Молодые ученые
https://in-academy.uz/index.php/yo

Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

ru-RUМолодые ученыеTOLIBAY QABULOVTIŃ «QIYSINI KELISKEN QOSIQLAR» DÚRKININIŃ FORMALIQ ÓZGESHELIGI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75341

Bul maqalada Tolıbay Qabulovtıń «Qıysını kelisken qosıqlar» dúrkininiń formalıq ózgesheligi hámde forma hámde mazmun tuwralı pikir júritiledi.
Qumar Sipatdinova
Copyright (c) 2026
2026-02-252026-02-2541448MEDIA-KOMMUNIKATSIYADA CHIN JAVOBLARNI ANIQLASHNING PSIXOLOGIK DETERMINANTALARI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75342

"Ushbu maqolada intervyu jarayoni shunchaki axborot almashinuvi emas, balki murakkab psixologik muloqot shakli sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida respondent bilan samarali aloqa (rapport) o'rnatish, savol berishning strategik modellarini qo'llash va muloqotdagi ichki to'siqlarni (qarshilikni) bartaraf etish usullari turadi. Maqolada faol tinglash, empatiya va kognitiv aks ettirish (mirroring) kabi usullarning ochiq muloqot muhitini yaratishdagi roli ochib beriladi. Muallif intervyu muvaffaqiyati savollarning ketma-ketligiga emas, balki insoniy munosabatlarning nozik dinamikasini boshqara olish mahoratiga bog'liq ekanligini ilmiy asoslab beradi."
Gulayim Nurgaliyeva
Copyright (c) 2026
2026-02-252026-02-25414911AUTIZM SPEKTRINING BUZULISHI. AUTISTIK BOLALARDA IJTIMOIY MOSLASHUV
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75351

Ushbu maqolada autizm spektri buzilishi (ASB), autizm spektrlari, autistik bolalarda ijtimoiy moslashuv, bolalar bilan ishlashda psixologik yondashuvlar koʻrib chiqiladi. Oʻzbekistonda autistik bolalar miqdori tahlil qilinadi. Autizm va genetik omillar oʻrtasidagi bogʻliqlik tahlil qilinadi va shuning bilan birga bu bolalarda nutq rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlariga alohida e'tibor qaratiladi.
Jasmina MubinovaMarjona Yarasheva
Copyright (c) 2026
2026-02-252026-02-254141215QON SHAKLLI ELEMENTLARINING O‘ZARO TA’SIRIDA GUMORAL OMILLARNING ROLI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75352

Ushbu maqolada qonning shaklli elementlari — eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarning o‘zaro ta’siri jarayonida gumoral omillarning roli keng yoritilgan. Gumoral omillar qatoriga sitokinlar, interleykinlar, komplement tizimi komponentlari, immunoglobulinlar, koagulyatsiya omillari hamda boshqa biologik faol moddalar kiradi. Maqolada ushbu omillarning fiziologik va patologik holatlarda qon hujayralari faoliyatini boshqarishdagi ahamiyati, ularning yallig‘lanish, immun javob va gemostazdagi o‘rni tahlil qilingan.
Bexruz Xurramov Behruz Turdiyev Zavqiddin HayitmurodovShoxrullo Saidov
Copyright (c) 2026
2026-02-252026-02-254141617FEATURES OF KNOWING AND UNDERSTANDING A PERSON THROUGH FACIAL EXPRESSIONS IN PSYCHOLOGY
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75358

This study presents the main data on the analysis of the features of cognition and understanding of a person through facial expressions in psychology based on complex, systemic, and psychological approaches. Also, the connection of facial expressions with social role, cultural norms, and individual temperament was scientifically based on the study of characters. The research results show that, although facial expressions in psychology are an important signaling system reflecting a person's inner mental state, they are important for contextual analysis, empathic sensitivity, and critical thinking in order to correctly interpret them.
Pashshajon SatimovaDildora AdamovaAdolat Komolova Munira Kultasova
Copyright (c) 2026
2026-02-252026-02-254141822KICHIK MAKTAB YOSHIDA O‘ZARO MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75373

