Текущий выпуск
Том 3 № 2 (2026): New Uzbekistan Journal of Academic Research
"New Uzbekistan Journal of Academic Research" is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Опубликован: 2026-02-06
Статьи
COVID-19 INFEKSIYASINING ORGANIZM IMMUN TIZIMIGA UZOQ MUDDATLI TA’SIR
COVID-19 infeksiyasi nafaqat o‘tkir respirator kasallik sifatida, balki inson immun tizimiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatuvchi murakkab patologiya sifatida ham e’tirof etilmoqda. Ushbu maqolada SARS-CoV-2 virusining tug‘ma va orttirilgan immunitetga ta’siri, post-COVID sindromi bilan bog‘liq immunologik o‘zgarishlar hamda yallig‘lanish jarayonlarining uzoq davom etishi ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari COVID-19dan keyingi immun disbalans mexanizmlarini tushunishga yordam beradi.
2026-02-06
ПОЭТИКА РУССКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ ПЕРВОЙ ТРЕТИ XIX ВЕКА
В данной статье рассматриваются основные особенности поэтики русской литературы первой трети XIX века, которая занимает особое место в истории отечественной словесности. Этот период характеризуется активным развитием художественных форм, жанровым разнообразием и углублением психологизма. В центре внимания находятся ключевые направления эпохи — сентиментализм, романтизм и реализм, а также их влияние на формирование художественного мышления писателей. Особое внимание уделяется поэтическому языку, системе образов и тематике произведений ведущих авторов данного периода. Анализируются произведения А. С. Пушкина, В. А. Жуковского, К. Н. Батюшкова и других писателей, сыгравших важную роль в становлении национальной литературной традиции. Статья имеет теоретическую и практическую значимость для студентов филологических направлений.
2026-02-06
ТУРКИЙ ХАЛҚЛАР ДАВЛАТЧИЛИК ТАРИХИ ВА БОШҚАРУВ АНЪАНАЛАРИ
Ушбу мақолада туркий халқлар давлатчилигининг шаклланиши, ривожланиш босқичлари ва унинг жаҳон давлатчилик тарихи тараққиётида тутган ўрни таҳлил қилинади. Хуннлар, Кўк Турк, Оқ хунлар, Табғач, Аршакийлар, Қорахонийлар, Салжуқийлар, Усмонийлар, Чингизийлар ва Темурийлар давлатлари мисолида туркий давлатчилик анъаналарининг асосий ҳусусиятлари очиб берилади. Мақолада ҳарбий-маъмурий бошқарув, тўра қонуний тизими, қурултой институти, дипломатия ва ҳуқуқий анъаналарнинг шаклланиши ёритилган. Археологик ва ёзма манбалар асосида туркий халқларнинг давлатчилик тажрибаси кўчманчи ва ўтроқ цивилизациялар уйғунлигида юзага келгани асослаб берилади.
2026-02-06
ZAFARON O‘SIMLIGINI GIDROPONIKA USULIDA YETISHTIRISHDA TUPROQDAN BEVOSITA FOYDALANMASLIKNING EKOLOGIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
Zafaron (Crocus sativus L.) dunyodagi eng qimmatbaho dorivor va ziravor o‘simliklardan biri bo‘lib, an’anaviy ravishda tuproqda yetishtiriladi. So‘nggi yillarda resurslardan oqilona foydalanish, suv tanqisligi va ekologik muammolar tufayli zafaronni gidroponika usulida yetishtirishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ushbu maqolada zafaron o‘simligini gidroponika sharoitida yetishtirishda tuproqdan foydalanmaslikning ekologik va iqtisodiy samaradorligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda suv sarfi, hosildorlik, resurs tejamkorligi, ishlab chiqarish xarajatlari va ekologik xavfsizlik ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilinadi. Olingan natijalar gidroponika texnologiyasi zafaron yetishtirishda barqaror va istiqbolli yo‘nalish ekanini ko‘rsatadi.
2026-02-06
TOSHKENT VILOYATIDA YER OSTI SUVLARI MONITORINGI DIVER PRIBORI YORDAMIDA
Dunyoda foydalanishga yaroqli suv resurslaridan oqilona foydalanish bugungi kunning dolzarb muammosidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yer osti suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun suv olish inshootlari va kuzatuv quduqlari orqali monitoring olib borish va ularga ta’sirini o‘rganish zarur. Ushbu maqolada er osti suvlarining monitoringi zamonaviy texnologik uskunalar bilan belgilanadi, ma'lumotlarning aniqligini oshiradi va kunlik, soatlik darajadagi o'zgarishlarni va daraja o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarni hisobga oladi. Er osti suvlarini aniqlashda 6 yillik darajadagi o'zgarishlarni kuzatish uchun yuqori texnologiyali Diver qurilmasi qo'llaniladi. “Diver” qurilmasi orqali olingan ma’lumotlar bevosita tuman meliorativ ekspeditsiya markazi xodimlariga uzatiladi va saqlanadi. Toshkent viloyatining Piskent tumanida yer osti suvlarining yillar davomidagi o‘zgarishlari kuzatuv quduqlari orqali kuzatilib, ma’lumotlar olindi, olingan ma’lumotlar tahlil qilindi
2026-02-06
ОИВ ВА ТАНОСИЛ КАСАЛЛИКЛАРИНИ ҚАСДДАН ТАРҚАТУВЧИ ШАХСЛАРНИ КИБЕР-МУҲИТДА РАҚАМЛИ ПРОФИЛЛАШТИРИШ ВА УЛАРНИНГ ХУЛҚ-АТВОРИНИ ПСИХОЛОГИК-КРИМИНАЛИСТИК ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ ТАКТИКАСИ
Ушбу мақолада ОИВ ва таносил касалликларини тарқатиш билан боғлиқ жиноятларни аниқлаш ва фош этишда рақамли профиллаштириш (digital profiling) методининг имкониятлари тадқиқ этилади. Муаллиф жиноят содир этган шахснинг виртуал муҳитдаги хулқ-атвори, кибер-изи ва психологик портрети ўртасидаги қонуниятларни илмий асослайди. Мақолада соҳа олимларининг қарашлари таҳлил қилиниб, тергов амалиёти учун конкрет тактик тавсиялар ва қонунчиликни такомиллаштириш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган.
