Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования https://in-academy.uz/index.php/zdpp
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
ru-RU info@innacademy.uz («Innovative Academy RSC» LLC) info@innacademy.uz (Nurislom Akbarov) Thu, 22 Jan 2026 06:42:30 +0000 OJS 3.3.0.8 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 TA’LIM MOTIVATSIYASI: NAZARIY TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH QONUNIYATLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72390
Ta’lim motivatsiyasining nazariy tushunchasi, turlari va rivojlanish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Ta’lim motivatsiyasi — talabaning o‘quv faoliyatida faol ishtirok etish va bilim olishga bo‘lgan ichki psixologik intilishi sifatida tushuniladi. Ishda ichki va tashqi motivatsiya turlari, ularning o‘quv jarayonidagi roli, shuningdek, yosh, psixologik xususiyatlar va ijtimoiy muhit ta’siri o‘rganilgan.Maslowning ehtiyojlar nazariyasi, kognitiv yondashuv va pedagogik motivatsiya nazariyalari bilan bog‘langan. Tadqiqot natijalari ta’lim motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishning samarali yo‘llarini aniqlashda amaliy ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Turayeva Dilafruz Rustambayevna, Xolmirzayeva Farida Zokir qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72390 Wed, 21 Jan 2026 00:00:00 +0000 PSIXOLOGIYA MAKTABLARINING NAZARIY TAHLILI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72512
Mazkur maqolada psixologiya fanida shakllangan asosiy maktablarning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlari hamda ularning inson psixikasini talqin etishdagi konseptual farqlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, bixeviorizm, psixoanaliz, gestalt psixologiyasi, gumanistik psixologiya va kognitiv yondashuv kabi yetakchi nazariy oqimlarning paydo bo‘lish shart-sharoitlari, rivojlanish bosqichlari va fan taraqqiyotidagi o‘rni izchil yoritiladi. Maqolada har bir maktabning inson xulqi va ongini tushuntirishdagi asosiy tushunchalari, ilmiy metodlari hamda amaliy psixologiyaga qo‘shgan hissasi solishtirma tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologiya maktablari o‘rtasidagi nazariy ziddiyatlar va ularning zamonaviy integrativ yondashuvlar bilan uyg‘unlashuvi masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari psixologiya fanining nazariy asoslarini chuqurroq anglash, turli ilmiy qarashlarni tizimli ravishda baholash va zamonaviy psixologik tadqiqotlar uchun metodologik poydevor yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola psixologiya sohasida tahsil olayotgan talaba va tadqiqotchilar, shuningdek, ilmiy-nazariy izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
Qushmurodova Sevinch Baxrom qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72512 Thu, 22 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISHDA ONA TILI FANINING ROLI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72529
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishda ona tili fanining tutgan o‘rni ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Ona tili darslari orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri talaffuz, boy lug‘at zaxirasi, grammatik jihatdan to‘g‘ri va mantiqan izchil nutqni shakllantirish imkoniyatlari yoritib beriladi. Shuningdek, nutq o‘stirish jarayonida qo‘llaniladigan mashq turlari, interfaol metodlar va lingvodidaktik yondashuvlarning samaradorligi asoslab beriladi. Maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida ona tili fanining o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, kommunikativ kompetensiyasi va nutq madaniyatini rivojlantirishdagi muhim pedagogik omil ekanligi xulosalanadi.
Suvanova Muhabbat Qahramonovna , Javohir Zokirov G‘aybulla o‘g‘li Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72529 Fri, 23 Jan 2026 00:00:00 +0000 OLIY TA’LIM TASHKILOTIDA TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING AHAMIYATI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72546
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari, ta’limning samaradorligini nafaqat o‘quv dasturlarining dolzarbligiga va innovatsion yondashuvlarga, balki o‘qituvchilarning malakasi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi va ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liqligi bayon qilingan. Bugungi kunda, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga doir ko‘plab zamonaviy usullar, ta’lim sifati va samaradorligini  ahamiyati, oshirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi.
Asanova Gulmira Baxtibekovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72546 Fri, 23 Jan 2026 00:00:00 +0000 AVTOMOBILLARDA YENGIL MATERIALLAR VA KONSTRUKTSIYA INNOVATSIYALARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72567
Ushbu maqolada avtomobilsozlikda yengil materiallar va ularning konstruktsiyalarga tatbiqi orqali transport vositalarining og‘irligini kamaytirish, yoqilg‘i samaradorligini oshirish va ekologik izni qisqartirish bo‘yicha zamonaviy innovatsiyalar tahlil qilinadi. Yengil materiallardan foydalanish orqali umumiy massaning kamayishi yoqilg‘i sarfini kamaytirish va elektr transport vositalarida batareya massasi ta’sirini kamaytirishga yordam berishi o’rganiladi. Shuningdek, ushbu maqola professional ta’lim muassalari maxsus fan o’qituvchilari, ishlab chiqarish ta’lim ustalari hamda talaba-o’quvchilar uchun manfaatli bo’lib xizmat qiladi.
