“INTELLEKTUAL MULK TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI”

Mualliflar

  • Faryozbek Abdujabborov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Patentshunoslik 4-bosqich talabasi Mavzu: “Intellektual mulk tizimida sun’iy intellektning o‘rni” Muallif

;

Intellektual mulk, sun’iy intellekt, patentlash, mualliflik huquqi, tovar belgisi, sanoat namunasi, tijorat siri, plagiat, kontrafakt mahsulotlar, qonunchilik

Abstrak

Ushbu maqolada intellektual mulk tizimida sun’iy intellektning o‘rni va uning ta’siri tahlil qilinadi. Intellektual mulk inson tafakkuri natijasida yaratilgan aqliy faoliyat mahsulotlarini huquqiy himoya qilish tizimi bo‘lib, patentlar, mualliflik huquqlari, tovar belgilari, sanoat namunasi va tijorat sirlari kabi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi. Sun’iy intellekt bu jarayonlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ixtirolarni yaratish, patentlash jarayonini tezlashtirish va mualliflik huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda. Tadqiqotda sun’iy intellektning patent hujjatlarini tahlil qilish, o‘xshashliklarni aniqlash, patentga layoqatlilik darajasini baholash hamda huquq buzilish holatlarini oldindan aniqlashdagi roli yoritiladi. Shuningdek, tovar belgilari  va mualliflik huquqlari sohasida sun’iy intellektning o‘rni, plagiat va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishdagi imkoniyatlari ochib bermoqda. Xalqaro tajriba asosida Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Xitoyda sun’iy intellektga oid qonunchilik tahlil qilinib, bu boradagi huquqiy noaniqliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektning intellektual mulkni himoya qilish tizimidagi ahamiyatini ochib beradi va ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish zaruriyatini asoslantiradi.

Iqtiboslar

Intelektual mulk, darslik, TDYU jamoasi, 2020

Tijorat sirlari va sun’iy intellekt tizimlari: Biznesda savdo sirlarini himoya qilish (12.12.2024 Jozef Barber) maqola.

Sun’iy intellekt intellectual mulkni himoya qilishda qanday foyda keltiradi? (07.03.2024 Jeyms Godefroy) maqola.

Nashr qilingan

2025-03-26

Iqtibos keltirish tartibi

“INTELLEKTUAL MULK TIZIMIDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI”. (2025). Markaziy Osiyo Ta’lim Va Innovatsiyalar Jurnali, 4(3), 144-147. https://in-academy.uz/index.php/CAJEI/article/view/24256