ORIFLAR SULTONI
Abstract
Maqolada qadimdan ilmiy va madaniy markaz sifatida tanilgan, Termiz shahrining islom ilmlari, hadis va tasavvuf sohalarida yetuk olimlar yetishtirganligi haqida so‘z yuritiladi. Termizda tug‘ilib o‘sgan buyuk alloma Hakim Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyati chuqur tahlil qilinib, uning ilmiy merosi, asarlari va dinimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yoritiladi. Hakim Termiziy o‘z davrida diniy firqalar va guruhlarning noto‘g‘ri e’tiqodlariga qarshi turib, ilmiy asoslangan fikrlari bilan aholini to‘g‘ri yo‘lga boshlagan olim sifatida ta’riflanadi. Shuningdek, maqolada Hakim Termiziyning oilasi, yoshlik yillari, ilmiy tarbiyadagi otasining ro‘li, shuningdek, uning hadis va tasavvuf ilmlaridagi yutug‘i alohida ta’kidlangan. Maqola buyuk ajdodimizning ilmiy merosi har doim e’tiborli bo‘lib kelganini va hozirga qadar ham dolzarbligini namoyon etadi.
References
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Hakim Termiziy. Ma’rifatul asror. Tarjimon: Abdulhamid Muhammad Tursunov. T.: “Movarounnahr” 2017.
Hofiz Muhibbuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Mahmud ibn Hasan al-Bog‘dodiy, Tarixu Bog‘dod. Bayrut: “Dar kutub arobiyya” 2001.
Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy. Siyaru a’lamun nubalo. Bayrut: “Muassastur risala”, 1417 h.
Ibrohim Usmonov. Oriflar tasallisi. T.: “Movarounnahr” 2018.