Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-03-07

ГЕРМАНИЯ ЖИНОЯТ-ПРОЦЕССУАЛ ҚОНУНЧИЛИГИДА ТЕРГОВГА ТЕГИШЛИЛИК МАСАЛАЛАРИ БОРАСИДА АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР

Германия континентал ҳуқуқ тизимига эга давлатдир. Бу давлатларнинг жиноят ишларини юритиш жараёнлари кўп жиҳатдан ўхшашлиги ажабланарли эмас. Бундан ташқари, жуда кўп сонли процессуалистлар Наполеоннинг 1808 йилдаги ЖПКнинг нафақат 1877 йилдаги Германиянинг ЖПКга, балки бошқа давлатларнинг жиноят-процессуал қонунчилигини шаклланишига ҳам етарли даражада ўз таъсирини кўрсатганлигини таъкидлашади

Темур Байжанов

4-6

2025-03-06

GEPATOPROTEKTOR TA’SIRGA EGA YIG’MA TARKIBIDAGI OG’IR METALLARNI ANIQLASH

Gepatoprotektor ta’sirga ega yig’ma tarkibida vitaminlar, flavonoidlar va mikroelementlarni saqlaydi, ammo ushbu yig’ma  yetarlicha o'rganilmagan. Ilmiy tibbiyotga ushbu dorivor yig’mani  tadbiq etish uchun, uning tozaligi talabga javob berishi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, kadmiy, qo'rg'oshin va mis  kabi og'ir metallar tirik organizmi uchun zaharli hisoblanadi, ular inson organizmida turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu munosabat bilan dorivor o'simliklarning ekologik tozaligi muammosi ayniqsa dolzarb bo'lib qoladi [1, 2].

Muxtabar Zafarova , Shahnoza Xalilova

7-9

2025-03-10

O‘YINLAR NAZARIYASI VA STRATEGIK QAROR QABUL QILISH

O‘yinlar nazariyasi strategik qaror qabul qilish jarayonlarini o‘rganadigan matematik fan sohasi bo‘lib, u turli o‘yinchilarning manfaatlariga asoslangan holda optimal strategiyalarni aniqlashga qaratilgan. Ushbu nazariya iqtisodiyot, menejment, siyosat va boshqa sohalarda qo‘llanilib, raqobat va hamkorlik sharoitlarida eng samarali qarorlarni qabul qilishga yordam beradi. Nash muvozanati, dominant strategiyalar va kooperativ o‘yinlar kabi tushunchalar ushbu nazariyaning asosiy tamoyillarini tashkil etadi. Mazkur tadqiqot strategik muhitlarda qaror qabul qilish mexanizmlarini chuqur tushunishga va ularni amaliyotda qo‘llashga yo‘naltirilgan.

Shohboz Musirmanov, Nafosat Hayitova

10-13

2025-03-10

INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASINI FAN SIFATIDA TARIXI

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda fan sifatida rivojlanish tarixi, yuzaga kelish sabablari  va hozirgi kundagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

Azizbek Ibodov, Madadjon O‘ktamov

14-16

2025-03-10

DASTURLASH ASOSLARI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqola dasturlash asoslari bo'yicha bilimlarni samarali va zamonaviy o'qitish usullarini yoritadi. Mazkur maqolada dasturlashni o'rganish jarayonida qo'llaniladigan usullar, texnologiyalar va yondashuvlar haqida so'z boradi. Maqolada dasturlash asoslarini o'rganishda nazariy bilimlarning ahamiyati ta'kidlanadi. Dasturlash tillarining asosiy tushunchalari, sintaksis va semantikasiga oid ma'lumotlar yoritiladi. Maqola amaliy mashg'ulotlarning o'qitish jarayonidagi rolini ko'rsatadi. Amaliyotda olingan ko'nikmalarni mustahkamlash uchun laboratoriya ishlar, loyihalar va dasturlashga oid muammolarni hal qilish kabilar muhimdir.

