ETNOPOETIKA TALQININING YANGILANISHI: BADIIY MATNDA MADANIY XOTIRA, TIL VA NARRATIV O‘ZLIK UYG‘UNLIGI.
Ключевые слова:
etnopoetika, madaniy xotira, narrativ identifikatsiya, etnoglossa, badiiy matn, madaniyatlararo tahlil.Аннотация
Etnopoetika dastlab og‘zaki an’analarni o‘rganishga qaratilgan yo‘nalish sifatida shakllangan bo‘lsa-da, bugungi zamonaviy adabiy jarayonda u yanada kengroq ilmiy yondashuv sifatida qayta talqin etilmoqda. Ushbu maqolada etnopoetika madaniy xotira, lingvistik identifikatsiya va narrativ strategiyalarni o‘zida mujassam etgan kompleks tahlil modeli sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda etnoglossalar, badiiy ramzlar va hikoya tuzilmalari orqali matnda jamlangan madaniy tajriba ochib beriladi. Ingliz va o‘zbek adabiyoti misolida olib borilgan qiyosiy tahlil natijasida etnopoetikaning matn mazmunini chuqurroq anglashdagi ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, uning zamonaviy ta’lim tizimi va raqamli gumanitar fanlardagi o‘rni yoritiladi.
Библиографические ссылки
Assmann, J. (2011). Cultural memory and early civilization. Cambridge University Press.
Duranti, A. (1997). Linguistic anthropology. Cambridge University Press.
Finnegan, R. (2012). Oral literature in Africa. Open Book Publishers.
Hymes, D. (1981). In vain I tried to tell you. University of Pennsylvania Press.
Kramsch, C. (1998). Language and culture. Oxford University Press.
Nora, P. (1989). Between memory and history. Representations, 26, 7–24.
Tedlock, D. (1983). The spoken word and the work of interpretation. University of Pennsylvania Press.
Whorf, B. L. (1956). Language, thought, and reality. MIT Press.