Ma’lumki, atrofdagi insonlar bilan munosabatlar bolalik davrida paydo bo‘ladi va faol rivojlanadi. Bunday munosabatlar tajribasi bola shaxsining rivojlanishi uchun poydevor bo‘lib, ko‘p jihatdan uning o‘ziga, boshqalarga va umuman dunyoga bo‘lgan munosabatining xususiyatlarini belgilaydi. Tengdoshlariga intilish, ular bilan muloqotga chanqoqlik maktab o‘quvchisi uchun tengdoshlar guruhini nihoyatda muhim va ahamiyatli qiladi. Tengdoshlar guruhi bilan ijtimoiy munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini egallash va do‘stlar orttirish qobiliyati ushbu yosh bosqichidagi rivojlanishning eng muhim vazifalaridan biridir.
Dilobar Raxmatova
Copyright (c) 2026
2026-02-252026-02-254142326REFLEKSIYA BORASIDAGI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75381

Ma’lumki, ryefleksiya hodisasi ongning determinlashtiruvchi xususiyati ekanligi to‘g‘risidagi dastlabki nuqtai nazarlar va qarashlarning xilma-xilligi psixologiya fanini bu hodisaga qayta-qayta murojaat qilishga olib keladi. Bu hozirgi zamon psixologiyasi noaniq va hatto ziddiyatli baholaydigan tushunchalardan biridir. Refleksiyani jarayon sifatida, ongning xususiyati sifatida, tafakkurning xususiyati sifatida, qobiliyat sifatida tavsiflash an’analari mavjud. Refleksiya ijtimoiy persepsiya mexanizmi va teskari aloqa mexanizmi sifatida qaraladi. Refleksivlik refleksiya jarayonining mahsuldor xususiyati sifatida shaxs yoki sub’yektning xususiyati bo‘lishi mumkin yoki butun bir ijtimoiy guruhning, xususan, oliy ma’lumotli insonlarning xususiyati bo‘lishi mumkin. Bu atama boshqa fanlar uchun ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. V.A.Lefevrning ishlari tufayli refleksiya tushunchasi falsafadan fanlararo maydonga olib chiqildi. Ko‘plab fanlar: matematika, psixologiya, sosiologiya, falsafa, etika va boshqalar tutashgan joyda joylashgan “refleksiv tizim” va “refleksiv boshqaruv” tushunchalari kiritildi [3].
Dilfuza Yulchiboyeva
Copyright (c) 2026
2026-02-252026-02-254142731ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TA’LIM JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISH: INTERAKTIV YONDASHUV VA PEDAGOGIK STRATEGIYALAR
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75407

Mazkur maqolada 21-asr texnologiyalarining ta’lim tizimiga ta’siri, o‘quvchilarning gadjetlarga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda dars samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarning ahamiyati, psixologik yondashuv zarurati hamda interaktiv metodlardan foydalanishning samaradorligi yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, Kahoot!, Quizlet va Jeopardy! kabi raqamli vositalar yordamida darslarni qiziqarli tashkil etish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada warm-up mashqlari, brainstorming, role-play, interview va problem-solving kabi interaktiv faoliyat turlari orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ishonchi va faolligini rivojlantirish yo‘llari tavsiya etiladi. Shuningdek, “Teskari sinf” (Flipped Classroom) metodining o‘quv jarayonidagi o‘rni va ahamiyati ochib beriladi.
Diyora Matmusaeva
Copyright (c) 2026
2026-02-262026-02-264143233ASOSIY KAPITALGA NISBATAN CHET EL KAPITALI VA KREDITLARINING ULUSHI (XORAZM VILOYATI MISOLIDA)
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75421