Ibragimova Dinora Rustam qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72567 Fri, 23 Jan 2026 00:00:00 +0000 VARIATIV TAʼLIM MUHITINING OʻQUVCHI TAFAKKURIGA TAʼSIRI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72571
Mazkur maqolada variativ ta’lim muhitining o‘quvchilarning tafakkurini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda variativ ta’lim tushunchasining pedagogik mohiyati ochib berilib, uning o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirishga ta’siri ilmiy asosda yoritiladi. Ta’lim jarayonida individual yondashuv, o‘quv faoliyatini differensial tashkil etish, muqobil metod va vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilish faolligi va tafakkur jarayonlari faollashishi asoslab beriladi. Shuningdek, interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish va muammoli vaziyatlarga asoslangan topshiriqlarning variativ ta’lim muhiti doirasida qo‘llanilishi o‘quvchilarning tahlil qilish, umumlashtirish va yangicha yechim topish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari variativ ta’lim muhiti o‘quvchi tafakkurini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishning muhim omili ekanini tasdiqlaydi.
Sattarova Dilafroʻz Asqar qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72571 Fri, 23 Jan 2026 00:00:00 +0000 HOZIRGI KUNDA O‘SMIRLARDA BO‘LAYOTGAN DOLZARB MUAMMOLAR https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72718
Ushbu ishda hozirgi kunda o‘smirlarda uchrayotgan dolzarb psixologik, ijtimoiy va pedagogik muammolar tahlil qilinadi. O‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlari, shaxs shakllanishida biologik va ijtimoiy omillarning o‘rni yoritiladi. Internet va ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri, oilaviy muhit, ta’lim jarayonidagi bosimlar hamda tengdoshlar bilan munosabatlarning o‘smirlar ruhiy holatiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, stress, depressiya, agressivlik va ijtimoiy moslashuv muammolarining kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari asoslab beriladi.
Qurbonova Dildora Kamoliddinovna, Maxmudov Jaxongir Lutfulla o'g'li Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72718 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72720
Ushbu maqolada eksperimental psixologiyaning zamonaviy rivojlanish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixologik eksperimentlarning metodologik asoslari, natijalarning ishonchliligi va validligi, individual-psixologik xususiyatlarning hisobga olinishi hamda axloqiy muammolar masalasi yoritib beriladi. Shuningdek, eksperimental tadqiqotlarda uchraydigan muammolarga amaliy misollar keltirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqola natijalari psixologik tadqiqotlar sifatini oshirish va eksperimental psixologiyani rivojlantirishga xizmat qiladi.
Anorboyeva Odina Ravshan qizi, Tayirova Madina Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72720 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 SHAXS PSIXOLOGIK HOLATLARINI O‘RGANISH https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72722
Ushbu maqolada shaxs psixologik holatlarining shakllanishi, rivojlanishi va namoyon bo‘lish xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida shaxs individualligi, temperament, xarakter, hissiy holatlar hamda ijtimoiy muhitning shaxs psixologik holatlariga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, jahon psixologiya fanida shaxs rivojlanishiga oid mavjud nazariy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning amaliy ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada shaxs psixologik holatlarini o‘rganishda kompleks yondashuvning zarurligi ta’kidlanadi hamda amaliy mashg‘ulotlar misolida shaxsiy rivojlanish jarayonining samaradorligi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Yerniyazova Feruza Qablaevna, Madatova Sohiba Tursunboy qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72722 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 STRESS VA UNGA QARSHI KURASHISH MEXANIZMLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72723
Mazkur maqolada stress tushunchasi, uning shaxs psixikasiga ta’siri hamda stressga qarshi kurashish mexanizmlarining psixologik jihatlari tahlil etiladi. Tadqiqot ta’lim jarayoni va shaxs emotsional holatlari kontekstida olib borilgan bo‘lib, stressni yengishda psixokorreksiya va psixologik treninglarning ahamiyati asoslab beriladi. Nazariy tahlil va umumlashtirish metodlari asosida stressni boshqarish mexanizmlarining samaradorligi ochib beriladi.
