Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-07-05
Статьи
"HOZIRGI DAVRDA ABU ALI IBN SINO FALSAFIY MEROSIGA BERILAYOTGAN E’TIBOR VA UNING IJTIMOIY-MA’NAVIY AHAMIYATI"
Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy merosi va uning hozirgi davrdagi ilmiy-ma’naviy ahamiyati tahlil etiladi. Ibn Sino tomonidan ilgari surilgan aql, tafakkur, ruh va mavjudlik haqidagi falsafiy qarashlarning zamonaviy talqini, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yoritilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida alloma merosiga berilayotgan e’tibor, Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy-nazariy yondashuvlari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Ibn Sinoning asarlari nafaqat tarixiy, balki hozirgi jamiyat uchun ham dolzarb ma’naviy manba sifatida qaraladi.
2025-07-07
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY MOBILLIK SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI: SOTSIOLOGIK TAHLIL
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy mobillik shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda migratsiya, urbanizatsiya, mehnat bozori va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi vertikal va gorizontal harakatlanishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Xususan, tashqi mehnat migratsiyasining ijtimoiy maqom o‘zgarishi, iqtisodiy barqarorlik va kasbiy malaka orttirish imkoniyatlari orqali ijtimoiy mobillikni faollashtirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, demografik omillar va hududiy tafovutlar kontekstida ijtimoiy mobillikning zamonaviy dinamikasi aniqlanadi.
2025-07-07
ASSESSMENT TECHNIQUES IN ENGLISH LANGUAGE LEARNING: TRADITIONAL VS MODERN APPROACHES
Assessment in English language learning plays a crucial role in monitoring progress, diagnosing difficulties, and guiding instruction. Traditionally, assessments have been centered on standardized tests and summative evaluations. However, with shifts in pedagogical paradigms toward communicative competence and learner-centered approaches, modern assessment techniques such as formative assessment, portfolio assessment, peer review, and digital tools have gained prominence. This article examines the differences between traditional and modern assessment methods in English language learning, evaluating their respective strengths and limitations. The study emphasizes the need for a balanced assessment framework that reflects language use in real-world contexts while supporting learner development.
2025-07-07
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING XAVFSIZLIK SIYOSATIDA TASHQI TA'SIRLAR VA AFG'ONISTON MASALASI
ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Xususan, Afg‘onistondagi siyosiy beqarorlik, Tolibon harakatining hokimiyatga kelishi, migratsion bosim va ISHID-K terroristik guruhining tahdidlari mintaqa uchun muhim xavf manbalari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Rossiyaning ODKB orqali mintaqaviy xavfsizlikka aralashuvi, harbiy bazalar, iqtisodiy ta’sir vositalari va geosiyosiy manfaatlari asosida mintaqadagi ta’sir kuchi yoritilgan.
2025-07-07
ЦИФРОВАЯ НЕПРИКОСНОВЕННОСТЬ В СОВРЕМЕННОМ ПРАВЕ РАССМАТРИВАЕТСЯ КАК НЕОТЪЕМЛЕМАЯ ЧАСТЬ ОБЩЕГО ПРАВА ЧЕЛОВЕКА НА НЕПРИКОСНОВЕННОСТЬ ЧАСТНОЙ ЖИЗНИ
Это понятие охватывает защиту личной информации, переписки, электронной коммуникации, цифровых следов и персональных данных от неправомерного вмешательства, контроля или использования. С расширением цифровой среды и ростом киберугроз обеспечение цифровой неприкосновенности становится центральной задачей правозащитной политики любого государства.
2025-07-08
ИММУНОЛОГИЧЕСКИ ОБОСНОВАННЫЙ ПОДХОД К КОМПЛЕКСНОМУ ЛЕЧЕНИЮ АРТРОЗО-АРТРИТА У ЛИЦ МОЛОДОГО ВОЗРАСТА
В работе представлена оптимизация комплексного лечения артрозо-артрита у лиц молодого возраста с учётом их иммунологического статуса. Исследованы 84 пациента в возрасте от 18 до 35 лет, разделённых на две группы: основную и контрольную. Учитывались показатели клеточного и гуморального иммунитета, уровни цитокинов, СРБ. Разработана терапевтическая схема, включающая стандартное лечение и иммуномодуляторы. Применение предложенного подхода позволило достоверно улучшить клинические и лабораторные показатели, снизить уровень воспалительных маркеров на 40%, сократить выраженность болевого синдрома и ускорить восстановление функции сустава.
2025-07-08
OʼZBEKISTONI URUF-ODATLARI VA MILLIY KIYIMLARI
Ushbu maqolada O'zbek xalqining urf-odati, marosim va bayramlarining an'anaviyligi haqida va millatning an'analarini ifodalovchi avloddan avlodga o'tib kelayotgan bebaho merosimiz haqida gap boradi.Markaziy davlatlar orasida O’zbekistoning milliy qadiryatlari va urf odatlari.