Ushbu ilmiy maqolada Xorazm viloyatida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar tarkibida chet el kapitali va xorijiy kreditlarining ulushi 2019–2024 yillar statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda statistik, dinamik va taqqoslash usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar hududda chet el investitsiyalari ulushining o‘zgaruvchan xarakterga ega ekanini, so‘nggi yillarda esa pasayish tendensiyasi shakllanganini ko‘rsatadi. Tadqiqot xulosalari hududiy investitsiya siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
J.K. Majidov
Copyright (c) 2026
2026-02-262026-02-264143436INGLIZ VA O‘ZBEK FRAZEOLOGIK BIRLIKLARINING UMUMIY VA NOO‘XSHASH JIHATLARI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75429

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarning umumiy va noo‘xshash jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida frazeologizmlarning semantik tuzilishi, pragmatik xususiyatlari, lingvomadaniy asoslari hamda nutq jarayonidagi funksiyalari o‘rganiladi. Ikki til frazeologiyasining milliy mentalitet, tarixiy taraqqiyot va madaniy qadriyatlar bilan bog‘liqligi ilmiy asosda yoritiladi.
Dilshoda MirzayevaAziza Sayfidinova
Copyright (c) 2026
2026-02-262026-02-264143738KIBERXAVFSIZLIK: ZAMONAVIY TAHDIDLAR, HIMOYA STRATEGIYALARI VA SUN’IY INTELLEKT INTEGRATSIYASI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75435

Mazkur maqolada kiberxavfsizlik sohasi bo‘yicha eng dolzarb muammolar tahlil qilinadi: zamonaviy kiberxavf tahdidlari, ularning biznes va davlat infratuzilmasiga ta’siri, shuningdek sun’iy intellekt asosida xavfsizlikni mustahkamlash strategiyalari koʻrib chiqiladi. Maqolada ilmiy tadqiqotlar, statistika tahlili va amaliy metodlar asosida ham yangi konseptlar taklif etiladi.
Kamronbek Mamadaliyev
Copyright (c) 2026
2026-02-262026-02-264143941«ФЕНОМЕН УЖАСА И МЕХАНИЗМ ТРАНСФОРМАЦИИ ПРИВЫЧНОГО В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ СТИВЕНА КИНГА»
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75436

В статье рассматривается философская сущность ужаса в творчестве Стивена Кинга через призму метаморфозы привычного. Анализируются приёмы автора по «оживлению» повседневных явлений и превращению их в источник тревоги, что позволяет интерпретировать его прозу как размышление о границах человеческого опыта и природе зла. Показано, что Кинг не просто пугает читателя, а стимулирует рефлексию о внутренней динамике страха, подспудных инстинктах и уязвимости современной личности.
Нилуфар Курбонова
Copyright (c) 2026
2026-02-262026-02-264144243ALEKSANDR FAYNBERG — “SAODAT SOHILI” SHE’RI BADIIY FALSAFIY TAHLILI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75447

Ushbu maqola Aleksandr Faynbergning “Saodat sohili” she’rini admabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan chuqur tahlil qiladi. Asarda insonning baxt izlash yo‘lida duch keladigan ruhiy kechinmalari, umid va iztirob o‘rtasidagi ziddiyatlar, shuningdek she’rda ishlatilgan poetik obrazlar, ramzlar va badiiy vositalar tahlil qilinadi. She’rning g‘oyaviy mazmuni, til uslubi va falsafiy xulosalari kontekstual asosda o‘rganiladi, bu esa o‘quvchiga she’rning chuqur ma’nosini anglashga yordam beradi.
Zamira Moldiyeva
Copyright (c) 2026
2026-02-272026-02-274144445“ESKI FONUS”: ALEKSANDR FAYNBERG SHE’RI TAHLILI VA BADIIY-FALSAFIY IZLANISHLAR
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75448

