BARG QO‘NG‘IZLARI (CHRYSOMELIDAE) OILASI VAKILLARINING EKOLOGIK MUHITLARGA O‘ZGARUVCHANLIK XUSUSIYATLARI

Mualliflar

  • Dilfuza Asemenova Qoraqalpoq davlat universiteti tayanch doktoranti Muallif
  • Adiyma Bazarbayeva Biologiya fakulteti, Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi stajyor o‘qituvchisi, Qoraqalpoq davlat universiteti Muallif
  • Azamat Tilepbergenov Saygachiy kompleks landshaft buyurtma qo‘riqxonasi inspektori Muallif

;

Barg qo‘ng‘izlari, Chrysomelidae, ekologik moslashuv, morfologik o‘zgaruvchanlik, bioindikator, trofik aloqa, iqlim o‘zgarishi, populyatsiya dinamikasi.

Abstrak

Mazkur maqolada Barg qo‘ng‘izlari (Chrysomelidae) oilasi vakillarining ekologik muhitlarga o‘zgaruvchanlik xususiyatlari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda barg qo‘ng‘izlarining morfologik, fiziologik va etologik moslashuv mexanizmlari, ularning yashash muhitiga bo‘lgan ekologik talablari hamda antropogen omillar ta’sirida kechayotgan o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, ularning o‘simliklar bilan trofik aloqalari, tabiiy populyatsiyalar sonining dinamikasi, iqlim o‘zgarishi, tuproq namligi va harorat kabi omillar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqolada barg qo‘ng‘izlarining o‘zgaruvchanlik xususiyatlari orqali bioindikator sifatidagi ahamiyati ham ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bu hasharotlar ekologik muhitdagi o‘zgarishlarga sezgir bo‘lib, ularning morfofiziologik xususiyatlari muhit barqarorligining muhim ko‘rsatkichidir.

Iqtiboslar

Axmadjonova, S. Sh., & Ismoilova, O. I. (2024). Bargxo‘r qo‘ng‘izlar (Chrysomelidae) biologiyasiga oid ma’lumotlar. Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 1(3), 148–151.

Hubble, D. (2017). Leaf beetles (Vol. 34). Pelagic Publishing Ltd.

Pimenta, M., & De Marco Jr, P. (2015). Leaf beetle (Chrysomelidae: Coleoptera) assemblages in a mosaic of natural and altered areas in the Brazilian Cerrado. Neotropical Entomology, 44(3), 242-255.

Saitoh, S., Miyai, S. I., & Katakura, H. (2008). Geographical variation and diversification in the flightless leaf beetles of the Chrysolina angusticollis species complex (Chrysomelidae, Coleoptera) in northern Japan. Biological Journal of the Linnean Society, 93(3), 557-578.

Sánchez-Reyes, U. J., Niño-Maldonado, S., Barrientos-Lozano, L., Clark, S. M., & Jones, R. W. (2016). Faunistic patterns of leaf beetles (Coleoptera, Chrysomelidae) within elevational and temporal gradients in Sierra de San Carlos, Mexico. ZooKeys, (611), 11.

Nashr qilingan

2025-10-15

Iqtibos keltirish tartibi

BARG QO‘NG‘IZLARI (CHRYSOMELIDAE) OILASI VAKILLARINING EKOLOGIK MUHITLARGA O‘ZGARUVCHANLIK XUSUSIYATLARI. (2025). Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 3(10), 116-119. https://in-academy.uz/index.php/CAJAR/article/view/35141