Yangiboyeva Shodiya Jasur qizi , Ahmadjonova Gulbarxon Sohibjon qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72723 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 OMMAVIY MADANIYATNING YOSHLAR ONGIGA TA`SIRI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72725
Ushbu maqolada ommaviy madaniyat tushunchasi, uning vujudga kelishi, asosiy xususiyatlari hamda jamiyat hayotiga ijobiy va salbiy ta’siri yoritilgan. Shuningdek, ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri, milliy qadriyatlar bilan o‘zaro munosabati va unga nisbatan ongli yondashuv masalalari tahlil qilinadi. Maqola ta’lim-tarbiya jarayonida ommaviy madaniyatga tanqidiy qarashni shakllantirish zarurligini asoslab beradi.
Bazarbayeva Muhabbat Sa'dullayevna, Abdullayeva Go'zal Bazarbayevna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72725 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 SUN’IY INTELLEKTNI YOSHLAR ONGIGA TASIRI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72726
Mazkur maqolada bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan raqamli texnologiyalar, xususan sun’iy intellektning inson hayotidagi o‘rni, uning imkoniyatlari va yuzaga kelayotgan muammolari tahlil qilinadi. Asosan yoshlar orasida gadjetlar va internetdan haddan tashqari foydalanish natijasida fikrlash faolligining pasayishi, bilimlarni tayyor holatda qabul qilishga moyillik kuchayib borayotgani yoritilgan. Ta’lim sohasida sun’iy intellektdan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari, xorijiy tajribalar asosida muhokama qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning inson intellekti bilan raqobati, mehnat bozoriga ta’siri va kelajakda kadrlar tayyorlash masalasidagi o‘rni tahlil etiladi. Maqolada texnologiya va inson intellekti o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, yosh avlodni ongli va maqsadli foydalanishga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlanadi.
Hudaybergenova Laylo Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72726 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 “TEMPERAMENT TIPLARINI BAHOLASHDA D. KEYRS SO'ROVNOMASINING AFVZALLIKLARI.” https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72727
Mazkur maqolada shaxs temperamentini baholashda keng qo‘llanilayotgan D. Keyrs (David Keirsey) so‘rovnomasining nazariy-metodologik asoslari, psixodiagnostik imkoniyatlari va amaliy afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi temperament tiplarini aniqlashda ishonchli, valid va zamonaviy diagnostik vositalarga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi. Maqolada D. Keyrs so‘rovnomasining klassik temperament nazariyalari (Gippokrat–Galen, I.P. Pavlov, G. Ayzenk) bilan bog‘liqligi ochib beriladi hamda uning shaxs tipologiyasini aniqlashdagi o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Tadqiqot davomida nazariy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish va psixodiagnostik metodlardan foydalanildi. Natijalar D. Keyrs so‘rovnomasining temperament tiplarini aniqlashda qulayligi, tushunarliligi, amaliy yo‘naltirilganligi va ta’lim jarayonida qo‘llashga mosligi bilan ajralib turishini ko‘rsatdi. Maqolada so‘rovnomaning universitet talabalari bilan ishlashdagi samaradorligi alohida ta’kidlanadi. Tadqiqot xulosalari psixologik diagnostika, ta’lim psixologiyasi va shaxs psixologiyasi sohalarida amaliy ahamiyatga ega.
Xusanova Shaxnoza Abduvaliyevna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72727 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 MAKTAB BITIRUVCHILARINI KASBGA TO‘G‘RI YO‘NALTIRISHDA METODIKALARNI QO‘LLASH VA SAMARALI YO‘NALISHLARNI TAKLIF ETISH https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72729
Mazkur maqolada maktab bitiruvchilarini kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish, individual qobiliyatlarini, qiziqishlarini aniqlagan holda, psixologik metodlardan foydalanish yoritilgan.   Kasb tanlash jarayoniga ta’sir etuvchi omillar, kasbiy yo‘naltirishda bir nechta muqobil yo‘nalishlar berishning ahamiyati tahlil qilindi. Metodikalar asosida olib borilgan kasbga yo‘naltirish bitiruvchilarning ongli ravishda, boshqalarning qistovisiz yoki shunchaki majburlikdan emas o‘zi qiziqqan, qobiliyati bor kasblarni tanlashi  kelajakda kasbiy moslashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida batafsil yoritildi.
