Ushbu maqolada globalizatsiya jarayonining jahon tillari taraqqiyoti va ularning saqlanib qolishiga ta’siri tahlil etiladi. Xususan, global aloqa vositalarining kengayishi, migratsiya jarayonlari, xalqaro savdo va madaniy almashinuv tillarning bir-biriga yaqinlashuvi (integratsiyasi)ni kuchaytirayotgani yoritiladi. Shu bilan birga, dominant tillarning ta’siri ostida kichik va kam sonli milliy tillarning yo‘qolib borish xavfi kuchayib borayotgani, bu holat madaniy xilma-xillikning kamayishiga olib kelishi mumkinligi ilmiy asosda bayon etiladi. Maqolada tillarni saqlab qolishning muhim yo‘nalishlari, xalqaro tajribalar hamda mahalliy til siyosatining o‘rni muhokama qilinadi.