Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
https://in-academy.uz/index.php/zdaf

«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
«Innovative Academy RSC» LLCru-RUПрикладные науки в современном мире: проблемы и решения2181-2020QISHLOQ XO‘JALIGIDA BARQAROR RIVOJLANISHGA O‘TISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65136

barqaror qishloq xo‘jaligi - bu iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy resurslardan oqilona foydalanish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchi tizimdir. Aholi sonining o‘sishi bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab ortib borayotgani sababli suv va agrokimyoviy vositalardan haddan tashqari foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Ushbu maqolada barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishlari, AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi.
Qudratjon Mamatqulov
Copyright (c) 2025
2025-11-062025-11-0641945BLOCKCHEYN TEXNALOGIYASI TUSHUNCHASI VA BLOKCHEYN ASOSIDAGI HUQUQIY XIZMATLAR
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65192

Ushbu maqolada blokcheyn texnologiyasining mohiyati va uning huquqiy xizmatlarda qo‘llanilishi yoritiladi. Blokcheyn — markazlashmagan ma’lumotlar tizimi sifatida — yuridik jarayonlarda shaffoflik, ishonchlilik va o‘zgarmaslikni ta’minlaydi. Tadqiqot davomida blokcheyn asosidagi huquqiy xizmatlarning turlari, xususan smart-shartnomalar, dalillarni blokcheynga joylashtirish va davlat boshqaruvida undan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu texnologiyaning huquqiy muammolari, xalqaro me’yoriy tajribalar va tartibga solish mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, blokcheyn huquq sohasida ishonchni oshirish va inson omilini kamaytirish orqali yuridik xizmatlarning sifatini oshiradi. . Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va fuqarolarni xabardor qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Sardorbek Mamatqulov
Copyright (c) 2025
2025-11-072025-11-07419610SHARQ MADANIYATINI O‘RGANISHDA ARAB TILINING ROLI
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65264

Ushbu maqola «Sharq madaniyatini o‘rganishda arab tilining roli» mavzusiga bag‘ishlangan. Unda arab tilining tarixiy rivojlanishi, uning madaniyat, ilm‑fan va gumanitar sohalardagi o‘rni, hamda ayniqsa yoshlar va ta’lim sohasida gumanitar fanlar kontekstida tutgan ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Sevinch Gʻulomova
Copyright (c) 2025
2025-11-102025-11-104191113BOSHQARUV VA MENEJMENTNING ADEKVAT IQTISODIY ASOSI
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65338

Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tijorat ko‘lamlarini o‘sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilagan vazifalar va mo’ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi.
Feruza Odilova
Copyright (c) 2025
2025-11-102025-11-104191417IDIOMALARNING ZAMONAVIY INGLIZ TILIDAGI O‘ZGARISHLARI VA YANGILANISHI
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65485

Ushbu maqolada muallif ingliz tilidagi o ‘zgarishlari va yangilanishini tahlil qilgan va misollar bilan dalillab ilmiy qarashlari bilan asoslagan.
Dilshodbek Xakimov
Copyright (c) 2025
2025-11-112025-11-114191820TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MARKETINGNING AHAMIYATI
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65486

Ushbu tezisda turizm sohasini rivojlantirishda marketingning ahamiyati tahlil qilindi. Marketing turizmning samarali faoliyat yuritishi, raqobatbardoshlikni ta'minlash va manzillar imidjini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ishda raqamli marketing, brending, iqtisodiy o‘sish va barqaror turizmga oid masalalar ilmiy jihatdan ko‘rib chiqildi. Shuningdek, marketingning mahalliy iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi va zamonaviy texnologiyalar yordamida turizmni targ‘ib etish yo‘llari yoritildi. Tadqiqot natijalari turizm sohasida marketing strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Fatima ErkinovaN. Nazarov
Copyright (c) 2025
2025-11-112025-11-114192123ALOHIDA EHTIYOJLI BOLALAR BILAN TA’LIM-TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISH
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65487

Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri alohida ehtiyojli bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv ta’limni joriy etish orqali sifatli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Ma’lumki, bolalar xulq-atvori bilan bir-biridan farq qiladi. Har kimning o‘z qobiliyati va qiziqishi bor. Shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda eng yaxshi natijalarga erishish uchun pedagog bolalarning individual xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi kerakligi haqida ushbu maqolada metodik tavsiyalar berilgan.
D.M. BuzrukovaD.Sh. Islomova
Copyright (c) 2025
2025-11-112025-11-114192425TIJORAT BANKLARIDA RISK BOSHQARUVI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65639

