«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-10-06
Статьи
MINTAQADA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA UMUMIY OVQATLANISH XIZMATLARINING O‘ZIGA XOS RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola turizm va mehmonxonalarda umumiy ovqatlanish xizmat ko‘rsatishini rivojlantirishga bag‘ishlangan. Turizm sektori rivojlanishi mehmonxonalardagi umumiy ovqatlanish xizmatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu xizmatlarning samaradorligini oshirish va kelajakdagi tendensiyalarni bashorat qilish uchun ekonometrik modellar qo‘llaniladi. Ekonometrik modellarni yaratishda quyidagi asosiy o‘zgaruvchilar hisobga olinadi. Turistlar oqimi, mehmonxona bandligi, ovqatlanish xizmatlari daromadi, narx darajasi, xizmat sifati indeksi, iste’molchilar xarajatlari va mintaqaviy yalpi ichki mahsulot shular jumlasidan.
2025-10-06
KONCHILIK SANOATIDA BARQAROR RIVOJLANISH VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI TA’MINLASH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Global miqyosda barqaror rivojlanish konsepsiyasi iqtisodiy o‘sish, ekologik xavfsizlik va ijtimoiy farovonlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Konchilik sanoati esa yuqori resurs sarfi, ekologik xavflilik va texnologik murakkablik bilan ajralib turadi. Shu boisdan bu sohada raqamli transformatsiya jarayonlarini joriy etish barqarorlikning muhim omili sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonda konchilik tarmog‘i mamlakat sanoat salohiyatining strategik tarkibiy qismi bo‘lib, uning samaradorligi raqamli texnologiyalar va innovatsion boshqaruv mexanizmlarini keng tatbiq etishga bevosita bog‘liqdir [1].
2025-10-06
XALQARO TAJRIBALAR ASOSIDA TEMIR YO‘L VOKZALLARIDA XIZMATLARNI DIVERSIFIKATSIYA QILISHNING NAZARIY VA AMALIY YO‘NALISHLARI
Maqolada temir yo‘l vokzallarining transport tugunidan tashqari ko‘p funksiyali xizmat, savdo va ijtimoiy markaz sifatida rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Yaponiya, Gonkong, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur, Janubiy Koreya, Ispaniya va Xitoy tajribasi asosida xizmatlarni diversifikatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari — xalqaro benchmarking, moliyaviy barqarorlik, davlat-xususiy hamkorlik (PPP), shaharsozlik va turizm integratsiyasi, brend sodiqligi, raqamli transformatsiya hamda ijtimoiy-ekologik barqarorlik yoritiladi. O‘zbekiston sharoitida “eki-naka” va “mini-hub” klasterlari, TOD modeli, zonal joylashuv, servis KPI tizimi, smart-xizmatlar va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini tatbiq etish istiqbollari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari milliy transport tizimining raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va turizm salohiyatini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
2025-10-06
«ПРОЦЕССУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ УЧАСТИЯ ТРЕТЬИХ ЛИЦ В ГРАЖДАНСКОМ СУДОПРОИЗВОДСТВЕ»
Настоящий тезис посвящён анализу процессуальных вопросов участия третьих лиц в гражданском судопроизводстве Республики Узбекистан, с опорой на статьи 48 и 49 Гражданского процессуального кодекса (далее – ГПК). Рассмотрение института третьих лиц направлено на обеспечение полноты судебного разбирательства и защиту прав всех субъектов материальных правоотношений, затронутых спором. Особое внимание уделяется разграничению правового положения третьих лиц, заявляющих самостоятельные требования, и лиц, не заявляющих таковых, а также правовым последствиям их вступления в процесс на различных стадиях.
2025-10-06
TŌQIMACHILIK VA YENGIL SANOATDA RAQAMLI VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO‘NALISHLARI
Ushbu maqolada to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida raqamli va innovatsion texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlari, ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati hamda zamonaviy dasturiy vositalar orqali loyihalash jarayonlarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida raqamli modellashtirish, 3D texnologiyalar, nanomateriallar va ekologik innovatsiyalarni qo‘llash tajribalari tahlil etilgan.