Gulchehra Jurayeva, Madadjon O‘ktamov

17-20

2025-03-10

VIZUAL DASTURLASH TILIDA LOYIHALASH BO'LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Visual dasturlash tillari (VDT) yordamida loyihalash bo'limini o'qitish metodikasi o'quvchilarga dasturlash asoslarini yanada intuitiv va samarali o'rganish imkonini beradi. Mazkur maqolada VDTlarning asosiy tushunchalari, grafik interfeyslarni yaratish va amaliy mashg'ulotlar orqali o'qitish metodikalari ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari, o'quvchilarni mini-loyihalar va hamkorlik loyihalari orqali o'rgatish yondashuvlari ham tahlil qilinadi.

Iroda Karimova , Madadjon O‘ktamov

21-24

2025-03-10

ALGORITIMLASH ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqola “Algoritimlash asoslari bo‘limini o‘qitish  metodikasi “Algoritmlar - har qanday muammoni yechish uchun qadam-baqadam bajariladigan amallar ketma-ketligi bo‘lib, ular dasturlash va kompyuter fanlarining asosini tashkil etadi. Algoritmlash asoslarini o‘rgatish metodikasi, talabalarga algoritmlarni tushuntirish va ularni dasturlash tilida kodlashni o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu bo‘limda algoritm tuzishning asosiy prinsiplariga, algoritmlarning to‘g‘ri ishlashini tekshirish metodlariga, va dasturlashning samarali usullariga alohida e'tibor qaratiladi.

Shohsanam Mahmudova, Madadjon O‘ktamov

25-28

2025-03-10

EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA TASODIFIY HODISALAR

Maqolada ehtimollar nazariyasi va tasodifiy hodisalarning asosiy tamoyillari, nazariy jihatlari hamda ularning amaliy qo‘llanilish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Ehtimollar nazariyasi fanining iqtisodiyot, tibbiyot, muhandislik va sun’iy intellekt sohalaridagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda asosiy matematik modellar va usullar tahlil qilinib, turli sohalarda qo‘llanilishi misollar bilan bayon etiladi.

Asadbek Abdinazarov, Shohboz Musirmanov

29-31

2025-03-10

MATN BILAN ISHLASH DASTURLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Matn bilan ishlash dasturlari bo‘limi o‘quvchilarga matnli ma'lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ushbu bo‘limda matn tahrirlash dasturlari, formatlash vositalari, matnni tahlil qilish va ishlov berish jarayonlari o‘rgatiladi. O‘quvchilar Microsoft Word, Google Docs, LaTeX kabi matn muharrirlari bilan ishlashni o‘rganib, matnni samarali tarzda yaratish, tahrir qilish va formatlashni amaliyotda qo‘llashadi.

Zilola Amirova, Madadjon O‘ktamov

32-34

2025-03-10

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MUHANDISLIK ISHLARINI AVTOMATLASHTIRISH

Sun’iy intellekt muhandislik ishlarini avtomatlashtirishda samaradorlikni oshirish, xatoliklarni kamaytirish va resurslardan optimal foydalanish imkonini beradi. U loyihalash, tahlil qilish va monitoring jarayonlarini avtomatlashtirib, inson omilini kamaytiradi. Bu texnologiya ishlab chiqarish, qurilish va boshqa sohalarda innovatsion yechimlarni joriy etishga xizmat qiladi.

O‘lmas Arabboyev , Madadjon O‘ktamov

35-38

2025-03-10

O‘RTA SINFLARDAGI BOLALARGA INFORMATIKA O‘QITISHNING KREATIV G‘OYALARI

Bugungi kunda informatika fani o‘quvchilar uchun nafaqat texnologiyalarni o‘rganish, balki ularni amaliy hayotda qo‘llay olish mahoratini shakllantirish vositasiga aylanmoqda. Ushbu maqolada informatika fanini o‘rta sinf o‘quvchilariga kreativ usullar orqali samarali o‘qitish metodlari yoritilgan. Jumladan, o‘yinli ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, interaktiv texnologiyalardan foydalanish hamda zamonaviy AKT vositalarining o‘rni haqida batafsil so‘z yuritiladi. Shuningdek, turli yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda dars jarayonlarini qiziqarli va interaktiv tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Madadjon O‘ktamov, Nodirbek Bekmurodov, Asal Uralova

39-41

2025-03-10

WEB SAHIFA BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan web-sahifalar yaratish hamda ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish ehtiyoji ortib bormoqda. Ushbu tadqiqot web-sahifa bo‘limlarini o‘qitishning metodikasi, interfaol ta’lim texnologiyalari va zamonaviy o‘qitish usullari bo‘yicha keng tahlilni taqdim etadi. Tadqiqotda web-sahifa tuzilishini o‘rgatishda samarali metodlarni ishlab chiqish va interfaol ta’lim platformalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotda web-sahifa yaratish bo‘yicha o‘qitishning amaliy usullari va misollari keltirilgan, o‘quvchilarning ko‘nikmalarini baholash tizimi, loyihaviy ta’lim metodlari va yangi texnologiyalarning samaradorligi oshirishni imkonini beradi.

