BOSHLANG‘ICH SINFLARDA IKKINCHI TILDA TA’LIM OLUVCHILARDA ONA TILINI O‘ZLASHTIRISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Ключевые слова:
Ona tili, ikkinchi til, ikki tillilik, boshlang‘ich sinf, nutq rivoji, bilish faoliyati, milliy qadriyatlar.Аннотация
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda ikkinchi tilda (rus, qozoq va boshqa tillarda) ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ona tilini o‘zlashtirish jarayonida uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha yoritilgan. Maqolada bu muammolarni bartaraf etishda integratsiyalashgan yondashuv, interaktiv metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalarining o‘rni alohida ta’kidlanadi. Maqola davomida o‘quvchilarda ikki tillilik muhitida ona tilining rivojlanishi nafaqat lingvistik, balki psixologik va madaniy jarayon sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Muammoni hal qilishda tizimli yondashuvning ahamiyati alohida urg‘ulanib, o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda ona tilining mustahkamlanishi muhim omil ekanligi qayd etiladi. Shu tariqa, maqolada ona tilini ikkinchi tilda ta’lim olayotgan bolalarga samarali o‘rgatish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar, amaliy metodlar va milliy madaniy merosni o‘quv jarayoniga tatbiq etishning dolzarbligi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari pedagog va ota-onalar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, ikki tilli ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga nazariy asos bo‘lishi mumkin
Библиографические ссылки
Gobana, J. A. (2013). Challenges of mother-tongue education in primary schools: The case of Afan Oromo in the East Hararge zone, Oromia Regional State, Ethiopia (Doctoral dissertation, University of South Africa (South Africa)).
Kodirova, M. BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI. BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSIYALAR.
Muxammadiyeva, D. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI.
Phindane, P. (2020). The influence of mother tongue in second language learning in primary school. Education and New Developments, 380.
Qahramonov, A., Umrzoqova, M., Abdullayeva, S., & Nosirova, X. (2024). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O‘RGATISHNING MAZMUNI VA VAZIFALARI. PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH, 1(7), 92-95.
Xolboyeva, G. BOSHLANG ‘ICH SINF O ‘QUVCHILARIDA MATNNI TUSHUNISH VA ADABIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH YO ‘LLARI. TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYA, 45.
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.