2025-10-07
400 МЕТРГА ҒОВЛАР ОША ЮГУРУВЧИЛАРНИНГ ЙИЛЛИК ТАЙЁРГАРЛИК МАШҒУЛОТЛАРИДА МАХСУС ЖИСМОНИЙ ТАЙЁРГАРЛИГИНИ ШАКИЛЛАНТИРИШ МЕТОДИКАСИ
Ушбу мақолада 400 метрга ғовлар оша югурувчи малакали спортчиларни йиллик тайёргарлик машғулотларида махсус жисмоний тайёргарлик даражасини оширувчи яни жисмоний сифатлардан тезкор куч, тезкорлик, махсус чидамлилик ва портловчи оёқ кучини ривожлантирувчи методикани педагогик тажриба давомида қўлланиши ва спорт натижаларини шакилланишидаги таъсири ёритиб берилганлиги ифода этилган.
2025-10-08
DISCURSIVE CONSTRUCTION OF IDENTITY IN DIGITAL COMMUNICATION
This paper investigates how identity is discursively built during digital communication of people. It argues that digital spaces are not solely the opportunity to interact with different people from different parts of the world, but also demonstration of identity performance where language, symbols and other multimodal practices contribute to how people define themselves and others. This study highlights specific ways of individuals to show their personal, social, and cultural identities in online environments.
2025-10-08
VAZIFAGA ASOSLANGAN TIL O‘QITISH (TBLT)NING O‘ZBEK EFL VA ESP TALABALARI TANQIDIY FIKRLASH VA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI SAMARADORLIGI
Zamonaviy ta’lim jarayoni nafaqat til bilimlarini oshirish, balki talabalarning tanqidiy fikrlash va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishni ham talab qiladi. O‘zbekistonda ingliz tili EFL va ESP yo‘nalishlarida ta’lim oladigan talabalar uchun an’anaviy grammatikaga asoslangan metodlar ko‘pincha muloqot va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yetarli imkoniyat bermaydi.
2025-10-08
TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHNING XORIJ TAJRIBASI
Mazkur maqolada dunyoning rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tajribalari ko‘rib chiqilgan. Xususan, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi mamlakatlar misolida soliq imtiyozlari, moliya institutlari ishtiroki, grantlar, texnologik parklar, startap ekotizimlari kabi yo‘nalishlar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, mazkur tajribalar asosida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning dolzarbligi va istiqbollari yoritiladi.
2025-10-08
FARIDIDDIN ATTOR “ILOHIYNOMA” ASARIDA NUBUVVAT VA TAVHID TIMSOLLARINING BADIIY TALQINI
Sharq adabiyoti tarixida tasavvuf falsafasi, nubuvvat (payg‘ambarlik) va tavhid (yakkaxudolik) g‘oyalari alohida o‘rin tutadi. Bu g‘oyalar nafaqat diniy tafakkurning, balki badiiy tafakkurning ham asosini tashkil etadi. Tasavvufning yirik namoyandalaridan biri — Shayx Farididdin Attor “Ilohiynoma” asari orqali Alloh va inson, ruh va jism, muhabbat va haqiqat o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur falsafiy-badiiy tahlil qiladi. Mazkur asar Sharq mumtoz adabiyotida nubuvvat hikoyatlarining ramziy talqini va tavhid g‘oyasining badiiy ifodasini o‘zida mujassam etgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
2025-10-08
ОРГАНИЧЕСКАЯ ЭМОЦИОНАЛЬНАЯ ЛАБИЛЬНОСТЬ ПРИ ИШЕМИЧЕСКОМ ИНСУЛЬТЕ
Ишемический инсульт является одной из основных причин заболеваемости и инвалидизации во всём мире. Помимо двигательных и когнитивных последствий, всё большее внимание исследователей привлекают нейропсихиатрические осложнения, среди которых органическая эмоциональная лабильность (ОЭЛ) занимает особое место. Это патологическое состояние проявляется внезапными, несоразмерными или неадекватными эмоциональными реакциями — смехом, плачем, раздражительностью, которые не связаны с реальной ситуацией. В отличие от функциональных эмоциональных расстройств, ОЭЛ обусловлена органическим поражением структур головного мозга, прежде всего лобных долей, лимбической системы и стволовых отделов, отвечающих за регуляцию эмоций.
