakllantirish muammosi muhokama qilinadi. Ekologik madaniyatning mohiyati, xususiyatlari uni yoshlar o'rtasida rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar ta 'kidlab o 'tiladi.

Zebiniso Abdunazarova

78-84

2025-03-17

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING ROLI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni shakllantirishda integrativ yondashuvning o‘rni tahlil qilinadi. Ta'lim jarayoniga atrof-muhitni muhofaza qilishga oid bilim, ko‘nikma va munosabatlarni integratsiyalash orqali o‘quvchilarda ekologik ong va mas’uliyatni shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, fanlararo bog‘liqlik asosida tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Integrativ yondashuv orqali o‘quvchilarning ekologik qadriyatlari, ijtimoiy faolligi va amaliy faoliyatga tayyorligi mustahkamlanadi.

U.N. Nusratova

154-156

2025-04-30

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA ATROF MUHITNI ASRAB AVAYLASH VA G'AMXO'RLIK QILISHGA O'RGATISH

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida atrof muhitni asrab avaylash va g'amxo'rlik qilishga o'rgatish kabi masalalar ko’rib chiqildi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ekologik madaniyat va ekologik ongni dastlab ota-onalaridan va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan o’zlashtiradi.

Matluba Jo’rayeva

239-244

2022-02-27

BOSHLANGICH TA’LIM O‘QUVCHILARINI ATROF-MUHITGA MAS’ULIYAT XISSINI SHAKLLANTIRISH METODLARI, SHAKLLARI VA VOSITALARI

Maqolada ekologik ta’lim, boshlang’ich maktab, o’quv jarayoni, ekologik madaniyat, mablag’lardan foydalanish, o’quv jarayoni, o’quvchilar tomonidan yaratilgan ijod, fan o’quv-uslubiy majmuasi, ona zamin.

Baxtixon Qurbonova, Dilnoza Alikulova

90-95

2023-05-18

EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida ekologik madaniyat va tarbiyani rivojlantirish va shakllantirish, yosh kelajak avlodlar ongida ekologik madaniyatni rivojlantirish sizu-biz tomonimizdan bu narsaga katta e’tibor berish, ilmiy-pedagogik omillari va qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritiladi.

Oygul Ashurova , Oydinoy Komilova

113-116

2025-02-28

QIBLA OROLBO‘YI VA AMUDARYO O‘NG SOHILIDA SHAHAR TUZILISHINING EKOLOGIK, DINIY VA IQTISODIY ASOSLARI

Maqola Qibla Orolbo‘yi va Amudaryo o‘ng sohili hududida antik davr shahar qurilishining murakkab ekologik, diniy va iqtisodiy asoslarini yoritadi. Mazkur hududdagi arxitekturaviy dizayn, urbanistik funksiyalar, zardushtiylik va boshqa diniy g‘oyalar asosida shakllangan makonlar tahlil qilinadi. Sug‘orish, mahsulot yetishtirish, diniy marosimlar o‘tkazish, aholi joylashuvi va mahalliy resurslardan foydalanish orqali shakllangan shahar hayoti zamonaviy arxeologik, antropologik va geofazoviy tadqiqotlar asosida o‘rganiladi.

Nursultan Bekmuratov

30-31

2025-07-10

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA EKOTIZIMLARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

Ekotizim — bu aloqalar o'zgaruvchan va murakkabdir, bu tabiat va uning tarkibiy qismlarining o'zaro aloqada bo'lgan tizimi bo'lib. Insonlar va ularning jamiyatlaridagi o'zaro munosabatlar va madaniy an'analarga ham taalluqli, ekotizim atamasi asosan biologiya va ekologiya fanlarida ishlatilsa ham. Qadriyatlari va ekologik ongining shakllanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi, tildagi ifodalanishi xalqning tabiiy olamga bo‘lgan munosabati. o'zining tarixiy tajribasi, tabiatga bo‘lgan qarashlari, va zamonaviy ekologik muammolar bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarni, o‘zida aks ettiradi, har bir til va madaniyat.Ingliz tili dunyo miqyosida dominant tildan biri bo‘lib, ekologik muammolarni global darajada yoritishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, o'zbek tili, milliy madaniyat va qadriyatlarni o'z ichiga olgan, tabiat va uning resurslariga nisbatan hurmatni ta'kidlaydigan til sifatida ajralib turadi. Ekotizimlarning milliy-madaniy xususiyatlari tildagi ko‘plab iboralar, atamalar va tasavvurlar orqali ifodalanadi. Bundan tashqari  ingliz va o'zbek tillarida ekotizimning milliy-madaniy xususiyatlarini solishtiramiz va har bir tilning ekologik qarashlarini chuqur tahlil qilamiz.

