Ushbu maqolada Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-taqir tuproqlarning agrokimyoviy tavsifi va oziq moddalar zahirasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Tumanda sug‘oriladigan o‘tloqi-taqir tuproqlar umumiy maydonning 13,7 % ni yoki 2742,9 gektarni tashkil etadi. 1984 yilga nisbatan 2022 yilga kelib tuproqning agrokimyoviy tavsifi yaxshilangan. 1984 yil tuproqning haydalma (0-20 sm) qatlamida gumus miqdori, 0,85 %, 2022 yilda haydalma (0-25 sm) qatlamida 0,82 % ni tashkil etgan. Gumus zahirasi 38 yilda 2,9 t/ga, yalpi azot 0,3 t/ga va yalpi kaliy esa 10,5 t/ga oshgan bo‘lsa, yalpi fosfor zahirasi 0,6 t/ga kamaygan. 1984 – 2022 yillar davomida tuproq tarkibidagi harakatchan oziq moddalar (N-NO3, N-NH4 va P2O5) bilan juda kam, almashinuvchan kaliy (K2O) bilan kam ta’minlanganligi keltirilgan. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish, tuproq unumdorligini oshirish uchun organik va mineral o‘g‘itlarni oziq moddalar bilan ta’minlanishini e’tiborga olib ko‘llash tavsiya etilgan.