ZAMONAVIY ESTRADA QOʻSHIQLARIDA VOKAL IJRO VA DRAMATURGIK KOMPOZITSIYANING UYG‘UNLASHUVI
Ключевые слова:
estrada qo‘shig‘i, vokal ijro, dramaturgiya, musiqiy obraz, sahna harakati, ifoda vositalari, ovoz tembri, matn va musiqiy uyg‘unlik, emotsional yetkazuvchanlik, badiiy qurilma.Аннотация
Mazkur maqolada zamonaviy estrada qo‘shiqlarining badiiy tuzilmasi va ijro texnikasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik tahlil qilinadi. Ayniqsa, vokal ijroning ifodaviy imkoniyatlari, emotsional yetkazuvchanlik darajasi hamda dramaturgik kompozitsiya unsurlarining mazmun bilan uyg‘unlashuvi asosida qo‘shiqning ta’sirchanlik kuchi aniqlanadi. Estrada san’atining bugungi bosqichida vokal ijrochilarning sahnaviy xarakteri, ovoz tembri, dinamika va intonatsiyaviy uslublar orqali musiqiy obraz yaratishdagi yondashuvlari alohida o‘rganiladi. Shuningdek, dramaturgik yechimning asosiy tarkibiy qismlari – kirish, rivojlanish, kulminatsiya va yakun bosqichlari qo‘shiq matni va musiqasi orqali qanday uyg‘unlashayotgani misollar orqali ochib beriladi. Tadqiqot yakunida estrada ijrochiligi sohasidagi kreativ yondashuvlar va badiiy tafakkur asosida yaratilgan namunalarning vokal va dramaturgik uyg‘unlik mezonlariga ta’siri haqida xulosalar berilgan.
Библиографические ссылки
Karimov A. Musiqa va Sahna: Estetik qarashlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2019. – 214 b.
Nazarova Z. Zamonaviy estrada san’atida teatrlashtirilgan vokal ijroning o‘rni. – “San’at va Hayot” ilmiy-amaliy jurnali, 2021, №2. – B. 45–50.
Isroilov O. Musiqa pedagogikasi asoslari. – Samarqand: “Ilm Ziyo”, 2020. – 188 b.
Losev A.F. Estetika klassik va zamonaviy san’atda. – Moskva: Nauka, 1986. – 302 s