2026-02-09
VEKTORLAR MAVZUSINI O‘QITISHDA KOMPETENTLI YONDASHUVNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada matematika ta’limida “Vektorlar va ular ustida amallar” mavzusini o‘qitishda kompetentli yondashuvning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot kompetentli yondashuv asosida o‘quvchilarning matematik, amaliy va kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan. Maqolada o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali metodlari aniqlanib, ularning ta’lim natijalariga ta’siri asoslab berilgan.
2026-02-09
NAFAS OLISH TIZIMIDA GAZLAR TRANSPORTI VA UNING NERV-GUMORAL BOSHQARILISH MEXANIZMLARI
Ushbu ilmiy ishda nafas olish tizimida gazlar almashinuvi va ularning tashilishi bilan bog‘liq fiziologik mexanizmlar batafsil yoritiladi. Asosiy e’tibor kislorod va karbonat angidridning alveola–kapillyar to‘siq orqali diffuziyalanishi, aerogematik membrananing tuzilishi va uning funksional ahamiyatiga qaratilgan. Gazlar almashinuvi jarayonida parsial bosimlar farqining roli, gazlarning eruvchanligi va diffuziya tezligiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shuningdek, qonda kislorodning gemoglobin bilan bog‘lanish mexanizmlari, oksigemoglobinning dissotsiatsiya egri chizig‘i, uning harorat, pH, karbonat angidrid tarangligi va 2,3-difosfoglitserat miqdoriga bog‘liqligi keng yoritiladi. Karbonat angidridning qonda tashilishi, bikarbonat tizimi, karboangidraza fermentining ahamiyati va eritrotsitlar ishtirokida kechadigan ion almashinuvi jarayonlari ilmiy asosda tushuntiriladi. Ishda nafas olish jarayonining nerv va gumoral boshqarilish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilib, uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigida joylashgan nafas markazlarining funksional tashkiloti, inspirator va ekspirator neyronlar faoliyati tahlil qilinadi. Periferik va markaziy xemoretseptorlar, mexanoretseptorlar hamda reflektor yo‘llarning nafas ritmi va chuqurligini boshqarishdagi roli yoritiladi. Ushbu jarayonlarning o‘zaro uyg‘unligi organizmning metabolik ehtiyojlariga mos holda gazlar homeostazini ta’minlashdagi ahamiyati bilan asoslanadi
2026-02-09
TURP SABZAVOTINI TABIIY USULDA QURITISH VA UNDAN MAHSULOT OLISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada ildizmevalilar, xususan turp sabzavotining biologik xususiyatlari hamda ularni qayta ishlashning amaliy ahamiyati yoritilgan. Yashil turpni tabiiy usulda quritish texnologiyasi ishlab chiqilib, olingan mahsulotning organoleptik koʻrsatkichi tahlil qilingan. Tajriba natijalari quritilgan turpni hech qanday energiya va texnologiyasiz, tarkibidagi foydali mahsulotlarni saqlab qolgan holda foydalanishni koʻrsatdi. Ushbu tadqiqot natijalari sogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.
2026-02-09
BUG’DOY SOLODI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
Bug‘doy solodi pivochilik va oziq-ovqat sanoatida muhim xomashyo bo‘lib, yuqori fermentativ faolligi va oqsil tarkibi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada bug‘doy solodi ishlab chiqarish texnologiyasining asosiy bosqichlari — xomashyo tanlash, ivitish, unib chiqarish va quritish jarayonlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Malting jarayonida sodir bo‘ladigan biokimyoviy o‘zgarishlar hamda texnologik parametrlarning tayyor mahsulot sifatiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Olingan ma’lumotlar bug‘doy solodi ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi.
2026-02-09
ВОЯГА ЕТМАГАН ШАХСЛАРНИНГ ЖИНСИЙ ЭРКИНЛИГИГА ҚАРШИ СОДИР ЭТИЛАЁТГАН ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШДА ШАХСНИНГ ҲАРАКАТЛАРИГА ҲУҚУҚИЙ МАЛАКАЛАШНИНГ АЙРИМ МАСАЛАЛАРИ
Мақолада вояга етмаган шахсларнинг жинсий эркинлиги ва жинсий дахлсизлигига қарши жиноятларни квалификация қилиш масалалари Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, Жиноят кодекси ва Олий суд Пленумининг қарорлари асосида кенг таҳлил қилинган ҳолда бугунги кунда ҳуқуқни қўллаш амалиёти ҳамда амалдаги қонунчиликни такомиллаштиришга қаратилган таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.
