Наука и инновация https://in-academy.uz/index.php/si
Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
ru-RU Fri, 07 Nov 2025 06:22:37 +0000 OJS 3.3.0.8 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 TA’LIM MUASSASALARIDA RAQAMLI LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNING INNOVATSION MEXANIZMLARI https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65081
Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida raqamli loyihalarni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimini modernizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy manbalar — davlat byudjeti, grantlar, venchur kapital, kraudfanding va davlat-xususiy sheriklik (DXSh) kabi mexanizmlar o‘rganilgan. Xususan, HEMIS, Moodle, LMS kabi tizimlarni joriy etish tajribasi misolida raqamli loyihalarning iqtisodiy samaradorligi baholangan. Maqola natijalari O‘zbekiston ta’lim tizimida innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish, raqamli infratuzilmani barqaror rivojlantirish va xalqaro tajribalarni milliy modelga integratsiya qilish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Maxmudova Gulnoza Jo‘raxonovna Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65081 Thu, 06 Nov 2025 00:00:00 +0000 TURLI JUFTLASH VARIANTIDAN OLINGAN QORAQALPOQ SUR QORAKO‘L QO‘ZILARINING RANGBARANGLIK KO‘RSATKICHLARI VA GUL TIPLARI https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65145
Maqolada qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilarining rangbarangligi va gul tiplarini o‘rganish borasidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
D.Yu.Abduzoirova Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65145 Fri, 07 Nov 2025 00:00:00 +0000 MULTIMEDIA ALOQA TARMOQLARIDA TRAFIK TURLARI VA ULARNI BOSHQARISH MASALALARI https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65151
Hozirgi davrda multimedia xizmatlarining jadal rivojlanishi — internet, kabel/IP-televideniye, VoIP va talabga binoan video xizmatlari — tarmoqlarda katta hajmdagi turli trafiklarni keltirib chiqarmoqda. Tarmoq resurslari cheklangan sharoitda bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi trafik ishlashi xizmat sifatini taʼminlash uchun trafikni toʻgʻri tasniflash va samarali boshqarishni talab etadi. Ushbu maqolada asosiy trafik turlari (keskin, interaktiv, kechikishga sezgir, real-vaqtga bog‘liq bo‘lmagan) tavsifi, ular uchun dolzarb boshqaruv usullari va operator tarmoqlaridan olingan amaliy kuzatuvlarga asoslangan qisqacha tavsiyalar keltiriladi. Trafikni tasniflash aloqa operatorlari uchun xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Inomjonov Axrorbek Elyorbek o‘g‘li, Bo’riboyev Mirkomil Oybek o‘g‘li Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65151 Fri, 07 Nov 2025 00:00:00 +0000 GAZ HAYDASH AGREGATLARNING SARFI VA BOSIMI, GAZLARNI BOSQICHLI SIQISh https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65152
Magistral gaz quvurlari boshqarmalarida va gaz qazib chiqarish korxonalarida tabiy gazning bosimini meyorlashtirish hamda bir bosimda saqlash jarayonlarida gaz haydash agregatlari turli konsruktsiyada ishlatilib kelinmoqda agregatning konstruktsiyasini va yuritmasini to‘g‘ri tanlash bu ham iqtisodiy ham texnologik samaradorlik ko‘rsatgichdir.
Ochilov Abdurahim Abdurasulovich, Umarov Alixan Axmadovich Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65152 Fri, 07 Nov 2025 00:00:00 +0000 PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF CONTINUOUS INCLUSIVE EDUCATION https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65168
This article explores the pedagogical and psychological foundations of continuous inclusive education. It analyzes teachers’ professional competence, individual approach, psychological environment, and students’ integration in inclusive learning. The research results show that to ensure continuity in an inclusive environment, pedagogical approaches, psychological support, and cooperation with parents play a crucial role.
Feruza Nematova Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65168 Fri, 07 Nov 2025 00:00:00 +0000 PROFILAKTIKA INSPEKTORINING OILADAGI ZOʻRAVONLIK BILAN BOGʻLIQ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI BOʻYICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65181
Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining oilaviy zoʻravonlikni erta aniqlash va barvaqt profilaktika choralarini amalga oshirishdagi roli, ushbu faoliyatning ijtimoiy-psixologik, maʼmuriy-huquqiy hamda pedagogik omillari tahlil qilinadi. Oiladagi taranglik holatlarini oldindan aniqlash, xavf guruhidagi shaxslar bilan tizimli ishlash, mediatsiya va psixologik ko‘makni joriy etish masalalari ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalarida profilaktika inspektorlari uchun ko‘nikmalarni mustahkamlash, hamkorlik institutlarini kengaytirish va zamonaviy kommunikativ yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Rustamov Fayyozbek Ilhomjon oʻgʻli Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65181 Fri, 07 Nov 2025 00:00:00 +0000 NISHON TUMANIDA QISHLOQ XO‘JALIGI VA PAXTACHILIK SOHASINDA ERISHILGAN NATIJALAR https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65232
Ushbu maqolada 1991-yildan boshlab Nishon tumanida — keng ma’noda Qashqadaryo viloyatining agrar salohiyatiga asoslangan holda — qishloq xo‘jaligi, ayniqsa paxtachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ekin maydonlari va hosil hajmining o‘zgarishi, infratuzilma yangilanishi, paxta tozalash sanoati va klasterlashtirish siyosatlari, hamda bu jarayonning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlari tahlil qilinadi. Maqolada tarixiy bosqichlarga (1991–2005, 2006–2015, 2016–hozirga) bo‘linib, har bosqichdagi tarkibiy o‘zgarishlar, hududiy ixtisoslashuv, davlat siyosati va mahalliy amaliyotlar o‘rganiladi.
