VIGNA UMBELLATA O‘SIMLIGI URUG‘LARINING LABORATORIYA VA DALA SHAROITIDAGI UNUVCHANLIGI
Abstrak
Ushbu maqolada Vigna umbellata (Thunb.) Ohwi & Ohashi urug‘larining turli harorat va dala sharoitlarida unuvchanligi hamda ekish muddatlariga iqlim omillarining ta’siri o‘rganildi. Dala sharoitidagi kuzatuvlar Toshkent shahri va Navoiy viloyatlarida olib borildi. Tajribalar davomida ekish muddatlari hamda iqlim sharoitlari unuvchanlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi: aprel oyining uchunchi dekadasi va iyun oyining birinchi dekasida ekilgan urug‘lar yuqori unuvchanlikka ega ekanligi bilan ajralib turdi, mart oyida ekilgan urug‘larda unuvchanlik nisbatan past bo‘ldi. Hududiy farqlar shuni ko‘rsatdiki, Toshkent sharoitida vegetatsiya davri uzayib, unuvchanlik yuqori bo‘lgan, Navoiy sharoitida esa qurg‘oqchilikka chidamlilik kuchliroq namoyon bo‘lgan. Olingan natijalar V. umbellata o‘simligining agroekologik moslashuvchanligi, bioekologik ahamiyati va istiqbolli ekin sifatidagi imkoniyatlarini tasdiqlaydi.
Iqtiboslar
Dahipahle A.V., Sandeep Kumar, Neha Sharma, Hari Singh, Sanjeev Kashyap, hemraj Meena. Rice bean a multipurpose, underutilized, potential nutritive fodder legume – a review // Journal of Pure and Applied Microbiology. 2017, Vol. 11, No.1. – P. 433-439. DOI:10.22207/JPAM.11.1.57
Nazaraliyeva M.P. Vigna umbellata (Thunb.) Ohwi & H. Ohashi o‘simligining o‘rganilish tarixi, ahamiyati va xo‘jalikda tutgan o‘rni // Qo‘qon DPI ilmiy xabarlari jurnali. 2025, No.2, A seriya. – B. 228-233.
Гранитова О.Н. Влияние температуры и влажности на прорастание семян некоторых среднеазиатских растений // Тр. Инс-та ботаника АН Уз ССР, 1995. Вып. 3. – С. 63-99.