2026-02-09
МИЛЛИЙ ГВАРДИЯ БОЛАЛАР ПСИХОЛОГИЯСИ МАРКАЗИНИНГ ЕТИМ ВА ОТА-ОНА ҚАРАМОҒИДАН МАҲРУМ БЎЛГАН БОЛАЛАРНИ ПСИХОЛОГИК ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШДАГИ ЎРНИ
Ушбу мақолада Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси ҳузурида ташкил этилган Болалар психологияси марказининг етим ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болаларга беғараз психологик ёрдам кўрсатиш борасидаги фаолияти илмий жиҳатдан ёритилган.
Мазкур Болалар психологияси маркази томонидан қўлланилаётган замонавий психотерапевтик усуллар, индивидуал ва гуруҳли иш шакллари ҳамда уларнинг самарадорлиги таҳлил қилинган. Халқаро тажриба асосида ҳарбийлаштирилган тузилмалар таркибида психологик хизматларнинг ташкил этилиши масаласи ўрганилиб, Миллий гвардия Болалар психологияси маркази фаолиятининг ўзига хос миллий модели эканлиги асослаб берилган.
2026-02-09
DOPAMINERGIK YO‘LLARNING SUBTALAMIK YADRO BILAN FUNKSIONAL TA’SIRI
Ushbu maqola dopamin sintezining subtalamik yo‘li va subtalamusning dopaminergik tizimdagi modulatsion o‘rni haqida ilmiy tahlilga bag‘ishlangan. Subtalamus dopaminni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi neyronlarga ega bo‘lmasa-da, substantia nigra pars compacta, globus pallidus, striatum, prefrontal korteks va limbik strukturalar bilan murakkab neyron aloqalari orqali dopamin signalini qayta ishlaydi va modulyatsiya qiladi. Maqolada subtalamik yadroning glutamatergik xususiyatlari, dopamin retseptorlarining hududdagi taqsimlanishi, dopamin sintezi bosqichlarining subtalamik hudud bilan bog‘liq funksional mexanizmlari va ushbu yo‘lning patologik holatlarda, ayniqsa Parkinson kasalligida qanday rol o‘ynashi batafsil bayon qilinadi. Subtalamik dopamin yo‘lining o‘rganilishi dopamin yetishmovchiligi bilan bog‘liq motorik, kognitiv va affektiv buzilishlarni tushunishda nazariy va amaliy jihatdan muhim asos yaratadi.
2026-02-09
РОЛЬ ЦИРКАДНЫХ НАРУШЕНИЙ В ПРОГРЕССИРОВАНИИ СЕРДЕЧНОЙ НЕДОСТАТОЧНОСТИ С СОХРАНЁННОЙ ФРАКЦИЕЙ ВЫБРОСА
В статье рассматривается роль циркадных нарушений в прогрессировании сердечной недостаточности с сохранённой фракцией выброса. Особое внимание уделено биологическим механизмам суточной регуляции сердечно-сосудистой системы и их влиянию на диастолическую функцию миокарда. Показано, что десинхронизация циркадных ритмов способствует усилению нейрогуморальных дисбалансов, повышению жёсткости сердечной мышцы и ухудшению адаптационных возможностей организма. Отмечается, что нарушение суточной регуляции отрицательно влияет на клиническое течение заболевания и качество жизни пациентов. Подчёркивается перспективность коррекции циркадных ритмов как одного из направлений комплексного подхода к лечению сердечной недостаточности с сохранённой фракцией выброса.
2026-02-09
ФОРМИРОВАНИЕ ЗЕЛЁНОЙ ИНФРАСТРУКТУРЫ РЕГИОНОВ НА ОСНОВЕ КОНЦЕПЦИИ «ЗЕЛЕНЫЙ ПОЯС»
В статье рассматриваются особенности формирования зелёной инфраструктуры регионов Республики Узбекистан в условиях активной урбанизации, роста промышленного и аграрного производства и усиления антропогенной нагрузки на окружающую среду. Обоснована роль концепции «Зелёный пояс» как эффективного инструмента устойчивого территориального развития, направленного на снижение экологических рисков, улучшение микроклиматических условий и повышение качества жизни населения. Особое внимание уделено экономическим аспектам развития зелёной инфраструктуры, включая сокращение общественных экологических издержек, повышение инвестиционной привлекательности регионов и рост эффективности использования инфраструктурных ресурсов. На основе сравнительного анализа показателей до и после внедрения зелёных поясов показан синергетический эффект, объединяющий экологические, социальные и экономические результаты регионального развития.
2026-02-10
YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI: ETIOLOGIYA, PATOGENEZ, KLINIK KECHISHI VA PROFILAKTIKASI
Yurak-qon tomir kasalliklari butun dunyo bo‘yicha o‘lim va nogironlikning yetakchi sabablaridan biri bo‘lib, ularning keng tarqalishi zamonaviy tibbiyot oldida jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy turlari, etiologik omillari, patogenez mexanizmlari, klinik belgilari, asoratlari hamda profilaktik va davolash yondashuvlari batafsil yoritilgan.
2026-02-11
KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILI O‘QITISHDA INTERNET MATERIALLARIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda internet materiallaridan samarali foydalanish masalalari yoritiladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim tizimiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, internet orqali taqdim etilayotgan interaktiv o‘yinlar, videodarslar, audiomateriallar, onlayn mashqlar va virtual platformalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Maqolada internet resurslarining ta’lim jarayonidagi ahamiyati, ularning didaktik imkoniyatlari, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga ta’siri tahlil qilinadi.
