"Бюллетень студентов нового Узбекистана" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2026-02-05

АРТ ТЕРАПИЯСИ ШАРОИТИДА ОИВНИ ЮҚТИРИШ ЖИНОЯТЛАРИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШ: “ЛАТЕНТ РЕЗЕРВУАР” ВА ПРОВИРУС ДНК ТАҲЛИЛИНИНГ КРИМИНАЛИСТИК АҲАМИЯТИ

Ушбу мақолада ОИВ инфекциясини тарқатиш билан боғлиқ жиноятларни тергов қилишда антиретровирус терапияси (АРТ) олаётган шахслардан далил олишнинг ўзига хос хусусиятлари тадқиқ этилади. Муаллиф "латент резервуар" тушунчасини криминалистик нуқтаи назардан таҳлил қилиб, провирус ДНК секвенирлаш орқали жиноят иши учун зарур бўлган генетик изларни тиклаш имкониятларини асослайди. Мақолада тергов амалиёти учун "вирус архиви" феномени ва унинг процессуал аҳамияти юзасидан илмий таклифлар берилган.

Т.Х.Курамбаев

4-7

2026-02-05

ZAMONAVIY DUNYODA AN’ANAVIY YAPON INTERYERI USLUBINING TA’SIRI VA TRANSFORMATSIYASI

Ushbu maqola zamonaviy interyer amaliyotida an’anaviy yapon uslubining ta’sir mexanizmlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda vizual-morfologik tahlil, qiyosiy uslubshunoslik va amaliy keyslar sharhi qo‘llandi. Natijalar yapon minimalizmi, modullilik va tabiiy materiallar konsepsiyasi global dizaynda barqaror estetika yaratishini ko‘rsatadi. Ish transmadaniy moslashuv mezonlarini taklif etadi.

Karimova Dildora Ismoilovna

8-12

2026-02-09

IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH INTENSIVLIGI VA DEPRESSIV HOLATLAR OʻRTASIDAGI BOGʻLIQLIK

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish intensivligi va shaxsda kuzatiladigan depressiv holatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish davomiyligi, mazmuniy yo‘nalishi hamda psixo-emotsional holatlarga ta’siri zamonaviy psixologik va sotsiologik yondashuvlar asosida o‘rganilgan.

Nazarova Manzura Komuljonovna, Qobuliva Sabohat

13-16

2026-02-10

XUSUSIY TA'LIM MUASSASALARI UCHUN KPI TIZIMI PLATFORMASINI ISHLAB CHIQISH.

Mazkur maqolada xususiy maktablar faoliyatini monitoring qilish va tahlil etish uchun mo‘ljallangan KPI platformasini loyihalash jarayonining texnologik bosqichlari bayon etilgan. Platformaning arxitekturasi, funksional imkoniyatlari va joriy etish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan.

Kalandarov Nodirbek Oybek o‘g‘li

17-18

2026-02-10

OILAVIY ZO‘RAVONLIK VA MAISHIY ZO‘RAVONLIK TUSHUNCHALARINING HUQUQIY TALQINI: TERMINOLOGIK ANIQLIK MASALALARI.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligi doirasida “oilaviy zo‘ravonlik” va “maishiy zo‘ravonlik” tushunchalarining huquqiy mohiyati hamda ularning normativ talqinida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot 2019–2023-yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi asosida olib borilgan. Maqolada oilaviy zo‘ravonlik huquqiy jihatdan tan olingan oila subyektlari o‘rtasida sodir etiladigan zo‘ravonlikni qamrab olishi, maishiy zo‘ravonlik esa oilaviy-huquqiy munosabatlardan tashqarida, kundalik turmush sharoitida yuzaga keladigan zo‘ravonlik holatlarini ifodalashi asoslab beriladi. Shuningdek, muammo “maishiy” atamasining normativ-huquqiy hujjatlarda “oilaviy” tushunchasi bilan sinonim tarzda qo‘llanilishida namoyon bo‘layotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijasida terminologik aniqlikni ta’minlash va ushbu tushunchalarni qat’iy farqlash zarurati ilmiy jihatdan asoslanadi.

R.O.Homidova

19-22

2026-02-10

МАҲАЛЛАЛАРИДА ХАВФСИЗ МУҲИТ ЯРАТИШ ВА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ БАРВАҚТ ОЛДИНИ ОЛИШ ТИЗИМИНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА МАНЗИЛЛИ ЧОРА-ТАДБИРЛАР

Мазкур илмий мақолада маҳаллаларда хавфсиз муҳит яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини ошириш бўйича манзилли чора-тадбирларнинг ташкилий-ҳуқуқий асослари комплекс таҳлил қилинган. Хусусан, профилактика кичик инспектори лавозимини жорий этиш, миграцион профилактика бўлинмалари ва маъмурий конвой гуруҳларини ташкил этиш, маҳалла ҳуқуқ-тартибот масканлари фаолиятини йўлга қўйиш, ахборот тизимларини интеграция қилиш орқали ижтимоий профилактикани автоматлаштириш масалалари илмий-назарий ва амалий жиҳатдан ёритилган. Шунингдек, KPI асосида баҳолаш, “намунали хавфсиз кўча” ва “намунали хавфсиз уй” каби ташаббуслар орқали жамоатчилик иштирокини кучайтириш механизмлари таҳлил қилинган. Тадқиқот натижалари маҳалла даражасида ижтимоий профилактикани кучайтириш ва жамоат хавфсизлигини таъминлашда манзилли бошқарув моделининг аҳамиятини асослаб беради.

