Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования https://in-academy.uz/index.php/zdif
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
«Innovative Academy RSC» LLC ru-RU Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования 2181-2020 INGLIZ VA O'ZBEK AXBOROT MATNLARIDA ZAMON TRANSFORMATSIYASINING QIYOSIY TAHLILI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/75933
Maqolada ingliz va o'zbek axborot matnlarida zamon transformatsiyasining qiyosiy tahlili amalga oshiriladi. Tadqiqot 1000 ta axborot matni (ingliz tilidan 500 ta, o'zbek tilidan 500 ta) korpus asosida olib borildi. Qiyosiy tahlil natijasida ikki tilda zamon transformatsiyasining tubdan farq qiluvchi qoliblari aniqlandi: ingliz tilida Present Simple → Past Simple → Present Simple → Future (41%), o'zbek tilida Past Simple → Past Simple → Future (49%). Ingliz axborot matnlarida hozirgi zamon shakllari (63%) ustunlik qilsa, o'zbek matnlarida o'tgan zamon (69%) dominant pozitsiyani egallaydi. Maqolada ikki tilning tipologik farqlari, madaniy omillar va jurnalistik an'analarning zamon transformatsiyasiga ta'siri ochib beriladi.
N.M. Rejabova Copyright (c) 2026 2026-03-05 2026-03-05 5 6 4 7 YEVROPADA MERKANTILIZM TA’LIMOTINING SHAKLLANISHI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING IQTISODIY NAZARIYA TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/75934
Mazkur maqolada XVI–XVIII asrlarda Yevropada shakllangan merkantilizm ta’limotining vujudga kelish shart-sharoitlari, nazariy asoslari, rivojlanish bosqichlari hamda iqtisodiy tafakkur evolyutsiyasidagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida merkantilizmning boylik haqidagi monetar talqini, faol savdo balansi konsepsiyasi, davlat interventsionizmi va proteksionizm siyosati tarixiy hamda nazariy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, mazkur ta’limotning klassik siyosiy iqtisod maktabiga o‘tish jarayonidagi roli ochib beriladi.
Xoliyor Boymatov Copyright (c) 2026 2026-03-05 2026-03-05 5 6 8 10 ВЛИЯНИЕ РОДНОГО УЗБЕКСКОГО И ПЕРВОГО ИНОСТРАННОГО АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКОВ НА УСВОЕНИЕ НЕМЕЦКОГО ЯЗЫКА https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/75944
В данной статье рассматривается влияние родного узбекского языка и первого иностранного языка – английского – на процесс усвоения немецкого языка. В условиях многоязычного образования учащиеся часто сталкиваются с явлениями межъязыкового переноса, которые могут как облегчать, так и затруднять изучение третьего языка. В работе анализируются лексические, грамматические и фонетические особенности, возникающие при изучении немецкого языка на основе уже сформированных языковых навыков в узбекском и английском языках. Особое внимание уделяется положительному и отрицательному переносу, а также роли типологического сходства и различия между языками. Результаты исследования показывают, что знание английского языка может служить эффективной основой для усвоения немецкой лексики и грамматики, однако интерференция родного языка также оказывает значительное влияние на формирование речевых навыков.
Shaxnoza Askarova Copyright (c) 2026 2026-03-05 2026-03-05 5 6 11 13 QADIMGI XORAZM HUDUDIDAGI MUDOFAA INSHOOTI: TUPROQQAL’A MISOLIDA https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/75986
Ushbu maqolada Tuproqqalʼa yodgorligining tarixiy, arxeologik va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Qadimgi Xorazm hududida joylashgan Tuproqqal’a o‘z davrida harbiy-strategik va ma’muriy markaz vazifasini bajargan. Maqolada qal’aning tabiiy balandlikka joylashuvi, qalin devorlari, ichki tuzilishi va mudofaa tizimi keng yoritiladi.Qal’a nafaqat tarixiy yodgorlik, balki milliy meros sifatida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va tarixiy xotirani saqlash uchun ham muhim manba hisoblanadi.Shu tariqa maqola Tuproqqal’aning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni, qadimgi Xorazm mudofaa tizimidagi ahamiyati va madaniy meros sifatidagi qiymatini ochib beradi.
