Том 4 № 2 (2026): Бюллетень студентов нового Узбекистана

"Бюллетень студентов нового Узбекистана" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2026-02-05

АРТ ТЕРАПИЯСИ ШАРОИТИДА ОИВНИ ЮҚТИРИШ ЖИНОЯТЛАРИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШ: “ЛАТЕНТ РЕЗЕРВУАР” ВА ПРОВИРУС ДНК ТАҲЛИЛИНИНГ КРИМИНАЛИСТИК АҲАМИЯТИ

Ушбу мақолада ОИВ инфекциясини тарқатиш билан боғлиқ жиноятларни тергов қилишда антиретровирус терапияси (АРТ) олаётган шахслардан далил олишнинг ўзига хос хусусиятлари тадқиқ этилади. Муаллиф "латент резервуар" тушунчасини криминалистик нуқтаи назардан таҳлил қилиб, провирус ДНК секвенирлаш орқали жиноят иши учун зарур бўлган генетик изларни тиклаш имкониятларини асослайди. Мақолада тергов амалиёти учун "вирус архиви" феномени ва унинг процессуал аҳамияти юзасидан илмий таклифлар берилган.

Т.Х.Курамбаев

4-7

2026-02-05

ZAMONAVIY DUNYODA AN’ANAVIY YAPON INTERYERI USLUBINING TA’SIRI VA TRANSFORMATSIYASI

Ushbu maqola zamonaviy interyer amaliyotida an’anaviy yapon uslubining ta’sir mexanizmlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda vizual-morfologik tahlil, qiyosiy uslubshunoslik va amaliy keyslar sharhi qo‘llandi. Natijalar yapon minimalizmi, modullilik va tabiiy materiallar konsepsiyasi global dizaynda barqaror estetika yaratishini ko‘rsatadi. Ish transmadaniy moslashuv mezonlarini taklif etadi.

Karimova Dildora Ismoilovna

8-12

2026-02-09

IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH INTENSIVLIGI VA DEPRESSIV HOLATLAR OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish intensivligi va shaxsda kuzatiladigan depressiv holatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomiyligi, mazmuniy yo‘nalishi hamda psixo-emotsional holatlarga ta’siri zamonaviy psixologik va sotsiologik yondashuvlar asosida o‘rganilgan.

Nazarova Manzura Komuljonovna, Qobuliva Sabohat

13-16

2026-02-10

XUSUSIY TA'LIM MUASSASALARI UCHUN KPI TIZIMI PLATFORMASINI ISHLAB CHIQISH.

Mazkur maqolada xususiy maktablar faoliyatini monitoring qilish va tahlil etish uchun mo‘ljallangan KPI platformasini loyihalash jarayonining texnologik bosqichlari bayon etilgan. Platformaning arxitekturasi, funksional imkoniyatlari va joriy etish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan.

Kalandarov Nodirbek Oybek o‘g‘li

17-18

2026-02-10

OILAVIY ZO‘RAVONLIK VA MAISHIY ZO‘RAVONLIK TUSHUNCHALARINING HUQUQIY TALQINI: TERMINOLOGIK ANIQLIK MASALALARI.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligi doirasida “oilaviy zo‘ravonlik” va “maishiy zo‘ravonlik” tushunchalarining huquqiy mohiyati hamda ularning normativ talqinida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot 2019–2023-yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi asosida olib borilgan. Maqolada oilaviy zo‘ravonlik huquqiy jihatdan tan olingan oila subyektlari o‘rtasida sodir etiladigan zo‘ravonlikni qamrab olishi, maishiy zo‘ravonlik esa oilaviy-huquqiy munosabatlardan tashqarida, kundalik turmush sharoitida yuzaga keladigan zo‘ravonlik holatlarini ifodalashi asoslab beriladi. Shuningdek, muammo “maishiy” atamasining normativ-huquqiy hujjatlarda “oilaviy” tushunchasi bilan sinonim tarzda qo‘llanilishida namoyon bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijasida terminologik aniqlikni ta’minlash va ushbu tushunchalarni qat’iy farqlash zarurati ilmiy jihatdan asoslanadi.

R.O.Homidova

19-22

2026-02-10

МАҲАЛЛАЛАРИДА ХАВФСИЗ МУҲИТ ЯРАТИШ ВА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ БАРВАҚТ ОЛДИНИ ОЛИШ ТИЗИМИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЧОРА-ТАДБИРЛАР

Мазкур илмий мақолада маҳаллаларда хавфсиз муҳит яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини ошириш бўйича манзилли чора-тадбирларнинг ташкилий-ҳуқуқий асослари комплекс таҳлил қилинган. Хусусан, профилактика кичик инспектори лавозимини жорий этиш, миграцион профилактика бўлинмалари ва маъмурий конвой гуруҳларини ташкил этиш, маҳалла ҳуқуқ-тартибот масканлари фаолиятини йўлга қўйиш, ахборот тизимларини интеграция қилиш орқали ижтимоий профилактикани автоматлаштириш масалалари илмий-назарий ва амалий жиҳатдан ёритилган. Шунингдек, KPI асосида баҳолаш, “намунали хавфсиз кўча” ва “намунали хавфсиз уй” каби ташаббуслар орқали жамоатчилик иштирокини кучайтириш механизмлари таҳлил қилинган. Тадқиқот натижалари маҳалла даражасида ижтимоий профилактикани кучайтириш ва жамоат хавфсизлигини таъминлашда манзилли бошқарув моделининг аҳамиятини асослаб беради.

Алтмишев Темурбек Хамзаевич

23-27

2026-02-11

O‘QUVCHILARNING YOZISH KO‘NIKMALARINI O‘STIRISHDA INTERFAOL O‘YINLARNING AHAMIYATI.

Mazkur maqolada o‘quvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol o‘yinlarning pedagogik ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Yozish kompetensiyasi til o‘qitish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning shakllanishi kommunikativ yondashuv, hamkorlikda o‘qitish va o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotlarda interfaol o‘yinlar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi, leksik zahirasini boyitishi, grammatik kompetensiyani mustahkamlashi hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirishini ko‘rsatadi. Maqolada interfaol o‘yinlarning nazariy asoslari, metodologik jihatlari va amaliy natijalari xalqaro va milliy ilmiy manbalar asosida yoritiladi..

Kamoldinova Mushtariybonu Azizbek qizi

28-31

2026-02-16

Показать все выпуски