ISTANBULDA FAOLIYAT YURITGAN OʻZBEK TAKIYALARI: TARIXIY, MADANIY VA MAʼNAVIY AHAMIYATI.
Keywords:
Oʻrta asrlarda Islom madaniyatining muhim tarkibiy qismi boʻlgan takiyalar, diniy, maʼnaviy, ilmiy va madaniy faoliyat markazlari sifatida jamiyatga katta taʼsir koʻrsatgan. Ushbu tadqiqot Istanbul shahrida faoliyat yuritgan Oʻzbek takiyalarining tarixiy, madaniy va maʼnaviy ahamiyatini oʻrganishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi, bu takiyalarning Usmonli imperiyasi va Oʻzbek xonliklari oʻrtasidagi aloqalardagi rolini aniqlash va ularning madaniy merosini tahlil qilishdir.Abstract
Ushbu maqola Istanbul shahrida faoliyat yuritgan Oʻzbek takiyalarining tarixiy, madaniy va maʼnaviy ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda Naqshbandiyya tariqati asosida tashkil etilgan takiyalarning Turkiston va Usmonli imperiyasi oʻrtasidagi aloqalardagi roli, ularning ilm, madaniyat va maʼnaviyat sohasidagi hissasi tahlil qilingan. Maqolada Ayup, Uskudar va Sultontepe kabi joylarda joylashgan Oʻzbek takiyalarining faoliyati, ularning haj ziyoratchilari uchun toʻxtash joyi va ilm markazi sifatidagi ahamiyati koʻrsatilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, bu takiyalar nafaqat diniy va maʼnaviy markazlar, balki madaniy va ilmiy almashinuv markazlari sifatida ham faoliyat yuritgan. Takiyalarning yopilishi (1925-yil) bilan ularning faoliyati toʻxtatilgan boʻlsa-da, ularning madaniy va maʼnaviy merosi hozirgi kungacha saqlanib qolmoqda.
References
Mustafa Ülger. “XIX asr Usmonli Fikr hayotidagi oʻrni nuqtai nazaridan takiyalar”. Ilohiyot fakulteti Jurnali, (18-2 son. 2013 yil).,b. 45-52.
Turkiya Diyonat Vaqfi, Islom ensiklopediyasi. Istanbul, Jild 40, b. 368-370.
Süleyman Beyoğlu (2004). Milliy Kurash va Oʻzbeklar Takiyasi. Üsküdar Simpoziumi Maʼruzalari, I jild, b. 201-210.
Ahmet Ersan / Mehmet Ulukan (n.d.). Oʻzbek Takiyalari va Ayup Oʻzbeklar Takiyasi. Eyüpsultan IX. Simpoziumi, b. 136.
Istanbul Madaniyat va Sanʼat ensiklopediyasi. Tercüman Nashrlari, Jild I, b. 291.
Ahmet Ersen / Mehmet Ulukan (n.d.). Oʻzbek Takiyalari va Ayup Oʻzbeklar Takiyasi. Eyüpsultan IX. Simpoziumi, b. 141.
Bektaş, C. “Oʻzbeklar Takiyasi”. Tarih va Jamiyat jurnali I jild 8,, (1984- yil). b. 40-45.
Mustafa Ülger. “XIX asr Usmonli Fikr hayotidagi oʻrni nuqtai nazaridan takiyalar”. Ilohiyot fakulteti Jurnali, (18-2 son. 2013 yil).,b. 45-52
Prof. Dr. Ahmet Ersen / Mehmet Ulukan (n.d.). Oʻzbek Takiyalari va Eyüp Oʻzbeklar Takiyasi. Eyüpsultan IX. Simpoziumi, b. 139.