Mazkur ilmiy ishda O‘zbekiston tijorat banklarida risk boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalari nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. So‘nggi yillarda bank sektorida kapital yetarliligi, likvidlik, aktivlar sifati hamda raqamli xizmatlar ulushining oshishi bilan birga kredit, operatsion, bozor va kiberxavfsizlik risklari hajmi ham ortib borayotgani ta’kidlanadi. Shu sababli tijorat banklarida risk-menejment tizimini xalqaro standartlar — Basel III talablari, IFRS 9 ECL modeli va uch pog‘onali himoya konsepsiyasiga muvofiq ravishda modernizatsiya qilish zarurati asoslab beriladi.
Shahzodbek Mamatkulov
Copyright (c) 2025
2025-11-122025-11-124192629IKKINCHI TILNI O‘RGANISH ORQALI BOLALARDA MUSTAQIL VA IJODIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65647

Ikkinchi tilni o‘rganish bolalarda nafaqat lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishga, balki mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Mustaqil fikrlash bolalarga o‘z o‘rganish jarayonini boshqarish, yangi bilimlarni tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi, ijodiy fikrlash esa muammolarga noodatiy yondashish, yangi g‘oyalar yaratish va o‘z ifodalarini erkin yetkazishga yordam beradi. Ushbu tezis ikkinchi tilni o‘rgatish jarayonida bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik strategiyalarni tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interaktiv mashqlar, loyiha ishlari va reflektiv vazifalarni darsga integratsiya qilish nafaqat tilga bo‘lgan qobiliyatni oshiradi, balki bolalarning intellektual va kognitiv rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.
Hurshida Quchqorova
Copyright (c) 2025
2025-11-122025-11-124193032PORTFEL INVESTITSIYALARNI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65730

Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirish mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Asosiy kapital bu ishlab chiqarish jarayonining moddiy asosini tashkil etuvchi binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, texnologik tizimlar majmuasidir. Ularning samarali ishlashi, yangilanishi va modernizatsiya qilinishi investitsion faoliyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan, portfel investitsiyalarini rivojlantirish asosiy kapitalni moliyalashtirishda muhim moliyaviy manba sifatida qaraladi.
Askar Yusupov
Copyright (c) 2025
2025-11-142025-11-144193335O‘ZGAN ETNOTOPONIMINING ETIMOLOGIK TADQIQI XUSUSIDA
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65734

Farg‘ona vodiysining Qoradaryo sohilida joylashgan eng qadimgi shahar nomlaridan biri O‘zgandir (hozirgi Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatiga tegishli). Arxeologlarning aniqlashicha, O‘zganning qadimiy qatlamlari miloddan avvalgi II-I asrlarga oid bo‘lib, astionim dastlab X asr yozma manbalarida – arab sayyohlari Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddasiy, as-Sam’oniy asarlari va “Hudud ul-olam” da O‘zgand // Yuzkand tarzida [1; 2; 3; 4], fors tilida yaratilgan XV-XVI asr yodgorligi “Tarixi Rashidiy” da esa O‘zgand // O‘zjand shaklida uchraydi [5].
G. Jo‘raboyeva
Copyright (c) 2025
2025-11-142025-11-144193638ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДИАГНОСТИКЕ НРАВСТВЕННОГО РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ СТУДЕНТА
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65841

В статье раскрываются особенности внедрения цифровых технологий в процесс диагностики нравственного развития личности студентов педагогических вузов. Автор рассматривает современные формы онлайн-диагностики, включая анкетирование, психологическое тестирование и интерактивные кейсы, а также их влияние на повышение качества педагогического анализа нравственных качеств будущих учителей. Анализируются преимущества и ограничения цифровых инструментов, обосновывается необходимость сочетания традиционных и инновационных подходов. Делается вывод о том, что цифровая диагностика может стать не только способом оценки, но и фактором формирования нравственной саморефлексии у студентов.
ГУЛРУХБОНУ АЗИМОВА
Copyright (c) 2025
2025-11-172025-11-174193942JAMIYATDA OBYEKTIV ADOLAT ME’YORI, MOHIYATI PRINSIPLARI
https://in-academy.uz/index.php/zdaf/article/view/65854

Mazkur maqolada ijtimoiy adolatning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalardagi obyektiv va subyektiv jihatlari tahlil qilinib, unda iqtisodiy adolatning ta’minlanishi insonning moddiy farovonligi va siyosiy faolligini oshirishi, siyosiy prinsiplarga amal qilinishi esa shaxsning siyosiy yetukligini shakllantirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Izzatillo Maxmudov
Copyright (c) 2025
2025-11-172025-11-174194345