OVQATDAN ZAHARLANISHDA KUZATILADIGAN NEVROLOGIK SINDROMLARNING KLINIK TAHLILI.

Main Article Content

Аннотация:





Ovqatdan zaharlanish bugungi kunda jahon hamjamiyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda har yili 600 millionga yaqin inson ovqatdan zaharlanishdan jabrlanadi. Mazkur maqolada oziq-ovqatdagi toksinlar ta’sirida yuzaga keladigan nevrologik sindromlarning klinik ifodalanishi 28 nafar bemorda o‘rganiladi. Ovqat toksikoinfeksiyasi natijasida kuzatiladigan nevrologik sindromlar anamnez to‘plash, topik diagnostika, laborator va instrumental tekshiruvlar orqali amaliy tahlil qilindi. Tadqiqotda kuzatuvga olingan bemorlarning barchasida umumiy ahvol yomonlashishi va asosiy nevrologik buzilishlardan diplopiya, ptoz, anizokoriya, midriaz va boshqalar aniqlandi. Ovqatdan zaharlanishlar nafaqat gastroenterologik muammolar, balki turli nevrologik sindromlar bilan ham kechadi. Bu holatlarning erta aniqlanishi, tezkor va kompleks yondashuv asosida davolanishi og‘ir asoratlarni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.





Article Details

Как цитировать:

Sattorova, S. (2025). OVQATDAN ZAHARLANISHDA KUZATILADIGAN NEVROLOGIK SINDROMLARNING KLINIK TAHLILI . Журнал академических исследований нового Узбекистана, 2(6, 2-qism), 180–181. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/56795

Библиографические ссылки:

G.I.Shayxova, Ovqatlanish gigiyenasi fanidan o'quv qo'llanma, Toshkent - 2014, 84-100 bet.

G.I.Shayxova, Ovqatlanish gigiyenasi fanidan o'quv qo'llanma, Toshkent - 2015, 105-124 bet

Z.Ibodullayev, Umumiy nevrologiya, Zamin nashr Toshkent - 2021, 80-95 bet