Mirvoxid Nurmuxammedov Copyright (c) 2026 2026-03-06 2026-03-06 5 6 14 17 INGLIZ DETEKTIV ASARLARIDA LEKSIK-SEMANTIK BIRLIKLARNING QO‘LLANISHI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76064
Mazkur maqolada ingliz detektiv asarlarida qo‘llaniladigan leksik-semantik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda detektiv janrga xos bo‘lgan jinoyat va tergov jarayoniga oid leksika, kriminal terminologiya, shuningdek, emotsional-ekspressiv birliklarning matndagi funksional roli o‘rganiladi. Detektiv matnlarda leksik birliklar nafaqat voqealar rivojini tasvirlash, balki sir, gumon va psixologik keskinlik muhitini yaratishda muhim vosita sifatida xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada ingliz detektiv adabiyotining mashhur namunalari, xususan, Agata Kristi asarlaridan olingan misollar asosida ayrim leksik birliklarning semantik va stilistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ingliz detektiv asarlarida leksik-semantik birliklar voqeani tasvirlash bilan birga o‘quvchida ma’lum hissiy va kognitiv ta’sir uyg‘otuvchi muhim badiiy vosita ekanligini ko‘rsatadi.
Mashxura Shoxidova Copyright (c) 2026 2026-03-09 2026-03-09 5 6 18 20 OZARBAYJON NAVOIYSHUNOSLIGI KONTEKSTIDA ALISHER NAVOIY MEROSINI O‘RGANISH MASALALARI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76108
Alisher Navoiy merosi turkiy xalqlar adabiy tafakkuri va madaniy merosi taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Mazkur maqolada Ozarbayjon adabiyotshunosligida shakllangan navoiyshunoslik an’analari doirasida Navoiy ijodiy merosining o‘rganilish jarayoni, uning ilmiy talqinlari hamda ushbu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlarning nazariy-metodologik asoslari adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.
Ozoda Norimova Copyright (c) 2026 2026-03-09 2026-03-09 5 6 21 23 BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING BOSHQARUVCHILIK QOBILIYATLARI PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76210
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda boshqaruvchilik sifatlarining shakllanishi alohida pedagogik masala sifatida qaraladi. «Boshqaruvchilik qobiliyati» tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, uning kasbiy pedagogik faoliyatdagi o‘rni va zamon talablariga mos ta’lim tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu qobiliyatning tarkibiy qismlari — motivatsiya, tashkilotchilik, kommunikativlik va refleksiya — o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganilgan. Xulosa qismida oliy pedagogik ta’lim muassasalarida ushbu qobiliyatlarni rivojlantirish zarurati asoslanadi.
Abdimurat Esemuratov Gauxar Kudiyarova Copyright (c) 2026 2026-03-10 2026-03-10 5 6 24 26 FAYNBERG IJODIDA G‘ARB VA SHARQ SHE’RIYAT AN’ANALARINING UYG‘UNLIGI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76256
Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg she’rlarida Sharqiy va G’arbiy nazm ohanglarining uyg’unlashishi va adabiyot olamida madaniyatlararo birdamlikning vujudga kelishi haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari, shoirning poetik mahorati va o’zgacha ijodkorlik san’ati keng tahlil qilinadi.
Jasmina Abdishukurova Copyright (c) 2026 2026-03-10 2026-03-10 5 6 27 29 RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ELEKTRON TIJORAT ORQALI XORAZM VILOYATI KICHIK BIZNESINING XALQARO BOZORLARGA CHIQISH IMKONIYATLARI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76260
Ushbu tezisda raqamli texnologiyalar va elektron tijorat vositasida Xorazm viloyati kichik biznes subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlari tahlil etiladi. Xorazm viloyatidagi kichik tadbirkorlikning hozirgi holati, raqamli platformalar va elektron tijorat asosidagi eksport salohiyati, shuningdek, mavjud to’siqlar va ularni bartaraf etish yo’llari ko’rib chiqiladi. O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish siyosati doirasida mintaqaviy kichik biznesning xalqaro raqobatbardoshligini oshirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Umarbek Raxmatullayev Copyright (c) 2026 2026-03-10 2026-03-10 5 6 30 32 TURIZM VA MADANIY MEROS ASOSIDA XORAZM VILOYATIDA XIZMATLAR EKSPORTINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76261
Ushbu maqolada Xorazm viloyatida turizm va madaniy meros salohiyatiga asoslangan xizmatlar eksportini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot Xiva shahrining jahon ahamiyatiga molik tarixiy-meʻmoriy obidalari, viloyatning UNESCO Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan yodgorliklari hamda mintaqaga xos hunarmandchilik va madaniyat asosida xalqaro bozorda raqobatbardosh eksport xizmatlari turlarini shakllantirish yoʻllari koʻrib chiqilgan. Xorazm viloyatiga 2025-yilda 12,5 million sayyoh tashrif buyurganligi va Oʻzbekistonda turizm xizmatlari eksporti 2024-yilda 3,52 milliard dollarga yetganligi qayd etilgan. Maqolada mavjud toʻsiqlar va ularni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar ham berilgan.