Bektosh Berdiqulov, Shohboz Musirmanov

42-45

2025-03-10

INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI BO’LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada internetda ishlash asoslarini o‘qitish metodikasiga oid zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. Internet texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli savodxonlikni oshirish, kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda o‘quvchilarning mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirish metodlari o‘rganiladi. Tadqiqotda interaktiv dars uslublari, amaliy mashg‘ulotlar va zamonaviy o‘qitish texnologiyalarining samaradorligi tahlil qilinadi.  

Farhod Boltayev , Madadjon O‘ktamov

46-49

2025-03-10

WEB-SAHIFANI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada veb-sahifani bo'limini o'qitish metodikasi yoritilgan. Zamonaviy ta'limda veb-sahifalar muhim rol o'ynaydi va ularni samarali o'qitish talabalar bilimini oshirishda yordam beradi. Maqolada o'quvchilarga veb-sahifa bo'limlarini qanday o'rganish va interaktiv texnologiyalar orqali dars samaradorligini oshirish yo'llari ko'rsatilgan.

Lola Ernazarova, Madadjon O‘ktamov

53-55

2025-03-10

WEB DASTURLASHDA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALAR

Ushbu maqolada zamonaviy web dasturlash texnologiyalari, jumladan frontend, backend, ma'lumotlar bazalari, bulutli texnologiyalar va API texnologiyalari haqida batafsil ma'lumot beriladi. Web dasturlashning muhim yo‘nalishlari va ilg‘or texnologiyalar ko‘rib chiqilib, ularning afzalliklari va qo‘llanilish sohalari yoritib beriladi. Mazkur maqola dasturchilar va IT mutaxassislari uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Madadjon O‘ktamov , Muhammad Eshonqulov

56-59

2025-03-10

QOZOQ ADABIYOTINI O‘QITISHDA KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUV

Mazkur maqolada Qozoq adabiyotini o‘qitishda kompetensiyaga asoslangan yondashuvning ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Kompetensiyaviy ta’lim tamoyillari, o‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, mustaqil ta’lim olish qobiliyatlarini shakllantirish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, Qozoq adabiyotini o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ, madaniy va ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan innovatsion metodlar va texnologiyalar keltiriladi. Maqolada kompetensiyaviy yondashuvning afzalliklari va uni ta’lim jarayoniga joriy etishning dolzarb muammolari ham ko‘rib chiqiladi.

Jazira Nurullayeva

60-62

2025-03-10

MASALALARNI TURLI USULLARDA YECHISHDAGI MUAMMOLAR

Ehtimollik nazariyasi kundalik hayotimizning turli sohalarida muhim o‘rin tutadi. Matematik statistikadan tortib, iqtisodiyot, tibbiyot va hatto sun’iy intellekt sohalarida ehtimollik tahlili keng qo‘llaniladi. Xususan, nostandart masalalarni yechishda ehtimollik nazariyasining turli usullaridan foydalanish mumkin. Ushbu maqolada har xil ehtimollik yondashuvlari, jumladan, klassik ehtimollik nazariyasi, kombinatorik usul va Bayes nazariyasi yordamida murakkab masalalarni qanday yechish mumkinligi tushuntiriladi.

Normurodov Shoxrux Muzaffar o'g'li, Hasanova Munisa Bahodir qizi, Amrullayeva Zebiniso Oybek qizi

63-65

2025-03-10

TIJORAT BANKLARIDA BANK KAFOLATLARI HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada bank kafolatini takomillashtirish, bank tizimining barqarorligini va mijozlar ishonchini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan bir qator chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi.