Turexanova Nigora Qo‘ychiboy qizi, Xudayberdiyev Oybek Gafurovich Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72729 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 O‘SMIRLARDA VIRTUAL QARAMLIKNI OLDINI OLISH https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72730
Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar, xususan internet, ijtimoiy tarmoqlar va virtual olamning o‘smirlar hayotidagi o‘rni, ularning ijobiy imkoniyatlari bilan bir qatorda, salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda internet va kompyuter o‘yinlariga qaramlikning shakllanish sabablari, bosqichlari hamda o‘smirlar ruhiyati, xulq-atvori va ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ta’siri yoritib berilgan. Xorijiy tajribalar misolida AQSh, Finlandiya va Xitoyda internetga qaramlikning kasallik sifatida tan olinishi va unga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada ota-onalar, pedagoglar va yaqin ijtimoiy muhitning o‘smirlarni virtual qaramlikdan himoya qilishdagi mas’uliyati alohida ta’kidlanadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi axborot oqimining inson ruhiyatiga salbiy ta’siri, doimiy yangiliklar iste’molining tushkunlik va xavotir holatlarini kuchaytirishi mutaxassislar fikrlari asosida asoslab beriladi. Kompyuter o‘yinlariga qaramlikning psixologik va patofiziologik mexanizmlari, uning shaxs yemirilishiga olib keluvchi oqibatlari ilmiy nuqtayi nazardan yoritiladi. Maqola yakunida o‘smirlarni virtual olam zararlaridan himoya qilishda ota-ona nazorati, xavfsizlik sozlamalari, sog‘lom muloqot, sport va ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish muhim profilaktik omillar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Ushbu ish o‘smirlar, ota-onalar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, virtual qaramlikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Uskanov Umarbek Ulug‘bek o‘g‘li, Xudayberdiyev Oybek Gafurovich Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72730 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 OʻZBEKISTON YOSHLARI ORASIDA RAQAMLI QARAMLIKNING PSIXOLOGIK OQIBATLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72731
Mazkur maqolada Oʻzbekiston yoshlari orasida raqamli qaramlik (smartfon, ijtimoiy tarmoqlar va onlayn oʻyinlarga haddan tashqari bogʻlanish) ning psixologik oqibatlari nazariy jihatdan tahlil etiladi. Raqamli qaramlikning depressiya, tashvish, uyqu buzilishi, ijtimoiy izolyatsiya va akademik muvaffaqiyatsizlikka taʼsiri oʻrganiladi. Tadqiqot xalqaro empirik maʼlumotlar va Oʻzbekiston sharoitidagi statistik koʻrsatkichlarga asoslanadi. Natijada, raqamli gigiyena taʼlimini joriy etish, oilaviy va maktab nazoratini kuchaytirish hamda professional psixologik yordamni rivojlantirish zarurligi taʼkidlanadi.
Xolmatov Sardorbek, Qo‘chqorov Jasurbek Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72731 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 YOSHLAR ONGIDA XAVFLI QARAMLIK: TAVAKKALCHILIKKA ASOSLANGAN O‘YINLARINING PSIXOLOGIK OQIBATLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72732
Ushbu maqolada internet va raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi fonida onlayn qimor o‘yinlarining keng tarqalishi, uning jamiyat, ayniqsa yoshlar ruhiy salomatligi va ijtimoiy barqarorligiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Xalqaro va milliy tadqiqotlar misolida qimor o‘yinlarining psixologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari yoritilgan. Kanada, Ispaniya, Indoneziya va Gana kabi davlatlarda o‘tkazilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida qimorga qaramlikning stress, depressiya va ijtimoiy izolyatsiya bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda onlayn qimor o‘yinlari bilan bog‘liq jinoyatlar statistikasi, moliyaviy yo‘qotishlar, davlat tomonidan ko‘rilayotgan huquqiy va tashkiliy choralar tahlil qilinadi. Maqolada qimor o‘yinlarining turlari, ularning yashirin reklama mexanizmlari va raqamli marketing orqali inson ongiga ta’sir etish usullari ko‘rsatib berilgan. Xulosa qismida qimor o‘yinlariga qarshi kurashni faqat huquqiy emas, balki psixologik va ijtimoiy muammo sifatida ko‘rib chiqish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.
O‘ktamova Gulyora , Xudayberdiyev Oybek Gafurovich Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72732 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 XOTIN-QIZLAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBA VA UNI MILLIY SHAROITGA MOSLASHTIRISH https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72733
Ushbu maqolada dunyoning rivojlangan mamlakatlarida xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, gender tengligini ta’minlash va ayollarning intellektual salohiyatidan foydalanish borasidagi tajribalari tahlil qilinadi. Skandinaviya davlatlari, Singapur va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning muvaffaqiyatli modellari o‘rganilib, ularning ilg‘or jihatlarini O‘zbekistonning milliy ta’lim tizimiga tadbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xotin-qizlarni STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo‘nalishlariga jalb qilishning xalqaro mexanizmlari va ularni milliy qadriyatlarga moslashtirish masalalari bayon etilgan.