2026-02-10
AKSIOLOGIK YONDOSHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish muammosi aksiologik yondoshuv asosida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Pedagogik ta’lim jarayonida kasbiy qadriyatlar, pedagogik burch, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy mas’uliyatning tutgan o‘rni ochib beriladi. Deontologik kompetentlikning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda uni rivojlantirishning samarali pedagogik shart-sharoitlari asoslab beriladi.
2026-02-11
AKSIOLOGIK YONDOSHUVI ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda deontologik kompetentlikni rivojlantirish muammosi aksiologik yondoshuv asosida ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Pedagogik ta’lim jarayonida kasbiy qadriyatlar, pedagogik burch, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy mas’uliyatning tutgan o‘rni ochib beriladi. Deontologik kompetentlikning mazmuni, tarkibiy komponentlari hamda uni rivojlantirishning samarali pedagogik shart-sharoitlari asoslab beriladi.
2026-02-10
FACTORS INFLUENCING THE SELF-DEVELOPMENT OF STUDENTS IN THE CREDIT-MODULAR SYSTEM
In this article, we consider the functional, systematizing and subject-targeted approaches that affect the development of the individual during self-study of students on a credit-modular system. At the same time, we will also focus on the pedagogical foundations of the process of self-study on a credit-modular system
2026-02-11
БЕЗДЫМНЫЙ ТАБАК (НАСВАЙ) И ТАБАКОКУРЕНИЕ КАК ВЕДУЩИЕ ФАКТОРЫ РИСКА РАКА СЛИЗИСТОЙ ОБОЛОЧКИ ПОЛОСТИ РТА
Рак слизистой оболочки полости рта остаётся одной из значимых проблем современной онкологии вследствие высокой распространённости, агрессивного течения и неблагоприятного прогноза. К данной группе злокачественных новообразований относятся опухоли губ, языка, щёк, нёба и дно полости рта, развитие которых в значительной степени связано с воздействием поведенческих факторов риска. Среди них ведущую роль занимает употребление табака, что подтверждено многочисленными эпидемиологическими и клиническими исследованиями. Табачные изделия содержат широкий спектр канцерогенных веществ, способных вызывать повреждение ДНК, эпигенетические нарушения и дисрегуляцию механизмов клеточного цикла. Установлено, что курение значительно повышает риск развития рака слизистой оболочки полости рта, причём вероятность заболевания возрастает пропорционально продолжительности и интенсивности табачной экспозиции. Канцерогенез при воздействии табака реализуется через комплекс взаимосвязанных механизмов, включающих хроническое воспаление, иммуносупрессию, окислительный стресс и нарушение апоптоза, что создаёт условия для злокачественной трансформации клеток слизистой оболочки.
2026-02-11
BO‘LMACHALAR FIBRILLYATSIYASI BO‘LGAN BEMORLARDA RADIOCHASTOTALI KATETER ABLATSIYASIDAN SO‘NG SIMPATO-ADRENAL TIZIM FAOLLIGI: VEGETATIV QAYTA MOSLASHUV VA KLINIK PROGNOZ
Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (BF) klinik amaliyotda eng ko‘p uchraydigan aritmiyalardan biri bo‘lib, insult, yurak yetishmovchiligi, gospitalizatsiya va o‘lim xavfini oshiradi. Radiochastotali kateter ablatsiyasi (RChKA), ayniqsa o‘pka venalari izolyatsiyasi (PVI), BFda ritm nazorati strategiyasining muhim bo‘g‘ini sifatida zamonaviy yo‘riqnomalarda keng qo‘llab-quvvatlanadi. Biroq RChKA natijasini faqat “elektr triggerlar”ni bartaraf etish bilan izohlab bo‘lmaydi: protsedura yurakning avtonom innervatsiyasiga (Ichki ganglionli pleksuslar, afferent-efferent reflektor yoylar) bevosita ta’sir qiladi va simpato-adrenal tizim (SAT) hamda parasimpatik komponent o‘rtasidagi vegetativ balansni qayta sozlaydi. Ushbu obzor maqolada RChKA’dan keyingi vegetativ qayta moslashuv mexanizmlari, uni baholash markerlari (yurak urish tezligi oralig‘i o‘zgaruvchanligi, yurak urish tezligi dinamikasi, “vagal javob”, barorefleks ko‘rsatkichlari va ayrim biokimyoviy markerlar) hamda ularning BF qaytalanishi va klinik natijalar bilan bog‘liqligi tizimli ravishda yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy konsensus hujjatlarida ablatsiyadan keyingi monitoring, qaytalanish endpointlari bo‘yicha qarashlar, vegetativ markerlarni amaliy prognozlashga joriy etishdagi cheklovlar va istiqbolli tadqiqot yo‘nalishlari muhokama qilinadi. BF patogenezida vegetativ omilni chuqurroq tushunish va standartlashtirilgan baholash protokollarini ishlab chiqish RChKA natijasini individual prognozlash, qaytalanish xavfini erta aniqlash va kuzatuv taktikalarini optimallashtirishda ahamiyatli bo‘lishi mumkin.
