Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-07-05
Статьи
ЕВРООСИЁДАГИ МОЖАРО ВА МАРКАЗИЙ ОСИЁ СТРАТЕГИЯСИ: УКРАИНА–РОССИЯ УРУШИ ОРҚАЛИ ТАҲЛИЛ
Мазкур мақолада Украина ва Россия ўртасидаги конфликтного ҳозирги ҳолати ва унинг Марказий Осиёдаги минтақавий хавфсизлик ҳамда геосиёсий трансформацияларга таъсири таҳлил қилинди. Шунингдек, Ўзбекистоннинг барқарорлик, кўп томонлама дипломатия ва минтақавий ҳамкорликни илгари сураётган фаол ташқи сиёсатига алоҳида эътибор қаратилди.
2025-07-05
XITOYDA TASHQI MIGRATSIYA TENDENSIYALARINING 2020–2024 YILLARDAGI RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI: STATISTIK VA TIZIMLI TAHLIL
Ushbu maqolada 2020–2024 yillar davomida Xitoyda tashqi migratsiya jarayonlarining institutsional va transformatsion xususiyatlari tahlil qilinadi. Migratsiya siyosatidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan hukou tizimidagi islohotlar, shahar va qishloq o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish hamda migrantlarning huquqiy maqomini mustahkamlashga qaratilgan. Statistik ma’lumotlar asosida tashqi migratsiyaning viloyatlar kesimidagi dinamikasi ko‘rib chiqilib, migratsiya oqimlarining intensivligi, yo‘nalishi va ijtimoiy integratsiya omillari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalaridagi mehnat talabi bilan bog‘liq transformatsion o‘zgarishlar, migrantlarning ijtimoiy maqomi va iqtisodiy imkoniyatlarida yuzaga kelgan yangilanishlar bilan bog‘lanadi. Xulosa sifatida esa migratsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
2025-07-07
TEACHERS’ PERCEPTIONS OF USING FORMATIVE ASSESSMENT TO DEVELOP SPEAKING COMPETENCE IN SECONDARY SCHOOLS
This study examines the attitudes and practices of EFL teachers in Uzbekistan regarding the use of formative assessment to improve students’ speaking skills. The research explores how teachers implement oral feedback, dialogue journals, and peer evaluation in secondary school classrooms. A mixed-method approach was applied using surveys and semi-structured interviews with 25 English teachers. The results show that while most teachers recognize the value of formative assessment for enhancing speaking competence, challenges such as large class sizes, time constraints, and lack of professional training hinder its consistent application. The study concludes with recommendations for improving teacher training and institutional support for formative assessment practices.
2025-07-07
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING XAVFSIZLIK SIYOSATI
Mazkur ilmiy maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatidagi dolzarb muammolar, xususan, terrorizm va diniy ekstremizm, narko-biznes hamda tashqi ta’sirlarning ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, ularni bartaraf etish choralari tahlil qilingan.
2025-07-07
UY SHAROITIDA KICHIK GES LARNI TASHKIL QILISHNING SAMARASI
Mazkur maqolada uy xo‘jaliklari darajasida kichik gidroelektrostansiyalarni (mini-GES) tashkil etishning iqtisodiy, ekologik va energiya ta’minoti nuqtayi nazaridan samaradorligi tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida, ayniqsa tog‘li va suv resurslariga yaqin hududlarda mini-GESlar orqali muqobil energiya olish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, mavjud tajribalar asosida statistik natijalar keltirilib, istiqboldagi takliflar ilgari suriladi.
2025-07-08
ZAMONAVIY IQTISODIYOTDA TADBIRKORLIKNING O‘RNI VA RIVOJLANISH YO‘LLARI
Mazkur maqolada biznes asoslari fani doirasida tadbirkorlik tushunchasi, uning iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘rni, zamonaviy sharoitdagi imkoniyat va muammolari yoritilgan. Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan omillar, raqobat muhiti, innovatsiyalar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam shakllari tahlil qilinadi. Xulosa o‘laroq, O‘zbekistonda biznes muhitini yanada yaxshilashga doir takliflar beriladi.
2025-07-08
KOXLEAR IMPLANTLI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BILAN NUTQNI TUSHUNISH USTIDA ISHLASH USULLARI
Maqolada koxlear implantli maktabgacha yoshdagi bolalar bilan nutqini tushunish ustida ishlash, nutqini rivojlantirish xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Maqolaning asosiy fikrlari quyidagilardan iborat: nutqni idrok etish bo‘yicha ishlarning ahamiyati, reabilitatsiya jarayonida oilaning roli va koxlear implantatsiya qilingan har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish.
2025-07-08
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К ПРЕПОДАВАНИЮ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
В статье рассмотрены современные педагогические подходы к преподаванию математики в начальной школе Узбекистана. Акцент делается на внедрении ИКТ, интерактивных методик и новых учебников национального формата. Приведены примеры актуальных практик, сопровождённых цифровой поддержкой, и обсуждена роль профессиональной подготовки учителей на основе национальной образовательной программы.