Urinov Javoxir Zarifovich

66-67

2025-03-10

PAXTANI MAYDA IFLOSLIKLARDAN TOZALASH QURILMASINI TAKOMILLASHTIRILGAN SXEMASINI YARATISh

Ushbu tadqiqotda takomillashtirilgan mayda iflosliklarni tozalash qurilmasi bo’yicha nazariy ishlar amalga oshirilgan. Izlanishlar paxtani mayda iflosliklardan tozalash bo’yicha yaratilgan yangi konstruksiya sxemasini ishlab chiqishga qaratilgan

A.A.Obidov, D.Xudayberdiyeva (Axmadaliyeva)

68-70

2025-03-10

SHAXS XUSUSIYATLARNI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLARNING BADIIY TARJIMADA IFODALANISHI

В данной статье рассматривается вопрос репрезентации фразеологизмов в художественном переводе, а также рассматривается значение фразеологизмов в процессе перевода.

Mohigul Uraimova

71-73

2025-03-10

MATEMATIKANI O‘QITISHDA MASALANING BAJARADIGAN FUNKSIYALARI

В данной статье исследуются функции, которые выполняют задачи при обучении школьников математике, подчеркивается важная роль, которую эта тема играет в современных подходах к методике обучения, педагогике и дидактике.

Farida Boqiyeva, Madadjon Oʻktamov

50-52

2025-03-10

ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ НА ОСНОВЕ ОСВОЕННЫХ НАВЫКОВ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА

В данной статье освещены эффективные методы формирования эстетического воспитания на основе языковых навыков, приобретённых учащимися на уроках английского языка. Рассмотрены практические подходы к развитию художественного мышления, интереса к искусству и творческого потенциала учащихся посредством использования их компетенций в аудировании, чтении, письме и говорении. Также приведены рекомендации по организации уроков, направленных на эстетическое воспитание.

Indira Elmuratova

74-76

2025-03-10

TA’LIM JARAYONINI INDIVIDUALLASHTIRISH TA’LIMNING YANGI TEXNOLOGIYASI SIFATIDA

Yurtimizda ta’limga e’tibor yildan-yilga ortmoqda. Bunga misol tariqasida davlatimiz rahbari tomonidan chiqarilgan bir necha qaror va farmonlarini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O’zbekiston Respublikasi O’liy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonida individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv rejalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyojlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish, ularni tasdiqlash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bosqichma-bosqich akademik mustaqillik berish kerakligi haqida aytilgan[1]. Albatta, ushbu konsepsiya asosida bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim jarayonini tashkil etishda talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olish orqali ta’lim sifatini yana ham oshirish imkoniyatlari mavjud.

Ruslan Abatov

77-79

2025-03-11

XORIJIY TILLARNI O‘RGANISH JARAYONIDA SHAXSDA KUZATILADIGAN BIR QATOR PSIXOLOGIK MUAMMOLAR

Ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida shaxsda kuzatiladigan bir qator psixologik muammolar haqidagi masalalar chuqur taxlil qilingan. Maqolada xorijiy tillarni o`rganish jarayonida vaqtning taqsimlanishi, diqqatning chalg`ishi, tashqi chalg`tuvchi omillar, stress va depressiyaga tushganda undan chiqish yo`llari ko`rsatib o`tilgan.

Dilnoza Tursunova , Diloromxon Ergasheva

80-82

2025-03-12

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MATNLARNI KONSTRUKTIV TUSUHUNISHNING PSIXOLOGIK TAHLILI

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi matnlarni konstruktiv tushunishning psixologik o‘ziga xosligi va foydalanuvchilar tomonidan matnlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayoniga ta'siri o’rganilgan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi destruktiv axborotlarning asosiy turlari, ularning salbiy oqibatlari va ta'sirini kamaytirish usullari yoritib berilgan.

Alisher Jabbor

83-85

2025-03-13

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ ПОДХОД В ИСПОЛЬЗОВАНИИ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ФОРМИРОВАНИИ СВОБОДНОГО МЫШЛЕНИЯ ДОШКОЛЬНЫХ ВОСПИТАТЕЛЕЙ

В данной статье рассматривается роль интерактивных методов и значение психологического подхода в развитии навыков свободного мышления у дошкольников. В исследовании анализируются факторы, влияющие на формирование независимого мышления, и изучается эффективность интерактивных методов на научной основе. Результаты исследования показывают, что интерактивные методы играют важную роль в развитии креативного мышления у детей.

