DANIYA VA GERMANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGI VA LAKTATSIYA FAOLIYATI

Mualliflar

  • Z.B. Suyunova Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti. Muallif
  • S.N. Xolmurodov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti. Muallif
  • B.S. Yaxyayev Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti. Muallif

;

Golshtin zoti, laktatsiya, seleksiya, laktatsiya egri chizig‘i, sutdorlik koeffitsiyenti, sut yog‘i, sut oqsili, 4 % li sut miqdori, sut berish tezligi.

Abstrak

Sog‘in sigirlarning sut mahsuldorligi va uning xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ko‘rsatkichlar hayvonlarning irsiy omili bilan bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkichlar har bir zot bilan alohida olib boriladigan naslchilik ishi natijasida shakllanadi. Mazkur maqolada Daniya va Germaniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli sigirlarning sut mahsuldoriligini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichlar va laktatsiya faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari bo‘yicha Germaniya seleksiyasiga mansub sigirlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, shu jumladan: laktatsiya davomida sut sog‘imi 11,8%, sutdorlik koeffitsiyenti 6,7 %, 4% li sut miqdori 5,6%, umumiy sut yog‘i chiqimi 9,8 % va sut oqsili 10,6 %.

Iqtiboslar

Bakhtiyarovna, S. Z., & Kuzibaevich, A. S. (2020). The Importance of Microclimate Indicators in the Dairy. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, (1), 1-6.

Berman, A. Invited review: Are adaptations present to support dairy cattle

productivity in warm climates? // Review Article Journal of Diary Science, Volume 94, Issue 5, May 2011, Pages 2147-2158.

Носиров У.Н., Досмухамедова М.Х., Шокиров Қ.Ж. Шахсий ёрдамчи ва деҳқон хўжаликлари чорвачилигини модернизациялаш истиқболлари. Тошкент 2015. 220 б.

Суюнова, З., Номозов, М., Боходиров, А., & Раимова, Ф. (2023). Turli etologik tipdagi sigirlarning laktatsiya faoliyati. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов, 1(1), 296-300.

Nashr qilingan

2025-05-16

Iqtibos keltirish tartibi

DANIYA VA GERMANIYA SELEKSIYASIGA MANSUB GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNING SUT MAHSULDORLIGI VA LAKTATSIYA FAOLIYATI. (2025). Yevroosiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 5(5 (Special Issue), 97-101. https://in-academy.uz/index.php/EJAR/article/view/6479