SUD KIMYO AMALIYOTI UCHUN METFORMINNING TAHLIL USULLARINI ISHLAB CHIQISH
Main Article Content
Аннотация:
Antidiabetik preparat metformin gidroxlorid (siofor) 2-toifa diabet uchun asosiy davolash sxemasi hisoblanadi va undan tashqari semizlikdan aziyat chekuvchi bemorlarda vazn yo'qotish uchun ham keng qo'llaniladi. Bu uzoq vaqt davomida foydalaniladigan dori vositasi bo`lib, tanadagi ortiqcha yog’ni asta-sekin kamaytirishga yordam beradi. Metformin gidroxloridi - parhezga qo’shimcha ravishda qo’llash tavsiya etiladi, unda iste’mol qilinadigan kaloriya miqdori asta-sekin kamayadi. So`ngi yillarda aholi o`rtasida semizlikni ko`payishi sioforga bo`lgan talabni ortishiga va tibbiyot jurnallarida metformin bergan natijalar haqidagi maqolalar ushbu dori vositasini xalq orasida o`z boshimchalik bilan keng qabul qilinishiga sabab bo`ldi. Sioforni mumkin bo`lmagan holatlarda, nomutanosib dori vositalari bilan birga qabul qilish zaharlanishlarga sabab bo`ladi [1,2].

