DAVLAT IQTISODIYOTIDA TURIZMNING ROLI VA O`ZBEKISTONDA TURIZM ISLOHATLARI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab turizm sohasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralganligi yoritiladi. Turizmni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratilib, muhim qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan nizomlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida tashqi va ichki turizm uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali xorijiy sayyohlar sonini 15 millionga, mahalliy sayyohlarni 25 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, turizm klasterlarini rivojlantirish, madaniy meros ob’ektlarini tiklash, sog‘liqni saqlash va ta’lim turizmini rivojlantirish, “Tax Free” tizimini joriy etish, transport infratuzilmasini kengaytirish kabi kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Mazkur islohotlar mamlakat iqtisodiyotida turizmning o‘rnini mustahkamlash va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
References
View of Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda turizmning o‘rni
Turizm asoslari: o`quv qo`llanma – 2012.
View of THE ROLE OF TOURISM IN THE NATIONAL ECONOMY
Iqtisodiyot nazaryasi. Darslik. A.O`LMASOV, A.VAHOBOV
Oʻzbekiston aeroportlarida “Tax Free” tizimi: u qanday ishlaydi? - Xalq so'zi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.09.2023 yildagi PF-158-son