YALLIG’LANISHGA QARSHI TA’SIRGA EGA GRANULA TEXNOLOGIYASI
Main Article Content
Аннотация:
Mahalliy o'simlik xom ashyolari asosida yangi dori shakllarini yaratish hozirgi zamon farmatsiyasining dolzarb vazifasidir. So'nggi vaqtda dunyo farmatsevtik sanoatida suyuq ekstraktlar va ular asosida uzoq saqlanish muddatiga ega, qabul qilishga qulay dori preparatlarini yaratish, zararsiz dori vositalari zaxirasini ko'paytirish imkonini beradi. Jumladan, farmasevtikaning dolzarb masalalaridan biri bo‘lmish yallig’lanishga qarshi dori vositalarining yangi foydali jihatlarini hamda ularni olishda zamonaviy va samarali usullarning yaratilish zarurati ham tibbiyot sohasida kun tartibiga kirdi. Dorivor o`simliklar asosidagi granulaning tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilishiga ularning quyidagi qator afzallik tomonlari asos bo‘ldi: dori shaklining turg‘unligi, dori vositalarini qo‘llash soni kamaytirilishi, davolash xarajatlarini qisqartirilishi.