2025-10-08
СОПОСТАВИТЕЛЬНЫЙ ПСИХОЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ВОСПРИЯТИЯ И ПЕРЕВОДА ПОЛИТИЧЕСКОГО ДИСКУРСА В ИНТЕРНЕТ-МЕДИА: АНГЛО-РУССКО-УЗБЕКСКИЙ КОНТЕКСТ
В статье рассматривается психолингвистический аспект восприятия и перевода политического дискурса в интернет-медиа. Особое внимание уделяется сопоставительному анализу английского, русского и узбекского языков, выявлению когнитивных механизмов восприятия и перевода, а также роли культурных факторов в процессе межъязыковой коммуникации.
2025-10-08
MOLIYAVIY HISOBOT XALQARO STANDARTLAR BO'YICHA BIRINCHI HISOBOT TAYYORLASH MUAMMOLARI
Ushbu tezisda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida MHXS bo'yicha birinchi hisobot tayyorlash muammolari tadqiq etishdan iborat. Iqtisodiyotning global buxgalteriya siyosatini qabul qilish va uyg'unlashtirish holati, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga o'tish va mamlakatning buxgalteriya siyosatida haqida.
2025-10-08
AMIR UMARXON LIRIKASIDA LEKSEMALARNING SHAKL VA MA'NO MUNOSABATI
Ushbu maqolada Amiriy ijodi, uning asarlari tilining leksik xususiyatlari ,shuningdek, g‘azallarida qo‘llanilgan sinonim va antonim so‘zlar tahlili, ularning ushbu ijodkor asarlarida qay yo‘sinda ifodalanishi xususida fikrlar bayon qilingan.
2025-10-08
ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ К УПРАВЛЕНИЮ ИРРИГАЦИОННЫМИ СИСТЕМАМИ
Современные реформы в сфере водного хозяйства Узбекистана направлены на внедрение инновационных и цифровых решений, обеспечивающих устойчивое управление ирригационными системами. В последние годы государство активно реализует проекты по цифровизации аграрного сектора, включая автоматизацию водоучёта, дистанционный контроль состояния оросительных систем и оптимизацию расхода воды.
2025-10-09
ҚАЛҚОНСИМОН БЕЗ АУТОИММУН ТИРЕОИДИТ КАСАЛЛИГИ БОР ТУҒИШ ЁШИДАГИ АЁЛЛАРДА ҚАЛҚОНСИМОН БЕЗ ТЎҚИМАСИДАГИ ЎЗГАРИШЛАР
Фаргона вилояти оғир йодтанқислиги худуди бўлиб, республикада қалқонсимон без касалликлари таркалганлиги билан юқори кўрсаткичларни эгаллайди. Аутоиммун тиреоидит касаллиги бор туғиш ёшидаги аёллар ҚБ паренхимасида бир қатор ўзгаришлар кузатилди. Фарғона вилоятида яшовчи туғиш ёшидаги аёлларда ҚБ аутоиммун тиреоидит касалланишдан кейинги даврда қалқонсимон без тўқимасидаги ўзгаришларни ўрганиш ушбу ишда максад килиб олинди.
2025-10-09
YANGI TRANSPORT VOSITALARINING JORIY ETILISHI (ELEKTROAVTOBUSLAR VA BOSHQA EKOLOGIK TOZA TRANSPORT TURLARI)
Mazkur maqolada jamoat transportida zamonaviy ekologik toza texnologiyalar — elektroavtobuslar, vodorodli va gibrid transport vositalarining joriy etilishi, ularning texnik, iqtisodiy va ijtimoiy afzalliklari tahlil qilinadi. Global tajribalar, xususan, Xitoy va Yevropa mamlakatlarining transport tizimlaridagi innovatsion yechimlari bilan birga, O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqbollar yoritiladi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
2025-10-09
TURKIY TILLARDA ETNONIMLAR VA ULARNING O‘RGANILISH MASALALARI
Tezisda turkiy tillarda etnonimlar, ularning o’rganilishi va etnonimlarning turkiy tilshunoslikdagi o’rni bayon qilingan.
