BARIATRIYA-METABOLIK DAVOLASHDAN KEYINGI ERTA DAVRDA SAMARADORLIK VA XAVFSIZLIK MEZONLARINING QIYOSIY TAHLILI

Main Article Content

Аннотация:

Semizlik va 2-tur qandli diabet ko‘pincha metabolik sindrom bilan birga kechadi. Konservativ yondashuv doim ham barqaror natija bermaydi. Shuning uchun bariatrik-metabolik davolash amaliyotda keng qo‘llanmoqda. Biroq turli jarrohlik yondashuvlarining erta davrdagi natijalari bir xil emas. Aynan 3 oylik davr metabolik javobning eng tez shakllanadigan bosqichi hisoblanadi. Biroq klinik amaliyotda eng muhim savol saqlanib qoladi. Qaysi jarrohlik yondashuvi qaysi bemorda tezroq va barqarorroq metabolik javob beradi. Hozir turli shuntlash va bipartishn modifikatsiyalari qo‘llanadi, ammo ularning erta davrdagi metabolik samarasi va xavfsizlik profili bir xil emas. Ayniqsa, erta davr juda muhim, chunki bu bosqichda metabolik “burilish” eng tez kechadi. Aynan shu davrda vazn yo‘qotish sur’ati, och qoringa va ovqatdan keyingi glyukoza, HbA1c, insulin va S-peptid dinamikasi kabi ko‘rsatkichlar davolashning real samaradorligini ko‘rsatib beradi. Shu bilan birga, erta davr natijalari keyingi kuzatuv taktikasini belgilash, dori terapiyasini qayta ko‘rib chiqish, xavf guruhlarini ajratish va individual reabilitatsiya rejasini tuzishda amaliy ahamiyatga ega.

Article Details

Как цитировать:

Tavasharov , . B., & Yusupova , T. (2026). BARIATRIYA-METABOLIK DAVOLASHDAN KEYINGI ERTA DAVRDA SAMARADORLIK VA XAVFSIZLIK MEZONLARINING QIYOSIY TAHLILI. Наука и инновация, 4(22), 63–64. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/78516