Nigora Botirova

86-88

2025-03-14

JAHON ADABIYOTIDA AMIR TEMUR OBRAZINING OʻRGANILISHI

Ushbu maqolada tariximiz maydonida oʻchmas iz qoldirgan sohibqiron Amir Temur siymosi tasvirlangan asarlar haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot obyekti sifatida rus yozuvchi S.Borodinning “Samarqand osmonida yulduzlar” trilogiyasi va  ingliz yozuvchisi K.Morloning “Buyuk Temur” tragediyasi olingan.

Asal Orazbaeva

89-91

2025-03-14

УПРАВЛЕНИЕ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТЬЮ ПРОДУКЦИИ НА ПРЕДПРИЯТИЯХ

В данной статье рассмотрены теории управления конкурентоспособностью пищевой продукции на макроэкономическом уровне - протекционистской политики, реализуемой в целях обеспечения национальной продовольственной безопасности в стране, в том числе защиты деятельности резидентов, производящих пищевую продукцию, от иностранных конкурентов. в том числе по результатам обобщена практика управления конкурентоспособностью продукции и разработаны рекомендации.

Aхмаджон Икромов

92-98

2025-03-14

HARAKATNI MUVOFIQLASHTIRISH QOBILIYATLARI MAKTABGACHA BOLALIK DAVRIDA SPORT FAOLIYATINING MUVAFFAQIYAT OMILI SIFATIDA

В данной статье рассматриваются методика развития координационных способностей у детей 5-6 лет с помощью гимнастических видов спорта, понятие координационных способностей, координационные навыки, индивидуальные критерии двигательно-координационных навыков.

Raushana Allambergenova

99-102

2025-03-17

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN PEDAGOGIKA VA LIDERLIK KOMPETENSIYALARI

Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan pedagogikaning asosiy tamoyillari va uning liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil etiladi. G‘arb (Maslow, Rogers) va Rus (Vigotskiy) ilmiy maktablari hamda O‘zbek jadid ma’rifatparvarlari (Avloniy, Behbudiy) qarashlari misolida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning tarbiyaviy ahamiyati ko‘rsatiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida emosional intellekt, mustaqil qaror qabul qilish, ijodiy fikrlash va jamoaviy hamkorlikni shakllantirish metodlari yoritilgan. Maqola yakunida bu yondashuvning yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishdagi roli umumlashtiriladi.

Farrux Gʻaniyev

103-106

2025-03-17

BOSHLANG‘ICH SINFDA ONA TILI VA O‘QISH FANLARINING DIDAKTIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ona tili va o‘qish fanlarining didaktik xususiyatlari psixologik-pedagogik nuqtayi nazardan ko‘rib chiqiladi. Ona tili darslarida bolalarning nutqiy kompetensiyasi, grammatik va uslubiy bilimlari, ifodali talaffuz hamda lug‘at boyligi shakllantirilishi yoritiladi. O‘qish fanida esa ravon, ongli, ifodali o‘qish malakalarini rivojlantirish, matnni tushunish va tahlil qilish, ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash metodlari tahlil qilinadi. Ushbu fanlarni integratsiya qilish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari e’tibor, xotira, tafakkur va ijodiy qobiliyatlarini kuchaytirib, keyingi bosqichlardagi o‘quv jarayoniga mustahkam poydevor yaratishi ta’kidlanadi.

Zarina Gʻaybilloyeva

107-110

2025-03-17

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИЧЕСКИХ ДИСЦИПЛИН

В статье рассматривается проблема развития креативного (творческого) мышления у студентов в процессе изучения исторических дисциплин. Анализируются традиционные формы преподавания (лекции и семинарские занятия), подчеркивается их важная роль в формировании системного представления об истории и фактологической основы. В то же время указывается на ограниченность репродуктивных методов, которые могут приводить к пассивному восприятию материала и снижению мотивации. Предлагается расширить лекционно-семинарскую парадигму за счёт интерактивных и инновационных методов, стимулирующих творческую переработку исторической информации: проблемные вопросы, кейсы, дискуссии. Автор подчеркивает необходимость синтеза классических и современных дидактических подходов, чтобы сформировать у студентов не только базовые исторические знания, но и умения креативно мыслить, ставить вопросы и находить собственные интерпретации исторических фактов и событий.