Ushbu maqola Aleksandr Faynbergning “Eski fonus” she’rini badiiy va falsafiy jihatdan tahlil qiladi. She’r inson ruhiyati, sevgi, nostalgiya, yo‘qotish hissi va ichki izlanishlarni ramziy tasvirlar orqali ochib beradi. Maqolada she’rning g‘oyaviy mazmuni, til va uslub vositalari, ramz va metaforalar, shuningdek lirik qahramonning ichki kechinmalari chuqur tahlil qilinadi. Shu bilan birga maqolada she’riyat tahlili metodikasi va ramzlarni aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.
Zamira Moldiyeva
Copyright (c) 2026
2026-02-272026-02-274144648O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISHDA HAMDA AHOLINING TURLI QATLAMLARINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI AMALGA OSHIRISH YO‘NALISHLARI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75474

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda aholining turli qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — raqamli transformatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion yechimlarning ijtimoiy infratuzilma samaradorligiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Ishda tizimli tahlil, statistik ma’lumotlarni solishtirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni taqqoslash usullari qo‘llanildi. Natijada, ijtimoiy himoya tizimida elektron platformalar, “raqamli hukumat” elementlari hamda ma’lumotlar bazasiga asoslangan boshqaruv mexanizmlarining ahamiyati yoritildi. Tadqiqot yakunida O‘zbekistonda ijtimoiy sohani raqamlashtirishni chuqurlashtirish, aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish va texnologik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Umida Safarova
Copyright (c) 2026
2026-02-272026-02-274144953THE EFFECTS OF GLUCAGON-LIKE PEPTIDE-1 AGONIST THERAPY (SEMAGLUTIDE AND TIRZEPATIDE) ON METABOLIC AND HORMONAL PARAMETERS IN MEN WITH OBESITY AND INSULIN RESISTANCE
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75488

In recent years, obesity and insulin resistance have become increasingly prevalent among men and are considered key pathogenetic factors in the development of metabolic syndrome, type 2 diabetes mellitus, and hormonal imbalance. In such conditions, glucagon-like peptide-1 (GLP-1) receptor agonists—semaglutide and the dual GIP/GLP-1 agonist tirzepatide—have been recognized as effective pharmacological treatment options. This article analyzes the effects of these therapies on metabolic and hormonal parameters in men with obesity and insulin resistance. The results of clinical studies demonstrate that the use of semaglutide and tirzepatide is associated with significant weight reduction, improved insulin sensitivity, stabilization of glycemic control, and optimization of lipid metabolism. Moreover, weight loss and reduction of visceral adipose tissue contribute to the improvement of hormonal balance in men, particularly through an indirect increase in testosterone levels, reduction of leptin resistance, and enhancement of adiponectin secretion. The dual mechanism of action of tirzepatide further enhances its metabolic efficacy, providing superior clinical outcomes in patients with severe insulin resistance. This article highlights the role of GLP-1 agonists in the comprehensive management of metabolic and endocrine disorders in men and substantiates their clinical relevance.
Mukhammadali Jumayev
Copyright (c) 2026
2026-02-272026-02-274145456MARKETING JARAYONLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75492

Mazkur tezisda marketing jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt, Big Data, marketing avtomatlashtirish tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar, qidiruv tizimlari optimallashtirish vositalari hamda analitik platformalarning marketing natijalariga ta’siri kompleks yondashuv asosida o‘rganiladi. Raqamli texnologiyalar yordamida mijozlar xatti-harakatlarini prognozlash, segmentatsiya aniqligini oshirish va individual takliflar shakllantirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Shuningdek, marketing xarajatlarining rentabelligini oshirish, konversiya darajasini ko‘paytirish va brend qiymatini mustahkamlash omillari yoritiladi. Tezis natijalari korxonalarda raqamli marketing strategiyalarini tizimli ravishda takomillashtirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Sitora Mirzamaxmudova
Copyright (c) 2026
2026-02-272026-02-274145759HUDUDLAR KESIMIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AHOLI SONI: STATISTIK TAHLIL VA MAKROIJTIMOIY BAHOLASH
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75498

