Qoraqat (qora smorodina) - Ribus nigrum ko’p yillik shoxlangan buta bo’lib, Saxifragáceae oilasiga mansub. Bo’yi 1-1,5 m bo’lib o’sadi. Barglari ketma-ket joylashgan bo’lib, o’ziga xos xidga ega. Gullari sariq-qizg’ish rangli bo’lib to’plangan, mevasi esa ko’p mayda urug’li bo’lib, qop-qora binafsha rangli mevasi yumaloq, may-iyun oylarida gullaydi, iyul-avgust oylarida pishib yetiladi. Qoraqat Rossiya va Qirg’iziston tog’ oldi xududlarida ko’p uchraydi. O’zbekiston sharoitida madaniylashtirib o’stiriladi. Mevasida asosan fruktoza, vitamin C (4000 mg%) vitaminlardan B, B2, E, K (7-12 mg%), flavanoidlar, flavanlar, katexinlar, leyoantosidlar, antosinlar (1100-1200 mg%), karotinlar (0,1103 mg%), organik kislotalardan limon, olma, salitsil, yantar, nikotin, fosfor kislotalari (4-5%), piktin moddalar (0,2-0,8%) ASK (365 mg%), temir (0,9 mg%), Cu, Mn, efir moylari (0,01%), dubil moddalar (0,39%), saxaroza, glikozidlar saqlaydi.