Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) statistik ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining taxminan 13% ga yaqinida surunkali buyrak kasalliklaridan (SBK) aziyat chekib kelmoqda. Bugungi kunda qandli diabet, arterial gipertenziya, semizlik va boshqa lipidlar almashinuvining buzilishi bilan kechadigan kasalliklar SBK rivojlanishining asosiy sababi bo’lib, SBK bilan og'rigan 4 bemordan 3 tasining anamnezida ushbu kassaliklari mavjudligi aniqlangan. SBK - buyraklar samarali ishlash qobiliyatini asta-sekin yo'qotadigan progressiv holat. Bu organizmda toksinlar to'planishiga, suv va elektrolitlar muvozanatining buzilishiga va boshqa sog'liq muammolariga olib keladi. Surunkali buyrak etishmovchiligi (SBY) yoki Surunkali buyrak kasalligi hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklari va o'lim xavfining ortishiga olib keluvchi butun jahon sog'liqni saqlash soxasining jiddiy muammosi hisoblanadi.
2025-06-13