Marjona Ruzikulova

47-49

2025-02-11

TAILAND TURIZMIDA EKOTURIZMNING O`RNI

Ushbu maqola Tailand turizmida ekoturizmning o‘rni va uning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ta'sirini o‘rganadi. Tadqiqotda ekoturizmning barqaror rivojlanishiga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratish va turizmning ijtimoiy madaniyatga ta'sirini tahlil qilishga e'tibor qaratilgan. Maqola Tailanddagi ekoturizmning asosiy manfaatlarini, shuningdek, bu sohadagi salbiy ta'sirlarni ko‘rsatadi. Ekoturizmning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun ekologik barqarorlikni saqlash va mahalliy jamoalar bilan hamkorlikda ishlash zarurligi ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari, ekoturizmning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun bir qator strategiyalarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatadi

Iskandar Abdurahmonov , Abdumalik Yo`ldoshev

47-53

2025-04-21

INSON VA TABIAT

Mazkur maqolada inson va tabiat oʻrtasidagi munosabatlar, ekologik madaniyat, ekologik xavflar va ularning inson organizmiga boʻlayotgan ta'siri, Orol fojeasi, atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi, atmosfera havosining inson tomonidan ifloslanib borayotgani va uni oldini olish oʻz aksini topgan.

N.A. Tursunova, Z.O. Valiyeva

26-28

2025-02-24

BOTANIKA TA’LIMINING DOLZARB MUAMOLARI VA TALABALARDA SHAKLLANTIRILISHI LOZIM BOʻLGAN ASOSIY KOMPOTENSIYALAR TARKIBI

Ushbu maqolada botanika ta’limining dolzarb muammolari hamda talabalarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan asosiy kompetensiyalar tarkibi ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil etilgan. Zamonaviy ta’lim talablari asosida botanika fanini o‘qitishda uchrayotgan muammolar — nazariya va amaliyot uyg‘unligining yetarli emasligi, an’anaviy o‘qitish usullarining ustunligi, innovatsion va raqamli texnologiyalardan kam foydalanilishi hamda ekologik yo‘naltirilgan yondashuvning sustligi yoritib berilgan. Shuningdek, botanika ta’limi jarayonida talabalarda fanlararo fikrlash, tadqiqotchilik, ekologik madaniyat, axborot bilan ishlash va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari botanika fanini o‘qitish samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi

Azizaxon Gulova , Yulduz Temirova

57-61

2025-12-29

MILLIY VA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA TALABALARNING ETNOEKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Talabalarning etnoekologik madaniyatini shakllantirish uchun, milliy va xorijiy tajribalardan olingan tajribalar, ularning o'zaro aloqalarini almashishini ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bu tajribalar orqali talabalarning mamlakatlar tabiiy resurslari, ekologik muhit va madaniyati haqida bilimlarini oshirish, ularni global muhit muammo va yechimlariga oid fikrlashda hamda dunyo miqyosidagi muhim muammolarga oid o'z fikrlarini ifodalashga imkoniyat yaratadi.

Aziza Utebaeva

175-178

2023-11-22

EKOTURIZMNING O`ZBEKISTONGA TA`SIRI

Ushbu maqolada ekoturizm tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va O‘zbekistonda bu yo‘nalishda mavjud imkoniyatlar keng yoritilgan. Shuningdek, ekoturizmning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy sohalarga ta’siri batafsil tahlil qilingan. Maqolada ekoturizm orqali tabiiy muhitni muhofaza qilish, mahalliy aholining turmush darajasini oshirish hamda madaniy qadriyatlarni saqlash masalalari muhokama etilgan. Ekoturizm rivojida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar keltirilgan. Muallif ekoturizmni O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun muhim omil sifatida ta’kidlaydi.

Fotimaxon Artikova , Abdumalik Yo`ldoshev

61-64

2025-04-18

BOSHLANG’ICH SINFLARDA TABIAT BILAN TANISHTIRISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MEROSIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishda Sharq mutafakkirlari merosidan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Mutafakkirlar asarlaridagi ilmiy, falsafiy va axloqiy g‘oyalarni dars jarayoniga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda ekologik madaniyat, tabiatga mehr-muhabbat va mas’uliyat hissini shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada tabiatshunoslik darslarida mutafakkirlar merosidan foydalanishning samarali metod va usullari, didaktik imkoniyatlari hamda amaliy misollar asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga ijobiy ta’siri asoslab berilgan.

Saodatxon Egamberdiyeva

16-19

2026-01-13

1 - 25 of 25 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy