BUXORO XONI IMOMQULIXON VA BOSHQA NUFUZLI ASHTARXONIY HUKMDORLARNING JO‘YBOR SHAYXLARI BILAN MUNOSABATLARI
Аннотация
Buxoro xonligida Jo‘ybor shayxlarining siyosiy maydonga chiqish holatlari Shayboniy hukmdor Abdullaxon II hukmronligi davrida (1556 – 1598) boshlanganligini bilamiz. Abdullaxon II hokimiyat tepasiga kelishida Jo‘ybor shayxi Muhammad Islom va uning o‘g‘li Abubakr Sa’dlarning katta xizmatlari bo‘lgan va xon umri davomida ularga yaxshi munosabatda bo‘lib, juda ko‘p inomlar bergan. Bu ishlarni Ashtarxoniy hukmdorlardan Imomqulixon va yana bir necha hukmdorlar keng miqyosda davom ettirishdi. Buxoro xonligida katta mavqega ega bo‘lgan Jo‘ybor shayxlari bilan olib borilgan yaqin munosabatlar xonlikning ichki ziddiyatlarsiz, markazlashgan yirik davlatga aylanishiga turtki bo‘ldi va mamlakat hududida nisbatan tinchlik saqlanib qoldi. Quyidagi maqola “bu qanday shakllandi, bu kabi yaqin munosabatlar xonlikda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi va oqibati qanday yakun topdi?” degan savollarga javob beradi.
Библиографические ссылки
Zamonov A. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukmdorlari [Matn]: monografiya / Zamonov A. – Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 137 b.
Zamonov A. Buxoro xonligi tarixi [Matn]: metodik qo‘llanma / Zamonov A. Toshkent: “BAYOZ”, 2021. – 266 b.
Arslonzoda R. A. Manbashunoslik: Bаkаlаvriаtning 5120300 – “Tаriх (Mаmlаkаtlаr vа mintаqаlаr bo‘yichа) yo‘nаlishi tаlаbаlаri uchun darslik / Mas’ul muharrir M. M. Is’hoqov. – Farg‘ona: Classic, 2022. – 348 b.
Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари (Қадимги замон ва ўрта асрлар): Тарих муаллимлари, талабалар ва юқори синф ўқувчилари учун қўлланма. – Тошкент: “Ўқитувчи”, 2001. – 352 б.
Абулаббос Мухаммад Толиб. Матлаб ут-толибин. Таржимонлар: Каримий, Э.Миркомилов; Масъул мухаррир: т.ф.д Х. Тураев; Тошкент давлат Шаркшунослик института хузуридаги Абу Рай хон Беруний номли Шарк хулёзмалари маркази. – Тошкент: “Movarounnahr” 2016. – 386 б.
To‘rayev H. Buxoro tarixi [Matn] : o‘quv qo‘llanma / To‘rayev H. – Buxoro: “Sadriddin Salim Buxoriy” Durdona nashriyoti, 2020. – 320 b.
Турайев Х. Бухоро хонлигининг XVI-XVII асрлар ижтимоий-сийосий ва маьнавий-маданий хайотида жуйбор хожаларининг тутган урни. Тарих фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. – Тошкент, 2007. – 309 б.
Сангирова Д. Х. Хаж зийорати ва хукмдор хожилар // Oʻtmishga nazar. 2019. №18. – B. 24 – 37.
Zamonov A. O‘zbekiston tarixi. III qism: Temuriylar, shayboniylar va ashtarxoniylar davri. Darslik / A. Zamonov. – Toshkent: «BAYOΖ», 2023. – 672 b.
Tilabjonova. S.Sh. Buxoro xonligi Ashtarxoniylar sulolasi davrida: elchilik munosabatlari // Science and Research: Journal of Modern Science, Education and Technology, 2024. – B. 12-17.
Зиëев А. Ўзбек давлатчилиги тарихи: (Энг қадимги даврдан Россия босқинига қадар) // Масъул муҳаррир: Б. Аҳмедов. – Тошкент: “Шарқ”, 2000. – 187 б.
Мирзо Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. – Тошкент: «Янги аср авлоди», 2009. – 249 б.