2025-10-09
TO‘RTBURCHAKLI INTERVAL KOMPLEKS SONLARNING MODULINI ANIQLASH VA UNING GEOMETRIK TALQINI
Maqolada to‘rtburchakli interval kompleks son tushunchasi va uning modulining geometrik talqini yoritilgan. Interval kompleks sonlarning nazariy asoslari, ularning modulini aniqlash usullari hamda koordinata tekisligida geometrik ma’nosi ko‘rib chiqiladi.
2025-10-09
O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INVESTITSION MUHIT VA INVESTITSIYALARNI JALB QILISHNING RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI.
Ushbu tezis O‘zbekistonning investitsion muhiti xususiyatlari, mavjud muammolari va ularni bartaraf etish orqali investitsiyalarni jalb qilish yo‘nalishlarini tahlil qiladi. Tezisda so‘nggi statistiklar (investitsiyalar / YaIM, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar) va davlat siyosati yangilanishlari asosida asosiy yo‘nalishlar taklif qilinadi. Kalit so‘zlar: investitsion muhit, investitsiyalar, investorlar, huquqiy kafolatlar, strategik yo‘nalishlar, O‘zbekiston iqtisodiyoti.
2025-10-09
MILLIY IQTISODIYOTDA INVESTITSIYALARNI RAG‘BATLANTIRISH VA JALB QILISH TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Mazkur tezis milliy iqtisodiyotdagi investitsiyalarni jalb qilish va rag‘batlantirish tizimlarining hozirgi holati, muammolari hamda takomillashtirish istiqbollarini tadqiq etadi. Tezisda investitsiya siyosati, rag‘batlar vositalari, xalqaro tajribalar va raqamli hamda innovatsion yondashuvlar orqali investitsiyalarni oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Yakunda amaliy tavsiyalar hamda kelajak strategiyalari taklif qilinadi.
2025-10-09
SO‘Z BIRIKMALARINING SEMANTIK TUZILISHI
Mazkur tezisda o‘zbek tilida so‘z birikmalarining semantik tuzilishi, ularning ma’no jihatidan o‘zaro bog‘lanish shakllari va nutqdagi ifoda imkoniyatlari tahlil qilinadi. Bosh va tobe so‘zlarning semantik aloqasi, ma’no kengayishi hamda kontekstual omillar asosida so‘z birikmalarining mazmuniy tuzilishi ochib beriladi.
2025-10-10
SUV RESURSLARI VA AHOLI TURMUSH DARAJASI O’RTASIDAGI BOG’LIQLIK
Mazkur maqolada ichimlik suvining inson salomatligi, ijtimoiy hayoti va qishloq xo‘jaligidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Suvning hayot uchun zarur omil ekani, uning organizmdagi biologik vazifalari, global miqyosda suv taqsimoti, toza suvga kirish imkoniyati, shuningdek, suv tanqisligi va iqlim o‘zgarishlari kabi tahdidlar yoritilgan. Qolaversa, suv resurslarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, ayniqsa sug‘orish tizimlari va hosildorlikka ta’siri alohida ko‘rib chiqilgan. Suvdan oqilona foydalanish va uni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish dolzarb masala sifatida e’tirof etilgan.
2025-10-10
O‘ZBEKISTONDA MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Ziyorat turizmi jahon turizm bozorida o‘z ahamiyatiga ega segment hisoblanadi. Ushbu maqolada ziyorat turimining rivojlanishiga ta’sir etuvchi ommillar o‘rganilgan va uni rivojlantirishga oid takliflar ishlab chiqilgan.
2025-10-10
ЮРАК ИШЕМИК КАСАЛЛИГИ БЎЛГАН БЕМОРЛАРДА КОРОНАР СТЕНТЛАШ АМАЛИЁТИДАН СЎНГ ОЛИБ БОРИЛГАН АНТИТРОМБОТИК ТЕРАПИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ БАҲОЛАШ.