2025-07-08
KOXLEAR IMPLANTLI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH USULLARI
Ushbu maqolada koxlear implantlari bo‘lgan bolalar normal eshitish qobiliyatiga ega bo‘lgan tengdoshlariga qaraganda og‘zaki nutq so‘z boyligi pastroq ekanligi, uni oshirish usullari ko‘rib chiqilgan. Qo‘shimcha tahlillar eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarning lug‘at bilimlarini chambarchas mos keladigan (masalan, ijtimoiy-iqtisodiy holatga mos keladigan) namuna bilan solishtirishning ahamiyatini tasdiqladi. Implantatsiya yoshi, implantatsiya davomiyligi va sinovdagi xronologik yosh og‘irlikdagi ta’sir hajmining kattaligiga sezilarli darajada bog‘liq emas edi. Ushbu tahlil natijalari lug‘at bilimlari adabiyotidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish yo‘lidagi birinchi qadamdir
2025-07-08
ФОРМИРОВАНИЕ УЧЕБНОЙ МОТИВАЦИИ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ
В статье рассматривается проблема формирования учебной мотивации у младших школьников. Автор анализирует психологические особенности этого возраста, раскрывает виды и источники учебной мотивации, а также акцентирует внимание на ключевой роли семьи и педагога в развитии интереса к обучению. Также приводятся основные педагогические подходы и методики, способствующие формированию устойчивой мотивации к учебной деятельности. Материалы статьи могут быть полезны педагогам, родителям и специалистам в области детской психологии.
2025-07-09
GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MAFKURAVIY IMMUNITETINI YUKSALTIRISH JAMIYAT TARAQQIYOTINING GAROVI
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni hamda bu jarayonda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Globallashuv bilan birga kirib kelayotgan yot g‘oyalar, ommaviy madaniyat va axborot xurujlari yosh avlodning dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy o‘zligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularni mustahkam g‘oyaviy asosda tarbiyalash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mafkuraviy immunitetini yuksaltirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada bu borada ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaning o‘rni va davlat siyosatining ahamiyati yoritiladi. Mafkuraviy immunitetining yuksalishi – jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy garovi ekani asoslab beriladi.
2025-07-09
SINTETIK DIZEL YOQILG‘ISINING MOYLOVCHANLIK XOSSALARINI YAXSHILASHDA OLTINGUGURTLI QO‘SHIMCHALARNING AHAMIYATI
Energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, ekologik xavfsiz va samarali yoqilg‘ilar ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyoj, sintetik dizel yoqilg‘ilarining ekspluatatsion xossalarini takomillashtirishni talab etmoqda. Sintetik dizel yoqilg‘ilarining tarkibida tabiiy moylovchanlikni ta'minlovchi komponentlar, masalan, aromatik uglevodorodlar yoki oltingugurtli birikmalarning miqdori past bo‘lgani sababli, bu yoqilg‘ilar metall yuzalarda yuqori ishqalanish va eskirish xavfiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, ularning moylovchanlik xossalarini yaxshilash uchun maxsus qo‘shimchalarga ehtiyoj mavjud.
2025-07-09
DEHQONCHILIK UCHUN YAROQSIZ BO‘LGAN HUDUDLARDA INNOVASION USLUBDA EKSPORTBOP QULUPNAY YETISHTIRISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada dehqonchilik uchun yaroqsiz bo‘lgan hududlardan samarali foydalanish orqali eksportbop qulupnay yetishtirish tizimini innovasion usullar asosida tashkil etish masalalari yoritilgan. Asosiy e’tibor, agrotexnik va agrosanoat innovatsiyalarini tadbiq etish, muqobil (gidroponika, vertikal ferma, konteynerli issiqxonalar) texnologiyalarni joriy etish orqali resurslardan oqilona foydalanishga, hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Maqolada shuningdek, zamonaviy irrigatsiya tizimlari, quyosh energiyasidan foydalanish, mahalliy va xorijiy bozorlarga yo‘naltirilgan mahsulot sifati va logistika masalalari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari innovasion yondashuvlar asosida qiyin iqlim va tuproq sharoitida ham yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlarini ochib beradi.