Пулатова Зарина Музаффаровна

111-114

2025-03-17

TA’LIM JARAYONIDA SPORT MASHG‘ULOTLARINI INTEGRATSIYA QILISHNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida sport mashg‘ulotlarini integratsiya qilishning nazariy asoslari, maqsad va vazifalari, shuningdek, bu jarayonni amaliyotda joriy etish usullari yoritilgan. Muallif sport o‘yinlari va dars mashg‘ulotlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, akademik natijalarini yaxshilash, ijtimoiy hamda psixologik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tajribalar va nazariy qarashlarni tahlil qiladi. Integratsiya masalasining qadimgi Yunoniston davridagi ilk ko‘rinishlaridan tortib hozirgi zamon “holistik ta’lim” konsepsiyasigacha bo‘lgan rivojlanish jarayoni ko‘rib chiqilgan. Maqola xulosasida ta’lim va sport o‘rtasidagi uyg‘unlikning yuqori samaradorligi, sog‘lom turmush tarzi va ijodiy fikrlash kabi omillarni shakllantirishdagi o‘rni ta’kidlanadi.

Mirfayzi Ravshanov

115-119

2025-03-17

TA’LIMDA KIBERXAVFSIZLIK O‘RGATISH ZARURATI

Ushbu maqolada kiberxavfsizlikning zamonaviy ta’lim jarayonidagi roli, uni maktablar va oliy ta’lim bosqichlarida o‘qitishning dolzarbligi hamda kiberxavfsizlikni o‘rgatish orqali erishiladigan afzalliklar keng tahlil qilingan. Maqolada yoshlar o‘rtasida raqamli savodxonlikni oshirish, tarmoqlar va platformalardan foydalanish xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga, ota-onalar, o‘qituvchilar va jamiyatdagi xabardorlik darajasini yuksaltirish, buning uchun infratuzilma, malakali kadrlar va jamoaviy hamkorlik zarurligi ta’kidlangan. Maqola xulosasida esa kiberxavfsizlikni o‘qitishning istiqbollari va unga bo‘lgan ehtiyoj jamiyat xavfsizligi nuqtayi nazaridan alohida urg‘ulanadi.

Raximjon Saytkulov

120-124

2025-03-17

ZAMONAVIY KASBLAR TUSHUNCHASI: TEXNOLOGIK TARAQQIYOT VA GLOBAL MEHNAT BOZORI

Ushbu maqolada texnologik taraqqiyot va global mehnat bozori ta’sirida shakllanayotgan “zamonaviy kasblar” tushunchasi keng tahlil qilinadi. Dastlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili, “bulut” texnologiyalari kabi rivojlanish omillari tufayli kasblar qanday o‘zgarayotgani yoritiladi. So‘ngra turli ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, dizayn va ijodiy sohalarda paydo bo‘layotgan yangi kasblarga misollar keltiriladi. Mehnat bozori evolyutsiyasida fanlararo yondashuv, raqamli savodxonlik, uzluksiz o‘qish (lifelong learning) zarurligi ta’kidlanadi. Muallif zamonaviy kasblarda muvaffaqiyatga erishish uchun “yumshoq ko‘nikmalar” (soft skills), innovatsion tafakkur va ijodiy yondashuvning roli yuksak ekanini uqtiradi. Xulosa qismida texnologik taraqqiyot va zamonaviy mehnat bozoridagi o‘zgarishlar doimo izlanish, moslashish va doimiy rivojlanish tamoyillariga tayanish orqali ulkan imkoniyatlar va sinovlar yaratayotgani qayd etiladi.

Nodir Sodiqov

125-129

2025-03-17

DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARINING MOLIYAVIY MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Mazkur maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Unda DOTMning iqtisodiy faoliyati, moliyalashtirish manbalari, byudjet hamda byudjetdan tashqari daromadlarni kengaytirish, xalqaro grantlar va investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, biznes sektori hamkorligi orqali qo‘shimcha resurslarni shakllantirish bo‘yicha yondashuvlar tahlil etiladi. Moliyaviy mustaqillik kontseptsiyasining xorijiy tajriba misolida ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi o‘rni o‘rganiladi. Maqola yakunida moliyaviy rejalashtirish, risklarni boshqarish, resurslardan samarali foydalanish hamda innovatsion iqtisodiyot sharoitida universitetlarning strategik rivoji bo‘yicha xulosalar keltiriladi.