Юрак ишемик касалликлари дунё бўйича ўлимнинг асосий сабабларидан бири бўлиб, ҳар йили 17 миллиондан ортиқ инсон ҳаётига зомин бўлади [1,2]. Перкутан коронар интервенция (ПКИ) ва стентлаш усулларининг жорий қилиниши орқали беморларнинг прогнозини яхшилаш мумкин бўлди, аммо рестеноз ва тромбоз хавфи сақланиб қолмоқда [3,4]. Шу сабабли ПКИдан кейин самарали антиромботик терапияни танлаш жуда муҳим ҳисобланади.
2025-10-10
ZAMONAVIY YOSHLAR DUNYOQARASHIGA RAQAMLI MADANIY RESURSLARNING TAʼSIRI VA TRANSFORMATSION JARAYONLARI
Raqamli transformatsiya jarayonlari globallashuv sharoitida yoshlar ongiga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi yetakchi omillardan biriga aylandi. Madaniyatning anʼanaviy shakllari bilan bir qatorda, virtual muhitda shakllanayotgan kontentlar – ijtimoiy tarmoqlar, elektron kutubxonalar, onlayn koʻrgazmalar va turli raqamli platformalar yosh avlodning axborot makonini kengaytirib, ularning dunyoqarashini shakllantiruvchi asosiy resurslarga aylanmoqda. Ushbu resurslarning interaktivligi va tezkorligi madaniy-maʼrifiy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqib, yoshlarni nafaqat kontent isteʼmolchisi, balki uni yaratuvchi va faol targʻibotchisiga aylantirmoqda.
2025-10-10
RUS TILINI ONA TILI BO‘LMAGAN AUDITORIYALARDA O‘QITISH METODIKASI
Maqolada rus tilini ona tili bo‘lmagan o‘quvchilarga o‘qitishning nazariy va amaliy asoslari, metodik yondashuvlari hamda interfaol texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida til o‘rgatish samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-10-13
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FANLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI PEDAGOGIK YONDASHUVLARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada raqamli pedagogik yondashuvlarning o‘zbek tili va adabiyoti fanlarini o‘qitishdagi o‘rni, afzalliklari hamda zamonaviy ta’lim tizimida tutgan o‘rni yoritiladi. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, ijodiy yondashuv va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi.
2025-10-13
АГГИПГ БИЛАН БЕМОРЛАРДА ЭНДОКРИНОЛОГИК КЛИНИК БЕЛГИЛАРИ ТАРҚАЛИШИ ВА УЛАРНИНГ ЁШ ҲАМДА ЖИНСГА БОҒЛИҚ ХУСУСИЯТЛАРИ
Охирги йилларда артeриал гипотeнзияни эпидемиологик тадқиқот қилишга зарурат тобора ортиб борганлиги тадқиқотчилар томонидан исботли тасдиқланган турли минтақа ва ахоли гуруҳларида қиёсан то уч баробаргача етиб ортган [1;2;3]. Артeриал гипотeнзиянинг хавф омилларини стратификация қилиш, уни бошқа асосий юқумли бўлмаган касалликлар билан профилактикасини интeграллашган холда олиб бориш масалалари долзарблашган ва бу муаммолар, Ўзбeкистон шароитида, кeскинлашган.
2025-10-13
GLOBALLASHUV SHAROITLARIDA INSON RESURSLARINI SAMARALI BOSHQARISH YO‘LLARI
Maqolada globallashuv jarayonida inson resurslarini boshqarishning o‘ziga xos jihatlari, muammolari hamda samaradorlikni oshirishning asosiy yo‘llari tahlil qilingan. Inson kapitaliga sarmoya kiritish, kadrlar malakasini oshirish va raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan.