Saipova Tozagul Risboy qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72733 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 STEAM TA’LIM MODELI VA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING INTEGRATIV PEDAGOGIK AHAMIYATI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72738
Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim sohasidagi eng dolzarb yondashuvlardan biri bo‘lgan STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) ta’lim tizimi va uning xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) bilan o‘zaro aloqadorligi tahlil qilinadi. Maqolada STEAM metodologiyasining o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni hamda ushbu ko‘nikmalarning xalqaro reytinglarda yuqori natijalar qayd etishdagi ahamiyati yoritilgan.
Xusanova Nigina Baxtiyor qizi, Naqshiyeva Mehriniso Maxamadali qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72738 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BIR OMILLI DISPERSION TAHLIL MEZONI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72739
Ushbu ish bir omilli dispersion tahlil mezoni (One-Way ANOVA) nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ANOVA yordamida guruhlar o‘rtasidagi o‘rtacha qiymatlar farqlari aniqlanib, ularning statistik ahamiyati baholangan. Ish natijalari pedagogika va boshqa ijtimoiy fanlarda ANOVAni qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Mahmudov Jahongir, Norova Nazokat Odiljonovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72739 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 NORMAL TAQSIMLANISH QOBILIYATI. PSIXOLOGIYADA NORMA TUSHUNCHASI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72740
Mazkur ishda psixologiyada norma tushunchasi va normal taqsimlanish qobiliyati mavzulari yoritilgan. Ishda inson xatti-harakatlari va psixologik ko‘rsatkichlarning normativ va statistik asoslari, ularning o‘lchov va tahlil usullari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, normal taqsimlanish printsipi psixologik o‘lchovlarda qanday qo‘llanilishi ham ko‘rib chiqiladi.
Bazarbayeva Muhabbat Sadullayevna, Norova Nazokat Odiljonovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72740 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 ASIMMETRIYA VA AKSESS: NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72741
Mazkur mavzuda asimmetriya va aksess tushunchalarining mohiyati, ularning nazariy asoslari hamda amaliy qo‘llanilish jihatlari yoritiladi. Asimmetriyaning tizim, shakl va jarayonlardagi o‘rni, shuningdek, aksess tushunchasining funksional ahamiyati tahlil qilinadi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlik misollar orqali asoslab beriladi.
Anorboyeva Odina, Norova Nazokat Odiljonovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72741 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA SIFAT VA MIQDOR BIRLIGI. PSIXOLOGIYADA O‘LCHOV https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72742
Mazkur maqolada psixologik tadqiqotlarda sifat va miqdor birliklarining o‘zaro bog‘liqligi hamda psixologiyada o‘lchov tushunchasining mohiyati yoritib beriladi. Tadqiqot jarayonida psixologik hodisalarni faqat sifat jihatdan emas, balki miqdoriy ko‘rsatkichlar orqali ham ifodalash zarurligi asoslab beriladi. Psixologik o‘lchovlarning turlari, ularning ilmiy tadqiqotlardagi ahamiyati va qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu ish psixologiya sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan talabalar va mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Abdullayeva Go‘zal Bazarbayevna, Norova Nazokat Odiljonovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72742 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BIR NECHTA BOG‘LIQ BO`LMAGAN TANLAMALARNI O‘ZARO TAQQOSLASHNING PARAMETRIK VA NOPARAMETRIK MEZONLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72743
Mazkur ishda bir nechta bog‘liq bo‘lmagan tanlamalarni o‘zaro taqqoslashda qo‘llaniladigan parametrik va noparametrik statistik mezonlarning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati yoritilgan. Parametrik mezonlarning qo‘llanish shartlari, ularning afzalliklari va cheklovlari tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik mezonlarni to‘g‘ri tanlash ilmiy natijalarning ishonchliligini oshirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.
Zokirjonov Javohir, Norova Nazokat Odiljonovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72743 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 O‘ZARO BOG‘LIQ BO‘LMAGAN IKKI TANLAMA UCHUN MANN–UITNI U MEZONI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72744
Mazkur maqolada o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan ikki tanlamani taqqoslashda qo‘llaniladigan Mann–Uitni U mezonining mohiyati, nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritib beriladi. Ushbu statistik mezon parametrik bo‘lmagan usullardan biri bo‘lib, tanlamalar normal taqsimotga ega bo‘lmagan holatlarda ikki mustaqil guruh o‘rtasidagi farqni aniqlashda qo‘llaniladi. Tadqiqotda Mann–Uitni U mezonini qo‘llash shartlari, hisoblash bosqichlari hamda natijalarni talqin qilish masalalari batafsil bayon etiladi. Ushbu ish talabalar va tadqiqotchilar uchun statistik tahlilni amalga oshirishda amaliy ahamiyatga ega.