2026-02-11
SURUNKALI YURAK ISHEMIK KASALLIGI ANIQLANGAN BEMORLARDA AORTOKORONAR SHUNTLASH VA STENTLASH AMALIYOTINING SIMPATOADRENAL TIZIM FUNKSIONAL FAOLLIGIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada yurak ishemik kasalligi (YIK) bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyani shuntlash (AKSh) amaliyotidan keyingi davrda simpatoadrenal tizim (SAT) disfunksiyasining koronar shuntlarning funksional holatiga ta’siri bo‘yicha mavjud ilmiy ma’lumotlar tizimli tahlil qilinadi. Adabiyotlarda SAT faolligining oshishi adrenalin, noradrenalin va dofamin kabi katexolaminlar sekretsiyasi kuchayishi, shuningdek ularning metabolizmini ta’minlovchi ferment tizimlari — monoaminooksidaza (MAO) va katexol-O-metiltransferaza (KOMT) faoliyati bilan chambarchas bog‘liq ekani ko‘rsatilgan. Ushbu neyrogumoral o‘zgarishlar vazokonstriksiya, endotelial disfunksiya va mikrosirkulyator buzilishlar orqali koronar shuntlar orqali qon oqimini cheklashi mumkin. SAT disfunksiyasining AKShdan keyingi shuntlangan tomirlar funksional holatini baholash va prognozlashda muhim patogenetik bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi.
2026-02-11
TELEGRAM BOT TEXNOLOGIYASI ASOSIDA VIRTUAL LABORATORIYA NATIJALARINI MASOFAVIY NAZORAT QILISH VA BAHOLASH METODIKASI
ushbu telegram bot texnologiyasi asosida virtual laboratoriya natijalarini masofaviy nazorat qilish va baholash metodikasi usullari o’rganilgan.
2026-02-11
ADVERBS EXPRESSING TEMPORAL CIRCUMSTANCE IN THE ARABIC LANGUAGE AND THEIR GRAMMATICAL ANALYSIS.
This article helps us understand the Arabic words indicating time (ظرف زمان) and their grammatical analysis. It also teaches us how to correctly express the time of action of verbs involved in sentence construction. In general linguistics, special attention is paid to the study of temporal words that express time. This article analyzes such words in the Arabic language and elucidates them through examples.
2026-02-10
OʼZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RAHBAR KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINING HUQUQIY VA INSTITUTTSIONAL ASOSLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida rahbar kadrlar tayyorlash tizimining huquqiy va institutsional asoslari siyosiy-tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqotda davlat xizmati tizimining 1997-yildan to hozirgi kunga qadar bo‘lgan evolyutsion rivojlanish bosqichlari, xususan, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"dan boshlab "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonungacha bo‘lgan islohotlar tahlil qilingan. Maqolada Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligining institutsional o‘rni, shuningdek, xalqaro tajribalarning (OECD, KIPA) O‘zbekiston modeliga integratsiyasi masalalari ko‘rib chiqilgan.
2026-02-11
NATURE METAPHORS IN WILLIAM WORDSWORTH’S WANDERED LONELY AS A CLOUD (“DAFFODILS”): A ROMANTIC VISION OF EMOTIONAL AND SPIRITUAL HARMONY
This article examines the system of nature metaphors in William Wordsworth’s lyric poem I Wandered Lonely as a Cloud (1807), commonly referred to as “Daffodils.” As a central figure of English Romanticism, Wordsworth reconceptualizes nature as a dynamic spiritual presence rather than a passive background. Through extended metaphors and personification, natural elements – cloud, daffodils, waves, and the inward eye – become symbolic mediators of psychological transformation. Using close textual analysis and Romantic theoretical frameworks, this study argues that the poem constructs a three-dimensional metaphorical model of nature: (1) psychological healing, (2) spiritual transcendence, and (3) imaginative permanence. The findings demonstrate that Wordsworth’s metaphoric system functions not merely as aesthetic ornamentation but as a structural foundation of Romantic epistemology.
2026-02-10
АХБОРОТ-ТАХЛИЛИЙ ФАОЛИЯТНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА МАШИНАВИЙ ЎҚИТИШ УСУЛЛАРИНИ ҚЎЛЛАШНИНГ ХОРИЖ ТАЖРИБАСИ
Ушбу мақолада ахборот‑тахлилий фаолиятни такомиллаштиришда машинавий ўқитиш ва сунъий интеллектдан фойдаланиш бўйича етакчи мамлакатлар тажрибаси таҳлил қилинади. Рақамли ҳукумат, кадрлар тайёрлаш, рақамли инфраструктура, маълумот сифати ва хавфсизликни таъминлашга қаратилган ташаббуслар Эстония, Сингапур, АҚШ ва Финляндия мисолида кўриб чиқилади. Шунингдек Ўзбекистон шароитида ушбу тажрибалардан фойдаланиб, кадрлар, инфратузилма ва маълумотлар бошқарувини ривожлантиришга доир амалий таклифлар илгари сурилади.