2025-10-13
XONDAMIR VA ALISHER NAVOIYNING TEMURIYLAR DAVRI ME’MORCHILIK VA SHAHARSOZLIK TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
Amir Temur davrida Movarounnahr va unga qo‘shni Xuroson hududi siyosiy barqarorlik, iqtisodiy yuksalish hamda ma’daniy taraqqiyotning eng yuksak cho‘qqisiga erishgan mintaqalardan biri bo‘ldi. Sohibqironning davlat boshqaruvi, harbiy yurishlari bilan bir qatorda, bunyodkorlik siyosati ham o‘z davrining eng muhim jarayonlaridan biri sifatida tarixda muhim iz qoldirgan. Ayniqsa, Xuroson o‘lkasi Temuriylar davrida siyosiy va madaniy markazga aylanishi bilan ajralib turadi. Bu hududda amalga oshirilgan me’moriy bunyodkorlik ishlari, shaharsozlik an’analari va ilm-ma’rifat markazlarining tashkil etilishi mintaqaning keyingi asrlardagi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
2025-10-13
IJTIMOIY TARMOQLARDA “LIKE” VA “REPOST” HARAKATLARINING HUQUQIY BAHOSI: MILLIY VA XORIJIY MAMLAKATLAR QONUNCHILIGIDAGI YONDASHUVLAR TAHLILI
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan “like bosish” va “repost qilish” kabi harakatlarning huquqiy mazmuni hamda ularning jamoat xavfsizligiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonunchiligida bunday harakatlarning bevosita ko‘rsatilmaganligi, ammo ayrim hollarda ularni taqiqlangan diniy materiallar, ekstremistik va terroristik kontentni tarqatish bilan bog‘lash tendensiyasi mavjudligi qayd etilgan. Maqolada Germaniya va Rossiya tajribalari tahlil qilinib, “layk” yoki “repost” harakatlarini jinoyat sifatida baholashda shaxsning niyati va maqsadini aniqlash muhimligi ta’kidlangan.
2025-10-13
MARKAZIY OSIYODA BARQARORLIK MASALASI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA TAHLIL
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik masalasi nazariy va tahliliy jihatdan o‘rganilgan. Mintaqadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar barqarorlikka ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik, xalqaro hamkorlik va ichki islohotlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil etilgan. Maqolada barqarorlik tushunchasining falsafiy, siyosiy va ijtimoiy mazmuni, shuningdek, global va mahalliy omillarning o‘zaro ta’siri ilmiy asosda yoritilgan.
2025-10-13
KORXONALARDA BURNOUT DARAJASINI ANIQLASHNING DOLZARBLIGI
So‘nggi yillarda mehnat bozoridagi o‘zgarishlar, raqamli transformatsiya va yuqori ish sur’atlari xodimlarning ruhiy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston korxonalarida kasbiy charchash (burnout) holatlari tobora ko‘proq kuzatilmoqda. Burnout — bu xodimning hissiy holdan toyishi, ishga nisbatan befarqlik va samaradorlikning pasayishi bilan ifodalanadigan holat bo‘lib, tashkilotning umumiy unumdorligiga jiddiy xavf tug‘diradi (Maslach & Leiter, 2016). Shuning uchun korxonalarda burnout darajasini aniqlash, uni o‘lchash va boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy va amaliy vazifalardan biridir. Bugungi kunda inson resurslari menejmentida xodim salomatligini ta’minlash muhim strategik yo‘nalishga aylanmoqda. Burnout sindromi, aslida, nafaqat shaxsiy psixologik muammo, balki korxona madaniyati va boshqaruv tizimining ham ko‘zgusidir (Schaufeli et al., 2019). Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO, 2019) burnoutni rasmiy ravishda kasbiy sindrom sifatida e’tirof etgani, uning diagnostikasi va profilaktikasini ilmiy asosda o‘rganish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi
2025-10-13
RAQAMLI AKTIVLAR BILAN BOG‘LIQ NIZOLARNI HAL QILISHDAGI AYRIM MASALALAR
So‘nggi yillarda raqamli aktivlarning o‘sishi global iqtisodiyotni o‘zgartirdi va savdo, moliya va huquq sohalarida yangi muammolarni keltirib chiqardi. Kriptovalyutalar, tokenlar va blokcheynga asoslangan aktivlar kabi raqamli aktivlar valyuta, mulkchilikning anʼanaviy tushunchalarini “inqilob qildi”. Ushbu aktivlar iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Biroq, raqamli aktivlarning tez o‘sishi va qabul qilinishi bilan, ayniqsa, nizolarni hal qilish sohasida ko‘plab huquqiy va tartibga solish muammolari paydo bo‘ladi. Raqamli aktivlarning markazlashtirilmagan tabiati, ularning tranzaksiyalarining global miqyosi bilan birgalikda, raqamli aktivlar tizimida yuzaga keladigan nizolarni hal qilish uchun noyob muammolarni keltirib chiqaradi. Bu markazlashtirilmagan “pul”larga doir nizolarni hal qilish jarayonini murakkablashtiradi, bu murakkab va tez rivojlanayotgan dunyoda nizolarni qanday samarali hal qilish mumkinligi haqida savollar tug‘diradi.