Musurmonov Amir Anvar o‘g‘li Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65232 Mon, 10 Nov 2025 00:00:00 +0000 THE HISTORY OF THE CREATION OF THE CONSTITUTION OF INDEPENDENT UZBEKISTAN: DRAFTING AND ADOPTION PROCESS https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65233
This article highlights the history of the creation of the Constitution of independent Uzbekistan. It provides information on the drafting process, the activities of the commission, public discussions, and the adoption of the Constitution on December 8, 1992. It also emphasizes the significance of the Constitution in ensuring state sovereignty and protecting the rights and freedoms of citizens.
Gulyorakhon Nizomova Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65233 Mon, 10 Nov 2025 00:00:00 +0000 OʻQUVCHILARNING OGʻZAKI VA YOZMA MULOQOT KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65234
Ushbu tezisda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma muloqot kompetensiyalarini shakllantirish masalalari o‘rganilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida kommunikativ kompetensiyalar o‘quvchilarning muloqot madaniyati, fikrini aniq ifodalash qobiliyati va ijtimoiy faoliyatdagi muvaffaqiyati bilan bevosita bog‘liq. Tadqiqotda og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik va metodik jihatlari, samarali usullar va o‘quvchilarni baholash mexanizmlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, pedagogik amaliyotdagi misollar va adabiyotlar asosida muloqot kompetensiyasini shakllantirish strategiyalari ko‘rib chiqilgan.
Xolmatjonova Moxinur Sherzodbek qizi Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65234 Mon, 10 Nov 2025 00:00:00 +0000 TALABALARDA KO‘NGILLI FAOLIYAT SIFATI: MANSUBLIK HISSI VA RUHIY-HISSIY CHARCHASHNING TA’SIRI https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65236
Mazkur tezisda talabalarning ko‘ngilli (ixtiyoriy) faoliyati sifati bilan mansublik hissi va ruhiy-hissiy charchash o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – ko‘ngilli faoliyatda sifatni belgilovchi ichki psixologik omillarni aniqlash hamda ularning o‘zaro ta’sirini tushuntirishdir. Nazariy va amaliy natijalar O‘zbekiston talaba-yoshlarida ijtimoiy faollikni kuchaytirish, charchashning oldini olish va jamoaviy mas’uliyatni oshirishga yo‘naltirilgan takliflarni o‘z ichiga oladi.
Muslima Abdumannobova Abduvohid qizi Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65236 Mon, 10 Nov 2025 00:00:00 +0000 OʻZBEK TILIDA “BOSH” LEKSEMASINING MA’NO TARAQQIYOTI https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65270
Tildagi soʻzlar birdan ortiq ma’no anglatish xususiyatiga ega . Birdan ortiq ma’no anglatish xususiyatiga ega boʻlgan soʻzlar koʻp ma’noli soʻzlar hisoblanadi. Koʻp ma’nolilik semantik hodisa boʻlib, tilimizdagi soʻz tejash qonuniyati, umumiylik, oʻxshashlik va aloqadorlik tamoyillari asosida yuzaga keladi. Demak, qiyoslash, solishtirish, taqqoslash orqali yuzaga keladigan aksariyat koʻchma ma’nolar asosida somatizmlar, ya’ni tana a’zolari nomlari yotadi. Tana a’zolari nomlarining keng doirada qoʻllanishi majoziy ma'nolarning murakkab tizimini shakllantirish imkonini beradi. Ma'lumki, dunyodagi barcha odamlar, har qanday millat, tanadagi bosh, ko'z, quloq va oyoq kabi qismlarni yaxshi biladi va tana a’zolari nomlarini ifodalovchi bunday soʻzlar har qanday narsada zaruriy qatorni tashkil qiladi. Somatik birliklarsiz insonni, insoniy munosabatlarni, jamiyatni tasavvur qilib boʻlmaydi.  Somatik birliklar juda koʻp qoʻllanishiga, va polisemantik xususiyatiga koʻra boshqa birliklardan ajralib turadi. Oʻzbek tilidagi aksariyat tana a’zolari nomlari koʻp ma’noli hisoblanadi.
Rahmatova Feruza Yarashevna Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65270 Mon, 10 Nov 2025 00:00:00 +0000 MORPHOLOGICAL DEVELOPMENTS FROM THE 12TH TO THE 15TH CENTURIES https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65280
This article examines the major morphological developments that occurred in the English language between the 12th and 15th centuries, a period marking the transition from Middle English to Early Modern English. During these centuries, English underwent significant simplification and restructuring in its grammatical and morphological system. The study highlights key changes such as the reduction of inflectional endings, the leveling of case distinctions, and the gradual disappearance of grammatical gender. These transformations were influenced by both internal linguistic evolution and external factors such as the Norman Conquest, which introduced extensive contact with French and Latin. As a result, English morphology became more analytic, relying increasingly on word order and prepositions instead of inflection to express grammatical relationships.
Diyoraxon Valijonova , Gulyora Ismoilova Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65280 Mon, 10 Nov 2025 00:00:00 +0000 BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65281
Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik asoslari va nazariy-metodologik jihatlari tahlil qilingan. Maqolada kreativlik tushunchasining pedagogik talqini, uning boshlang'ich ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati, shuningdek, kreativ fikrlashni shakllantirish uchun zarur bo'lgan pedagogik shartlar ko'rib chiqilgan. Natijalar va muhokama qismida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari, o'qituvchining roli va ta'lim muhitining ta'siri tahlil qilingan. Xulosa qismida boshlang'ich ta'lim tizimida kreativlikni rivojlantirishning istiqbollari belgilab berilgan.
G'anijonova Sarvinoz, Ortiqova Zulfiya Nurmuxamatovna Copyright (c) 2025 https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65281 Mon, 10 Nov 2025 00:00:00 +0000