2026-02-10
ASTRONOMIYA TA’LIMIDA STEAM VA FANLARARO INTEGRATSIYA
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida astronomiya fanini o‘qitishda innovatsion STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvining nazariy-metodik asoslari tahlil qilingan. Astronomiya darslarida aniq fanlar (fizika, matematika, kimyo) va muhandislik-texnologik elementlarning o‘zaro integratsiyasi aniq faktlar, ilmiy formulalar hamda vizual modellashtirish orqali yoritib berilgan. Maqolada o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, muammolarni yechish ko‘nikmalari va kosmik dunyoqarashni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
2026-02-10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKANI KREATIV YONDASHUV ASOSIDA O‘QITISH
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda matematikani kreativ yondashuv asosida o‘qitishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Kreativ ta’limning psixologik va pedagogik omillari, xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS) doirasida matematik savodxonlikni shakllantirish talablari hamda konstruktivistik yondashuvning amaliy ahamiyati faktik manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, muammoni hal qilish kompetensiyasi va ijodiy tafakkurini rivojlantirishda kreativ metodlarning samaradorligi ilmiy tadqiqotlar asosida ko‘rsatib berilgan.
2026-02-10
THE EXTENT OF THE USE OF HEPATOPROTECTIVE DRUGS AND THE RELEVANCE OF THEIR IMPROVEMENT
Although they are not regarded as glamorous pursuits, cross-sectional studies offer crucial insights into public health because they are firmly grounded in facts and statistics. The study's objectives are to determine how frequently patients with chronic illnesses—aside from chronic liver disorders—consume HP nutritional supplements and to examine the behaviors associated with these patients' use of these supplements. Over the course of a year, a total of 954 patients from four private pharmaceutical facilities who were looking for prescription drugs for chronic illnesses under different payment options (full payment, gratuity, or compensated) were carefully chosen. We looked at the frequency of HP use in connection to several prescription drugs for long-term illnesses. Each of these patients was given the opportunity to take part in a nutritional status evaluation and was asked to fill out a questionnaire regarding their supplement intake patterns. 65 patients agreed to have their nutritional status assessed, and 195 patients agreed to take part in the survey. 77.2% of the 954 patients include HP in their treatment plan. The group with seven medications consumed the most (83.33%), followed by the group with three substances (82.84%). Compared to men (62.60%; 293 from 383), women utilize HP at a higher rate (80.58%; 444 from 551), and the majority of patients (59.5%) used extracts of Silybum marianum L. 64.61% of respondents to the survey reported taking supplements, with HP being used by the majority (59.52%). Merely 32.54% of patients follow medical professionals' advice. 55.56% of the patients who use supplements said their health has improved. Additionally, patients who incorporate supplements into their daily regimen typically see improvements in their general nutritional health. The recent study found that hepatoprotective nutritional supplements are used by most individuals with chronic diseases. The majority of the time, patients either discover HP through the media or begin using it on their own. When patients include nutritional supplements into their everyday regimen, their health often improves. Using HP for longer than two months is linked to this health improvement. These gains in health status were also corroborated by the findings of clinical investigations, which included BMI, fat mass, sarcopenic index, and hydration level.
2026-02-10
THE EXTENT OF THE USE OF MEDICINES USED IN HYPERTENSIVE CRISIS AND THE RELEVANCE OF THEIR IMPROVEMENT
A significant rise in BP coupled with acute, A-HMOD to the heart, brain, retina, kidneys, and major arteries characterizes hypertensive emergencies (HE), which are high cardiovascular risk circumstances. Since blood pressure readings by themselves cannot reliably indicate the existence of HE, the first line of treatment for acute severe hypertension should be to look for A-HMOD. To reduce the risk of complications, enhance patient outcomes, and limit and encourage the regression of end-organ damage, a prompt therapeutic intervention is essential. The kind of A-HMOD, particular drug pharmacokinetics, adverse drug effects, and comorbidities all influence drug therapy for HE, target blood pressure, and the rate at which blood pressure decreases. Consequently, a customized strategy is necessary. For the majority of HE, there is currently insufficient evidence to support effective treatment approaches. In addition to reviewing contemporary pharmacological approaches, this article offers a methodical, evidence-based approach to the treatment of HE. The treatment of acute hypertension differs based on the presentation and local expertise and available resources. There is frequently a dearth of high-quality evidence, or when it does exist, it does not consistently support certain medication regimens or rates of blood pressure reduction. Finally, after speaking with the BIHS and considering the available evidence as well as any areas where there was disagreement, comments were made. A uniform, evidence-based approach to provide high-quality care to patients is the aim of the proposed set of guidelines for the management of acute hypertensive conditions.
2026-02-10
INTERCULTURAL COMMUNICATION BARRIERS: PSYCHOLINGUISTIC ASPECTS
This article investigates the psycholinguistic underpinnings of communication barriers in intercultural contexts. Moving beyond surface-level linguistic differences, it examines how cognitive frameworks, cultural schemas, emotional responses, and implicit biases fundamentally shape the encoding, transmission, and decoding of messages across cultural boundaries. The paper analyzes key barriers including linguistic relativity (the Sapir-Whorf hypothesis), schema divergence, differing conversational styles, and non-verbal misinterpretations. Special attention is given to the role of ethnocentrism, anxiety, and expectancy violations in creating psychological distance. Drawing on established theories from psycholinguistics and intercultural communication, the article proposes an integrated framework for understanding these barriers and offers practical, psychologically-informed strategies for fostering more effective and empathetic intercultural exchanges. The conclusion emphasizes that overcoming these barriers requires both cognitive flexibility and affective sensitivity.
2026-02-13
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MUHOFAZA ETILADIGAN HUDUDLAR VA ULARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida muhofaza etiladigan hududlarning tashkil etilishi, ulardan foydalanish, bu hududlarda o‘simlik va hayvonot olami kabi ma’lumotlar tahlili ko‘rib chiqilgan. Tabiatni, hayvon va o‘simlik olamini saqlab qolish bo‘yicha yangi tavsiyalar taklif etilgan.
