Maqolada Xorazm vohasi aholisining neolit davri kulolchilik tarixi bo‘yicha tarixshunoslik masalalari yuzasidan ba’zi mulohazalar keltirilgan bo‘lib, hudud tarixini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab arxeologik hamda ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar orqali mintaqaning tarixiy rivojlanishi, neolit davrida hududda rivojlangan kulolchilik madaniyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri, shuningdek, manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari yoritiladi. Maqolada arxeologik topilmalar, yozma manbalar va etnografik ma’lumotlar asosida Xorazmda kulolchilikning qanday rivojlangani, uning texnologik jarayonlari va san’at asarlari tahlil qilinadi.