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida hududlar kesimida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi sonining dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2020–2024 yillar oralig‘idagi rasmiy statistik ko‘rsatkichlardan, xususan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ijtimoiy himoya reyestri hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, hududlar o‘rtasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi ulushi sezilarli darajada farqlanadi va bu farqlar demografik omillar, bandlik darajasi hamda hududiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan bevosita bog‘liqdir. Tadqiqot natijalari hududiy ijtimoiy siyosatni takomillashtirish va manzilli yordam mexanizmlarini kuchaytirish zaruratini asoslab beradi.
J.K. Majidov
Copyright (c) 2026
2026-02-272026-02-274146062KONFLIKT VAQTIDA TANA TILINING PSIXOLOGIK BELGILARI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75524

Ushbu ilmiy tadqiqotda konflikt jarayonida namoyon bo‘ladigan tana tilining psixologik belgilari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shaxslararo ziddiyat vaqtida yuzaga keladigan noverbal xatti-harakatlar – mimika, ko‘z harakati, tana holati, imo-ishoralar, fazoviy masofa, nafas olish ritmi va mushak tarangligi kabi omillar ichki emotsional va kognitiv jarayonlarning aks etishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, konflikt paytida avtonom nerv tizimi faollashuvi, stress reaksiyasi, emotsional qo‘zg‘alish hamda ularning tana ifodasidagi ko‘rinishlari yoritilgan. Tadqiqotimiz davomida, tana tilining konflikt dinamikasiga ta’siri, tajovuzkorlik, himoyalanish, bo‘ysunish yoki chekinish kabi psixologik holatlarning noverbal belgilar orqali qanday namoyon bo‘lishi aytib o’tiladi. Tadqiqot natijalari konfliktologiya va amaliy psixologiya sohasida samarali muloqot va psixologik munosabatlarni shakllantirish uchun nazariy asos yaratadi.
Valya АtadjanovaShaxnaza IshmuradovaGulasal Yendirboyeva Kumush Ismoilova
Copyright (c) 2026
2026-02-272026-02-274146367PSIXOLOGLARDA EMOTSIONAL ZO‘RIQISHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA XORIJIY TAJRIBALAR
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75559

Maqolada imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlovchi psixologlarda kasbiy so‘nish va emosional zo‘riqish muammosi xorijiy ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Individual, kasbiy va tashkiliy darajadagi zamonaviy profilaktik yondashuvlarning psixologik xizmat samaradorligidagi ahamiyati yoritiladi.
Dilrabo Jalalova
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-284146871ҲУДУДЛАРНИ ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНТИРИШДА МАҲАЛЛИЙ ДАВЛАТ ҲОКИМИЯТИ ОРГАНЛАРИ РОЛИНИ КУЧАЙТИРИШНИНГ ИНСТИТУЦИОНАЛ МЕХАНИЗМЛАРИ
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75560

Ушбу тезисда ҳудудларни иқтисодий ривожлантириш самарадорлиги маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг ташаббускорлиги, институционал салоҳияти, молиявий ваколатлари ва натижага йўналтирилган бошқарув маданиятига боғлиқлиги асосланади. Ижро интизоми ва мониторингдаги муаммолар таҳлил қилиниб, маҳаллий бошқарувни кучайтиришга қаратилган бешта ташкилий-институционал таклиф баён этилади.
Даврон Бекчанов
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-284147275JISMONIY FAOLLIKNING KOGNITIV FUNKSIYALAR VA NEYROGENEZ JARAYONIGA TA’SIRI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75561