2026-02-13
AMIR SHOHMUROD DAVRIDA ADOLAT VA ISLOHOT SIYOSATI
Ushbu maqolada XVIII asrda Buxoro amirligining tashkil topishi va Amir Shohmurod hukmronligi davridagi siyosiy, iqtisodiy hamda diniy islohotlar yoritiladi. Amir Shohmurodning davlat boshqaruvidagi adolatparvarligi, so‘fiylik ta’siridagi shaxsiyati, moliyaviy va ma’muriy islohotlari, ta’lim va din sohasidagi faoliyati tahlil qilinadi. Shuningdek, uning kamtarona hayot tarzi va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan siyosati natijasida Buxoro amirligida barqarorlik va taraqqiyotga erishilgani ko‘rsatib beriladi
2026-02-13
BAXMAL TUMANI QADAMJO TURISTIK ZIYORATGOHLARI.
Baxmal tumani Oʻzbekistonning geografik markazida joylashgan boʻlib, uning tabiiymadaniy landshafti qadimdan O’rta Osiyo sivilizatsiyasining rivojlanishida muhim rol tutishiga imkon bergan. Tumanda ko‘pgina arxeologik va me’moriy yodgorliklar mavjud boʻlib, ulardan bir qismi bugungi kunda mahalliy aholi uchun ziyoratgoh vazifasini bajaradi.
2026-02-13
QARAQALPAQ KLASSIK SHAYÍRLARÍ SHÍǴARMALARÍNDA ÚY BUYÍMÍ ATAMALARÍ
Maqalada qaraqalpaq klassik shayırları tilindegi úy buyımı atamaları úyrenilgen.
2026-02-13
DEVELOPING CRITICAL THINKING SKILLS THROUGH FOREIGN LANGUAGE LEARNING
This paper will discuss the importance of learning a foreign language in the development of critical thinking skills. The paper will examine the role of foreign language learning in the development of critical thinking skills.
2026-02-13
HAVO MUHITIDA TOVUSH TO’LQINLARI DINAMIKASI: HARORAT GRADIYENTI VA AKUSTIK XUSUSIYATLARNING INTERPRETATSIYASI
Ushbu tadqiqot ishi gazlar dinamikasi doirasida havo muhitining termodinamik ko’rsatkichlari, xususan, haroratning tovush tarqalish tezligiga ta’sirini tahlil qilishga bag’ishlangan. Maqolada molekulyar-kinetik nazariya asosida tovushning tarqalish mexanizmlari, adiabatik jarayonlarning roli va harorat o’zgarishining turli texnologik sohalardagi ahamiyati bafurja yoritilgan.
2026-02-16
ТЕОРЕТИКО-ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ПРЕЗУМПЦИИ НЕВИНОВНОСТИ В УГОЛОВНОМ ПРОЦЕССЕ
В статье исследуются теоретико-правовые основы и процессуальное применение презумпции невиновности в уголовном процессе Республики Узбекистан. Рассматривается историческое становление данного принципа, его конституционное и уголовно-процессуальное закрепление, система процессуальных гарантий. Проанализированы особенности реализации презумпции невиновности на досудебных стадиях уголовного судопроизводства, включая возбуждение уголовного дела и предварительное расследование, а также в судебных инстанциях: суде первой инстанции, апелляционной, кассационной и ревизионной инстанциях. Выявлены проблемные аспекты применения принципа презумпции невиновности в правоприменительной практике Узбекистана. Сформулированы предложения по совершенствованию процессуальных механизмов реализации презумпции невиновности в контексте международных стандартов прав человека.
2026-02-16
JINOYAT ISHLARINI TAFTISH TARTIBIDA KO‘RISHDA ADVOKAT ISHTIROKINING PROTSESSUAL-HUQUQIY ASOSLARI VA ISLOHOTLAR TA’SIRI
Mazkur ilmiy maqolada advokatning jinoyat protsessida, xususan taftish tartibida jinoyat ishini ko‘rish bosqichidagi protsessual maqomi, huquq va majburiyatlari, shuningdek uning ishtiroki orqali adolatli sudlovni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Taftish instansiyasida himoyachining faoliyati sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirishda muhim protsessual kafolat sifatida baholanadi.
2026-02-16
SUD QARORINING QONUNIY, ASOSLI VA ADOLATLI BO‘LISHIDA TAFTISH INSTANSIYASINING O‘RNI
Ushbu maqola jinoyat ishlarini sudlarda ko‘rish amaliyotida taftish instansiyasining o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda sud qarorining (hukm, ajrim, qaror) nafaqat qonuniy, balki asosli (faktlarga mos) va adolatli (jazo mutanosibligi) bo‘lishini ta’minlashdagi taftish tartibining funksiyasi chuqur o‘rganiladi.
Taftish instansiyasining sud xatolarini tuzatish, protsessual qonunbuzarliklarni bartaraf etish va isbotlashning to‘g‘riligini nazorat qilishdagi vakolatlari va amaliy mexanizmlari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, uning yuqori sud nazorati tizimidagi o‘rni, bugungi kundagi dolzarb muammolari va samaradorligini oshirish yo‘llari ilmiy-amaliy jihatdan asoslanadi. Maqola sud-huquq islohotlari doirasida taftish tartibining jinoyat protsessual kafolatlarini mustahkamlashdagi prinsipial ahamiyatini yoritadi.