Xolmatov Sardorbek Baxodirjon o‘g‘li, Norova Nazokat Odiljonovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72744 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 KO‘PLIK, VARIATSION QATOR, ULAR BILAN ISHLASH: MODA, MEDIANA, TARTIBLASH https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72745
Mazkur maqolada statistikada asosiy tushunchalardan hisoblangan ko‘plik va variatsion qator tushunchalarining mazmuni, ularning ahamiyati hamda ular bilan ishlash usullari yoritib beriladi. Tadqiqotda ma’lumotlar to‘plamini tartiblash orqali variatsion qator hosil qilish, shuningdek moda va mediana kabi markaziy tendensiya ko‘rsatkichlarini aniqlash usullari batafsil tushuntiriladi. Ushbu tushunchalar real hayotdagi statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ish o‘quvchilar va talabalar uchun statistik fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Qo’chqorov Jasurbek Murodjon o‘g‘li, Norova Nazokat Odiljonovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72745 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYADA DISPERSION TAHLIL USULINING O‘ZIGA XOS TOMONLARI VA A.N. GUSEV TADQIQOTLARINING TALQINI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72746
Mazkur maqolada eksperimental psixologiyada dispersion tahlil (ANOVA) usulining mohiyati, o‘ziga xos tomonlari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, A.N. Gusevning matematik-statistik metodlarga oid tadqiqotlari ilmiy jihatdan talqin qilinib, uning dispersion tahlilga bergan bahosi tahlil qilingan.
O’ktamova Gulyora Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72746 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 IQTISODIY KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK MOHIYATI VA TARKIBIY TUZILMASI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72825
Mazkur maqolada iqtisodiy kompetensiya tushunchasining pedagogik mohiyati hamda uning tarkibiy tuzilmasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda iqtisodiy kompetensiya shaxsning iqtisodiy bilimlari, amaliy ko’nikma va malakalari, iqtisodiy tafakkuri, qadriyatlari hamda ijtimoiy mas’uliyatli xulq-atvorini o’z ichiga oluvchi integrativ pedagogik kategoriya sifatida talqin etiladi. Iqtisodiy kompetensiyaning ta’lim jarayonidagi o’rni, uni shakllantirish zarurati va zamonaviy ta’lim paradigmalari bilan o’zaro bog’liqligi ochib beriladi. Shuningdek, iqtisodiy kompetensiyaning tarkibiy komponentlari — kognitiv (bilimiy), operatsion-amaliy, motivatsion-qadriyatli va refleksiv-baholovchi qismlarining mazmuni pedagogik nuqtayi nazardan asoslab beriladi. Maqola natijalari iqtisodiy ta’lim mazmunini takomillashtirish, kompetensiyaviy yondashuv asosida o’quv dasturlarini ishlab chiqish hamda bo’lajak mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishda metodologik asos bo’lib xizmat qiladi.
Zaripova Ziyoda Odiljon qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72825 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 SUD PSIXOFIZIOLOGIK EKSPERTIZASI (POLIGRAF APPARATIDA) YANGI EKSPERTIZA TURI SIFATIDA https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72864
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud ekspertizasi sohasida ko‘plab tadqiqotlar amaliyotga tobora ko‘proq joriy qilinmoqda. Shulardan biri sifatida poligraf apparati yordamida o‘tkaziladigan psixofiziologik ekspertizasi ham jinoyat ishlarini tergov qilishda, kadrlar tanlashda va xavfsizlikni ta’minlashda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ibragimov Sardor Rustam o‘g‘li Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72864 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 MUZEY PEDAGOGIKASIGA ASOSLANGAN METODIKA ORQALI BO‘LAJAK TARIX O‘QITUVCHILARIDA TARIXIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72893
Mazkur maqolada muzey pedagogikasiga asoslangan metodikaning bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishdagi ta’limiy samaradorligi nazariy va empirik jihatdan yoritiladi. Tadqiqot zamonaviy tarix ta’limida bilimlarning ko‘pincha faktologik darajada qolib ketishi, talabalar tomonidan tarixiy voqelikni manbaga asoslangan holda tahlil qilish, sabab–oqibat munosabatlarini anglash hamda turli nuqtai nazarlarni qiyosiy baholash kompetensiyalarining yetarli darajada shakllanmayotganligi muammosidan kelib chiqadi (Wineburg, 2001; Neʼmatov, 2025). Shu nuqtai nazardan, muzey pedagogikasi tarixiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim pedagogik resurs sifatida asoslanadi.
