Ushbu maqolada retrospektsiya tushunchasi, uning badiiy asarlardagi syujet qurilishi va kompozitsion yaxlitlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Retrospektiv syujetning zamonaviy romanlarda qo‘llanilish xususiyatlari, u orqali voqelikning vaqt va makondagi bog‘liqligi, shuningdek, muallif nuqtai nazari va qahramon ruhiy olamining ifodasi ochib beriladi.