2025-07-10
KOREYA TA’LIM TIZIMIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI DASTURLAR MAZMUNI
Ushbu maqolada Koreya ta’lim tizimida o'quvchilarni kognitiv faollikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, ularning mazmuni, ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Shuningdek ushbu dasturlar ta'lim sifatini oshirishga va o'quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlarini ta'minlashga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
2025-07-11
TIJORAT BANKLARIDA KASSA ISHINI TASHKIL ETISH, NAQD PUL VA BOSHQA QIMMATLIKLARNI INKASSASIYA QILISH HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu ilmiy tezisda tijorat banklarining kassa amaliyotlarini samarali tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari, buxgalteriya hisobi va ichki audit jarayonlari kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Banklar faoliyatida naqd pul bilan ishlash va ularning aylanmasini nazorat qilish eng muhim moliyaviy jarayonlardan biri hisoblanib, bu yo‘nalishda yuzaga keladigan muammolar butun bank tizimining xavfsizligi, likvidligi hamda ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
2025-07-11
MURAKKAB STRUKTURALI TOMIRSIMON OLTIN KONLARIDA KON BOSIMINING NAMOYON BO‘LISHI VA UNING SABABLARI
Murakkab strukturali tomirsimon oltin konlarida kon bosimi geologik va texnogen omillar ta’sirida namoyon bo‘lib, qazib olish jarayonining barqarorligiga va xavfsizligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Ushbu maqolada kon bosimining shakllanish omillari, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda oldini olish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda geofizik kuzatuvlar, raqamli modellashtirish va kon bosimi monitoringi natijalari asosida kon bosimining dinamikasi va uning tog‘ jinslariga ta’siri o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida kon ishlari jarayonida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan..
2025-07-11
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA INFORMATIKA TERMINLARINING SHAKLLANISHI
Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida informatika sohasi terminlarining shakllanishi, ularning lingvistik va semantik xususiyatlari, tarjima usullari hamda o‘zbek tilida qo‘llanilish holatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asosan inglizcha IT terminlarining o‘zbek tiliga kirib kelish mexanizmlari: transliteratsiya, kalkalash, semantik moslashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish kabi yo‘llar tahlil qilingan. O‘zbek tilining leksik tizimiga yangi informatika terminlarining integratsiyasi, ularning o‘zlashtirilish darajasi va lingvistik moslashuvi yoritilgan.
2025-07-11
BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA BADIIY ASARLARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Mаzkur maqolada boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash, ona tili ta’limida qo’llaniladigan usullar, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishda so’zning asosiy omil ekanligi haqida fikr yuritilgan. Boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarda so‘z boyligini rivojlantirish, ularning nutqini to‘g‘ri yo‘naltirish va ifodali nutq ko‘nikmalarini shakllantirish kelgusidagi ta’lim jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
2025-07-14
MOLIYAVIY NATIJALARNING HAQQONIYLIGINI BAHOLASHDA ICHKI NAZORAT TIZIMINING ROLI
Ushbu maqolada moliyaviy natijalarning haqqoniyligini ta’minlashda ichki nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida ichki nazorat tizimining asosiy tarkibiy qismlari, ularning moliyaviy hisobotlarga ta’siri hamda xatoliklar va firibgarliklarning oldini olishdagi roli tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro standartlar (jumladan, COSO modeli) hamda O‘zbekiston amaliyotidagi real misollar asosida nazorat tizimining samaradorlik darajasi baholandi. Muallif ichki nazorat mexanizmlarining takomillashtirilishi orqali tashkilotning moliyaviy shaffofligini oshirish, investitsion jozibadorligini kuchaytirish mumkinligini asoslab berdi. Maqola natijalari amaliyotchi auditorlar, buxgalterlar hamda moliyaviy menejerlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
2025-07-14
TIJORAT BANKI KREDITLARINING KICHIK BIZNES RIVOJLANISHI ORQALI AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI
Ushbu tezisda tijorat banklari, xususan, “Hamkorbank” ATB tomonidan kichik biznes subyektlarini kreditlash amaliyoti tahlil qilinib, bu jarayonning aholi bandligini oshirishdagi o‘rni o‘rganiladi. Tadqiqotda kichik biznesga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslar orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi, iqtisodiy faollikning kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi bank kreditlarining bevosita va bilvosita ta’siri yoritiladi. Shuningdek, kreditlash mexanizmlari, ularning tarmoqlar kesimidagi samaradorligi va aholi bandligiga qo‘shgan hissasi statistik tahlillar asosida baholanadi. Tezisda natijalari asosida kichik biznesni kreditlash orqali barqaror bandlikni ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-07-14
TOURISM BRAND OF UZBEKISTAN: THE ROLE OF GUIDES AND THEIR PROFESSIONAL TRAINING IN THE DEVELOPMENT OF INCLUSIVITY
The recent policy of accelerated development of tourism in Uzbekistan, attraction of investments in the industry is aimed at maximum realization of the existing considerable potential and enhancement of the country's tourist image. The new impetus is built, first of all, on the solid foundation created in this area during the years of independence. Indeed, every year the interest in Uzbekistan as a land with an amazing history, bright architecture, unique culture is growing in the tourist world. And this is not accidental. There are over seven thousand monuments of different eras and civilizations on the territory of the republic, most of which are located in the ancient cities of the country, such as Samarkand, Bukhara, Khiva, Tashkent, Shakhrisabz. They are included in the UNESCO World Heritage List. Rich flora and fauna, amazing landscape, contrast of natural zones, diversity of cultural traditions and national cuisine, united in one place, can be found only in a few corners of the planet.
