FIZIKA DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Keywords:
interaktiv metodlar, fizika ta’limi, samaradorlik, innovatsion yondashuv, o‘quv faoliyati, tanqidiy fikrlash.Abstract
Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanish samaradorligi, ularning o‘quvchilarning bilim darajasi, fanga bo‘lgan qiziqishi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot Chimboy tumani 33-sonli umumta’lim maktabining 8–10-sinflarida olib borildi. O‘quv jarayonida “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Klaster”, “Blits-so‘rov”, “Debat” kabi interaktiv metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, interaktiv metodlar o‘quvchilarning faolligini oshiradi, darslarni qiziqarli va samarali qiladi.
References
Karimov B. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2020.
O‘zbekiston Respublikasi XTV. Fizika fani bo‘yicha davlat ta’lim standarti. – Toshkent, 2022.
Jalolov J. Fizika ta’limida innovatsion metodlar. – Toshkent, 2019.
Sh. Yo‘ldoshev. Interaktiv ta’lim texnologiyalari va ularni qo‘llash yo‘llari. – Toshkent, 2021.
Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya. – Moskva, 2018.