KRUPOZ PNEVMONIYANING HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI

Authors

  • DJabbarova A. M Author
  • Mirsagatova Diyora Xasanovna Author

Keywords:

Krupoz pnevmoniya, pnevmokokk, krepitatsiya, fibrin, aspiratsiya, gipotrofiya, infeksion agent, atelektaz, gepatizatsiya, ekssudat.

Abstract

Krupoz pnevmoniya asosan bakterial etiologiyali yallig’lanish kasalligi bo’lib, sovuqqotganda, quvvatsizlik holatida odamda pnevmokokk va stafilokokk qo‘zg‘atuvchilari oqibatida yuzaga keladi. Ushbu turda o‘pkaning butun bir bo‘lagi zararlanishi mumkin hattoki, o‘pkani o‘rab turuvchi parda ham zararlanadi. Bu alveolalarda ekssudat hosil bo’lishi, yallig’lanish hujayralari bilan infiltratlanishi, parenximaga ekssudat so’rilishi bilan kechadigan jarayondir. Kasallik odamda to‘satdan boshlanadi. U o’ziga xos xansirash, bosh og’rig’i, tanani qaqshab og’rishi, uchuq toshishi, ko’krak qafasidagi og’riq, harorat ko’tarilishi, nafas qisilishi, balg’amning zangsimon bo’lishi, pulsning tezlashishi bilan namoyon bo’ladi.

References

Shamsiyev A. M., O’tkir destruktiv pnevmoniya T., 1966; 2. Ubaydullayev A. M., Ginzburg V. S, Klinikada oʻpka funksiyasini tekshirish, T., 1991. 3. Karimov M.SH., Axmedov X.S., Gadayev A, Krupoz pnevmoniya 2019

Published

2021-12-31

How to Cite

KRUPOZ PNEVMONIYANING HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI VA DOLZARBLIGI. (2021). Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 85-88. https://in-academy.uz/index.php/EJAR/article/view/704