Mazkur maqolada jismoniy faollikning kognitiv funksiyalar va neyrogenez jarayoniga ta’siri zamonaviy neyrobiologik va klinik tadqiqotlar asosida tahlil qilindi. Ilmiy dalillar muntazam jismoniy mashqlar, ayniqsa aerob yuklamalar miya qon aylanishini yaxshilashi, neyrotrofik omillar, xususan Brain-Derived Neurotrophic Factor (BDNF) sintezini oshirishi hamda gipokamp sohasida yangi neyronlar hosil bo‘lishini rag‘batlantirishini ko‘rsatadi. Natijada xotira, diqqat, ijro funksiyalari va o‘rganish qobiliyati yaxshilanadi. Shuningdek, jismoniy faollik stress gormonlari darajasini kamaytirish orqali neyroprotektiv ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari jismoniy faollikni kognitiv salomatlikni saqlash va neyrodegenerativ kasalliklarning oldini olishda muhim profilaktik omil sifatida tavsiya etish mumkinligini ko‘rsatadi.
Shohruh Masharipov
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-284147679STRATEGIES FOR DEVELOPING PARENT AND COMMUNITY PARTNERSHIPS IN INCLUSIVE BIOLOGY EDUCATION
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75568

This article examines strategies for fostering effective partnerships between educational institutions, parents, and community stakeholders in inclusive biology education. The research addresses the growing need for collaborative approaches that support diverse learners in science education while leveraging community resources and parental involvement. Through analysis of contemporary educational practices and theoretical frameworks, the study identifies key strategies including structured communication protocols, community-based learning initiatives, parent education programs, and collaborative assessment approaches. The article presents practical frameworks for implementation, addressing challenges such as language barriers, cultural diversity, and varying levels of parental engagement. Findings suggest that systematic parent-community partnerships significantly enhance learning outcomes for students with diverse abilities while promoting inclusive educational environments. The research provides evidence-based recommendations for educators, administrators, and policymakers seeking to strengthen inclusive biology education through community collaboration.
Muhayyo Avezova
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-284148086KIBERJINOYATLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ULARNING TAHLILI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75583

Ushbu maqolada bugungi global raqamli ekotizimda kiberjinoyatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib borayotgani, ularning faqat texnik hodisa emas, balki geosiyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy miqyosda murakkab tizimga aylanayotgani yoritilgan. IoT (internetga ulangan qurilmalar), bulutli tizimlar, 5G texnologiyalari, sun’iy intellekt va kriptotexnologiyalarning jadal rivojlanishi kiberjinoyatlarni yanada xavfli va noaniq shakllarga olib kelayotgani asoslab berilgan. Shu sababli davlatlar va xalqaro hamjamiyat oldida malakali kadrlar tayyorlash, raqamli savodxonlik va kibermadaniyatni yuksaltirish, transmilliy hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar hamda huquqiy standartlarni takomillashtirish kabi dolzarb vazifalar turgani ta’kidlangan. Kiberjinoyatlarning rivojlanish tendensiyalarini chuqur tahlil qilish hamda ularning oldini olish va ularga qarshi kurashish strategiyalarini ishlab chiqish kelajakda kiberxavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti ekanligi xulosalangan.
Sanjar SherqulovAbdurasul Iminov
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-284148790YANTOQ O‘SIMLIGINING MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI, KIMYOVIY TARKIBI VA SHIFOBAHXSH XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75584

ushbu maqolada o‘zbekiston hududida uchraydigan yantoq (alhagi pseudalhagi) o‘simligining morfologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va xalq tabobatidagi qo‘llanilishi yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi — yantoqning shifobaxsh xususiyatlarini ilmiy jihatdan izohlash. Maqolada o‘simlikda mavjud bo’lgan moddalar ularni ahamiyati, farmakologik ta’sirini o’rganilgan. Olingan natijalar yantoqning yallig‘lanishga qarshi, revmatizmga qarshi va antiseptik xususiyatlarga egaligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari mahalliy o‘simlik resurslarini tibbiyot va farmatsevtika sohasida samarali qo‘llash imkonini kengaytiradi.
Dilafruz Hojiyeva
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-284149193IJTIMOIY TARMOQLARDA TURDOSH HUQUQLAR OBYEKTLARINING HUQUQIY TABIATI VA ULARNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75593