Niyozov Javlonbek Jaxongir o‘g‘li Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72893 Tue, 27 Jan 2026 00:00:00 +0000 SITUATIV TAʼLIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TARBIYA DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHNI DIDAKTIK IMKONIYATLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72920
Mazkur maqolada situativ ta’lim texnologiyalari asosida tarbiya darslarini samarali tashkil etishning didaktik imkoniyatlari tadqiq etilgan. Situativ ta’lim texnologiyalarining mohiyati, ularning tarbiya darslaridagi o‘rni hamda o‘quvchilarda ijtimoiy-faol, axloqiy va ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida situativ yondashuvning pedagogik samaradorligi, tarbiya jarayonida real hayotiy vaziyatlar, muammoli holatlar, rolli o‘yinlardan foydalanishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma va intervyu, eksperiment, vaziyatli o‘yinlar va rolli mashqlardan foydalanildi. Olingan natijalar situativ ta’lim texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirishi, mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishi, shuningdek, muammoli vaziyatlarga ongli va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishini ko‘rsatdi.
Zulfiya Boʻriboyeva Amirbek qizi Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72920 Tue, 27 Jan 2026 00:00:00 +0000 SHAXSNING HAYOTGA NISBATAN BARDOSHLILIKNI ASOSIY NAZARIY QOIDALARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72938
Zamonaviy jamiyat hayotining jadal sur’atlarida stress aksariyat insonlarning kundalik hayotida muqarrar doimiylikka aylandi. Fan va texnikaning jadal rivojlanishi, ijtimoiy raqobatning keskinlashuvi, shaxslararo munosabatlarning murakkablashuvi insonlar duch keladigan stress omillarining xilma-xilligini oshirdi. Insonlarning stressni qanday qabul qilishi va koping-strategiyasini qanday tanlashi, bardoshlilik kuchi stressning insonga ta’sirini o‘zgartiradimi va bardoshlilik koping strategiyasini tanlash bilan qanday bog‘liqligini o‘rganish nafaqat psixologiya sohasidagi muhim mavzu, balki jamiyatning umumiy psixik salomatligini yaxshilash uchun ham muhim ahamiyatga ega.
Alimov O’lmasjon Ismatovich Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/72938 Tue, 27 Jan 2026 00:00:00 +0000 DUTOR CHOLG‘USINI O‘RGANISHDA BOSQICHMA-BOSQICH METODIK YONDASHUVLAR https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73023
Mazkur tezisda dutor cholg‘usini o‘rganish jarayonida bosqichma-bosqich metodik yondashuvlarning mazmuni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda dutor ijrochiligini o‘rgatishda boshlang‘ich, o‘rta va yuqori bosqichlarga xos bo‘lgan o‘quv-uslubiy talablar yoritilib, har bir bosqichda shakllantiriladigan texnik, badiiy-ijrochilik va musiqiy tafakkur ko‘nikmalari ochib beriladi. Shuningdek, an’anaviy va zamonaviy pedagogik metodlarning uyg‘unligi asosida dutor ta’limining samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tezis natijalari musiqa ta’limi muassasalarida dutor cholg‘usini o‘qitish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Babayeva Maxfirabonu Davronbek qizi, Nurmatova Mayya Abdullayevna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73023 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA VOSITALARI VA KOMPETENSIYA TUSHUNCHALARINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MOHIYATI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73024
Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya vositalari hamda kompetensiya tushunchalarining pedagogik va psixologik mohiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda kompetensiyaviy yondashuvni shakllantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning bilish jarayonlari, motivatsiyasi va shaxsiy rivojlanishiga axborot-kommunikatsiya vositalarining ta’siri ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan.
Rajabova Saida Matnazarovna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73024 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 STRESSNING YURAK-QON TOMIR TIZIMIGA TA’SIRI VA UNING OLDINI OLISH YO’LLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73075
Ushbu maqolada stressning yurak-qon tomir tizimiga ko‘rsatadigan bevosita va bilvosita ta’sirlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Stress holatida organizmda adrenalin va kortizol kabi stress garmonlarining ko‘payishi, yurak urish tezligining oshishi, arterial qon bosimining ko‘tarilishi hamda qon tomirlarining torayishiga olib kelishi bayon etilgan. Uzoq muddatli stressning arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, aritmiyalar va miokard infarkti kabi yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada stressning bilvosita ta’sirlari — zararli odatlarning kuchayishi, jismoniy faollikning kamayishi, noto‘g‘ri ovqatlanish va uyqusizlik orqali yurak faoliyatiga salbiy ta’siri ochib berilgan. Stressni kamaytirish va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, muntazam jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, mehnat va dam olish rejimini muvozanatlash, shuningdek psixologik usullar va nafas mashqlarining ahamiyati asoslab berilgan. Maqola yurak salomatligini saqlashda stressni boshqarish muhim profilaktik omil ekanini ko‘rsatib beradi.