2026-02-18
ЖИНОЯТ ИШЛАРИ БЎЙИЧА СУД ҚАРОРЛАРИНИ ҚАЙТА КЎРИШ ИНСТИТУТИНИНГ РЕТРОСПЕКТИВ ШАКЛЛАНИШИ
Ушбу мақолада жиноят ишлари бўйича суд қарорларини қайта кўриш институтининг тарихий тараққиёти ва ретроспектив шаклланиши таҳлил қилинади. Тадқиқот давомида суд қарорларининг қонунийлиги ва адолатлилигини таъминлашга қаратилган ушбу институтнинг турли тарихий даврлардаги ўзига хос хусусиятлари, шунингдек, миллий қонунчиликнинг эволюцион ривожланиш босқичлари ёритиб берилган. Муаллиф томонидан апелляция, кассация ва тафтиш инстанцияларининг шаклланиш жараёни қиёсий-ҳуқуқий жиҳатдан ўрганилиб, ўтмишдаги ислоҳотларнинг бугунги кундаги аҳамияти асослаб берилган. Мақола якунида суд қарорларини қайта кўриш механизмини янада такомиллаштириш бўйича тарихий тажрибага таянган хулосалар илгари сурилган.
2026-02-18
STRESS VA UNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI.
Maqolada stress tushunchasi, uning inson organizmiga psixologik va fiziologik ta’siri hamda oldini olish choralariga bag‘ishlangan. Stressning surunkali shakli yurak-qon tomir, asab, immun va gormonal tizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, turli kasalliklar rivojlanishiga sabab bo‘lishi tushuntiriladi. Shuningdek, stressni kamaytirish va oldini olish usullari – jismoniy faollik, sog‘lom ovqatlanish, uyqu, psixologik muvozanat va ijobiy fikrlash – ilmiy asosda tavsiya etilgan.
2026-02-18
DEVIANT XULQ-ATVOR VA PROFILAKTIKA MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda ijtimoiy oʻzgarishlar, axborot oqimi va psixologik bosimlar fonida yuzaga kelayotgan deviant xulq-atvor muammosi yoritiladi. Deviant xulq-atvorning asosiy ijtimoiy-psixologik shakllari, ularning shakllanish omillari hamda jamiyat barqarorligiga taʻsiri tahlil qilinadi. Shuningdek, deviant xulq-atvorni samarali oldini olishga qaratilgan ijtimoiy va psixologik mexanizmlar ilmiy asosda koʻrib chiqiladi.
2026-02-18
БОЛАЛАРДА АНТИБИОТИКЛАРДАН НОТЎҒРИ ФОЙДАЛАНИШ ВА АНТИМИКРОБ РЕЗИСТЕНТЛИК ХАВФИ: ЎЗБЕКИСТОН БЎЙИЧА ТИЗИМЛИ ШАРҲ
Микробларга қарши чидамлилик (АМР)нинг ўсиши, айниқса паст ва ўрта даромадли мамлакатларда, жумладан Марказий Осиёда, жамоат саломатлигига жиддий глобал таҳдид туғдирмоқда. Педиатрия амалиётида антибиотиклардан нооқилона фойдаланиш АМРнинг ривожланишига олиб келадиган ва кенг тарқалган болалар юқумли касалликларини даволашни мураккаблаштирувчи асосий омил ҳисобланади. Ушбу мақолада Ўзбекистонда болаларга антибиотикларни нотўғри қўллаш билан боғлиқ муаммолар таҳлил қилинади.
2026-02-21
BАBUR'S REFОRMS IN INDIА
The Bаbur dynаsty, аs а pоliticаl pоwer thаt left а deep mаrk оn the histоry оf Indiа, is distinguished nоt оnly by its militаry victоries, but аlsо by its lаrge-scаle refоrms. In this generаl аnаlysis, the Bаbur refоrms in Indiа аre evаluаted in а cоmbinаtiоn оf а trаditiоnаl scientific аpprоаch аnd а prоblem-аnаlyticаl аpprоаch. The study cоvers the pоliticаl аnd ecоnоmic prоblems thаt existed befоre the Bаbur reign, the need fоr а centrаlized stаte, the fundаmentаl refоrms during the reign оf Аkbаr Shаh, the lаnd tаx system, the militаry аnd аdministrаtive structure, religiоus аnd sоciаl pоlicies, аnd their impаct оn the develоpment оf sоciety. The generаl аpprоаch serves tо reveаl the systemic nаture оf the Bаbur refоrms аnd their plаce in the histоry оf Indiаn stаte аdministrаtiоn.
2026-02-21
ALEKSANDR FAYNBERG: A COMPREHENSIVE LITERARY STUDY
This paper examines the literary and aesthetic contributions of Aleksandr Faynberg, a Russian-speaking poet in Uzbekistan. His poetry explores human emotion, moral reflection, and cultural identity through inventive imagery and figurative language [Faynberg, 2005]. The study analyzes his stylistic techniques, recurring themes, and role in fostering intercultural dialogue between Uzbek and Russian literary traditions [Shcherbakova, 2010]. By integrating philosophical ideas with artistic expression, Faynberg’s work is positioned as both intellectually engaging and emotionally resonant [Petrova, 2012].
2026-02-21
