«Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2025-03-07

KATTA HAJMLI MALUMOTLARNI TAHLIL QILISH

Ushbu tadqiqotda ma'lumotlarni tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilash uchun big data va mashinani o‘rganish texnologiyalari qo‘llaniladi. Katta hajmli ma'lumotlar orqali iste'molchi xulq-atvorini o‘rganish va biznes strategiyalarini rivojlantirish maqsad qilingan. Statistik usullar yordamida ma'lumotlar strukturasini aniqlash va analitik platformalarda tezkor tahlil o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy o‘sish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Madadjon O`ktamov, Muhayyo Jabborova

4-6

2025-03-10

SUN’IY INTELLEKTNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Sun’iy intellekt (SI) zamonaviy texnologiyalarning muhim qismi bo‘lib, axborot xavfsizligi, etik masalalar, ish o‘rinlari va iqtisodiy ta’sir kabi muammolarni keltirib chiqarmoqda. SI tizimlarining qarorlar qabul qilish jarayoni va ishlash mexanizmlarining tushunilmasligi "qora quti" muammosiga olib keladi. Shuningdek, uning regulyatsiyasi va qonuniy asoslari bo‘yicha yangi talablar yuzaga kelmoqda. SI ning bu muammolari, uning xavfsiz va adolatli ishlatilishini ta’minlash uchun ehtiyotkorlik va ilmiy yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.

Madadjon O‘ktamov , Hilola Fayzullayeva

7-10

2025-03-10

FRAKTALLAR VA ULARNING TABIIY HODISALARGA QOʻLLANILISHI

Ushbu maqolada fraktallar tushunchasi, ularning matematik va tabiiy asoslari, tabiiy hodisalarga ta’siri hamda turli ilmiy sohalarda qo‘llanilishi keng yoritilgan. Fraktal geometriyasi oddiy Yevklid geometriyasidan farqli bo‘lib, u murakkab va o‘z-o‘zini takrorlovchi tuzilmalarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Maqolada biologiya, meteorologiya, geologiya, fizika va kompyuter grafikasi kabi turli yo‘nalishlarda fraktallar qanday qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Madadjon O‘ktamov , Nozima Fayzullayeva

11-14

2025-03-10

ALGEBRAIK TUZILMALAR VA ULARNING DASTURIY TAMINOTDA QO'LLANILISHI

Ushbu tezisda algebraik tuzilmalar va ularning dasturiy ta’minotda qo‘llanilishi o‘rganiladi. Algebraik tuzilmalar matematikaning muhim bo‘limi bo‘lib, ular guruhlar, halqalar, maydonlar va boshqa abstrakt tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tushunchalar zamonaviy dasturiy ta’minotda, ayniqsa, kriptografiya, kodlash nazariyasi, sun’iy intellekt, kompyuter grafikasida keng qo‘llaniladi.Ishda algebraik tuzilmalarning turli dasturlash tillarida qanday qo‘llanilishi, funksional dasturlash paradigmasidagi roli va samaradorlikni oshirishdagi ahamiyati yoritib beriladi. Algebraik metodlarning dasturiy muhitda qo‘llanilishi kod xavfsizligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot algebraik tuzilmalarning nazariy asoslari va amaliy dasturiy ta’minot ishlab chiqishda qo‘llanilishiga oid bilimlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan.

Madadjon O‘ktamov , Sanjar Hayitov

15-18

2025-03-10

AXBOROT TIZIMLARI XAVFSIZLIGINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu tezisda axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limini o‘qitish metodikasi yoritilgan. O‘qitish jarayonida foydalaniladigan asosiy usullar, vositalar va samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Bu metodika talabalarni kiberxavfsizlik sohasida malakali mutaxassis sifatida tayyorlashga qaratilgan.

Madadjon O‘ktamov , Madina Islomova

19-22

2025-03-10

GEОDEZIYА VА KАRTОGRАFIYАDА ZАMОNАVIY TАDQIQОTLАR

Ushbu tezisda axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limini o‘qitish metodikasi yoritilgan. O‘qitish jarayonida foydalaniladigan asosiy usullar, vositalar va samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Bu metodika talabalarni kiberxavfsizlik sohasida malakali mutaxassis sifatida tayyorlashga qaratilgan.

M.E. Djurаyev, D.T. Elmurоdоvа

23-26

2025-03-12

THYROID HORMONE DEFICIENCY AS A CAUSE OF ANEMIA

Anemia is a clinical and hematological condition characterized by a decrease in hemoglobin levels in the peripheral blood, leading to insufficient oxygen transport to tissues and organs. It can result from various underlying causes, including nutritional deficiencies, chronic diseases, genetic disorders, and hormonal imbalances. One of the factors that have been shown to influence the development of anemia is thyroid hormone deficiency.