Umarbek Raxmatullayev Copyright (c) 2026 2026-03-10 2026-03-10 5 6 33 35 SILIKAT MATERIALLARINI ISHLAB CHIQARISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING QO‘LLANILISHI VA ULARNING SAMARADORLIGI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76303
Mazkur ilmiy tezisda silikat materiallarini ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda ularning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Silikat materiallari qurilish, sanoat va texnologik sohalarda keng qo‘llaniladigan muhim materiallar hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarida energiya tejamkor texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, yuqori haroratli pechlarning takomillashtirilgan konstruksiyalari va innovatsion xom ashyo qayta ishlash usullari keng joriy etilmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yangi texnologiyalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hamda tayyor mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar ekologik xavfsizlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Husan Zikirov Mushtariy Qoramirzayeva Copyright (c) 2026 2026-03-11 2026-03-11 5 6 36 41 NOVQA OTA ZIYORATGOHIGA OID RIVOYATLARNING ETNOGRAFIK VA FOLKLORSHUNOSLIK TAHLILI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76304
Mazkur maqola “Mening mahallam – mening fahrim” loyihasi doirasida yozilgan bo‘lib, unda Baxmal tumani hududida joylashgan Novqa ota ziyoratgohi bilan bog‘liq “Farishtaga aylangan bokira” rivoyati etnografik va folklorshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Rivoyatda muqaddas buloqning paydo bo‘lishi, ayol pokligi, ilohiy moʻjiza va muqaddas makonlar haqidagi xalq tasavvurlari aks etgan. Shuningdek, rivoyat tarkibidagi diniy motivlar, arxaik mifologik unsurlar va xalq e’tiqodlarining sintezi ko‘rsatib berilgan.
O.A. Rahmonqulova U. To‘pchiyev Copyright (c) 2026 2026-03-11 2026-03-11 5 6 42 45 TEMURIYLAR DAVRIDA ME’MORIY BEZAK SAN’ATI VA MUQARNASNING BADIIY-NAZARIY TARAQQIYOTI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76362
Mazkur maqolada Temuriylar davrida me’moriy bezak san’atining yuksalish bosqichi, mavzuli tasvirlarning monumental inshootlarda qo‘llanilishi hamda muqarnas bezagining shakllanishi va nazariy asoslari yoritiladi. Xususan, Mirzo Ulugʻbek davrida barpo etilgan me’moriy obidalarda ilm-fan, xususan falakiyot ilmi bilan bog‘liq tasviriy va ramziy kompozitsiyalar keng qo‘llanilgani tahlil qilinadi. Shuningdek, Ghiyath al-Din Jamshid al-Kashining “Muftah al-hisob” asarida muqarnasning geometrik asoslari ilmiy jihatdan izohlangani ko‘rsatib beriladi.
Madina Saipova Copyright (c) 2026 2026-03-11 2026-03-11 5 6 46 47 JAMOAT JOYI TUSHUNCHASINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI: MUOMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76379
Mazkur maqolada jamoat joyi tushunchasining huquqiy mazmuni, uning qonunchilikdagi ahamiyati va amaliyotda uchrayotgan tartibga solish muammolari tahlil qilinadi. Jahon hamda milliy qonunchilikda “jamoat joyi” tushunchasi , uning mazmun mohiyatini va qo’llanish sohalari o’rganilgan. Shuningdek, amaldagi qonunchilikda mazkur tushunchaning aniq ifodalanmaganligi, turli normativ-huquqiy hujjatlardagi nomutanosibliklar va ularning huquqni qo'llash amaliyotida yuzaga keltirayotgan muammolari tahlil etilgan. Ushbu tadqiqot natijasida jamoat joyi tushunchasining mazmuni va qo’llanish tartibi ko’rsatilib, uning samarali tartibga solinishi haqida yoritib beriladi.