2025-07-09
THE ROLE OF METAPHORS IN COGNITIVE PROCESSES: METAPHOR AND ABSTRACT THOUGHT
This paper investigates the role of metaphor in cognitive processes, tracing its conceptualization from traditional linguistic views of secondary nomination to contemporary cognitive linguistic theories that consider it fundamental to human thought. Examining lexicological perspectives on metaphor as a semantic recategorization, the study highlights the shift towards understanding metaphor as an integral aspect of cognition, influencing the generation, reception, processing, and communication of information. Ultimately, the paper underscores the cognitive theory's perspective on metaphor as a basic mental operation that bridges conceptual domains, facilitating the conceptualization of reality and providing a framework for analyzing metaphorical models that structure our understanding across diverse conceptual areas.
2025-07-09
RIVOJLANGAN DAVLATLAR TA’LIM TIZIMIDA KOGNITIV FAOLLIKNI OSHIRISHGA QARATILGAN DASTURLAR MAZMUNI (AQSH VA SINGAPUR MISOLIDA)
Ushbu maqolada AQSh va Singapur ta’lim tizimida boshlang’ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning individual salohiyatini erta aniqlash, ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va kognitiv faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar mazmuni haqida so’z boradi.
2025-07-11
TALABALARDA AXBOROT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar va kiberxavfsizlik tahdidlari fonida talabalarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Muallif axborot xavfsizligining nazariy asoslari, talabalar o‘rtasida uchraydigan xavfsizlik xatolari va zamonaviy tahdidlar tahliliga asoslangan holda, ta’lim muassasalarida foydalanilishi mumkin bo‘lgan interaktiv, diniy-ma’naviy va texnologik yondashuvlarni taklif qiladi. Xususan, gamifikatsiya, simulyatsiya, onlayn kurslar va diniy targ‘ibot orqali talabalar ongida raqamli madaniyatni shakllantirish yo‘llari yoritib berilgan.
2025-07-11
EHTIYOTZSIZLIK ORQASIDA SODIR ETILADIGAN JINOYATLAR: HUQUQIY VA IJTIMOIY TAHLIL
Ushbu maqolada ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladigan jinoyatlarning huquqiy asoslari, ularning turlari, sabablari va ijtimoiy oqibatlari tahlil qilinadi. Ehtiyotsizlik jinoyatlarning subyektiv tomoni sifatida jinoyatchilikni baholashda qanday rol o‘ynashi, shuningdek, jinoyatchining aybini aniqlashdagi ahamiyati yoritiladi.
2025-07-14
YURAKNING EMBRIONAL VA POSTEMBRIONAL MORFOGENEZI
Ushbu maqolada yurakning embrional va postembrional rivojlanish bosqichlari, morfologik shakllanish jarayonlari va ularning biologik ahamiyati tahlil qilindi. Embrional davrda yurakning dastlabki shakllanishi, kameralar va klapanlarning hosil bo‘lishi, shuningdek tug‘ilishdan keyingi strukturaviy va funksional o‘zgarishlar o‘rganildi. Tadqiqot yurak rivojlanishidagi asosiy molekulyar va hujayraviy mexanizmlarni yoritib berdi. Olingan natijalar kardiovaskulyar kasalliklarni chuqurroq tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-07-14
PAXTA XOM ASHYOSINI TOYLASH VA SAQLASH JARAYONIDA NAMLIKNI ANIQLASH USULLARI VA NAMLIKNING TOLA SIFATIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada paxta tolasini dastabki qayta ishlash va saqlash jarayonida namligini aniqlash usullari, stndart talablar va namlikning tola sifatiga ta‘siri haqida hamda sohdagi yetakchi izlanishlar haqida ko‘proq ma’lumotlar keltirilgan.
2025-07-14
BAYONCHI-MEN, MUALLIF OBRAZINING GENEZISI VA TARAQQIYOTI
Ushbu maqolada Adabiyot tarixi jarayonida muallif obrazi turlicha talqin qilingan bo‘lib, muallifning matn ustidan nazorati,uning niyati va shaxsiyati asarning mazmuniga qanday ta’sir qilishi masalasi adabiyotshunoslar va faylasuflar tomonidan keng muhokama qilingani haqidagi fikrlarga qiyosiy-solishtirma metodi asosida yangicha nazar tashlanadi. Va bu tadqiqotda o‘zining shablon va qamrovi jihatdan keng tushunchani ifodalaydigan muallif konsepsiyasi asosi bo‘lgan muallif obrazining tarixiy-tadrijiy taraqqiyotini qay shaklda bosib o‘tganini tasniflashga harakat qilindi.
2025-07-14
KON BOSIMI SHAROITIDA QAZIB OLISH USULLARINI TANLASHNING GEOTEXNIK ASOSLARI
Samarchuq oltin konining geologik va geomexanik xususiyatlari asosida kon bosimi ta’sirida optimal qazib olish variantlarini tanlash bo‘yicha geotexnik yondashuvlar, kon bosimining vertikal va gorizontal komponentlari, g‘ovaklik va qatlamlararo kontakt zonasining deformatsiyalanuvchanligi hisobga olingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qazib olish texnologiyasining tanlanishi konning kuchlanganlik holatiga bevosita bog‘liq bo‘lib, hududiy kuchlanganlik gradientlarini hisobga olgan holda kon xavfsizligi va samaradorligi ta’minlanadi.