2025-10-13
THE ROLE OF CHEMICAL ADDITIVES IN ENHANCING CEMENT AND CONCRETE PERFORMANCE
The primary material for the construction of buildings and structures of various purposes is concrete. Chemical additives are used in the preparation of the mortar mix to impart specific properties to the concrete. This paper discusses the various types of additives and their effects on the properties of concrete, such as regulating the setting of concrete, enhancing strength and corrosion resistance, and improving water resistance.
2025-10-13
NO‘XAT (CICER ARIETINUM) O‘SIMLIGIDAN Β-GALAKTOZIDAZA FERMENTINI AJRATIB OLISH USULLARI
No‘xat o‘simligi, ilmiy jihatdan Cicer nomi bilan tanilgan arietinum, bir yillik dukkakli o‘simlik bo‘lib, uning ozuqaviy va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati bilan e’tiborni tortadi. Ko‘pincha dunyoning turli mintaqalarida yetishtiriladigan no‘xat yaxshi qurigan tuproqlarda va turli iqlimlarda, birinchi navbatda, O‘rta yer dengizi havzasi, Janubiy Osiyo va Sharqiy Afrikada hamda o’rta osiyo hududlarda tabiiy o‘sadi. No‘xat o‘zining ta’sirchan ozuqaviy profili tufayli oziq-ovqat va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim oziq-ovqat manbai bo‘lib xizmat qiladi.
2025-10-13
INNOVATSION YONDOSHUVLAR ORQALI MILLIY TARBIYANI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada milliy tarbiya tizimini takomillashtirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Innovatsion texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish orqali yoshlarning fikrlash madaniyati va ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik usullarni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish orqali tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ham aytib o‘tilgan. Tadqiqotda Prezident farmonlari, dolzarb islohotlar va ilmiy manbalar asosida milliy tarbiyani raqamli davr talablariga mos shakllantirish ham shular jumlasidan.
2025-10-13
ВЛИЯНИЕ КУЛЬТУРНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКИХ УЧРЕЖДЕНИЙ НА ДОСУГ ГОРОДСКОГО НАСЕЛЕНИЯ КАРАКАЛПАКСТАНА (1950-1980 ГОДЫ).
В статье рассматривается роль культурно-просветительных учреждений в формировании досуга городского населения Каракалпакстана в 1950–1980-е годы. Анализируются особенности их функционирования в условиях советской идеологии, развитие клубов, библиотек, домов культуры, а также кадровое обеспечение. Отмечается вклад этих учреждений в культурную и духовную жизнь населения, несмотря на идеологические ограничения.
2025-10-13
TO CONDUCT A PATHOGENETIC AND EPIDEMIOLOGICAL ANALYSIS OF THE EFFECTIVENESS OF TREATMENT OF TUBERCULOSIS OF PERIPHERAL LYMPH NODES.
Peripheral lymph node tuberculosis (PLNTB) is the most common form of extra-pulmonary tuberculosis (EPTB) in people with and without HIV. The cervical region is the most frequently affected location. Mycobacterium tuberculosis is the most common offender. Impacts are more likely to affect female young people who are economically productive. Tubercular lymphadenitis is mostly a medical condition, even though frequent removal of the affected node may be required to avoid scarring. However, surgical excision is associated with a somewhat worse prognosis than medical treatment alone [1,2,3].
2025-10-13