Iroda Reimbaeva Copyright (c) 2026 2026-03-11 2026-03-11 5 6 48 53 ИХТИРОГА НИСБАТАН ШАХСИЙ НОМУЛКИЙ ҲУҚУҚЛАР ҚАНДАЙ ҲИМОЯ ҚИЛИНАДИ? https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76391
Мақолада ихтирочининг шахсий номулкий ҳуқуқларини ҳимоя қилишнинг назарий ва ҳуқуқий асослари таҳлил қилинган. Хусусан, муаллифликни тан олиш, муаллиф номини кўрсатиш ҳамда ихтиро билан боғлиқ ижодий натижаларни ҳимоя қилиш каби ҳуқуқлар мазмуни ёритилган. Шунингдек, шахсий номулкий муносабатларнинг ҳуқуқий табиати, номоддий неъматлар тушунчаси ва уларни ҳуқуқий муҳофаза қилиш механизмлари илмий адабиётлар ҳамда миллий қонунчилик асосида таҳлил қилинган. Мақолада ихтирочининг шахсий номулкий ҳуқуқларини ҳимоя қилишда давлат органларининг институционал роли ва патент экспертизаси жараёнининг аҳамияти асослаб берилган. Тадқиқот натижасида саноат мулки объектларини ҳуқуқий муҳофаза қилиш тизимини такомиллаштириш ва ихтирочилар ҳуқуқларини самарали таъминлашга қаратилган илмий хулосалар илгари сурилган.
Дилмурод Вахобжонов Copyright (c) 2026 2026-03-12 2026-03-12 5 6 54 57 XALQARO -HUQUQIY HUJJATLARDA INSON HUQUQLARI VA HUQUQIY TARBIYANING NAMOYON BOʻLISHI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76412
Mazkur tezisda xalqaro-huquqiy hujjatlarda inson huquqlari va huquqiy tarbiya masalasining aks etishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan asosiy xalqaro hujjatlar, jumladan BMT tomonidan qabul qilingan deklaratsiya va konvensiyalar, shuningdek boshqa xalqaro tashkilotlarning huquqiy normalari asosida inson huquqlarining mazmuni hamda huquqiy tarbiyaning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqotda inson huquqlarini ta’minlashda huquqiy ta’lim va tarbiyaning muhim o‘rni, yosh avlodda huquqiy ongni shakllantirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish zarurati asoslab beriladi.
Asadbek Egamberganov Copyright (c) 2026 2026-03-12 2026-03-12 5 6 58 60 KURASHCHILARNING MASHG‘ULOT JARAYONIDA JISMONIY, TEXNIK, TAKTIK VA PSIXOLOGIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76450
Mazkur maqolada erkin kurash mashg‘ulotlari jarayonida sportchilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan asosiy sifatlarning nazariy asoslari yoritiladi. Jumladan, jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarlikning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularni rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqola jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, sport murabbiylari hamda kurash sohasida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Abbosbek Xurshidbekov Copyright (c) 2026 2026-03-12 2026-03-12 5 6 61 63 BADIIY DISKURSDA GRAMMATIK MA’NONING IFODALANISHI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76454
Ushbu maqolada badiiy diskurs va unda grammatik ma’noning qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy matnda tilning fonetik, leksik, morfologik va sintaktik qatlamlari o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat yuritishi, ayniqsa grammatik vositalarning matnning semantik va strukturaviy asosini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Maqolada badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari hamda grammatik vositalarning estetik ta’sirni kuchaytirishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
Dilfuza Qalandarova Copyright (c) 2026 2026-03-12 2026-03-12 5 6 64 68 NEFT VA GAZ SOHASI TERMINLARNING FUNKSIONAL TAHLILI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76478
Mazkur maqolada neft va gaz sanoatiga oid terminlarning leksik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda neft-gaz sohasida qo‘llaniladigan terminlarning shakllanishi, ularning semantik aniqligi, sistemaliligi hamda xalqaro terminologiya bilan o‘zaro aloqasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan terminlarning fonetik, morfologik va sintaktik moslashuv jarayonlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Dilafruz Jamalova Copyright (c) 2026 2026-03-12 2026-03-12 5 6 69 70 TERMINLARNING INTERPERSONAL FUNKSIYASI https://in-academy.uz/index.php/zdif/article/view/76479
Mazkur maqolada neft va gaz sanoatiga oid terminlarning leksik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda neft-gaz sohasida qo‘llaniladigan terminlarning shakllanishi, ularning semantik aniqligi, sistemaliligi hamda xalqaro terminologiya bilan o‘zaro aloqasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ingliz tilidan o‘zbek tiliga kirib kelayotgan terminlarning fonetik, morfologik va sintaktik moslashuv jarayonlari lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Dilafruz Jamalova Copyright (c) 2026 2026-03-12 2026-03-12 5 6 71 73