Алтмишев Темурбек Хамзаевич

23-27

2026-02-11

O‘QUVCHILARNING YOZISH KO‘NIKMALARINI O‘STIRISHDA INTERFAOL O‘YINLARNING AHAMIYATI.

Mazkur maqolada o‘quvchilarning yozma nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda interfaol o‘yinlarning pedagogik ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Yozish kompetensiyasi til o‘qitish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning shakllanishi kommunikativ yondashuv, hamkorlikda o‘qitish va o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq. Tadqiqotlarda interfaol o‘yinlar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirishi, leksik zahirasini boyitishi, grammatik kompetensiyani mustahkamlashi hamda ijodiy fikrlashni rivojlantirishini ko‘rsatadi. Maqolada interfaol o‘yinlarning nazariy asoslari, metodologik jihatlari va amaliy natijalari xalqaro va milliy ilmiy manbalar asosida yoritiladi..

Kamoldinova Mushtariybonu Azizbek qizi

28-31

2026-02-16

JINOYAT ISHINI TAFTISH TARTIBIDA KO‘RISHNING PROTSESSUAL ASOSLARI

mazkur maqolada taftish tartibida jinoyat ishini ko‘rishning protsessual asoslari, taftish instansiyasining vakolatlari hamda ishlarni mazmunan ko‘rishda aynan nimalarga e’tibor qaratilishi lozimligi to‘g‘risidagi masalalar yoritib berilgan. Bundan tashqari, birinchi instansiya sudlari hukmlarini bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari oʻrganib chiqilgan, yuqori sud instansiya sudlari tomonidan qabul qilinayotgan sud qarorlari tuzilishi koʻrib chiqilgan.

Nazarov Zafar Safarboyevich

32-35

2026-02-16

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MATEMATIK MASALALARNI YECHISH ORQALI MANTIQIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH

Matematika – bu nafaqat raqamlar yoki arifmetik amallar yig‘indisi, balki inson tafakkuri, bilim olish hamda atrof-muhit hodisalarini to‘g‘ri anglash, tahlil qilish, ularni sintez qilish, xulosalar chiqarish imkonini beruvchi eng dolzarb fanlardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish maktabda dastlabki kunlardanoq e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim jarayonlardan hisoblanadi. Chunki inson hayoti davomida olib boriladigan barcha faoliyatlar, murakkab qarorlarni qabul qilish, atrof-muhit bilan muloqot qilish va hayotiy vaziyatlarni anglash asosan mantiqiy fikrlash, tahlil va sintez qobiliyatlariga bevosita bog‘liq.

Soliyev Ilхomjon Sobirovich, Ashuraliyeva Madinaxon Zafarjon qizi

36-38

2026-02-18

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MATEMATIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA TENGSIZLIK MAVZUSINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida tengsizlik tushunchasini o‘rgatish orqali o‘quvchilarda matematik tafakkurni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tengsizlik mavzusi asosida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, taqqoslash, tahlil qilish hamda mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Maqolada tengsizlik tushunchasini o‘qitishda yosh xususiyatlariga mos metodik yondashuvlar, ko‘rgazmali vositalar va amaliy mashqlardan foydalanishning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan..

Soliyev Ilxomjon Sobirovich, Inomjonova Dilnavoz Umidjon qizi

39-41

2026-02-17

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN O‘QUVCHILARNING TABIATGA BO‘LGAN MUNOSABATINI TARBIYALASHNING SAMARALI YO‘LLARI

Mazkur maqolada eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishning samarali pedagogik va psixologik yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda maxsus ta’lim sharoitida ekologik tarbiyaning o‘rni, vizual-ta’limiy metodlarning ahamiyati hamda amaliy mashg‘ulotlar orqali ekologik ongni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy va mahalliy ilmiy manbalarga asoslanib, eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda samarali yondashuvlar taklif etilgan..

Soliyev Ilhomjon Sobirovich, Turg‘unaliyeva Dildoraxon Tursunali qizi

42-43

2026-02-19

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA INKLYUZIV TA'LIM FANINI O'QITISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida inklyuziv ta’lim fanini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim tizimida yangi didaktik yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish zaruratini yuzaga keltirayotgani asoslab beriladi. Inklyuziv ta’lim fanini o‘qitishda raqamli platformalar, masofaviy ta’lim texnologiyalari, multimediya vositalari va adaptiv o‘qitish tizimlaridan foydalanishning samaradorligi yoritiladi.

Matyokubova Zuhra Urinboyevna

44-47

2026-02-20

IMPROVING ADMINISTRATIVE LIABILITY FOR THE USE OF TOBACCO PRODUCTS AND NICOTINE CONSUMPTION DEVICES IN PUBLIC PLACES: LEGAL AND PRACTICAL GROUNDS FOR AMENDMENTS TO ARTICLE 56¹ OF THE ADMINISTRATIVE CODE OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

This article examines the improvement of Article 56¹ of the Code of the Republic of Uzbekistan on Administrative Liability to ensure clear and consistent enforcement of liability for the use in public places not only of tobacco products but also of nicotine consumption devices (electronic cigarettes, vapes, heated tobacco systems, and similar products). It substantiates the need to align the subject matter and terminology of the liability provision with sectoral legislation that imposes restrictions on nicotine consumption devices in public places. The proposed amendments are analyzed in light of international standards (WHO Framework Convention on Tobacco Control—WHO FCTC, Guidelines for Article 8) and precautionary principles regarding electronic nicotine products; practical recommendations are advanced for algorithmic enforcement (a minimum standard for evidence recording and preventive mechanisms) [1–5]..

Ganiev Elyor Ganievich

48-51

2026-02-20