XORIJDA KOMPYUTER LINGVISTIKASI BO‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARGA QISQA SHARHLAR

Mualliflar

  • Farogat Kurbanova Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Muallif

;

Kompyuter lingvistikasi, «Artificial Intelligence», uslubiy xato, psixologik-kibernetik asoslar.

Abstrak

Lison faqatgina insonga in’om etilgan ulug‘ ne’matdir. Shu sababli lisoniy hodisalar tadqiqi boshqa ijtimoiy hodisalar tadqiqidan tubdan farq qiladi. Barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalar tizimli tuzilishga va o‘z-o‘zidan tarkib topish xususiyatiga ega. Tilning ham tizimli hodisa ekanligi allaqachonlar e’tirof etilgan. Tilshunoslarning e’tibori ushbu tizimning qanday tashkil topganligi, uning tarkibida qaysi turdagi birliklar mavjudligi, bu birliklarning o‘zaro munosabatga kirishishi, ushbu munosabatlar asosida hosil bo‘ladigan tuzilmalarning umumiy tizim va uning bosqichli tuzilishdagi o‘rni kabi qator masalalarga qaratilgan. Ana shunday maxsus tizimga solingan tilni kompyuterga xoslash foydalanuvchilarning vaqtini tejaydi va ko‘p lug‘atlarni izlab yurishdek mashaqqatli ishdan xalos etadi. Barcha izlanishlar, olimlarning tinimsiz, mashaqqatli izlanishlari faqat bir narsaga, ya’ni inson manfaatlariga xizmat qiladi.

Iqtiboslar

Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Тошкент: Ўқитувчи, 2001.

Пўлатов А., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув

қўлланма). –Тошкент, 2009.

Пулатов А.К. Тексты лекций по математической и компьютерной лингвистике (электронный вариант)

Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. –Тошкент, Академнашр, 2011.

Раҳимов А. Компьютер лингвистикаси асослари. Тошкент, Академнашр, 2011.

Nashr qilingan

2023-01-17

Iqtibos keltirish tartibi

XORIJDA KOMPYUTER LINGVISTIKASI BO‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARGA QISQA SHARHLAR. (2023). Yevroosiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 3(1 Part 3), 114-117. https://in-academy.uz/index.php/EJAR/article/view/2422