Sanjar Khaydarov

27-28

2025-03-14

DORI VOSITALARINING ANALOGLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI

Generik va terapevtik ekvivalent dorilar haqida batafsil ma’lumot berilib, ularning farmakologik xususiyatlari, samaradorligi va narx jihatidan original dorilardan farqlari yoritilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, generik dorilar ko‘pchilik hollarda original dorilar bilan deyarli bir xil samaradorlikka ega, ammo ayrim nojo‘ya ta’sirlar va biofaollik farqlari kuzatilishi mumkin. Shuning uchun dori vositalarini tanlashda shifokor tavsiyalariga rioya qilish muhim sanaladi Ushbu maqolada dori vositalarining analoglari va ularning samaradorligi tahlil qilingan.

Rahimova Zulhumor Muhammadjon qizi

29-32

2025-03-14

PULPIT ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI

Oʻgʻiz boʻshligʻida joylashgan oʻrganlarning kasalliklari turlicha boʻlib, ularni bir biridan farqlash va davolash usullari turlichadir. Xususan pulpit tish kasalligi boʻlib, kasalligining oʻtkir va surunkali turlari, ularning kelib chiqish sabablari(etiologiyasi), patogenezi, ularni qiyosiy va differensial tashxislash va davo choralari qoʻllaniladi. Pulpitni davolash va diagnostik usullarni yangilanib borishi - bu klinik endodontistlarning uzoq muddatli izlanishlari va ilmiy ishlarining samarasidir. Pulpitni rivojlanishida zararli omillarni ta’siri xususan ularni taʼsir kuchining miqdori va vaqti katta ahamiyatni kasb etishi tabiiydir. Undan tashqari organizmni umumiy va mahalliy immun ximoya mexanizmlarni kuchi ham ahamiyatlidir.

Muhammadali Egamberdiyev, Hayotbek Boysafarov

33-37

2025-03-18

TISH IMPLANTLARI SOHASIDAGI YALLIG'LANISH ASORATLARINING OLDINI OLISH VA DAVOLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI

Ushbu tezisda tish implantlari sohasidagi yallig'lanish asoratlarini baholash va ularni oldini olish hamda davolash samaradorligini baholash usullarini ko'rib chiqadi. Mukozit va periimplantit kabi yallig'lanish holatlari tish implantlari bilan bog'liq eng keng tarqalgan asoratlar hisoblanadi. Unda implantlar atrofidagi yallig'lanish jarayonlarini aniqlash uchun qo'llaniladigan asosiy diagnostik mezonlar, jumladan, og'iz gigiyenasi, gingival va periodontal indekslar, suyak rezorbsiyasi darajasi va boshqa klinik va rentgenologik tekshiruv usullari keltirilgan.

Farrux Ismatov, Luqmon Bekmurodov , Ulmas Ibodov

38-44

2025-03-21

GINKO BILOBA O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

В данном тезисе представлено ботаническое описание древнего дерева Ginkgo biloba, его ареал распространения, а также значение для здоровья человека и экологии. Рассматриваются лекарственные свойства растения, его декоративная ценность и культурное значение.

Mavjuda Mirzahamdamova

45-46

2025-03-24

RAQAMLI IZLAR VA ULARNING TURLARI

Mazkur maqolada raqamli izlar va ularning turlari tahlil qilinadi. Raqamli izlar insonlarning internet va raqamli qurilmalardagi faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan ma’lumotlar bo‘lib, ularning ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Maqolada raqamli izlarning ta’lim, iqtisodiyot, huquq va kiberxavfsizlik sohalaridagi roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ularning asosiy turlari — faol va passiv raqamli izlar, shuningdek, shaxsiy, axborot va texnik izlar haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Farrux Qodirov, Mushtariy Hakimova

47-52

2025-03-24

ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR: GADJETLAR, BUYUMLAR INTERNETI, SIMSIZ INTERNET, 3D BOSMA TEXNOLOGIYALAR

Zamonaviy raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelib, inson faoliyatini yengillashtirish va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Gadjetlar kundalik hayot va ish jarayonlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Buyumlar interneti (IoT) esa turli qurilmalarni global tarmoq orqali bog‘lab, ularni aqlli boshqarish imkonini yaratadi. Simsiz internet texnologiyalari (Wi-Fi, 5G) tezkor va uzluksiz aloqa o‘rnatishni ta’minlaydi. 3D bosma texnologiyalari esa ishlab chiqarish, tibbiyot va arxitektura sohalarida innovatsion yechimlar yaratishda qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar jamiyatning raqamli rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

Farrux Qodirov, Munisa Elboyeva

53-57

2025-03-24

BULUTLI TEXNOLOGIYALARNING XUSUSIYATLARI, AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning asosiy xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Bulut texnologiyalari zamonaviy IT infratuzilmasining muhim qismi bo‘lib, biznes jarayonlarini soddalashtirish, xarajatlarni kamaytirish va ma’lumotlarga istalgan joydan kirish imkoniyatini beradi.