Numonova Marjona Saloxiddin qizi, Axmadjonov Qudratillo Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73075 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 OTM TALABASINING SHAXSIY-KASBIY RIVOJLANISHINI PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73091
Jamiyatimizda amalga oshirilgan qayta qurish jarayoni asosiy va dolzarb masala sifatida yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni birinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Kadrlar tayyorlashda ularning jismonan va ruhan pishshiq, abjir bo‘lishi, teran fikrlaydigan, erta ko‘ra biladigan, matonatli, irodali bo‘lishi bilan birga odobli, madaniyatli va qolaversa tarbiyali shaxs bo‘lib yetishgani professionalizmning asosiy mezonlaridandir. Zamonaviy ta’lim tizimi uning sub’yektlari uchun tanlov vaziyatida mustaqil qaror qabul qilish va ularning mumkin bo‘lgan oqibatlarini bashorat qilishni nazarda tutuvchi yangi paradigmaga tayanadi [1]. Shuning uchun oliy o‘quv yurti talabasi oliy o‘quv yurtida ta’lim olishda duch keladigan ko‘plab muammolarni hal qilish uning shaxsi va oliy ta’lim sifati toifalarini o‘rganish sohasida bo‘ladi.
I.I.Xalilov Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73091 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 AYOLLARDA UCHRAYDIGAN POLIPLAR: ETIOLOGIYASI, KLINIK BELGILARI, TASHXISLASH VA ZAMONAVIY DAVOLASH USULLARI https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73148
Maqolada ayollarda uchraydigan poliplarning etiologiyasi, tasnifi klinik belgilari, tashxislash usullari hamda zamonaviy davolash yo’llari yoritilgan. Poliplar ayollar salomatligiga bevosita ta’sir ko’rsatib, bepushtlik, hayz sikli buzilishlari va hatto maligan jarayonlarga sabab bo’lishi mumkin. Maqolada poliplarning rivojlanish omillari, tashxislashda qo’llaniladigan ilg’or texnologiyalar, polipektomiya va gormonal terapiya kabi davolash yondashuvlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.Tadqiqot poliplarni erta aniqlash va davolash orqali ayollar salomatligini saqlash muhimligini asoslaydi.
Mansurova Karomatxon Zoxidjon qizi, Mamadaliyeva Madina Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73148 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 SHAXS HAYOTIY TANLOVINI TARKIB TOPISHIDA HAYOT MAZMUNINI ANGLASH ASOSIY KATEGORIYA SIFATIDA https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73187
Hozirgi kunda shaxsning hayotiy tanlovi muammosining dolzarbligini isbotlashga zarurat mavjud emas. Ushbu holat jahon hamjamiyatidagi sezilarli o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular, o‘z navbatida, zamonaviy insonning hayotiy amaliyotlarida tanlovni amalga oshirish zaruratiga, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan sohadagi mutaxassislarning tadqiqot faoliyatining dinamik jarayonlariga ta’sir ko‘rsatdi.
S.S.Shukurulloyeva Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73187 Fri, 30 Jan 2026 00:00:00 +0000 TA’LIM JARAYONIDA BOLALARNING BADIIY ASARLARGA BO‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH: TAKLIFLAR, MUAMMOLAR VA YECHIMLAR https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73222
Mazkur maqolada umumta’lim muassasalarida bolalarning badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish va rivojlantirish masalasi ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida badiiy adabiyotning o‘rni, bolalar kitobxonligining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif hamda samarali yechimlar bayon etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda mustaqil o‘qish madaniyatini rivojlantirish, tanqidiy va ijodiy tafakkurni shakllantirishda badiiy asarlarning didaktik imkoniyatlari asoslab beriladi.
Xolbayeva Nargiza Ibadullayevna Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73222 Fri, 30 Jan 2026 00:00:00 +0000 ЖИНОИЙ ТАЪҚИБ ЖАРАЁНИДА ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШНИ ЎҚИТИШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИ https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73229
Ушбу мақолада жиноий таъқиб жараёнида инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилишни ўқитишнинг замонавий усуллари таҳлил қилинган. Хусусан, рақамли таълим платформалари, кейс-стади, интерактив ва симуляцион ўқитиш усулларининг ҳуқуқий таълим самарадорлигини оширишдаги ўрни ёритилган. Шунингдек, инсон ҳуқуқларини таъминлашда халқаро стандартларга асосланган ўқув модулларини жорий этишнинг аҳамияти асослаб берилган. Мақола ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимлари, адвокатлар ва ҳуқуқ соҳасида таҳсил олувчи тингловчилар учун амалий аҳамиятга эга.
Саидов Шохруххон Музаффарович Copyright (c) 2026 https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/73229 Fri, 30 Jan 2026 00:00:00 +0000