BOLA HUQUQLARI KLASSIFIKATSIYASI: XALQARO HUQUQIY VA MILLIY QONUNCHILIK NORMALARIDA
Аннотация
“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyaning 1-moddasiga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan har qanday inson bola hisoblanadi. Biroq, Konvensiyada ham, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq qabul qilingan oila huquqining asosiy hujjatlarida ham bolaning aniq ta’rifiga qaramay, oila qonunchiligi ushbu huquq sub’ektiga murojaat qilish uchun turli atamalardan foydalanadi: «bola», «voyaga yetmagan bola», «voyaga yetmaganlar». Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 96-moddasi ota-onalarning voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishi shartligini mustahkamaydi, uning 96-108-moddalari aliment miqdorini, to‘lash tartibini, bolalarning ta’minoti uchun qilinadigan qo‘shimcha xarajatlar, aliment miqdorini kamaytirish yoki undan ozod etish tartibini belgilaydi.