OLIY TA’LIM MUASSASALARI SPORT TO‘GARAKLARIDA SHUG‘ULLANUVCHI TALABA-YOSHLARNI FUNKSIONAL KO‘RSATKICHLARI. YUQT, LAKTAT VA CHIDAMLILIK UCHUN MASHG‘ULOTLAR
Abstract
Har qanday jismoniy yuklama bajarganda sport bilam shug‘ullanadigan energiya sarfini ishlanishini taqozo etadi. Organizmimizga turli xil energiya bilan ta’minlovchi tuzilmalar mavjud, ularning xar biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Organizmda energiya ta’minoti tamoyillarini yaxshi bilgan taqdirdagina optimal mashg‘ulot dasturini tuzish va shu asosida mashg‘ulotni tashkil qilish imkoni bo‘ladi. Agar organizmga quloq solib ko‘rilsa, unda ayni daqiqada qaysi biri ishlamayotgan mushaklarni energiya bilan ta’minlash uchun ishga tushganligini yetarlicha aniq bilib olish mumkin. Biroq sport amaliyotida ko‘pchilik sportchilar o‘z organizmida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarga e’tibor berishmaydi. Biroq ushbu o‘zgarishlarga asoslanib o‘zlarining mashg‘ulot dasturlariga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin bo‘lar edi. Ko‘pgina sportchilar juda jadal yoki o‘ta bir xilda mashq qiladilar ayrimlari o‘ta past jadallikda mashg‘ulot o‘tkazadilar. Nima bo‘lganda ham, ular ham boshqalar ham hech qachon istalgan natijaga erisha olmaydilar. Mashg‘ulotning optimal shiddatini ikki xil usul bilan: qondagi laktat (sut kislotasi) darajasi o‘zgarishini aniqlash yordamida yoki yurak qisqarishi tezligini (yuqt) aniqlash orqali mashg‘ulotni boshqarish mumkin. Ikkita usuldan yoki ulardan biridan foydalanib, sprotchilar ko‘pincha mashg‘ulotlar hajmi va shiddati kichik bo‘lgan sharoitda ham yuqori natijalarga erishadilar.
References
Abdullaev M.J., Olimov M.S., To'xtaboev N.T. Yengil atletika va uni BE
oʻqitish metodikasi. Darslik. "Barkamol fayz media" nashriyoti Toshkent-2017 |620 bet.
Abdullaev M.J. Sport mahoratini oshirish (Yengil atletika). Darslik "Cho‘lpon nomidagi nashriyot va matba ijodiy uyi" Toshkent-2019 y. 472 bet.
Normurodov A.N. Yengil atletika. Toshkent: Oʻquv-uslubiy qoʻllanma ToshDShI 2002 yil.
Niyozov I. Yengil atletika. Farg‘ona: O'quv qo'llanma. Farg'ona:O'quv qo'llanma. Farg'ona nashriyoti 2005 yil.
Abdullayev M.J., Smurigina L.V. Organizatsiya fizkulturno ozdorovitelnix i sportivnix meropriyatiy v obsheobrazovatelnoy shkole uchebnoye posobiye. Buxoro. "Durdona" - 2015 yil..
