INNOVATSIYALAR – BANKLAR RAQOBATBARDOSHLIGINING MUHIM OMILIDIR
Keywords:
innovatsion texnologiyalar, raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar, axborot texnologiyalar, tadbirkorlik sub’ektlari, bozor mexanizmlari, intellektual va moliyaviy resurslari.Abstract
Barchamizga ma’lum-ki, 2020 yil 12 mayda qabul qilingan “2020 – 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezidentimiz farmoni asosida kredit tashkilotlari faoliyatiga yangi talablar qo‘yilib, mijozlar manfaatdor bo‘lgan innovatsion texnologiyalar asosida banklarni yangi operatsiyalarini joriy etishga majbur qilmoqda[1]. Bugungi kunda zamonaviy tijorat banklarining eng dolzarb vazifalaridan biri uning ishonchliligini oshiradigan raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni taqdim etish qobiliyatini izchil rivojlantirish modelini shakllantirishdan iboratdir. Tashqi muhitning yuqori o‘zgaruvchanligi, raqobat kurashining murakkablashuvi, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi hamda moliyaviy munosabatlarning globallashuvi sharoitida bank biznesini rivojlantirish uning raqobat ustunliklarini shakllantirish va ularni samarali boshqarish masalasini tijorat banklari kundalik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantiradi.
References
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 25.01.2020 yil.
Андреева А. В., Хатламаджиян Д. Г., Шелепов В. Г. Управление компетенциями персонала в системе обеспечения конкурентоспособности банка // Пространство экономики. 2012..