2025-07-14
KOMPYUTER DASTURLARIDA TARIXIY SHAXSIYAT TASVIRI: JALOLIDDIN MANGUBERDI OBIDASIGA TAKLIF LOYIHA MISOLIDA
Ushbu maqolada Jaloladdin Manguberdi maqbarasiniloyihalash uchun zamonaviy dasturlardan AutoCAD, 3ds MAX, Lumion kabiy dasturlardan foydalanish va Jaloladdin Mangubrdi xayoti bilan bog’liq ma’lumotlarni taklif loyiha bilan bog’lash haqida so’z boradi.
2025-07-14
OLIY TA‘LIMDA CHIZMACHILIK FANININI O'QITISHNI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH MASALALARI
Bu maqolada o'quvchining Сhizmachilik o'quv jarayonida egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko'nikmalaridan hissiy qoniqish va undan quvonish hissini hosil qilish lozim. Сhizmachilik o'quvchilarining fazoviy tasavvurlarini shakillantirishda juda katta imkoniyatlarga ega.
2025-07-14
DINAMIKA QONUNLARI
To'plam klassik mexanikaning asosiy tamoyillari, xususan, Nyuton qonunlari va Galileyning nisbiylik prinsipini tushuntiradi. Unda jismlarning harakat sabablari, inersiya, massa, kuch tushunchalari hamda inersial va noinersial sanoq sistemalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, Aristotelning harakat haqidagi dastlabki qarashlari va ularning keyingi rivojlanish bosqichlari, xususan, Galiley va Nyutonning ishlari yordamida mexanikaning zamonaviy tushunchalari shakllanishi ko'rsatilgan.
2025-07-14
TERMODINAMIKA ASOSLARI
Termodinamikaning asosiy qonunlari – energiyaning saqlanishi, entropiyaning ortishi va mutlaq nolga erishishning imkonsizligi ko'rib chiqiladi. Har bir qonunning fizika, kimyo va muhandislikdagi ahamiyati hamda ularning kundalik hayotdagi va texnologiyalardagi qo'llanilishiga e'tibor qaratilgan.
2025-07-14
THE ROLE OF THE METHODOLOGICAL COMPONENT IN THE STRUCTURE OF THE TRAINING COURSE FOR GUIDES AND GUIDE-INTERPRETERS
The article considers various models of training aimed at developing professional competencies of guide-interpreters, analyzes traditional and innovative methods, as well as the role of information technologies in the educational process. Attention is paid to the use of authentic materials, blended learning, project activities, and interactive teaching methods. Expected results include increasing the efficiency of training specialists through the integration of theoretical knowledge and practical skills in real professional conditions.
2025-07-14
TIJORAT BANKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XALQARO STANDARTLARGA MOSLASHUVI (XALQ BANKI MISOLIDA)
Mazkur tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida, ayniqsa Xalq banki misolida buxgalteriya hisobi tizimini xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ga moslashtirish jarayonining dolzarb jihatlari chuqur tahlil etilgan. Hozirgi globallashuv sharoitida banklarning moliyaviy hisobotlari xalqaro moliya bozorlari va xorijiy investorlar uchun ishonchli, ochiq va solishtiriladigan bo‘lishi lozim. Shu bois, IFRS talablariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish nafaqat qonunchilik talabidir, balki bankning ichki boshqaruvi, tashqi auditi va moliyaviy barqarorligining asosiy omilidir. Tezisda Xalq bankida so‘ngi yillar davomida bu yo‘nalishda amalga oshirilgan bosqichma-bosqich islohotlar, jumladan, kadrlar tayyorlash, axborot tizimlarini modernizatsiyalash, tajriba loyihalarini joriy qilish va to‘liq integratsiya jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, IFRSga o‘tishning moliyaviy ko‘rsatkichlarga bo‘lgan ta’siri statistik jadvallar orqali tahlil qilingan.
2025-07-15
XALQARO SANKSIYALAR SHAROITIDA EKSPORT OPERATSIYALARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH
Ushbu tezisda xalqaro iqtisodiy sanksiyalar sharoitida O‘zbekiston eksport faoliyatining barqarorligini ta’minlash, sanksiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni huquqiy mexanizmlar orqali boshqarish zarurati tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor eksport bitimlarida yuridik himoya vositalaridan foydalanish, kontragent tekshiruvlari, bank kafolatlari, arbitraj muhofazasi va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan huquqiy yordam masalalariga qaratilgan. Muallif amaldagi xalqaro huquq me’yorlari, O‘zbekiston qonunchiligi va zamonaviy compliance yondashuvlar asosida aniq taklif va strategiyalarni ilgari suradi.
2025-07-15