UMUMIY OʻRTA TA’LIM TIZIMINI ISLOH QILISHDA MILLIY OʻQUV DASTURINING AHAMIYATI
;
Milliy dastur, ta’lim standarti, PISA, PIRLS, TIMSS reytingi, malaka talablari, STEAM yoʻnalishiAbstrak
Oʻzbekiston ta’lim tizimida Milliy oʻquv dasturining oʻzbekona, xalqaro va zamonaviy xususiyat va talablar asosida ishlab chiqilishi va ta’lim taraqqiyotining rivojlanish bosqichlarida zamonga xos tarzda takomillashtirilishi bugunning muhim vazifasidir. Xalq taʼlimi tizimidagi katta yangilanishlardan biri darsliklar va oʻquv-metodik adabiyotlarni zamon talablariga mos shaklda ishlab chiqishdir. Bu yoʻnalishda bugungacha ham oʻziga yarasha qoidalar, standartlar boʻlgan va ular oʻz vaqtida oʻzini oqlagan. Masalan, shu paytgacha umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari bu borada asosiy yoʻlkoʻrsatkich vazifasini oʻtagan. Lekin bugun ilm-fan, texnika, texnologoya shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda ta’lim sohasidagi har bir mutaxassis bu masalaga mas’uliyat bilan yondashishi zarur.
Iqtiboslar
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan ta’lim toʻgʻrisida qonuni http://lex.uz//docs/-5013007.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom http://lex.uz//docs/-4312785.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida” gi PF-134-sonli farmoni.
Yoʻldoshev J.Gʻ. Ta’lim yangilanish yoʻlida. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2000.
Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. – T.: “Turon-Iqbol” nashriyoti. 2006.
Azizxoʻjayeva N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi nashriyoti.-Toshkent 2006 yil. - 159 b.
Shodiyev N. Yangi pedagogik texnologiyalar. Oʻquv uslubiy qoʻllanma. Samarqand 2005 yil. 31- 41 b.
Munavvarov A. Pedagogika. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent: Oʻqituvchi, 1996. – 201 b.