Aziza Umarova

130-134

2025-03-17

DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUV TIZIMI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarida (DOTM) boshqaruv jarayonining nazariy asoslari, uning tarixiy rivojlanishi hamda zamonaviy menejment yondashuvlari tahlil etiladi. Qadimgi davrlardan tortib, sanoat inqilobi, ilmiy boshqaruv maktabi, ma’muriy boshqaruv maktabi va byurokratik boshqaruv nazariyasi keltirgan g‘oyalarining oliy ta’lim muassasalari uchun tutgan o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tizimli, miqdoriy, xulq-atvor yondashuvlari va zamonaviy innovatsion boshqaruv tamoyillarining DOTM faoliyatiga tatbiqi ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida DOTMda raqamli texnologiyalar, xalqaro standartlar va ilg‘or menejment usullaridan foydalanishning ahamiyati haqida xulosalar keltiriladi.

Aziza Umarova

135-138

2025-03-17

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT QILISHDA LOGISTIKA, SAQLASH VA EKOLOGIK TALABLAR

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda logistika infratuzilmasi, saqlash texnologiyalari hamda ekologik talablar va standartlarga rioya qilish masalalari tahlil qilinadi. Mahsulotni tez buziluvchanlik omilidan himoya qilish, sovutish zanjirlari (cold chain), agrologistika markazlarini yo‘lga qo‘yish va texnik reglamentlarni to‘g‘ri bajarish mahsulotning xalqaro bozordagi raqobatbardoshligida alohida o‘rin tutadi. Maqolada, shuningdek, ekologik xavfsizlik, pestitsid qoldiqlari, fitopatologik nazorat va organik sertifikatsiya kabi omillarning ham ahamiyati yoritilib, eksport salohiyatini oshirish uchun innovatsion yechimlar, texnologik yangilanish va kadrlarga e’tibor berish zarurligi qayd etiladi.

Abubakir Togʻoyev

139-142

2025-03-17

QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI EKSPORT QILISH: JAHON IQTISODIYOTINING STRATEGIK OMILI

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishning jahon iqtisodiyotidagi strategik ahamiyati, asosiy ko‘rsatkichlari va tahlillari yoritilgan. Unda global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tashqi savdo siyosatini rivojlantirish va agrar tarmoqni texnologik modernizatsiya qilish borasida eksportning tutgan o‘rni keng qamrovli misollar orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, dunyo va yirik 15 ta davlatning eksport salohiyati, o‘sish dinamikasi, savdo hamkorlari soni, diversifikatsiya darajasi, mahsulot tuzilishi kabi omillarga e’tibor qaratilib, qiyosiy ko‘rsatkichlar jadval shaklida beriladi. Maqola yakunida mahsulot tarkibida xomashyo va tayyor mahsulotlar nisbatining global raqobatbardoshlikka ta’siri hamda diversifikatsiya siyosatining ahamiyati xulosa sifatida keltiriladi

Abubakir Togʻoyev

143-146

2025-03-17

MIKROQARZLAR TIZIMINI RIVOJLANTIRISH XALQARO TAJRIBALAR TAHLILI

Ushbu maqolada mikroqarzlar tizimining xalqaro amaliyotdagi o‘rni, turli davlatlar (Tanzaniya, Hindiston, Keniya, Marokash, Indoneziya, Vetnam, Boliviya, Braziliya) tajribalari hamda O‘zbekiston sharoitida joriy etilishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Xususan, moliyaviy savodxonlikni oshirish, mobil texnologiyalarni qo‘llash, islomiy moliya prinsiplari, ayollar jamg‘arma-guruhlarini rivojlantirish va agrar sohaga yo‘naltirilgan mikroqarz siyosati kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mikroqarzlar ijtimoiy dasturlar bilan integratsiyalash orqali kambag‘allikni kamaytirish, iqtisodiy faollikni kuchaytirish va moliyaviy inklyuziyani ta’minlashdagi afzalliklari hamda bu jarayonlardagi xavf-xatarlar yoritiladi.

Sevara Ravshanova

147-152

2025-03-17