Farrux Qodirov , Gulsevar Keldiyorova , Sevinch Negmatova

58-62

2025-03-24

SMART TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH VOSITALARI

Smart texnologiyalar zamonaviy dunyoda hayotning barcha sohalariga kirib borayotgan innovatsion yechimlar sifatida qaralmoqda. Ushbu mavzu doirasida smart texnologiyalar vositalari, ularning funksional imkoniyatlari, qo‘llanilishi va kelajakdagi rivojlanish tendentsiyalari o‘rganiladi. Smart texnologiyalar tizimlari Internet of Things (IoT), sun’iy intellekt (AI), ma’lumotlarni avtomatik tahlil qilish, bulutli hisoblash, robototexnika va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida ishlaydi. Ushbu vositalar shaxsiy, ijtimoiy va sanoat miqyosida samaradorlikni oshirish, resurslarni tejash va qulaylik yaratish maqsadida qo‘llaniladi.Smart uylar, smart shaharlar, smart transport tizimlari, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda smart texnologiyalar vositalari keng qo‘llanilmoqda. Masalan, IoT asosidagi qurilmalar orqali uy jihozlari, yoritish, isitish tizimlari va xavfsizlikni avtomatlashtirish mumkin. Sun’iy intellekt esa ma’lumotlarni tahlil qilish, bashorat qilish va qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilaydi.

Farrux Qodirov , Jasmina Murodulloyeva , Sevinch Negmatova

63-67

2025-03-24

BULUTLI HISOBLASHLAR VA ULARNING ASOSIY TUSHUNCHALARI. BULUTLI SAQLASH MODELLARI

Bulutli hisoblash texnologiyalari zamonaviy axborot texnologiyalarining ajralmas qismiga aylangan bo‘lib, ular IT infratuzilmasini yanada samarali va tejamkor boshqarish imkonini beradi. Ushbu texnologiya foydalanuvchilarga internet orqali masofaviy serverlarda ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.Bulutli hisoblashning asosiy tushunchalariga Xizmat sifatida dasturiy ta’minot (SaaS), Xizmat sifatida platforma (PaaS) va Xizmat sifatida infratuzilma (IaaS) kabi modellar kiradi. Ushbu modellar foydalanuvchilarga turli darajadagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratib, IT-resurslarga bo‘lgan ehtiyojni optimallashtirishga yordam beradi.Bulutli saqlash modellari esa shaxsiy (private cloud), jamoaviy (community cloud), ommaviy (public cloud) va gibrid (hybrid cloud) bulut turlariga ajratiladi. Har bir model xavfsizlik, boshqaruv va foydalanish shartlariga ko‘ra turlicha afzalliklarga ega.Ushbu maqolada bulutli hisoblashning asosiy tushunchalari, uning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, turli bulutli saqlash modellarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi.

Ilhom Hayitmurodov , Sevinch Negmatova

68-73

2025-03-24

GINKGO BILOBA O’SIMLIGINING BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VA AHAMIYATI

В данной работе изучаются ботаническое описание, распространение и значение растения Ginkgo biloba. Исследование анализирует его экологическую роль, лечебные свойства и хозяйственное применение. Ginkgo biloba — важное растение для здоровья человека и окружающей среды.

Mohlaroy Jalilova

74-75

2025-03-24

O’ZBEKISTON TOG’LARIDA TARQALGAN JUNIPERUS TURKUMI BOTANIK TAVSIFI, TARQALISHI VAKILLARI VA AHAMIYATI

В данной тезисе изучается описание и значение видов можжевельника, распространенных в горах Узбекистана. В исследовании анализируется их экологическая роль и хозяйственная ценность. Можжевельник играет важную роль в сохранении экосистемы.

Gulzira Jalilova

76-77

2025-03-24

TAKOMILLASHMAGAN ZAMBURUG'LARNING UMUMIY TAVSIFI, ASOSIY VAKILLARI

Ushbu maqolada takomillashmagan zamburug'larning kelib chiqishi , botanika fanidagi ahamiyati, hamda ularning asosiy vakillari, o'ziga xos hisusiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan .

Oqyo'lova Gulnoza Miraxmad qizi

78-80

2025-03-24

EMANDOSHLAR OILASI: ASOSIY TURLARI, TARQALISHI VA TABIATDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada emandoshlar oilasi (Fagaceae) haqida batafsil ma’lumot berilgan. Unda ushbu oila tarkibiga kiruvchi asosiy turlar, ularning tarqalishi, ekologik va iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.

Umaraliyeva Qoriyaxon

81-82

2025-03-24

PISTANAMOLAR (BURSERALES) QABILASI TAVSIFI VA SISTEMATIKASI

Ushbu maqolada Pistanamolar (Burserales) qabilasi tarkibidagi Pistadoshlar oilasi va uning muhim vakillari, jumladan, Kotinus (Cotinus Hill.), Sirka daraxti (Rhus L.), Toksikodendron (Toxicodendron Nill.) va Pista (Pistacia L.) haqida ilmiy ma’lumotlar keltiriladi.

Odiljonova Dilshodaxon Jasurbek qizi

83-85

2025-03-24