2025-07-14
QORAQOLPOG‘ISTONNING IQLIMI EKSTREMAL AHOLI PUNKTLARIDA YOMG‘IR SUVLARINI YIG‘ISH VA ULARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada geografik iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan aholi punktlari hududlarida suv resurslarining yetarli bo‘lmaganligi sababli suv ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelgan Qoraqalpog‘istonning Orol bo‘yi mintaqasi hududlarida suv ta’minotida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Yomg‘ir suvlarini yig‘ish usuli bilan suvtejamkor sug‘orish texnologiyalarini birgalikda qo‘llash orqali ekologik va landshaft muammolarini yechish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
2025-07-14
SUDGACHA VA SUD JARAYONIDAGI MEDIATSIYA: QIYOSIY TAHLIL VA AMALIY JIHATLAR
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida mediatsiya institutining sudgacha va sud jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va ilmiy adabiyotlarga asoslangan holda mediatsiyaning huquqiy asoslari, sudgacha va sud jarayonidagi xususiyatlari, afzalliklari va ayrim kamchiliklari yoritiladi hamda mediatsiyaning amalda qo‘llanilishi, muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinib, mediatsiyaning sud tizimiga ta’siri, nizolarni muqobil hal etishning samaradorligi va jamiyatdagi huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi.
2025-07-14
«ВОЯГА ЕТМАГАНЛАРНИ ФОҲИШАЛИККА ЖАЛБ ҚИЛИШ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРАЛАРИ»
Ўзбекистонда вояга етмаганларни фоҳишаликка жалб қилиш билан боғлиқ жиноятлар ҳозирги кунда ҳам долзарб ижтимоий муаммолардан бири бўлиб қолмоқда. Мақолада мазкур турдаги жиноятларнинг олдини олиш бўйича амалга оширилаётган ҳуқуқий ва ташкилий чоралар таҳлил қилинади, амалдаги қонунчиликнинг камчиликлари кўрсатиб ўтилади ҳамда уларни такомиллаштириш бўйича таклифлар илгари сурилади. Шунингдек, турли олимларнинг фикрлари таққосланади ва муаллифнинг шахсий қарашлари ёритилади. Тадқиқот натижалари вояга етмаганларнинг ҳуқуқий ҳимоясини кучайтириш, профилактика самарадорлигини оширишга қаратилган таклифлар ишлаб чиқишга хизмат қилади.
2025-07-15
TURKIYADA ALISHER NAVOIY NOMI VA MEROSINING BADIIY-MADANIY QADRLANISHI
Ushbu maqolada Alisher Navoiy merosining Turkiyada badiiy va madaniy jihatdan qanday qadrlanishi, uning zamonaviy turk adabiyotidagi ta’siri hamda ilmiy hamkorliklar orqali davom etayotgan izlanishlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy manbalar va zamonaviy adabiyotshunoslik qarashlari asosida tahliliy yondashuv qo‘llaniladi.
2025-07-16
LISTENING IS THE MOST USEFUL SKILL TO IMPROVE ENGLISH SPEAKING
Listening is a foundational language skill that significantly influences the development of effective English-speaking abilities. This paper examines the crucial role of listening in enhancing pronunciation, vocabulary acquisition, fluency, and overall communication confidence. By providing authentic language input, listening helps learners internalize grammatical structures and conversational patterns necessary for natural speech. The paper also discusses practical strategies for integrating listening activities into language teaching to promote speaking proficiency. Ultimately, the study underscores that prioritizing listening practice is essential for learners aiming to improve their English-speaking skills effectively.
2025-07-16
РОЛЬ ПРОЕКТНОГО МЕНЕДЖЕРА ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК В ОБЕСПЕЧЕНИИ КАЧЕСТВА ЦЕПЕЙ ПОСТАВОК
Качество и надежность функционирования цепочек поставок оказывают существенное влияние на экономическую эффективность и конкурентоспособность государства. Современная глобальная экономика характеризуется высокой взаимосвязанностью: доля внешней торговли Узбекистана достигла 57% ВВП, а экспорт за последние годы вырос в 2,2 раза. Однако мировая конъюнктура остается нестабильной: новые торговые барьеры и тарифы замедляют рост и сокращают объёмы международной торговли. Главная опасность состоит в вероятности сбоев в глобальных цепочках поставок, как это было в период пандемии. Под угрозой оказываются ведущие отрасли экономики с высоким экспортным потенциалом – текстильная, электротехническая, автомобилестроительная, пищевая и др..
2025-07-16