O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK TENDESIYALARI: TAHDIDLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI

Mualliflar

  • Shohruhbek Ahmadjonov Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1-bosqich talabasi Muallif
  • Nargiza Raximova JIDU, O‘zbek va rus tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Muallif

;

Xavfsizlik tahdidlari, terrorizm, kiberxavfsizlik, ekologik inqiroz, mintaqaviy hamkorlik, barqarorlik strategiyalari.

Abstrak

Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasining zamonaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, mamlakatga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tahdidlarni tizimli ravishda tasniflaydi va ularga qarshi davlat tomonidan amalga oshirilayotgan strategiyalarni tadqiq qiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy o‘rni, ekologik inqirozlar, terrorizm va kibertahdidlar kabi omillarning xavfsizlikka ta’siriga qaratilgan. Maqolada tahdidlar ichki va tashqi omillar asosida quyidagi guruhlarga bo‘lingan: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, ekologik va institutsional xavflar. Har bir turdagi tahdidlar konkret misollar bilan izohlanib, ularning mamlakat barqarorligiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi.

Iqtiboslar

Nashr qilingan

2025-04-07

Iqtibos keltirish tartibi

O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIK TENDESIYALARI: TAHDIDLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. (2025). Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 3(4), 15-18. https://in-academy.uz/index.php/CAJAR/article/view/35314