Mazkur tezisda ijtimoiy tarmoqlar sharoitida turdosh huquqlar obyektlarining huquqiy tabiati, ularning raqamli transformatsiyasi hamda fuqaroviy-huquqiy tartibga solish mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Raqamli muhitda turdosh huquqlar obyektlarining iqtisodiy mazmuni, ularning muomalaga kiritilishi, shartnomaviy tartibga solish xususiyatlari va platformalar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar yoritiladi.
Lazizjon Bahromov
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-284149495SAN’AT ASARLARIDA YORUG’LIK VA SOYA AHAMIYATI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75600

Ushbu maqolada tasviriy san’at asarlarida yorug‘lik va soya tamoyillari, ularning shakl, hajm va fazoviy chuqurlikni ifodalashdagi roli, badiiy ifoda va psixologik ta’sirdagi ahamiyati keng yoritiladi. Yorug‘lik va soya yordamida rassom predmetlarni realistik tarzda tasvirlab, asarga dramatik va emotsional ohang beradi.
ASILBEK HAMIDOV
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-284149697KATTA TEROR FOJIALARI HAQIDA MULOHAZALAR
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75619

Mazkur maqolada 1937-1938-yillardagi o‘zbek ziyolilariga qarshi amalga oshirilgan siyosiy qatag‘onlarning O‘zbekiston madaniy hayoti, adabiy jarayoni va milliy xotira shakllanishiga ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qiladi. Maqolada jadid avlodining yo‘q qilinishi natijasida yuzaga kelgan intellektual uzilish, yozuv siyosati va mafkuraviy nazorat mexanizmlari, shuningdek, qatag‘onlar xotirasining tiklanishi va keyinchalik reabilitatsiya davrida qayta tiklanishi jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot repressiya hodisasini nafaqat siyosiy zo‘ravonlik siyosati balki milliy madaniy rivojlanishning nohaq ravishda to‘xtatilishi ko‘rsatib beradi.
OYBEK RAHMONOV
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-2841498100КЛИНИКО-МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ И ПРОГНОЗ ТРУДНОДИАГНОСТИРУЕМЫХ ФОРМ РАКА ЖЕЛУДКА
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75626

Данный тезис посвящён анализу клинико-морфологических особенностей и прогностических характеристик трудно диагностируемых форм рака желудка, включая linitis plastica, перстневидноклеточный рак и варианты с подслизистым ростом. В работе обобщены современные международные данные по эпидемиологии, молекулярной классификации, диагностическим трудностям и терапевтическим подходам с опорой на официальную статистику GLOBOCAN 2022 и результаты актуальных исследований. Особое внимание уделено причинам поздней диагностики, ограниченной информативности стандартной эндоскопической биопсии и роли эндоскопической ультрасонографии и иммуногистохимических маркеров. На основе проведённого анализа сформулированы практико-ориентированные рекомендации, направленные на улучшение раннего выявления и персонализации лечения рака желудка в условиях Узбекистана.
Нигора Рузиева Абдулла АбдихакимовАбдураззак Касимов
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-28414101106MASOFAVIY KUTUBXONA XIZMATLARINING TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
https://in-academy.uz/index.php/yo/article/view/75638

Mazkur maqolada masofaviy kutubxona xizmatlarining ta’lim sifatiga ta’siri kompleks ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli transformatsiya sharoitida elektron katalog, onlayn ma’lumotlar bazalari, virtual maslahat va masofaviy axborot xizmati kabi komponentlarning talabalarning o‘quv faolligi, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari hamda ilmiy izlanish samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida masofaviy kutubxona xizmatlarini rivojlantirishning institutsional asoslari ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, masofaviy xizmatlar axborotga tezkor va teng kirishni ta’minlash orqali ta’lim sifati, akademik halollik va ilmiy kompetensiyalarni oshirishga xizmat qiladi.
Zibaxan QalbaevaDilbar Aytimova
Copyright (c) 2026
2026-02-282026-02-28414107108